R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tariqning o‘suv davrida sug‘orish me’yori
- 10-rasm. Sholi. 1, 2 — 0 ‘simlik tuplanishming boshlanishi va sut pishish fazasida; 3
- (b) rangli gul qipiqlari; 7 — hind shoxining ro‘vagi, boshoqchasi va doni.
- Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi
- Oziqa moddalariga talabi
180 www.ziyouz.com kutubxonasi li dorilar bilan kontakt davri uzaytiradi. Dorilash PS—10, «Mobitoks», parda bilan o'rash (inkrustatsiya) — KPS—10 mashinalarida o'tkaziladi. Ekish muddatlari. Tariqning Davlat rocyxatiga o'tgan, istiqbolli nav- larining 1 va 2-sinf talablariga javob beradigan urug'lari, optimal miid- datlarda ekiladi. Tariq issiqsevar ekin bo'lganligi tufayli uning urug'lari yetarli darajada qizigan tuproqlarga ekiladi. Urug'larni ko'mish chu- qurligida tuproq 12—15 °C qiziganda ekish ma’qul. Bunda kalendar muddatlar belgilanganda, kunlarning sovib ketish ehtimoli ko'p yillik ma’lumotlarga asoslanib e’tiborga olinadi. Tariqni optimal ekish muddati boshqa ekinlarnikiga nisbatan ancha davomli, ammo juda erta, shuningdek, kech ekish urug'lar dala uniivchanligining pasayishiga olib keladi. O'zbekistonda tariqni sug'oriladigan yerlarda, janubiy viloyatlarda bahorda martning uchinchi o'n kunligi, Samarqand viloyatida aprelning uchinchi o'n kunligida, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatla rida aprelning oxirgi o'n kunligi, mayning boshlarida ekish optimal hisoblanadi. O'zbekistonda tariq kuzgi boshoqli don ekinlaridan keyin ang'izda, shuningdek, erta yetiladigan sabzavot ekinlaridan keyin takroriy ekin sifatida don uchun iyun oyida, iyulning birinchi o'n kunligida ekiladi. Ang'izga va takroriy ekilganda ertapishar navlar tanlanadi. Tariq lalmikorlikda qir-adir joylarda ikki muddatda — aprelning o'rtalarida yoki ikkinchi yarmida va mayning ikkinchi yarmida ekiladi. Tog' oldi mintaqasida may oyining boshlarida, tog'lik joylarda mayning ikkinchi o'n kunligida ekiladi. Tariq qurg'oqchilikka chidamli ekin bo'lishiga qaramasdan lalmi korlikda, O'zbekiston sharoitida yaxshi moslashmagan. May oyida yog'ingarchiliklar bo'lsa, tariq lalmikorlikda ham yaxshi ildiz otib 6 —8 va 10 s/ga don hosili beradi. Ammo may oyida yog'ingarchiliklar bo'lmasa, ikkilamchi bo'g'in ildizlari hosil bo'lmaydi va faqat murtak ildizlari bilan qoladi, yomon o'sadi, yotib qoladi va qurg'oqchilikdan nobud bo'ladi. Ekish usuli. Tariq — yaxshi tuplanishi, dastlabki rivojlanish davrida sekin o'sganligi va begona o'tlar bilan ifloslanishi, yorug'likka ta- labchanligi, ildizlari atrofga tarqalganligi tufayli keng qatorlab ekiladi gan ekin. Keng qatorlab ekilganda o'simlikning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shunday bo'lsa-da, ekish usullarini tanlash o'tmishdoshlar, suvlik yoki lalmikorlikda ekilishi, tuproq unumdor ligi, paykalni begona o'tlar bilan ifloslanganligi, nav xususiyatlariga bog'liq. Ekish qatorlab, keng qatorlab, ko'p qatorlab, lenta va tor qatorli o'tkazilishi mumkin. Keng qatorlab ekish bir izli 45 yoki 60 sm qatori 45x15; 60x15 qilib o'tqaziladi. Sug'oriladigan yerlarda keng qatorli (60 sm) qilib lenta usulida ekish 181 www.ziyouz.com kutubxonasi qatorlab ekishga nisbatan (60 sm) gektaridan 4 s ko‘p don hosili olish- ni ta’minlagan. Lalmikorlikda qator oralari 30 yoki 15 sm qilib ekish yaxshi natija beradi. Baland bo‘yli qo‘noq navlari keng qatorlab (60 sm) ekilganda qator oralari 45 yoki 30 sm boMgandagiga nisbatan 5 — 6 s/ga ko‘p hosil olishni ta’minlagan. Don uchun ekilganda keng qa torlab ekish ma’qul. Yangi yaratilgan navlar urugMik uchun ekilganda keng qatorlab ekiladi. Unigiikni tez ko‘paytirishga va navni ishlab chiqarishga tezroq joriy etishga imkon beradi. Yashil massa uchun ekil ganda ko‘p qatorlab yoki lentali usulda ekish keng qatorlab bir izli qilib ekishga nisbatan afzal. Ekish me’yori. Ekish me’yorlari belgilanganda nam bilan ta’min- langanlik, qaysi maqsadda ekilganligi, ekish sxemasi e’tiborga olinadi. Tariq keng qatorli qilib ekilganda ekish me’yori 10—12 kg/ga, lenta usulida yoki qator orasi 30—45 sm ekilganda 25—30 kg/ga oshiriladi. Sug'oriladigan yerlarda ekish paytida tuproqda nam kam paykallar begona o'tlar bilan ifloslangan bo‘lsa, ekish me’yorlari 15—20 % oshirilishi ma’qul. Ekish me’yorlari gektariga dona hisobida 2—5 mln o‘zgarishi mumkin. Ekish chuqurligi. Urug‘lar 4—5 sm chuqurlikka tashlanadi. May oyida tuproq yuzasi qurib ketsa (lalmikorlikda) urug‘lar 5—7 sm chuqurlikka ekiladi. Mexanik tarkibi yengil, qumoq tuproqlarda, tuproq yuza qismi qurib qolganda, ekish chuqurligini 8—10 sm oshirish mumkin. Tariq oddiy qatorlab ekilganda SZ—3,6, SZP—3,6, SZS—2,1 seyalka- lari bilan qator oralari 15 sm qilib ekiladi. Keng qatorlab ekish lavlagi ekadigan SST— 12A (B) maxsus STYA—23000 moslamasi bilan jihoz- lanib ekiladi. Sug‘orish. Tariq ekishdan oldin tuproqda namlik kam bo‘lsa, ekish dan oldin gektariga 800—1000 m3 me’yorda nam to‘playdigan sug‘orish o‘tkaziladi. Bunda sug'orish tariqni eng maqbul muddatlarda ekilishiga ta’sir etmasligi kerak, tuproq yetilishi hisobga olinib sug‘orish muddati belgilanadi. 0 ‘suv davridagi birinchi sug'orish o'simlik 3—4 barg hosil qilganda, ikkinchisi naychalash fazasida, uchinchisi tariqning eng ko‘p suv talab qiladigan davri — ro‘vaklashda 0‘tkaziladi. 0 ‘zbekiston sharoitida yozda havo juda issiq bo'lganda, donning to‘lish davrida to‘rtinchi sug'orish ham o‘tkaziladi. Sug'orish me’yorlari tuproq mexanik tarkibi, sizot suvlar sathiga qarab belgilanadi. Ammo sug‘orish me’yorini juda oshirish o'simlikning yotib qolishiga sabab bo'lishi mumkin (ayniqsa, ro'vaklash, donning to‘lish davrida). Tariqning o‘suv davrida sug‘orish me’yori — egatlab sug‘orilganda 500—600 m3/ga, yomg'irlatib sug'orilganda 300—400 m3/ga. Tuproqdagi namlik tariq ildizlarining asosiy qismi joylashgan 60 sm tuproq qatlamida, namlik CHDNS ning 65 —70 % kam bo'lmagan holda ushla- nislii ma’qul. Sug‘oriladigan yerlarda tariq 1 t don hosil qilish uchun 660 — 900 m3/ga suv sarflaydi. Mavsumiy sug'orish me’yori 1800 —2400 m3/ga. 182 www.ziyouz.com kutubxonasi Ekin parvarishi. O'zbekiston sharoitida tariq bahorda ekilganda, yomg'irlardan keyin tuproqda qatqaloq hosil bo'ladi. Bunday hollarda urug'lar hali unib chiqmagan bo'lsa, tishli g'altaklar yoki kalta tislili borona bilan tuproq ishlanadi. Ishlov qatqaloqni yo'qotadi, namni saqlashga, urug'lami qisqa vaqt davomida unib chiqishga imkon beradi va hosildorlik 8—10% ortadi. Sug'oriladigan yerlarda keng qatorlab ekilgan maydonlarda erta ba horda hamda o'suv davridagi sug'orishlardan keyin kultivatsiya qilinadi. Birinchisi 4—5, ikkinchisi 6—8 sm chuqurlikda o'tkaziladi va bir yo'la oziqlantiriladi. Begona o'tlarga qarshi dikoteks (2M —4X) tuplanish faza sida 1,3—1,5 kg/ga me’yorda qo'llaniladi. Shuningdek, lontrel, propazin ham qo'llanilishi mumkin. Tariqda 30 dan ortiq kasalliklar va zararkunandalar uchraydi va hosilning 10—12 %, ayrim yillari (epifitotiya) 50—60 % i yo'qotiladi. Ekinzor qorakuya, bakterial kasalliklar, urug' melanozi bilan kasalla- nadi. Urug'lami ekishdan oldin saralash, tozalash, dorilash juda muhim. Ekinzorda zararkunandalardan yo'l-yo'l g'alla burgasi, tariq pashshasi, sikadalar, tripslar, makkajo'xori kapalagi va boshqalar uchraydi. Bevosita hosil uchun xavf tug'ilganda 40% metofos 0,5—1 kg/ga, 50% karbofos 0,5—1 kg/ga bilan ertalab yoki kechki soatlarda ekinzor ishlanadi. Tariqni angcizda o6stirish. Sug'oriladigan yerlardan samarali foy- dalanishda tariqni boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarda o'stirish muhim ahamiyatga ega. Boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlar hosil yig'ishtirilishi bilan darhol sug'oriladi. Yer yetilishi bilan tuproq sharoitiga qarab 28— 30 sm chuqurlikda haydaladi. Yerni haydash oldidan gektariga 60—70 kg fosforli 40—50 kg kaliyli o'g'it solinadi. Haydashdan keyin darhol tuproq chizellanadi va ikki iz qilib boronalanadi. Ekishdan oldin kulti vatsiya bilan 30—40 kg azotli o'g'it beriladi. Ekish iyun oyining boshidan iyul oyining birinchi yarmigacha o'tkaziladi. Ekish me’yori 12—16 kg/ga. Naychalash fazasida kultivatsi ya bilan 30—40 kg ammiakli selitra solinadi. Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida Sanzar—4 bug'doy navi hosil- dan keyin Saratovskaya—853 navi ekilib, gektaridan 30 s don hosili olingan. Yer chizellanib tariq ekilgandagiga nisbatan ikki yarusli plug bilan ishlanib ekilganda hosildorlik 6—8 s/ga oshgan. Hosilni yig6ishtirish. Tariq donlari bir tekis yetilmaydi. Dastlab ta riq ro'vagining uchki qismidagi donlar yetiladi. Ro'vakdagi donning 80— 85 % i to'la pishganda, don namligi 26—28 % bo'lganda ikki fazali o'rimga kirishiladi. Bu paytda boshoqcha qipiqlari sariq somonsimon rangga kiradi. O'rimga donlarining 25—30 % i to'la pishganda kiri- shilsa, rejalashtirilgan hosil 50 % kamayadi. Ro'vakning pastki qismidagi donlar pishganda uchki qismidagi donlar to'kila boshlaydi. Asosiy o'rish usuli ikki fazali. Qirqish balandligi 12—18 sm. O'rish 183 www.ziyouz.com kutubxonasi JVN—6—0,1 va JVR—10—03 larda o‘rib dastalanadi. 0 ‘rish 3—4 kunda tugallanadi. Dastalar 3—5 kundan keyin yanchib olinadi. Dastalarni yan- chishda don namligi 15—17 % dan oshmasligi lozim. Don nobudgarchiligining oldini olish uchun kombaynlar PKK—5 moslarhasi bilan jihozlanadi, barabanlaming aylanish tezligi minutiga 550—800 ga kamaytiriladi. Kombayn tezligi 6 km/soatdan oshmasligi lozim. 0 ‘zbekistonda bir fazali o‘rish ko‘p qo‘llaniladi. Bunda o‘rim ro‘vakdagi hamma donlar pishganda boshlanadi. Urug‘lik ekinzorlar ikki marta yanchiladi. Birinchisida o‘rib yanchish «yumshoq» rejimda o‘tkaziladi. Ikkinchisida pishmagan va mayda urug‘lar yanchiladi. Yanchilgan donlar don tozalaydigan, quritadigan joylarda saralanadi. Qimmatli navlarni urug'larida maydalangan, ko‘kargan urug'lar 6 %, shu jumladan, ko‘kargan urug'lar 1 %, begona o‘tlar urug'lari 1,5 %, yaroqsiz donlar 0,5 % dan ortiq bo‘lmasligiga erishish lozim. Kampir- chopon, ko‘kmaraz urug'larining bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. 2.14. SHOLI Sholi eng qimmatli oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Dunyo dehqon- chiligida u ekilish maydoni va yalpi hosiliga ko‘ra bug‘doydan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi. Dunyoda sholining ekin maydoni 2004-yilda 153,2 mln ga bo‘lgan. Sholi ekin maydonlarining asosiy qismi janubi- sharqiy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda Birma, Hindiston, In- doneziya, XXR, Tailand, Filippin davlatlariga to‘g‘ri keladi. Umuman, Osiyo mamlakatlari hissasiga sholining butun dunyodagi ekin maydon larining 90 % i to‘g‘ri keladi. Bu mintaqada dunyo bo‘yicha yalpi sholi hosilining 90 % i yetishtiriladi. Keyingi 15 yil davomida bu mintaqada sholi hosildorligi 30 % dan ko‘proq oshgan. Lotin Amerikasida ham sholining yalpi hosili ekin maydonlarining kengayishi hamda hosildorlikni oshirish hisobiga ko‘paydi. Sholining dunyoda o'rtacha hosildorligi 39,7 s/ga ni (2004-y.) tashkil qildi. Yalpi hosil dunyo bo‘yicha 608,5 mln t bo‘lgan. Rivojlangan mamlakatlarda dunyodagi sholi maydonining 3 % i joy lashgan, ammo dehqonchilik madaniyati yuqori bo'lganligi tufayli ular sholi doniga bo'lgan ichki ehtiyojini to‘la qondirib, ayrimlari sholi so- tish bo‘yicha yirik eksport qiluvchi mamlakatlarga aylangan. Italiya, Avstraliya, AQSH da sholi hosildorligi o‘rtacha 60 s/ga atrofida. Dunyo da, hozirda eng yirik sholi eksport qiluvchi davlatlar AQSH va Tai land. Ularga dunyoda sholi eksportining 1/4 qismi to‘g‘ri keladi. 0 ‘zbekistonda sholichilik, ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erish- gandan so‘ng jadal rivojlandi. G‘alla mustaqilligiga erishishda sholining ahamiyati katta. Mamla- katimizda sholi asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Sur- 184 www.ziyouz.com kutubxonasi 10-rasm. Sholi. 1, 2 — 0 ‘simlik tuplanishming boshlanishi va sut pishish fazasida; 3 — boshoqcha; 4 — urug'chisi; 5 — havo to'qimalari (aerenxima); 6 — Xitoy-Yapon shoxining ro‘vagi, boshoqchasi va doni, ikki guUi (a), va gulli (b) rangli gul qipiqlari; 7 — hind shoxining ro‘vagi, boshoqchasi va doni. xandaryo, Toshkent, Andijon viloyatlarida ekildi. Respublikamizda sho li 2004-yil hosili uchun 60 ming gektar maydonga ekiladi. 0 ‘rtacha hosildorlik 2004-yili 46,5 s/ga ni tashkil qildi. 0 ‘zbekistonda sholiga bo'lgan ehtiyojni to'la qondirish imkoniyati bor. Respublikamizda 2004 yili 279 ming tonna sholi doni yetishtiril Madaniy sholi (Oryza sativa L) uchta kenja turga — hind (indica) donlari ingichka uzun, (don uzunligini eniga nisbati 3,0—3,5:1), xitoy- yapon (sina-japonica) donlari kalta, enli (1,4—2,9 :1) va yaponga 185 www.ziyouz.com kutubxonasi bo'linadi. O'zbekistonda asosan xitoy-yapon kenja turi tarqalgan. Har bir kenja tur bir qator belgilari bo'yicha tur xillarga bo'linadi. Ildiz tizimi — popuk va yuza joylashgan, asosiy ildiz massasi tup roqning 25 sm qatlamida joylashgan. Ildizlarida, shuningdek, poya va barglarida ham havo to'lgan to'qimalar (aerenxima) bor. Shuning uchun sholi o'simligida tegishli kislorod konsentratsiyasi saqlanadi. Bitta o'simlikda 300 tagacha ildizlar bo'ladi. Doimo suv qavatida ushlanadigan sholida ildiz tukchalari kam, aksincha, suv qavatisiz yoki vaqti-vaqti bilan suvga bostirilgan sholida ildiz tukchalari juda ko'p bo'ladi. Ildizlarning soni, ularning rivojlanganlik darajasi, tuproqqa chuqurga kirib borishi navga, tashqi muhitga, qo'llanilgan o'stirish texnologiyasiga bog'liq. Poyasi kovak poxolpoya, balandligi 80—120 sm, kuchli tuplanadi va ko'p hollarda shoxlanadi. O'rtacha bitta o'simlikda 3—5 mahsuldor poyalar hosil bo'ladi. Barglari — lineyli lensetsimon, qovurg'ali tomirlangan, atrofi arrasi- mon o'tkirlashgan, barglari uzunligi 35 sm gacha, eni 1,5—2 sm. Ba’zan suv ostida qolgan barg bo'g'inlaridan ildizlar hosil bo'ladi va qo'shimcha oziqlanishda ishtirok etishadi. To'pguli — ro'vak, 20—30 sm uzunlikda. Boshoqchalari bir gulli, bit ta ro'vakda ularning soni 80—200 bo'ladi. Gulida 6 changchi va uzun- choq onalik tugunchasi bor. Sholi o'z-o'zidan changlanuvchi o'simlik. Doni po'stli, yanchish paytida boshoqchasi bilan, gul va boshoqcha qipiqlari bilan ajraladi, 1000 don vazni 27—38 g. Murtagi donning 2— 5 % ini tashkil qiladi, po'sti 17—22 %. Noqulay ob-havo sharoitida po'stliligi 35 % ga yetishi mumkin. Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Sholi issiqsevar o'simlik. Urug'larining unib chiqishi uchun minimal harorat 10—14 °C. Hayot- chan maysalar 14—15 °C da hosil bo'ladi. Tuplanish fazasida minimal harorat 15—18 °C, gullashda 18—20 °C, don pishishining boshlanishida 19—25 °C. O'simlikning o'sishi, rivojlanishi uchun optimal harorat 25— 30 °C, maksimal harorat 40 °C. Past harorat o'simlikning o'sishi va rivojlanishini kuchli tormoz- laydi. Harorat 17—18 °C dan past bo'lsa, donlar pishmay qoladi. Ha rorat 0,5 °C dan sovuq bo'lsa, sholi uchun xavfli, 1 °C sovuq o'simlikni nobud qiladi. O'suv davrida samarali harorat turli navlar uchun turli- cha - 2200° С (Santaxezskiy 52) dan (UzROS)-7-13 da 3200 0 С gacha. Juda ko'p navlarning vegetatsiya davri 90—140 kungacha. Toshkent viloyatida M.I. Uklonskiya tajribalarida sholi ro'vagining gullashi iyulda 3 kunda, avgustda 4 kunda, sentabrda 5—6 kunda, oktabr- da 7 kunda o'tgan. Namlikka talabi. Sholi ekologik tabiatiga ko'ra gigrofit. Sholi o'simligi quruq (suxodolniy) sharoitda o'sadigan g'alladosh ekinlarga nisbatan to'qimalarida kam suv saqlaydi. Shuning uchun to'qimalari oz bo'lsa- da, suvsizlanishga bardosh bera olmaydi. Tuproq yuzasiga yaqin havo 186 www.ziyouz.com kutubxonasi qatlamida namlik yuqori. Bu hoi sholi transpiratsiyasini kamaytiradi. O'zbekiston sharoitida 1 g quruq'modda hosil qilish uchun 450—550 g suv sarflanadi. Boshqa g'alladosh ekinlarga nisbatan bu ko'rsatkich yuqori. Suv qatlami suvni tejab sarflash, shuningdek, sholipoyada muqobil issiqlik rej*imi uchun qulay sharoit yaratadi, sutkalik haroratning o'zgarishini kamaytiradi. Bu, ayniqsa, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloya- ti sharoitida katta ahamiyatga ega. Suv qatlami sholiriing o'sish davrida 300° С haroratni qo'shimcha olishga imkon beradi. Sholipoyada suv qat lami ildiz tizimining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, ma’danli oziqlantirishni yaxshilaydi, tuproq sho'rini yuvadi, begona o'tlarni yo'qotadi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, sholini bir maydonda iizoq vaqt, surunkasiga yetishtirish imkonini beradi. Suv qatlami sholi uchun muhim moddalar — ammiakli azot, harakatchan fosfor va kaliyning to'planishiga sharoit yaratadi. Sholini suvga bostirib o'stirish yuqori va barqaror hosil olishni ta’minlaydi va tarixan shakllangan. YorugTikka talabi. Sholi qisqa kun o'simiigi, ammo yorug'likni ko'p talab qiladi. Mamlakatimizda o'stiriladigan navlar uchun quyosh yorug'ligining davomiyligi 9—12 soat, yorug'likning yetishmasligi sholi rivojlanishini sekinlashtiradi va oqibatda hosilni pasaytiradi. Ammo er- tarpishar navlar kun uzunligidan kuchsiz ta’sirlanadi. Tuproqqa talabi. Sholi tuproqqa talabchanligi kam o'simliklar jum- lasiga kiradi, uni botqoqli o'tloq, torfli, sho'rtob va boshqa tuproqlarda o'stirish mumkin. Ayniqsa, sholi uchun yuvilib to'planadigan daryo vodiy- lari, og'ir, loy mexanik tarkibga ega, organik moddalarga boy tuproqlar juda.qulay. Botqoqlangan va qumli tuproqlar sholi o'stirish uchun qulay. Yosh sholi maysalari quruq tuproq og'irligiga nisbatan tuz 3 %, xlor tuzlari (NaCl) 0,3 %, karbonat natriy 0,1 % dan ortiq bo'lsa, nobud bo'ladi. Suv bostirilgan sholipoyalarda tuzlar eriydi va ularning konsen- tratsiyasi kuchli kamayadi, tuzlar filtratsiya natijasida tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib kiradi va gorizontal filtratsiya natijasida drenajlarga tushadi. Bu jarayon tuproq yuqori qatlamida tuzlarning kamayishiga va urug'larning ko'karishiga imkon beradi. Tuproq muhiti 5,6—6,5 optimal hisoblanadi. Ammo sholi yanada kislotaliroq miihit sharoitida o'sa ola di, bunda suv bilan bostirilganda tuproq faol kislotaliligi kamayadi. Sholi urug'lari boshqa g'alla ekinlariga nisbatan kislorod kam bo'lgan sharoitda ham ko'karadi. Shunga qaramasdan urug'larga va yosh may- salarga kislorod zarur, sababi, dastlabki rivojlanish fazalarida havo bor to'qimalar (aerenxima) hali shakllanmagan bo'ladi. Muhitda kislorod kam bo'lganda (10 % dan 2% gacha) maysalar ildizlari kuchsiz rivoj lanadi, ammo murtak kuchliroq rivojlanadi. Kislorod 2 % dan kam bo'lsa, o'simta rivojlanadi, ammo ildizlar o'smaydi. Oziqa moddalariga talabi. Sholi oziqa elementlariga talabchan. Ma’danli moddalar solinganda tuproqda oziqa elementlarining miqdori 187 www.ziyouz.com kutubxonasi ortadi. Tuproqda azot kam bo‘lsa sholi kuchsiz tuplanadi, ro'vagi kichik va donlar soni kam bo‘lib shakllanadi. Sholi maysalashdan ro‘vaklashgacha bo'lgan davrda azotga juda talabchan. Tuproqda fosforning yetishmasligi fiziologik almashinuv jarayonlarining, oqsil sintezining buzilishiga olib keladi. Fosfor yetishmasligi tuplanish jadalligini kamaytiradi. Barglar ensiz, ingichka bo‘lib shakllanadi. Tuproqdan hosil bilan eng ko‘p kaliy chi- qib ketadi. Kaliy yetishmasligi quruq modda to'planishini kamaytiradi. Eng ko‘p kaliy tuplanish fazasining oxiridan gullash fazasigacha o‘zlashtiriladi. Asosiy oziqa elementlaridan boshqa, sholi, ko‘p bo‘lmagan miqdorda oltingugurt, temir, kalsiy, rux, mis, molebden, marganes va boshqa elementlarga ham ehtiyoj sezadi. Rivojlanish fazalari. Bo'rtish — urug'ning o‘z og'irligiga nisbatan 23—28 % suv yutishi bilan xarakterlanadi. Bunda tuproq va suv harora ti 11—12 °C dan kam boMmasligi kerak. Bo‘rtgan urugMar kislorod yetarli bo‘lganda (3 %) qiyg‘os ko'kara boshlaydi. Bunday sharoit uncha qalin boimagan suv qatlami sharoitida hosil boiadi. Suv chuqur qilib bosti- rilganda maysalar siyrak hosil bo'ladi. Bunday holatni bartaraf qilish uchun don bo‘rtgandan keyin sho‘r bo'lmagan yerlarda suv chiqarib yuboriladi. Sho‘r yerlarda suv qatlami 3—5 sm kamaytiriladi. Bu ko‘karayotgan urug‘larning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi va unib chiqishini tezlashtiradi. Bunda koloptilning o'sish konusi hosil bo‘ladi (0,6 mm) va birinchi ildizlar shakllanadi. Harorat 16—20 °C bo‘lganda bu fazalar 10—12 kun davom etadi, erta muddatlarda ekil ganda (12—14 °C) 14—16 kun davom etadi. Sholi urug'lari kislorodsiz ham bo‘rtishi mumkin, uning kislorodga boMgan ehtiyoji kechroq, muilak ildizlari va barglarning hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Unib chiqishi. Bu faza bo'rtishning tugashi bilan boshlanadi va 3— 4 barg hosil bo‘lishigacha davom etadi. Bu davrda ildiz tizimi jadal rivojlanadi, barg qo'ltiqlaridan bo‘lg‘usi novdalarning kurtaklari hosil bo‘ladi. Ildizlarda aerenxima hosil bo'ladi. 0 ‘zbekistonda bu davr 7—10 kun davom etadi. Maysalarning qiyg'os unib chiqishi va optimal tup qalinligining hosil bo‘lishi urug'larning o‘sishi energiyasiga, tuproq va suv haroratiga, shuningdek, suv rejimiga hamda yorug'lik bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Suvga chuqur bostirish, saqlash ildiz rivojlanishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Tuplanish fazasi o'simlikda 3—4 barg hosil bo‘lishi bilan boshlanadi va poyalarning hosil boMishigacha davom etadi. Bu faza 25—30 kun davom etadi, ayrim navlarda undan ham ko‘p. Sholining tuplanish qobiliyati katta, yon novdalar barg qo‘ltiqlarida hosil bo‘ladi. Mahsuldorligi bo‘yicha 1—5-barg qo‘ltiqlarida hosil bo'lgan ro‘vaklar bosh novdanikidan qolishmaydi, urug‘larining yirikligi bo'yicha ulardan ham ustunlik qilishi mumkin. Keyingi barg qo‘ltiqlaridan hosil bo'lgan yon novdalarda donlar kam bo‘ladi va kechroq pishadi. Tup- Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling