R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanish fazalari
- Ozbekistonda ekiladigan asosiy navlar va duragaylar . UzROS-kremnistaya
- Moldavskiy—425-MV
- Ozbekiston tishsimoni — kechpishar. Vegetatsiya davri 112—123 kun, silos hosili 662,7—988,3 s/ga. Ozbekiston—306 MV
- Almashlab ekishdagi o‘rni.
- Ekish. Urug‘ni ekishga tayyorlash.
- Begona otlarga qarshi kurash.
- Kasalliklarga qarshi kurash.
- Makkajoxorini boshqa ekinlarga qoshib ekish.
157 www.ziyouz.com kutubxonasi barglar chetida kuyganga o'xshash dog'lar hosil bo'ladi, so'talar mayda, donlari siyrak bo'ladi. Kaliyli oziqlanishning me’yorida o'tishi o'simlikni qurg'oqchilikka, yotib qolishga, zamburug' kasalliklariga chidamliligini oshiradi, donlar to'la bo'lishini ta’minlaydi. Bu element ro'vakning gullashi davrida eng ko'p o'zlashtiriladi. Sut pishish davridan boshlab o'simlikda kaliy miqdori kamayib boshlaydi. P.G. Naydin ma’lumoti bo'yicha 5—7 t/ga hosil bilan makkajo'xori 150—180 kg azot, 50—70 kg fosfor va 150 kg kaliyni olib chiqadi. Makkajo'xori vegetatsiya davrining birinchi yarmida vegetatsiya davo mida o'zlashtiriladigan 40 % azotni, 30 % fosforni, 70 % kaliyni o'zlashtiradi. Rivojlanish fazalari — unib chiqish, ro'vaklash, so'talarning gul lashi, sut, sut-mum, mum, to'la donni pishishi. Ertapishar duragaylar va navlar 80—90 kunda, o'rta erta pisharlar 90—100, o'rtapisharlar 100— 110, o'rta kechpisharlar 115—130 kunda va undan ortiq muddatda pis hib yetiladi. O'zbekistonda ekiladigan asosiy navlar va duragaylar . UzROS-kremnistaya — O'SHITIda mahalliy popluyatsiyalardan tan- lash yo'li Ы1ап yaratilgan. Don va silos uchun Samarqand, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Kremniysimon. Doni oq. Don hosili 68,3—69,7 s/ ga. 1000 donning vazni 259,4—273,5 g. Kechpishar. O'suv davri 135— 137 kun. Oqsil 8,8—9,8 %, kraxmal 76,3—74,7 %. Qorakuya kasalligi bilan o'rtacha zararlanadi. Moldavskiy—425-MV — Moldaviya jo'xori va makkajo'xori ITIda yaratilgan. Respublika bo'yicha ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Tishsimon. Doni sariq. Don hosili 108,7 s/ga. Don chiqishi 81,6—86,0 %, 1000 don vazni 340—352 g. O'suv davri 104—137 kun. Pufakli qorakuya va so'ta bakteriozi bilan o'rtacha zararlanadi. O'zbekiston tishsimoni — kechpishar. Vegetatsiya davri 112—123 kun, silos hosili 662,7—988,3 s/ga. O'zbekiston—306 MV — O'zSHITI da yaratilgan. Takroriy ekish rnchun o'rtapishar. Davlat reyestriga kiritilgan. 1000 don vazni 340—420 g, o'rtapishar. O'suv davri 86—103 kun. Pufakli qorakuya bilan zararla nadi, ko'sak qurti va tunlam bilan kam zararlanadi. Hozirda Vatan, Avizo, Brilliant, Domingo, Mondo, Nart, Simbat, Tema Figaro, Universal, В ето 181 SV, В ето 182 SY, Qorasuv 350 AMB, O'zbekiston 601 YeSV, Ilka duragaylari va navlari Davlat reyestri ga kiritilgan. Almashlab ekishdagi o‘rni. Makkajo'xori surunkasiga bir maydonga qayta-qayta ekilishga chidamli. O'zbekistonda makkajo'xori asosan sug'oriladigan yerlarda ekiladi. Uni beda, g'o'za, kartoshka, poliz ekin lari, kuzgi don ekinlaridan keyin joylashtirish yaxshi natija beradi. Lav- lagidan keyin makkajo'xori joylashtirilsa, fosfatlarning o'zlashtirilishi, 158 www.ziyouz.com kutubxonasi oziqlanish sharoiti yomonlashadi. Dukkakli don ekinlaridan keyin makkajo'xorini joylashtirish ham hosildorlikni oshiradi, don sifatini yax shilaydi. O'zPITI ma’lumotlarida makkajo'xorini beda bilan qo'shib ekishda tuproq unumdorligi, keyin ekilgan g'o'za hosildorligi oshib tola sifati yaxshilangan. Monokulturaga nisbatan makkajo'xoridan keyin g'o'za hosili 3—4 s oshgan. Almashlab ekishlarda makkajo'xorini joylashtirish bir gektardan ozi qa birligi chiqishini ko'paytiradi, sug'oriladigan yerlar samaradorligini oshiradi. Makkajo'xori kuzgi bug'doy, kuzgi arpa, kartoshka, poliz ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh. Uni surunkasiga bir dalada 4—5 yil, qorakuya bo'lmaydigan maydonlarda 10-15 yil o'stirish mumkin. Bu ekinni fer- ma oldi almashlab ekishlarda, fermaga yaqin maydonlarga ekish, or ganik o'g'itlarni ko'proq solishga, hosilni yig'ishtirish, saqlash, tashish ishlarini, xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Makkajo'xorini surunkasiga bir maydonga ekish, pufaksimon qorakuya kasalligining ko'payishiga, hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Dala da makkajo'xori hosili yig'ishtirilgandan keyin har gektaridan 70—80 s ildiz va ang'iz qoldiqlari qoladi va kelgusi yozgacha chirib tuproqqa o'simlik o'zlashtira oladigan 50—55 kg azot, 20—25 kg fosfor qo'shiladi. Tuproqni ishlash. Notekis dalalar tuproqni ishlashdan oldin te kislanadi. Tuproqni asosiy ishlash usuli va chuqurligi o'tmishdosh ekin- ning xususiyatiga, tuproq madaniy qatlamining qalinligiga, dalani o't bosganlik darajasiga, tuproq turiga, o'tgan yil haydalish chuqurligiga bog'liq holda belgilanadi. G'o'zadan bo'shagan maydonlaming haydash qatlami qalin bo'lsa 25—28 sm, ayrim yillari 40—45 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Tuproq bir yil chimqirqarli ikki yarusli pluglar bilan 40—45 sm chu qurlikda haydalsa, ikkinchi yili 25—28 sm chuqurlikda, uchinchi yili yana 40—45 sm chuqurlikda haydaladi. Shunday haydalish tizimi qo'llanilsa ang'iz qoldiqlari, begona o't urug'lari, zararkunandalar g'umbaklari, kasallik manbalari ikki yil davomida tuproq tagida to'la chiriydi, zararsizlantiriladi, tuproq unumdorligi oshib boradi. Kuzgi shudgor respublikamizning shimoliy mintaqasida 20—30 oktabrdan 30 noyabrgacha, janubiy mintaqalarda 15 dekabrgacha tugallanadi. Yangi o'zlashtirilgan yerlar birinchi yili 20—22 sm chuqurlikda, ke yingi yillari har yili 2—3 sm chuqurlashtirilib haydaladi. Mexanik tarkibi og'ir, zich jipslashgan qatlami 40—50 sm chuqurlik da joylashgan tuproqlar, haydash oldidan 40—50 sm chuqurlikda maxsus asboblar bilan yumshatiladi, keyin 25—30 sm chuqurlikda haydaladi. Kuchli o't bosgan dalalami ikki yarusli pluglar bilan 35—40 sm chuqurlikda haydash, begona o'tlarni kamaytiradi, 27 sm chuqurlikda haydashga nisbatan don hosildorligini 10 s/ga oshiradi. 159 www.ziyouz.com kutubxonasi Shudgorlashdan oldin tuproq quruq boisa, haydash oldidan dala sug‘oriladi. Bedapoyalar haydashdan oldin lushchilnik yoki otvalsiz pluglar bilan 5—8 sm chuqurlikda haydalib beda to‘plarining boshchalari qirqi- ladi. Bir haftadan keyin. 30—40 sm chuqurlikda haydaladi. Haydash chuqurligi ikkinchi yili 20—22 sm, uchinchi yili 30—40 sm boiadi. Don ekinlaridan bo'shagan dalalar 6—8 sm lushchilniklar bilan yum shatiladi, keyin 25—27 sm chuqurlikda haydaladi. Erta bahorda tuproq yetilishi bilan boronalash o'tkaziladi. Sho‘ri yuvilgan, nam to'playdigan sug‘orishlar o‘tkazilgan dalalar tuprogi ba horda juda zichlashib ketsa, bunday dalalar chizellanadi yoki otvalsiz pluglar bilan haydalib, boronalanadi. Shudgor qilinmagan, dala tuprogi zichlashmagan, o‘t bosmagan boisa, dala ekishdan bir-ikki kun oldin ikki izda boronalanadi, urug‘ ekiladigan kun molalanadi. Mola tuproq mexanik tarkibiga bog'liq hol da 1 - 3 yurgaziladi. Ildizpoyali begona o‘tlar bilan ifloslangan dalalar bahorda yaxshilab taroqlanadi, ildizpoyalar yigib yoqib yuboriladi. Shudgor qilingan dala tuprogi zichlashib, o‘t bosgan boisa, ekish dan 6—8 kun oldin 10—12 sm chuqurlikda kultivatsiya yoki chizel qili nadi, ikki izda borona qilinib, mola bosiladi, zarur boisa kuzgi tun- lamga qarshi zaharli kimyoviy moddalar ham solinadi. 0 ‘g‘itlash. Makkajo'xori o‘g‘itlarga talabchan. Don hosili 60—70, yashil massa hosili 500—700 s boiganda, tuproqdan 150—180 kg azot, 60—70 kg fosfor, 160—190 kg kaliy o'zlashtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda makkajo‘xori juda yuqori hosil beradi. So- linadigan organik va ma’danli o'gitlar me’yori rejalashtirilgan hosilga, tuproq agrokimyoviy kartogrammasiga bogiiq holda belgilanadi. Kuzgi shudgordan oldin 40—60 t chirigan go‘ng yoki kompos solish juda yax shi natija beradi va don hosilini 15—20 s/ga oshiradi. Ma’danli o'gitlar samaradorligi sug'oriladigan yerlarda juda yuqori, 1 kg NRK hisobiga 18—20 kg don hosili olinishi mumkin. 0 ‘g‘it me’yorlarini belgilashda balans usulini qoilash ma’qul. Mak- kajo‘xori 1 s don hosil qilishi uchun 2,2—3,4 kg azot o'zlashtiradi. 0 ‘rtacha 3 kg deb olinsa, 60 s don hosili olish uchun 180 kg azot talab qilinadi. Gektariga 40 t chirigan go'ng solinsa (0,6 %) 240 kg azotni tashkil qiladi, unung 20 % o‘zlashtirilsa 48 kg azotni o‘simlik o'zlashtiradi. 0 ‘simlik mavsum davomida 60 s x 30 kg = 180 kg azotni o'zlashtiradi. X = 180 —4 8 :0 ,7 = 183 kg azot solinadi. Xo‘jaliklarda go‘ng boimasa ma’danli azot, fosfor, kaliy o‘g‘iti me’yorlari oshiriladi. Makkajo‘xori 60 s don hosil qilishi uchun o'rtacha 50—60 kg fosfor o‘zlashtiradi. Ma’danli fosforli o‘g‘itning o‘zlashtirilish koeffitsienti 15—20 %. Sug'oriladigan yerlarda asosiy o‘g‘itlashda yerni shudgorlashdan ol din gektariga 80—100 kg fosfor, 60—85 kg kaliy va organik o‘g‘itlar solinadi. Ekishdan oldin gektariga 20 kg azot, 20 kg fosfor, 15 kg kaliy ifin www.ziyouz.com kutubxonasi kultivatsiya bilan beriladi. Azotli o'g'itlarning 90 kg birinchi oziqlanti- rishda beriladi. Birinchi oziqlantirish uchinchi-to'rtinchi barglarni hosil bo'lishi bilan beriladi. Ikkinchi oziqlantirish 110 kg/ga o'simlikda 7—8 ta barg hosil bo'lganda o'tkazadi. Birinchi oziqlantirishda o'g'itlar o'simlik qatoriga yaqin, ikkinchisi egat o'rtasiga solinadi. Shunday qilib, o'g'itlarning umumiy me’yori azot 180—220, fosfor — 110—120 kg, kaliy 75—100 kg ni tashkil qiladi. Oziqlantirish o'tkazilgandan keyin sug'oriladi. Mikroelementlardan bor makkajo'xoriga samarali ta’sir ko'rsatadi. Ekish. Urug‘ni ekishga tayyorlash. Makkajo'xori urug'lari ekishdan oldin tozalanib, kalibrovka qilinadi, dorilanadi. Makkajo'xorining 1-sinf urug'larining unuvchanligi 96 %, ikkinchi sinfniki 92 % dan kam bo'lmasligi lozim. Urug'lar Raksil 1,5 kg/t, Ponaktin 2 kg/t, Vitovaks 2—3 kg/t m e’yorda dorilanadi. U rug'lar ekish oldidan bor kislotasining 0,01—0,03 % marganes sulfatning 0,03—0,05 % eritmasi bilan ishlanib ekilganda hosildorlik 14,4—15,4 s/ga oshgan. Urug'lar 8—10 % ammiakli selitra eritmasiga solinsa, puch urug'lar eritmaning yuzasiga qalqib chiqadi, yirik, to'la urug'lar cho'kadi. Cho'kkan urug'lar eritmadan olinib 4—5 kun yoyib quritilsa, ularning unuvchanligi oshadi. Urug'larni gidrofobizatsiya, inkrustlashda, ular polimer suyuqliklar- ga solib olinadi. Bunda urug'lar yuzasini noqulay ob-havo sharoitida,. past haroratdan himoya qiladigan parda qoplaydi. Bu ish urug'larni dorilash bilan bir paytda o'tkazilishi qulay. Gidrofob parda hosil qilish uchun I t urug'ga 11 1 texnik xloro- form, 0,5 kg polistrol, 2 kg Ponaktin sarflanadi. Xloroformda polistirol eritib olinadi. Ekish muddatlari. Bahorda ekish tuproq urug' ko'miladigan chu qurlikda 10—12 °C qiziganda boshlanadi. Juda erta ekilganda urug'lar chirib ketadi, kech ekilganda begona o'tlar bosishi mumkin. Ekishni optimal kalendar muddatlari aniqlangan bo'lishi kerak. O'zbekistonda Xorazm viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasida aprelning ikkinchi yarmi, janubiy Surxandaryo, Qashqadaryo viloyatla- rida mart oyining ikkinchi yarmi, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Samar qand viloyatlarida martning oxirgi o'n kunligi, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida aprelning birinchi o'n kunligi, Farg'ona vodiysida mart ning oxirgi o'n kunligi, aprelning boshlanishi makkajo'xorini donga ekish ning optimal muddatlari hisoblanadi. Makkajo'xorini chigitni ekishni tugatgandan keyin eksa ham bo'ladi. Ekish usuli. Makkajo'xoridan yuqori va barqaror hosil olishda ekish usullari katta ahamiyatga ega. Ekish sxemasini to'g'ri belgilash har bir o'simlik uchun optimal oziqlanish maydonini yaratish va quyosh yorug'ligi bilan ta’minlashga yordam beradi. Eng yaxshi ekish usuli qatorlab (punktir- lab) ekishdir, SUPN—8, SPCH—6 M seyalkalarida qatorlab ekish 161 www.ziyouz.com kutubxonasi o'tkaziladi. Bu usul tuprog'i ekishga yaxshi tayyorlangan, begona o'tlardan toza, unumdor tuproqlarda qo'llanilsa, yaxshi natija beradi. Makkajo'xorini egat ichiga, egat yonbag'riga, pushtaga ekish mumkin. Uyalab ekish. Bitta uyaga 3—5 urug‘ ekiladi. Ortiqcha maysalar ya- gana qilinadi. Kvadrat uyalab ekishda 60x60, 70x70, 90x90 sm sxema- lar qo'llaniladi. Bu usul hozirda 0 ‘zbekistonda qo'llanilmaydi. Egat ichiga ekish — sho'rlangan tuproq yuzasi tez qurib ketadigan yerlarda qo'llaniladi. Farg'onada bu usul «tepma usul» deyiladi. Bu usulda qator oralig'i kamida 90 sm bo'lishi lozim. Egat chuqurligi 15— 16 sm bo'ladi. Tekis yerga ekishga nisbatan bu usul 8—28% don ho silini oshiradi. Egat ichiga ekishda SCHX—CHAZ chigit ekish seyal- kasidan foydalanish mumkin. Pushtaga ekish — yog'ingarchilik ko'p, sizot suvlar yaqin, harorat past bo'ladigan mintaqalarda tuproqni tez qizdirish, yetishtirish uchun qo'llaniladi. Pushtalar orasi 60—90 sm qilib olinadi. Sochma usul — ko'k massa uchun ekilganda qo'llaniladi. Bu usul makkajo'xori takroriy yoki ang'izda ekilganda keng qo'llaniladi. Tup qalinligi gektariga 400—500 mingtaga yetadi. Ekish SZ—3,6, SZU—3,6, SZT—3,6 seyalkalarida o'tkaziladi. Bunda qator orasi 15 sm, o'simlik oralig'i 3—5 sm bo'ladi. Makkajo'xori qator oralig'i 60, 70, 80, 90, 100, 120, 140 sm qilib ekilishi mumkin. O'zbekistonda makkajo'xorini qator oralig'i 60, 70, 90 sm qilib ekish keng qo'llaniladi. Qatorlardagi o'simliklar orasidagi masofa 7—15 sm bo'lishi mumkin. Tup qalinligi nav yoki duragayning o'suv davriga, ekilish muddatla- riga va boshqa omillarga bog'liq holda o'zgaradi. Zarafshon vodiysining tipik bo'z tuproqlarida Uzbekskaya—100 navi bahorda don uchun ekilganda optimal tup qalinligi 60 ming/ga, silos uchun ekilganda Dneprovskiy—70TV — 150 ming/ga, Uzbekskiy—100 — 120 ming/ga, ang'izda Uzbekskaya skorospelka navi — 150 ming/ga, Krasnodarskiy—303TV — 200 ming/ga qalinlikda o'stirilganda olingan. Makkajo'xori don uchun ekilganda qatorlab, yashil massaga yetishti- ’rilganda pushtaga ekish eng yaxshi natija bergan. Dneprovskiy—70 TV duragayi gektarida tup qalinligi 75 ming bo'lganda don hosili 113 s/ga, 120 ming tupda 92,7 s/ga bo'lgan, Uzbekskiy—100 navida tup qalinligi 60 ming/ga bo'lganda don hosili 71,3 s/ga, 120 ming bo'lganda 28,6 s/ga tashkil qilgan. Ekish chuqurligi, odatda, erta muddatlarda 5—6 sm bo'ladi. Ekish muddati kechikishi bilan harorat ortadi, urug'lami 10—12 sm chuqur likka ekish mumkin. Mexanik tarkibi og'ir loy tuproqlarda 4 sm chu qurlikda ekiladi. Yirik urug'lami mayda urug'larga nisbatan 1—2 sm chuqurroq ekish mumkin. Ekish chuqurligining ortib borishi bilan ekish, unib chiqish davri cho'ziladi. Ko'plab tajribalar makkajo'xori urug'lari 8—12 sm chuqurlikka ekil- 162 www.ziyouz.com kutubxonasi ganda yaxshi natija olinishini ko'rsatadi. Ekish chuqurligi 8—12 sm boiganda urugiar 18—22 sm chuqurlikka ekilgandagina nisbatan don hosili 2,5—13,6, yashil massa hosil 27—132 s/ga oshgan. Ekish SKNK-6, SKPN-8, SPCH -6, SU PN -8 hamda SCH K - 4A—1, SCHX—4A —1, SCHX—4A—4 chigit seyalkalarida bajariladi. Ekish me’yori. Don uchun 1 gektarga 20—25, yashil massa uchun 30—180 kg urug‘ sarflanadi. Optimal tup qalinligini hosil qilish uchun urugiaming dala unuvchanligi, o‘sish davrida siyraklashishi hisobga oli nadi. Ekin parvarishi. Sug‘oriladigan yerlarda qatqaloqni yo‘qotish, be gona o'tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, qator ora- larini ishlash, oziqlantirish, sug‘orish — makkajo'xorini parvarishlashni tashkil qiladi. Urugiar unib chiqqunga qadar qatqaloq hosil boisa, rotatsion motiga yoki kalta tishli borona bilan ekishga ko'ndalang qilib tuproq yumshati ladi. Bunda qatqaloq yumshatilib begona o‘tlar yo‘q qilinadi, tuproqning havo va issiqlik rejimi yaxshilanadi, maysalar tez unib chiqadi. Makkajo'xori maysalari unib chiqqandan keyin qatqaloq hosil boisa, o'simlik 3—4 barg hosil qilguncha egatlarga ko‘ndalangiga kalta tishli borona solinganda qatqaloq yo‘qotiladi, begona oilarning 80 % i, mak- kajo‘xorining atigi 3—4 % i yo'qotiladi. Birinchi kultivatsiya makkajo'xori 3—4 barg hosil qilganda, chetki organlari 6—8, 10—12 sm, o'rtasidagi (g‘ozpanja) 16—18 sm chuqurlik ka o‘rnatiladi. Kultivatsiya har bir sug'orishdan keyin tuproq yetilganda o'tkaziladi. Kultivatsiya paytida yoki egat olishda oziqlantirishlar o‘tkaziladi. Kech o‘tkazilgan kultivatsiyada kesaklar, erta, tuproq loy boiganda oikazilsa, palaxsalar hosil boiadi, o‘simlik ildizlari shikastlanadi, o‘sishi, rivojlanishi sustlashadi. Makkajo'xori qator oralarini ishlashni o'simlik bo‘yi 120—130 sm boiguncha o‘tkazish mumkin. 0 ‘suv davrida 3—4 kultivatsiya oikaziladi. Sug‘orish rejimi. Tuproqda yetarli nam bo‘lishi uchun kuz, qish va erta bahorda, gektariga 1500—2000 m3 me’yorda yaxob suvi beriladi. Yaxob suvlarini berish hosilni 10—15% oshiradi. Ekish oldidan nam to‘playdigan sug'orishlar gektariga 800—1200 m3 me’yorda oikaziladi. Makkajo'xorining о‘suv davrida tuproqdagi namlik CHDNS ning 70—80% kam boimasligi lozim. Ayniqsa, ro‘vak chiqarishdan 10 kun oldin, ro‘vak chiqargandan keyin 20 kun davomida makkajo‘xori suvga juda talabchan boiadi. Harorat 30 °C dan oshganda havo quruq boisa, makkajo‘xori changlari bir soatdan keyin nobud boiadi. So'tada donlar siyralc hosil boiadi. 0 ‘suv davridagi sug‘orishlar soni va me’yorlari sizot suvlarining joy- lashishiga, tuproq mexanik tarkibiga va boshqa omillarga bogiiq holda o'zgaradi. Sug‘orishlar me’yori o‘rtacha 900—1000 m3/ga. Birinchi ° 163 www.ziyouz.com kutubxonasi sug'orish maysalar unib chiqqandan keyin 20—25 kun o'tgach o'tkaziladi. Keyingi sug'orishlar har 10—15 kunda o'tkaziladi. Sug'orishlar soni 4—7 marta bo'lishi mumkin. Og'ir, sizot suvlar yaqin joylashgan tuproq larda sug'orish me’yorlari katta, ammo soni kam, sizot suvlar uzoq yengil tuproqlarda esa aksincha bo'ladi. Sug'orishlar egatlab, yomg'irlatib o'tkazilishi mumkin. Makkajo'xori sizot suvlaridan yaxshi foydalanadi. Ya.A. Mansurov va D.I. Maxmudov tajribalarida sizot suvlar bir metr chuqurlikda joy- lashganda VIR—338TV duragayidan, o'g'itlar qo'llab, umuman sug'ormay 70—80 don, 800—900 s/ga silos massasi hosili olingan. Begona o'tlarga qarshi kurash. Makkajo'xorichilikda begona o'tlar hosildorligini oshirishdagi asosiy to'siqlardan bin. Keyingi yillarda urug'larni ekishgacha penitron gerbitsidini gektariga 1—2 1, stomp 3—6 kg/ga me’yorida qo'llash bir yillik g'alladosh o'tlar va ikki pallali be gona o'tlarga qarshi kurashda yuqori samara bermoqda. Eradikan bir gektarga 4—8 1 me’yorida 300 1 suvga aralashtirilib ekish oldidan pur kaladi va darhol tuproqqa aralashtiriladi. Bu gerbitsidni keyin ekila digan ikki pallali madaniy o'simliklarga zararli ta’siri yo'q. Agelon, Mayazin, Simazin, Sutan plyus, Prim-ekstra gerbitsidlari ham ekish oldidan tuproqqa beriladi. Ammo ularning keyingi ikki pal lali ekinlarga ta’siri kuchli. O'suv davrida gektariga bazagron 2—4 1/ga, benvil 0,6—0,8 1/ga, pard- ner (22,5%) 1,5 1/ga, titus (25%) — 40—50 g/ga qo'llanilishi mumkin. Kasalliklarga qarshi kurash. Makkajo'xorida gelmintosporioz, pufakli qorakuya, chang qorakuyasi, so'talar bakteriozi, nigrosporagenez, so'talar fuzariozi, urug'lar va maysalarning mog'orlashi kasalliklari kuzatiladi. Urug'da kasallik chaqiruvchi, qo'zg'ovchi manbalar bo'lsa, ular urug'larni zaharli dorilash yo'li bilan yo'q qilinadi. Urug'lik maysalarda pufakli qorakuya bilan kasallangan barglar, so'talar, poyalar sindirib, daladan chiqarib yo'q qilinadi. Chang qorakuyasi bilan zararlangan o'simliklar olib tashlanadi va yo'q qilinadi. Zararkunandalari. O'zbekistonda makkajo'xorining 60 dan ortiq za- rarkunandasi ma’lum. Erig ko'p uchraydiganlariga kuzgi tunlam, qora- dirina, o'rgamchakkana, chigirtkalar, simqurtlar, may qo'ng'izi va boshqalar kiradi. Ularga qarshi agrotexnik, biologik, kimyoviy usullarda uyg'unlashgan kurash chora-tadbirlari qo'llaniladi. Ayniqsa, yuksak agro- texnika juda samarali. Hozirda ularga qarshi samarali insektisidlar qo'llanilmoqda. Makkajo'xorini boshqa ekinlarga qo'shib ekish. Makkajo'xorini dukkakli don ekinlaridan loviya, soya, g'alladosh ekinlardan sudan o'ti, oq jo'xori bilan qo'shib silos yoki yashil massasi uchun yetishtirish oziqa sifatini yaxshilaydi, hazmlanadigan protein miqdorini oshiradi. Ayniqsa, makkajo'xori soyaning baland bo'yli navlari bilan qo'shib ekilganda yashil massasining bir oziq birligida 100—120 g hazmlanadi- Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling