R. O. Oripov, n X. Xalilov
www.ziyouz.com kutubxonasi kaldagi kartoshka to£liq gullagandan keyin 20—25 kun o£tgach kartosh-
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
271 www.ziyouz.com kutubxonasi kaldagi kartoshka to£liq gullagandan keyin 20—25 kun o£tgach kartosh- ka palagi KIR—1,5 yordamida o £rib tashlanadi yoki xlorat magniy bilan desikatsiya (15—20 kg/ga 500 1 suvda) qilinadi. Urug£lar 20—25-iyunda kovlab olinadi va vazni 30—80 g tuganaklarning kindik qismi kertiladi. Yirik tuganaklar 2—3 bo£lakka bo£linadi. Tuganaklar 30—35 kg holda to£r xaltalarga solinadi. Uaig'lik tuganaklarning tinim davridan chiqarish uchun nishlatuvchi, o £stiruvchi moddalar eritmasi tayyorlanadi. Eritma 500 1 tiniq suvga 5 kg tiomochevina, 5 kg rodonli kaliy, 2,5 g gibereilin, 10 g qahrabo kislotasi, 30 kg TMDT preparati aralashtirilib tayyorlanadi. Eritmani tayyorlash uchun eni 80—100, chuqurligi 70—90 sm, uzunligi 2—3 m o£ra kovlanadi va polietilen plyonkasi to'shaladi. To£r xaltalardagi ker- tilgan, kesilgan tuganaklar eritmasi 1 — 1,5 minutdan 10 minutgacha ivi- tiladi, keyin shu kuni yoki 7—10 kun qorong'i joyda so'litilib, nishlatib ekiladi. Yangi kovlab olingan tuganaklarni ekish uchun kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo£shagan maydonlar, bedapoya, oraliq ekinlardan bo£shagan maydonlar yaroqlidir. Ekish muddati 25—30-iyun. Ekish chuqurligi 8— 10 sm, tup qalinligi 70—93 ming. Urug£lar 70x15—20 sm sxemada eki ladi. Maysalar ekilgandan 30—35 kun o£tgach hosil bo£ladi. Parvarish davrida ekinzor kam m e’yorlarda har 5—6 kunda, sug£oriladi, begona o£tlardan tozalanib, qator oralari kultivatsiya qilina di. Kartoshka palagi kech kuzgacha yashil holda saqlanadi. Bu usulda yetishtirilgan kartoshka gektaridan 160—180 s hosil beradi. Olingan tu ganaklar kelgusi yili odatdagi urug£lik tuganaklar ekilgandagiga nisbatan 50—60 s/ga ko£p hosil beradi (Ostonaqulov, Abdukarimov, 1997). Oczbekistonda kartoshka yetishtirishning Gollandiya texnologiyasi. Gollandiya — dunyoda kartoshkachilik eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Bu mamlakatda kartoshkaning o £rtacha hosildorligi 400—450 s/ga ga yetadi. Gollandiya navlari, kartoshka yetishtirish texnologiyasi keyingi yil- larda 0 £zbekistonda ham joriy etila boshlandi. Bu texnologiyaning asosiy xususiyati o £simliklarning oziqa moddalar bilan yuqori darajada ta’minlanishi. Kartoshka uchun eng unumdor tuproqli dalalar ajratiladi, tuproqni haydash oldidan gektariga 70—100 t organik o£g£itlar solinadi, ma’danli o £g£itlar: N —100—180, P—120—200, K—150—200 kg/ga tuproqa sochilib, keyin sayoz qilib k o£miladi. Bir maydonga kartoshka 3—4 yildan keyin qaytariladi. Tuproq «Lemeken» firmasining pluglari bi lan ag£darib haydaladi va bunda haydalgan dalada jo£yaklar hosil bo£lmaydi. Barcha ishlar mashina va texnikalar bilan sifatli bajariladi, ekishda nav tozaligi 100 % va ekinboplik sifatlari yuqori, sog£lom, standart talablarga javob beradigan tuganaklar diametri 30—60 mm bo£lgan urug£lardan foydalaniladi/ hamma agrotexnologik jarayonlar sifatli va optimal muddatda bajariladi. Mutaxassislar, fermerlarning bilim doirasi 272 www.ziyouz.com kutubxonasi juda yuqori. Gollandiya texnologiyasida kartoshka dukkakli o'tlar, boshoqli ekinlardan keyin joylashtiriladi. Ekishdan oldin «Dominator» markali vertikal frezalar bilan 10—12 sm chuqurlikda ishlanadi. Ekish «Struktural» va «Kramer» kartoshka o'tkazgichlarda o'tkaziladi. Urug'chilik meristema to'qimasi asosida tashkil etilgan. Asosan su per elita, elita, birinchi (A l), ikkinchi (V2), uchinchi (B3) reproduksi- ya urug'lar davlat nazoratidan o'tkaziladi. Respublikamizga superelita, elita A,V,B reproduksiyali urug'lar 35—45, 45—55 mm, saralangan hol da keltiriladi. Gollandiyadan keltirilgan seyalka va hosil yig'ishtiriladigan kom- baynlar ish unumdorligi yuqori, juda ko'p qismlari polimerlardan yasal- gani tufayli tuganaklar mexanik shikastlanmaydi. Ekish me’yori 2,7—6,7 t/ga yoki ekish qalinligi 40—100 ming tuga- nak/ga. Ekish chuqurligi 4—6 sm. Gollandiya texnologiyasi bo'yicha kartoshka yetishtirishda trapetsiya shaklida pushta olinadi. Pushtalar, 10—15 % o'simliklar unib chiqqan- da «Атак» frezer kultivatorida olinadi, qator orasi yumshatilib, yuqori- ga tortiladi va 20—23 sm balandlikda tuproq pushtaga uyiladi. O'suv davrida begona o'tlarga qarshi 70 % zenkor gerbitsidi 0,5— 0,75 kg/ga o'simlik bo'yi 10 sm yetguncha qoilaniladi. Zararkunan- dalarga qarshi detsis, karate, arrivo, zolon kasalliklarga arserid, akrobat MS, oksixom, polixom, polikarbatsin qo'llaniladi. Bu texnologiya tuproq tarkibida gumus 2 % dan kam bo'lmagan tuproqlarda qo'llaniladi. Hamma jarayonlar sifatli va o'z vaqtida, mud-, datida bajarilishi lozim. Urug'chilik, kartoshka yetishtirish texnologiyasi yaxshi yo'lga qo'yilgan. O'zbekistonda kartoshka sug'oriladigan yerlarda ekiladi, tuproqda gu mus miqdori kam, Gollandiya texnologiyasidagi texnikalar, urug'chilik, navlaming tanlanishi, ekin parvarishining ayrim elementlarini O'zbekistonda qo'llash kartoshkachilikning rivojlanishiga ko'mak beradi. 5.2. YER NOKI Yer nok yem-xashak, texnikaviy ekin, Uning tuganaklarida 30—40 % (quruq modda hisobida) inulin saqlanadi. Tuganaklaridan fruktoza, spirt, vino, vino uksusi, oziqa achitqilari, pivo va boshqa ko'plab mahsulotlar olinadi. Uning tuganaklari oziq-ovqat sifatida, shuningdek, tibbiyotda qand kasalligi, podagra, oshqozon-ichak kasalliklarini, siydik pufagida tosh hosil bo'lganda davolashda hamda rak, infarkt, insult kasalliklari- ning oidini olishda qo'llaniladi. Oziqa sifatida yer nokining yer usti (poya barglari) va yer osti massasi (tuganaklari) ishlatiladi. Poyasi, barg- larida quruq modda miqdori 25—30 %, vitaminlarga boy. Yashil mas- sasining 100 kg ida 20—25 kg oziqa birligi saqlanadi. Uning quruq 273 www.ziyouz.com kutubxonasi 24-rasm . Yer nok, topinambur. 1, 2 — unib chiqish fazasidagi va tuganak lam ing jadal hosil bo'lish davridagi o'simliklar; 3 — poyaning qismi; 4 — gullar; naychasim on (a) va tilsim on (b); 5 — meva; 6 — tuganaklar. yashil massasi bevosita oziqa sifatida ishlatiladi yoki undan vitaminli o4 uni, silos tayyorlanishi mumkin. Uning 200 kg silos massasida 18— 25 o.b., bir oziqa birligida 80—90 g hazmlanadigan oqsil saqlanadi. Tuganaklarining 100 kg da 23-30 o.b. mavjud. Yangi kovlab olingan tuganaklarida 10—15 % inulin va 2 % oqsil saqlanadi. Yer noki ekilgan paykallarda cho'chqalarni boqish yuqori samara 274 www.ziyouz.com kutubxonasi beradi. Cho‘chqa bolalari yer noki bilan boqilganda ularning vazni 20— 30 % oshadi va yog‘ sifati yaxshilanadi. Yer noki kasalliklar, zararkunandalarga chidamli ekin bo‘lganligi tufayli uni yetishtirishda pestitsidlar qo‘llanilmaydi. Shuning uchun uning yangi kovlab olingan tuganaklari, uni qayta ishlash natijasida olingan sharbat, fruktoza, spirt ekologik toza mahsulot hisoblanadi. Yer nokning vatani Shimoliy Amerika. Yevropaga Amerikadan kelti- rilgan. Hozirda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ekilmoqda. 0 ‘zbekistonda yer noki sug‘oriladigan yerlarda gektaridan 250—300 s tuganak, 700—800 s yashil massa hosilini berishi mumkin. Bir gek- tardan oziqa birligini chiqishi bo'yicha yer noki oziqa ekinlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Botanik tavsifi. Yer noki tuganak hosil qiluvchi, astradoshlar (Aster- aceae) oilasiga mansub o'simlik. Avlodi Helianthus L. Hozirda bu av- lodga 100 dan ortiq turlar kiradi va ulardan 2 tur Helianthus annus L — kungaboqar va Helianthus tuberosus. L — yer noki ekin sifatida keng tarqalgan. Poyalarining bo‘yi 2—4 m, bir tupda 1—5 poya hosil qiladi. Barg lari tuxumsimon, uzunchoq tuxumsimon, yirik, atrofi tishsimon. Unib- chiqish fazasida ular barglar to'plamini hosil qiladi, shonalashda ular poyaning pastki qismida qarama-qarshi yoki halqasimon, poya o'rtasida va uchida navbatlashib joylashadi. Kattaligi 2—5 sm. Bitta o‘simlikda 1—50 to‘pgul bo‘lishi mumkin. Chetdan changlanadi. Mevasi pista, 1000 tasining vazni 7—9 g. Yer noki 0 ‘zbekistonda tuganaklari yor damida ko‘paytiriladi. Pistasidan ko'paytirish seleksiyada qo‘llaniladi. Ildiz tizimi — popuk, urug‘idan ekilganda — o‘qildiz. Tuproqda ildizlari 2 m chuqurlikka kirib boradi. Yer osti novdalari — stolonlar yo‘g‘onlashib tuganakka aylanadi. Stolonlar uzunligi 5—40 sm. Tuganak lari nokka o'xshash. Rangi oq, qizil, siyohrang va boshqa ranglarda boiishi mumkin. Bitta o‘simlikda 20—30 tadan 70 tagacha tuganak hosil boiadi. Vazni 10—100 g. Biologik xususiyatlari. Yer noki har bir tuganakdan bahorda 1—3 novda shakllanadi va tup hosil qiladi. U sovuqqa, shuningdek, yuqori haroratga chidamli o‘simlik. 0 ‘suv davrida navlari o‘stirilish mintaqasiga bog'liq hol da 2000—3000 °C faol harorat talab qiladi. Yer ustki qismi — 8 °C, tuga- nagi yer qatlami va tuproq ostida —40 °C sovuqqa bardosh beradi. Yer noki qisqa kun o-simligi. Qurg‘oqchilikka chidamli. Sho‘r, sho'rtob, botqoq, kislotali tuproqlardan boshqa barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Yashil massa hosilini 1 t bilan tuproqdan 3 kg azot, 1,2—1,4 kg fosfor, 4,5 kg kaliy, 1 t tuganak bilan 2—2,5 kg azot, 2—2,5 kg fosfor, 7 kg kaliy olib chiqadi. Navlari. Belaya, MOS — 650YU, FYUZO, Novinka, Beliy uro- jayniy, Vadim, Krasnoklubneviy, Naxodka, Interes va boshqalar. Yer noki yetishtirish texnologiyasi. Yer noki almashlab ekishda fer- 275 www.ziyouz.com kutubxonasi ma oldi va dala almashlab ekishlarida joylashtiriladi. 0 ‘zbekistonda yer nok uchun yaxshi o'tmishdoshlar beda, sebarga, dukkakli don ekinlari, g‘o‘za, kuzgi g‘alla ekinlari hisoblanadi. Yer nokni ildizmevalar, tuga- nakmevalar, kungaboqardan keyin joylashtirish yaramaydi. Sklerotinya bilan kasallanadigan ekinlardan keyin yer nokini joylashtirish tavsiya etilmaydi. Yer nokini bir o'stirilgan maydonga 4—5 yildan oldin joy- Lashtirishga yo‘l qo'yilmaydi. Tuproqni ishlash. Yer nok ekiladigan dala 25—27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi, bahorda boronalanadi, chizellanadi yoki otvalsiz pluglar bilan haydalib disklash yoki kultivatsiya o'tkaziladi. 0 ‘g‘itlash. Yerni haydash oldidan gektariga 20—40 t chirigan go'ng, azot, fosfor, kaliy 80—90 kg solinadi. Fosforli, kaliyli o'g'itlar yerni haydash oldidan, azotli o'g'itlar ekishdan oldin kultivatsiya bilan beri- ladi. Ma’danli o'g'itlar solish har yili, organik o'g'itlarni qo'llash 4—5 yildan keyin takrorlanadi. Ekish. Yer nokning bahorda va kuzda Naxodka, Skorospelka nav lari ekiladi. 0 ‘zbekiston sharoitida yer nok fevralning oxiri, martning birinchi yarmida yer yetilishi bilan ekiladi. Ekishni kechiktirish hosil- dorlikning pasayishiga olib keladi. Ekish qator oralari 60—70 sm qilib o‘tqaziladi. Qatordagi tuganak lar orasi 30—60 sm bo'lishi mumkin. Sug'oriladigan yerlarda gektariga 50—60 ming tuganak ekiladi. Tup qalinligi navning biologik xususiyat- lariga bog'liq holda belgilanadi. Ekish uchun vazni 40—50 g tuganaklar- dan foydalanish ma’qul. Tuganaklar juda yirik bo'lsa, ■ kesib chiqish mumkin. Kuzda ekilganda tuganaklar kesilmaydi. Ekish me’yori 0,6—2 t/ga o'zgaradi. Ekish uchun tuganaklar ekiladi gan kuni kovlab olinadi. Erta kovlab olinsa tuganaklar so'lib qoladi. So'lishning oldini olish uchun tuganaklar qum bilan yupqa qilib ko'miladi. So'ligan tuganaklar 1—1,5 sutka suvga solinsa, ular o'z massasini tiklaydi. Ekish kartoshka seyalkalarida yoki qo'lda bajariladi. Ekish chuqurli- gi 6—8 sm, yengil tuproqlarda 8—10 sm. Yer noki urug'lari 8—10 °C da unib chiqa boshlaydi. Ekilgandan keyin 20—30 kun o'tgach may salar hosil bo'ladi. Maysalar hosil bo'lguncha boronalash 1—2 marta o'tkaziladi. Maysalar hosil bo'lgandan keyin qator oralari kultivatsiya qilinadi, o'simlik bo'yi 40—50 sm ga yetganda tup tagiga tuproq uyumla- nadi. Yashil massa hosilini oshirish uchun chekanka qilinadi. Hosil oktabrning oxiri, noyabrda Moral, K S-2,6 kombaynlarida 5—6 sm balandlikda o'riladi. Tuganaklar kuzda va bahorda yig‘ishtirilishi mumkin. Tuganak hosil yig'ishtirilganda 8—10 tuganak 1 m2 qoldiriladi. Bahorda jo ‘yaklar olinib o‘g‘it!anadi, sug'oriladi. Plantatsiyani yo'qotishda gerbitsidlar qo'llaniladi, yoki ko'k no'xat, xashaki no'xat yashil massa uchun ekilib, o'rib olinadi yoki o'simlik hali tuganak hosil qilmasdan savatlar hosil bo'lishdan oldin o'rib olinadi. 276 www.ziyouz.com kutubxonasi 6-BOB. ILDIZMEVALILAR 6.1. QAND LAVLAGI Ildizmevalilarga sho'radoshlar oilasiga kiruvchi qand lavlagi, xashaki lavlagi, ziradoshlar oilasiga mansub sabzi hamda karamdoshlar oilasi- ning vakillari xashaki sholg'om, xashaki turp kiradi. Ular asosan yo'g'onlashgan ildizlari uchun ekiladi. Lavlagichilik o'simlikshunoslikning muhim tarmog'i bo'lib, qand sanoati uchun xomashyo, ildizmeva yetkazib beradi. FAO ma’lumotiga ko'ra dunyoda ishlab chiqarilgan umiimiy qandning 38 % i qand lavla- gi hissasiga to£g£ri keladi. Zamonaviy qand lavlagi ildizmevalarida qand miqdori 16—20 % ga yetadi. Qand lavlagi ildizmevalarini qayta ish- lashda har bir sentner ildizmevadan 12—15 kg qand, 85 kg jom, 4—6 kg qiyom olinadi. Qand asosiy, muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. U odam organizmida tez o'zlashtiriladi va jismoniy hamda aqliy to- liqishning oidini oladi, ishchanligini tiklaydi. O'zbekistonda qand sanoati va lavlagichilik Respublikamiz mus- taqillikka erishgandan keyin jadal rivojlandi. Xorazmda qand zavodi ishga tushirildi. Kelajakda respublikaning qandga bo'lgan ehtiyojini to£la o'zida ishlab chiqarilgan qand hisobiga qondirish mo'ljallanmoqda. Bir gektar sug'oriladigan yerdan 100 s qand olish mumkin. Lavlagi yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi juda yuqori. Jom — lavlagidan qand diffuziya yo'Ii bilan ajratib olingandan keyin hosil bo'lgan massa. Unda 5,6 % quruq modda va oz miqdorda qand, oqsil va 1 kg da jom 8 o.b., 1 s quruq jom 85 o.b. saqlaydi. Qiyom qand kristallashtirib olingandan keyin qolgan massa. Unda organik modda miqdori quruq modda hisobida 90,2—91,6 % va 8,5— 9,8 % kul elementlari saqlanadi. Qiyom quruq moddasi 58 % qand, 15 % azotli moddalar, 18 % azotsiz organik moddalar va 9 % kuldan iborat. Uning 1 kg da 45 g hazmlanadigan protein va 0,85 o.b. saqlanadi. Shuning uchun qiyomdan omixta yem tayyorlanadi. Shuningdek, un dan spirt, glitserin, xamirturush (achitqi zamburug'lar), sut va limon kislotalari tayyorlanadi. J7dizmevaning kimyoviy tarkibi. Yetilgan ildizmevalarda o'rtacha 75 % suv, 25 % quruq modda saqlanadi. Quruq moddaning asosiy qismini — 17,5 % saxaroza, 7,5 % qand bo'lmagan moddalar tashkil qiladi. Qand bo'lmagan moddalaming 5 % i erimaydigan (kletchatka 2,5 %, pektin 2,4 % va kul 0,1 %) moddalardan iborat. Eriydigan qand bo'lmagan moddalarga fruktoza, glukoza va boshqa azotsiz ekstratlanadigan mod dalar (0,8 %), azotli moddalar (1,1 %) va kul (0,6 %) kiradi. Qand ishlab chiqarishda eriydigan «qand bo'lmaganlar» invert qand 277 www.ziyouz.com kutubxonasi fruktoza, glukoza va yengil harakatlanadigan azotli birikmalar va ami- nokislotalar saxarozani kristallanishiga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun invert qand va azotning ko'p bo'lishi ildizmeva sifatining pastligini ko'rsatadi. Eriydigan kul ham ildizmeva sifatini belgilaydi. Qand lavlagining 1 kg ildizmevasida 26 o.b. saqlanadi. Shuningdek, 5 kg barglari 1 o.b. teng bo'iib, uning 100 kg ida 22 oziqa birligi saqlanadi. Qand lavlagining 250 s/ga hosilida 6500 o.b. saqlanadi va qo‘shimcha, barglaridan 2500, jomdan 15 o.b. olinadi. Uning agrotexnik ahamiyati ham katta. Qand lavlagi ekiladigan da lalar chuqur shudgor qilinadi, ko‘p miqdorda organik va ma’danli o'g'itlar solinadi, hamda begona o'tlarga qarshi jadal kurash olib boriladi. Shuning uchun qand lavlagidan keyin dala begona o'tlardan toza va unumdorli- gi holida qoladi. Boshqa ekinlarning o'sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. U juda serdaromad ekin. Qand lavlagi Old Osiyoda, Markaziy Osiyoda eramizdan 1500-2500 yil muqaddam ekila boshlangan. Hozirgi madaniy ikki yillik shakllari bir yillik shakllaridan kelib chiqqan. Yovvoyi lavlagi hozir ham O'rta Yer dengizi, Kaspiy va Qora dengiz sohillarida uchraydi va qandi kam, yog'ochsimon, dag'al ildizga ega. Dastlab madaniy ekin sifatida Mon- gold, bargli lavlagi ekila boshlangan, keyin ildizmevali shakllari tarqal gan. Dastlab qand lavlagining sileziya turi ekilgan. Kristall qand Markgraf tomonidan 1747-yil kashf etilgan va Berlin akademiyasiga taqdim etilgan. Qand lavlagidan saxaroza olishni Axard 1799- yili isbot etgan. XIX asr boshlarida qand lavlagi ildizmevasida 6,7 % qand bo'lgan bo'lsa, 1860-yilga kelib 10 % yetkazilgan. Hozirda erig yaxshi qand lavlagi navlarida qand miqdori 20 % ga yetkazilgan va ildizmeva massasi oshirilgan. Dunyoda ekiladigan qand lavlagining 80 % i Yevropada joylashgan. Har yili dunyoda 8 mln ga maydonga qand lavlagi ekiladi. U dunyo- ning juda ko'p mamlakatlari (AQSH, Angliya, Germaniya, Turkiya, Ukraina, Rossiya, Qirg'iziston)da ekiladi. O'zbekistonda lavlagichilik 1998-yildan boshlab rivojlana boshladi. Qand lavlagi serhosil ekin. Xorazm viloyatining sug'oriladigan yer- larida ilg'or xo'jaliklar 400—600 s/ga ga yetkazib ildizmeva hosili olish- moqda. Botanik tavsifi. Lavlagining barchaga ma’lum turlari Beta L. avlodiga, Chenopodiaceae (sho'radoshlar) oilasiga mansub. Oddiy lavlagi turi (Beta vulgaris L.) bir necha kenja turlami, shu jumladan, ssp. vulgaris L. o'z ichiga oladi va bu kenja tur lavlagining ikki hamda bir yillik madaniy shak- llarining hammasini o'ziga birlashtiradi. O'z navbatida bu kenja tur quyidagi tur xillarga bo'linadi: qand lavlagi (v. shaccharifera), xashaki lavlagi (v. crassa), xo'raki lavlagi (v. esculenta), bargli lavlagi yoki mongold ( v. cicla). Hamma ildizmevali o'simliklar geofitlar guruhiga kirib, ularda epikotil (boshcha), gipokotl (bo'yincha) va xususan ildizidan iborat, ildizme- 278 www.ziyouz.com kutubxonasi 25-rasm. Qand va xashaki lavlagi. 1 ,2 — o‘simlik unib-chiqish va ikki juft haqiqiy barglarni hosil qilish fazalarida; 3, 4 — xashaki lavlagisini birinchi yil o‘suv davri va ildizmevasining kesmasi; 5, 6 — qand lavlagi birinchi yil o‘suv davrida va ildizmevaning kesimi; 7 — gullagan poya qismi; 8 — gul; 9 — lavlagini kospurugii va bir urugMi tospmevasi. valar rivojlangan. Ildizmevalarda zaxira organik moddalar to'planadi, barg va gul hosil qiluvchi novdalar tuproq yuzasiga yaqin yer usti yoki yer osti organlarida joylashadi. Qand lavlagining ildizlari 2,5 m chuqurlikka va 40—50 sm keng- 279 www.ziyouz.com kutubxonasi likka, ikki tarafga qarab tarqaladi. Asosiy ildiz yoki ildizmeva uzun- choq konussimon shaklga ega, ikki yonidan qisilgan. Unda boshcha (asosan barglar hosil bo'ladigan qismi), bo'yincha barg va yon ildizlar hosil qilmaydigan va xususan ildizi konussimon qismi hamda unda uzun qator bo'lib joylashgan ildizlari bor. Ildizmeva uzunligining 15—40 % boshcha va bo'yinchaga, qolgan qismi xususan ildizga to'g'ri keladi. Voyaga yetgan o'simlik ildizmevasining ko'ndalang kesimida markaziy nay tolalar bog'lami yoki «yulduzcha»ni va navbatlashgan konsentrik qat- lamlarni yoki o'tkazuvchi bog'lamlami ko'rish mumkin. Ularning har bin yog'ochlangan hujayralar — ksilemadan iborat bo'lib, ular orqali tuproqdan barglarga suv va unda erigan oziqa moddalar boradi. Floema yoki lublar- ning hujayra qobig'i yupqa bo'lib, ulardan barglarda hosil bo'lgan qand va Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling