R. O. Oripov, n X. Xalilov


maydonlardagi  hosil  3  oydan  keyin  iste’molga.  ishlatilishi  mumkin


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
#603
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49

maydonlardagi  hosil  3  oydan  keyin  iste’molga.  ishlatilishi  mumkin.
Tuproq  30—35  sm  chuqurlikda  kuzgi  shudgor  qilinadi.  Ekish  ol­
didan  boronalanadi,  mola  bosiladi.  Xashaki  sabzi  O'zbekistonda  fevral 
oyining  oxiri  mart  oyining  boshlarida  ekiladi.  Yozda  ekilganda  iyun- 
ning  ikkinchi  yarmi,  iyulning  birinchi  yarmida  ekiladi.
Xashaki  sabzi  qatori  orasi  45  yoki  60  sm  qilib,  qo£sh  qatorlab, 
qatorlar  orasi  15—20  sm  qilib,  lentalab  lenta  orasi  45—60  sm  qilib  eki­
ladi.  Sabzini  tup  qalinligi  300—400  ming/ga  boclishi  ta’minlanadi. 
Ekish  me’yori  2—6  kg/ga.  Ekish  chuqurligi  1—2  sm.  Xashaki  sabzini 
kech  kuzda,  avgustda  ekib  erta  bahorda  hosilini  olish  mumkin.
Urug£larni  ekish  oldidan  1—2  soat  xona  haroratida  ivitilib,  keyin 
2—3  kun  ichida  xona  haroratida  nishlatib  ekish  hosildorlikka  ijobiy  ta’sir 
ko'rsatadi.
Parvarishda  boronalash,  qator  oralarini  yumshatish,  begona  o£tlarga 
qarshi  kurash,  sug'orish  ishlari  o £z  vaqtida  sifatli  qilib  bajariladi.  Sabzi 
qalin  ekilganda,  4—5-barglar  hosil  bo£lganda  har  4—5  sm  da  bitta  o'simlik 
qoldirilib  yagona  qilinadi.
Hosilni  yigish.  Dastlab  barglar  KIR—1,5B,  U B D —ЗА  mashinalari  yor­
damida  o£riladi.  Keyin  SN U—3S,  SNSh—4,  SNS—2M  rusumli  kovlagich- 
lar  bilan  yigcib  olinadi.  Hosil  qo£l  bilan  terib  uyumlanadi.  Hosilni  yig£ishda 
kartoshka  kovlaydigan  kombaynlardan  foydalanish  mumkin.  Xashaki  sabzi 
qatlamlari  orasiga  qum  solib  saqlash  eng  yaxshi  natija  beradi.
Ko£pincha  sabzini  saqlash  uchun  eni  50—60  sm,  chuqurligi  70—80  sm 
o £ralardan  foydalaniladi.  Maxsus  omborlarda  saqlansa,  harorat  1—2  °C, 
havoning  nisbiy  namligi  90 -9 5   %  bo£lishi  ta’minlanadi.  Bu  usulda  il- 
dizmevalar  eng  yaxshi  saqlanadi.
293
www.ziyouz.com kutubxonasi

7-BOB.  TOLALI  EKINLAR
7.1.  G‘0 ‘ZA
Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati.  G'o'zaning  xalq  xo'jaligidagi  ahamiyati 
benihoyadir.  Chunki  g'o'za  yoki  uning  mahsulotidan  tayyorlangan  buyum- 
lar  u  yoki  bu  miqdorda  ishlatilmaydigan  xo'jalik  tarmog'i  bo'lmasa  kerak.
G'o'za  boshqa  qishtoq  xo'jalik  ekinlariga  nisbatan  farq  qilib,  bir  yo£la  uch 
turdagi  qimmatli  mahsulot,  ya’ni  to'qimachilik  mahsuloti  uchun  xomashyo  — 
tola,  oziq-ovqat  uchun  moy,  chorva  oziqasi  —  kunjara  va  sheluxa  beradi.
G£o£za  asosan  tola  olish  uchun  ekiladi.  Paxtaning  1  tonna  xomashyo- 
sidan  o'rtacha  320—340  kg  tola,  560—580  kg  chigit  olinadi.  340  kg 
toladan  o'z  navbatida  3500—4000  m2  gazmol,  580  kg  chigitdan  esa  112 
kg  moy,  10  kg  sovun,  270  kg  kunjara,  170  kg  sheluxa  va  8  kg  lint 
(momiq)  ishlab  chiqariladi.
Paxta  tolasidan  yuqori  sifatli  tekstil  va  texnik  mahsulotlari  (buyum- 
lari)  ishlab  chiqarilganligi  uchun  ham  stin’iy  tolalardan  farq  qiladi  va 
universal  xomashyo  beruvchi  tabiiy  tolalar  guruhiga  mansubdir.
Paxta  tozalash  zavodlarida  chigitli  paxtadan  34—35 
%  tola,  60—62  % 
chigit,  2—2,5  %  momiq  (lint)  va  1,0—1,5  %  chiqitlar  ajratib  olinadi.
Dunyo  miqyosida  to'qimachilik  tolasi  ishlab  chiqarishda  paxta  ulii- 
shiga  50—60  %  dan  ko'prog'i  to'g'ri  keladi.  Tolasidan,  asosan,  ip  yigiri- 
ladi,  to'qimachilik  buyumlari,  kiyim  va  gigroskopik  paxta  tayyorlanadi. 
Undan  aviatsiya,  avtomobil,  elektr  va  boshqa  sanoatlar  keng  foydalanadi. 
Toladan  parashutlar,  baquvvat  iplar,  kirza,  shlanglar,  qayish,  kino  —  rasm 
plyonkalari,  yozuv  qog'ozlari  kabi  ko'plab  mahsulotlar  tayyorlanadi.
Chigitdan  presslash  va  ekstraksiya  qilish  yo'li  bilan  paxta  moyi  oli­
nadi.  Moyi  esa  oziq-ovqat  va  texnik  maqsadlarda  ishlatiladi.  Undan 
sovun  pishirishda,  alif,  lak,  emal  va  boshqa  xil  buyumlar  ishlab  chiqarish­
da  foydalaniladi.
Chigit  tarkibida  gossipol  pigmenti  (zaharli  organik  birikma)  bo'lib, 
moy  olish  jarayonida  ajratib  olinadi  va  undan  ham  har  xil  sintetik 
moddalar  ishlab  chiqariladi.  Moy  ishlab  chiqarishdagi  qoldiq  gudron 
ham  foydalanish  uchun  xalq  xo'jalik  tarmoqlariga  yuboriladL
Momiq  paxta  kiyim-kechak,  ko'rpa-yostiqdan  tashqari,  sun’iy  ipak, 
plastmassa,  lak,  qog'oz,  partlovchi  moddalar  tayyorlashga  saflanadi.
Chigit  po'sti  (sheluxa)  dan  va  shrotidan  chorva  uchun  oziqa 
bo'lishdan  tashqari,  sanoatda  potash,  oshlovchi  moddalar,  spirt,  qog'oz, 
karton  va  boshqa  ko'plab  mahsulotlar  olinmoqda.  Hatto  g'o'za  shroti­
dan  fitin  va  oziq-ovqat  oqsili  ajratiladi.
G'o'za  tupidan  100  dan  ko'proq  birikmalar  olinishi  mumkin.  Bargi- 
dan  20  xil  organik  kislotalar,  jumladan,  qimmatli  olma  va  limon  kis-
294
www.ziyouz.com kutubxonasi

lotalar  olinadi,  Shuningdek,  vitaminlar,  stimulyatorlar,  aminokislotalar, 
mikroelementlar  ham  paxta  tozalash  zavodlarining  chiqitlarida  uchraydi.
Poya,  chanoqlardan  yoqilg'ilikdan  tashqari  qurilish  materiali  sifa­
tida  keng  foydalanish  ahamiyatlidir.  Undan  preslangan  fanerlar, 
yog'ochlar,  mebel  yasash  uchun  kerakli  materiallar  tayvorlanadi. 
Shuningdek  qog'oz,  karton,  sellyuloza  ham  olinadi.  Maydalangan 
g'o'zapoyani  o'g'it  va  fermentlash  yo'li  bilan  yem-xashakka  aralashgan 
holda  mollarga  oziqa  sifatida  ham  qo£llash  mumkin.
G'o'za  o'simligi  o'zida  ko'p  miqdorda  shira  saqlaydi.  Shuning  uchun 
paxtachilik  bilan  shug'ullanuvchi  xo'jaliklarda  asalarichilikni  rivojlantirish 
imkoniyati  ham  kattadir.
Umuman,  g'o'za  qimmatbaho  o'simlik  bo'lib,  uning  t.olasi,  chigiti 
va  boshqa  qismlaridan  200—250  xilgacha  keng  iste’mol  mollari  va 
texnikabop  mahsulotlar  olinadi.
Jahon  paxtachilik  tarixi.  G'o'za  o'simligi  yer  sharining  tropik  min- 
taqasidan,  ya’ni  havo  harorati  +18  °C  dan  kam  bo'lmagan  musson 
iqlimli  sharoitdan  kelib  chiqqan  bo'lib,  uning  yer  yuzasidagi  barcha  tur 
xillari  «Gossipium»,  ya’ni  «G'o'za»  avlodiga  mansubdir.
G'o'za  o'z  vatanida  ko'p  yillik  daraxtsimon  va  butasimon  o'simlik 
bo'lib,  ularning  hosili  kam  va  tola  sifati  past  bo'ladi.  Dehqonchilikda 
esa  lining  bir  yillik  madaniy  tur  va  navlari  ekiladi  va  foydalaniladi.
Ko'p  yillik  yowoyi  g'o'zalarning  bo'yi  6—7  m,  ba’zan  10—20  m 
bo'ladi.  Bir  yillik  madaniy  g'o'zalarning  balandligi  esa  30—40  sm  dan
2  m  gacha  yetadi.
Ma’lumotlarga  ko'ra,  g'o'za  avlodi  70—100  mln  yil  avval  bo'r  dav­
rida  vujudga  kelgan  deb  taxmin  qilinadi.  Yer  yuzida  g'o'zaning  bir- 
biridan  farq  qiluvchi  geograflk  guruhlari  mavjud.  Bular  Avstraliya  (Stur- 
tiya),  Afrika—Osiyo  (Poleotropik  —  eugossipium)  va  Amerika  (Neotro- 
pik—Karpas)  guruhlaridir.  Har  bir  guruhdagi  g'o'zalar  ham  belgi  va 
xususiyatlariga  qarab  kichik  guruhlarga  bo'linadi.
Insoniyat  o'z  maqsadlari  uchun  tanlash  va  duragaylash  yo'llari  bi­
lan  yangidan-yangi  g'o'za  shakllarini  vujudga  keltirdiki,  oqibatda  7—9 
oyda  ko'sagi  ochiladigan  daraxtsimon  shakllardan  4—6  oyda  pishib 
yetiladigan  bir  yillik  g'o'zalarni  yaratdilar.
F.  Mauer  klassifikatsiyasi,  bo'yicha  yer  yuzida  g'o'zaning  35  turi 
mavjud  bo'lib,  ulardan  5  turi  madaniy  hisoblanadi.  Madaniy  g'o'zalardan 
G .xirzutum  
(G .hirsutum ), 
G .barbadenze 
(G .barbadenze) 
va 
G.trikuspidatum  (G.tricuspidatum)  yangi  dunyo  g'o'zalaridir.
G.xirzutumning  asl  vatani  Meksika  bo'lganligi  uchun  uni  Meksika 
g'o'zasi  deyiladi.  G.barbadenze  —  Peru  g'o'zasi,  trikuspidatum  esa  Vest- 
Indiya  uch  tishchali  g'o'zasi  nomi  bilan  ataladi.
Eski  dunyo  g'o'zalaridan  G.arboreum  (G.arboreum)  Hindi-Xitoy 
g'o'zasi,  G.xerbateum  esa  (G.herbaceum)  —  Afrika—Osiyo  g'o'zasi  nomi 
bilan  yuritiladi.  Ekilish  maydoni  jihatidan  birinchi  o'rinni  Xirzutum
295
www.ziyouz.com kutubxonasi

egallasa,  keyingi  o'rinlarda  G.arboreum,  G.barbadenze,  G.xerbaseum  tu- 
radi.  G.trikuspidatum  esa  juda  oz  maydonda,  dengiz  sohili  iqlimli  sha­
roitida  o‘stiriladi.
Insoniyat  ibtidoiy jamiyatda  ham  paxta  tolasidan  foydalangan.  Umu- 
man,  inson  paxta  tolasidan  15—30  ming  yil  va  undan  ham  ilgari  foy­
dalangan  bo‘lishi  kerak.
Paxta  tolasidan  mato  (gazlama)  to‘qishning  boshlanishidagi  eng  qadimgi 
davlatlardan biri  Hindiston bo'lgan.  Arxeologik qazilmalar asosida aniqlanishicha, 
bu  yerda  eramizdan  3000  yil  oldin  paxta  tolasidan  keng  foydalanilgan.
Paxta  tolasidan  foydalanish  Hindiston  orqali  Hindi—Xitoyga  tarqaladi 
va  bu  davr  eramizgacha  1500  yilga  borib  taqaladi.  Xitoyda  paxtachilik 
bilan  shug‘ullanish  Hindistonga  nisbatan  birmuncha  kech  boshlangan.
Tarixiy  ma’lumotlarga  qaraganda  Eron  va  Arabistonda  g‘o‘za  o'stirish 
eramizdan  oldingi  VI  asrda,  Misrda  esa  VII  asrda  mavjud  bo'lganligini 
ta ’kidlaydi.
0 ‘rta  Osiyo  hududida  bundan  2200—2400  yil  muqaddam  g‘o ‘za 
o ‘stirilganligi  va  eramizning  boshida  toladan  keng  foydalanilganligi 
to‘g‘risida  yetarlicha  ma’lumotlar  mavjud.
Yevropada  paxtachilik  nisbatan  kechroq  rivojlanadi.  Eramizning  I—II 
asrida  Gretsiyada,  Bolqon  yarim  orollarida  esa  VII  asrda  ekilganligi  ma’lum.
Yangi  dunyoda  (Amerika  qit’asida)  paxtachilik  Eski  Dunyoga  aloqasi 
bo'lmagan  holda,  mustaqil  rivojlangan  va  qadim  zamonlarga  borib  taqaladi.
Avstraliyada  paxtachilik  bilan  kech  shug‘ullanilgan  va  bu  davr 
XVIII  asrning  oxirlariga  to‘g‘ri  keladi.
Paxiachfflkning  hozirgi  ahvoli  va  0 ‘zbekistonda  paxta  yetishtirish.
Yer  yuzida  paxta  yetishtiriladigan  maydonning  shimoliy  chegarasi, 
shimoliy  kenglikning  38—44° va  janubiy  chegarasi  esa  janubiy  kenglik- 
ning  35 0  paralleliga  to‘g‘ri  keladi.  Mana  shu  kenglikda  90  dan  ko'proq 
mamlakatda,  32—33  million  gektardan  ko‘proq  maydonda  g'o 'za 
o'stiriladi  va  har  yili  19-20  million  tonna  tola  yetishtiriladi.
Jahonda  eng  ko‘p  paxta  yetishtiruvchi  mamlakatlar  Xitoy,  AQSH, 
Hindiston,  Pokiston,  O'zbekiston,  Braziliya,  Turkiya,  Misr,  Meksika 
bo‘lib,  ularning  hisobiga  dunyoda  umumiy  yetishtirilayotgan  paxtaning 
80  %  dan  ko‘prog‘i  to‘g‘ri  keladi  (22-jadval).
Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligiga  (MDH)  kiruvchi  mamlakatlar- 
dan  0 ‘zbekiston,  Tojikiston,  Turkmaniston,  Qirg‘iziston,  Qozog'iston 
va  Ozarbayjonda  paxtachilik  keng  rivojlangan  boiib,  ularning  dehqon- 
chiligi  tabiiy  tuproq-iqlim  sharoitlariga  qarab  o‘zaro  farqlanadi.  Marka­
ziy  Osiyoning  iqlimi  ancha  quruq,  atmosfera  yog‘inlarining  miqdori  kam, 
havoning  harorati  ko‘klam  va  yoz  oylarida  yuqori,  faqat  sun’iy  sug'orish 
bilangina  hosil  olinadi.
Bu  regionda  g‘o‘zaning,  asosan,  ikki  turiga  kiruvchi  navlari  ekiladi:
1.  G.xirzutum  turiga  kiruvchi  o‘rta  tolali  g‘o‘zalar.
2.  G.barbadenze  turiga  kiruvchi  uzun  (ingichka)  tolali  navli  g‘o‘zalar.
296
www.ziyouz.com kutubxonasi

22-jadval
Jahonda  paxta  tolasi  yetishtirishning  holati  (mln  toima)
Mamlakatlar
1 9 9 8 - 
19 99
1 9 9 9 -
2000
2 0 0 0 -
2001
2 0 0 1 -
2002
2 0 0 2 -
2003
2 0 0 3 -
2004
Xitoy
4,5
3,8
4,4
5,3
4,9
4,8
AQSH
3,0
3,7
3,7
4,4
3,7
4,0
Hindi st on
2,8
2,7
2,4
2,7
2,3
2,8
Pokiston
1,4
1,9
1,8
1,8
1,7
1,7
0 4zbekiston
1,0
1,1
1,0
1,1
1,0
0,9
Afrika  mam- 
lakatlari
0,9
0,8
0,7
1,0
0,9
1,0
Turkiva
0,8
0,8
0,8
0,9
0,9
0,9
Braziliya
0,5
0,7
0,9
0,8
0,8
1,1
Avstraliya
0,7
0,8
0,8
0,7
0,4
0,3
Gretsiva
0,4 

0,4
0,4
0,5
0,4
0,4
Misr
0,2
0,2
0,2
0,3
0,3
0,2
Suriva
0,3
0,3
0,4
0,4
0,2
0,3
Turkmanistoii
0,2
0,2
0,2
0,2
0,2
0,2
Eron
0,1
0,1
0,2
0,1
0,1
0,1
Argentina
0,2
0,1
0,2
0,1
0.1
0,1
Paragvay
0,1
0,1
0,1
0,0
0,1.
0,1
Boshqa
mamlakatlar
1,3
1,2
1,2
1,3
1,2
1,4
Jahon
bo6yicha
18,6
■19,1
19,3
21,4
19,2
20,1
0 ‘rta  tolali  g‘o ‘za  navlari  nisbatan  tezpishar  bo‘lib,  keng  maydon­
larda  ekiladi,  ingichka  tolali  g‘o‘za  navlari  esa  o £suv  davri  uzitnroq 
bo'lgan  janubiy  mintaqalarda  ekiladi  va  umumiy  paxta  maydonining  10 
%  ini  tashkil  etadi.
O'zbekiston  Respublikasi  jahondagi  eng  yirik  paxta  yetishtiruvchi 
mamlakatlar jumlasiga  kiradi.  U  paxta  yetishtirish  bocyicha  dunyoda  V- 
VII  o'rinlarni  egallab,  ko£p  miqdorda  paxta  tolasini  xorijiy  mamlakat- 
larga  eksport  qilmoqda.
O'zbekiston  paxtachiligi  uzoq  o ctmishga  ega  boclsada,  sohaning jadal 
rivojlanishi  XX  asrga  to'g'ri  keladi.  Ma’lumotlarga  asosan,  1860-yilda 
0 ‘zbekiston  hududida  36  ming  gektar  maydonga  chigit  ekilib,  gektari- 
dan  7  sentnerdan  hosil  olingan,  yalpi  hosil  25  ming  tonnani  tashkil 
etgan.  Paxtaga  talab  tez  orta  borganLigi  natijasida  1913-yilga  kelib 
O'zbekiston  hududida  yetishtirilgan  hosil  517,2  ming  tonnani  tashkil 
etdi,  hosildorlik  esa  12,2  sentnerga  ko4arildi.
Paxtachilikning  xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati  katta  boclganligi  uchun 
sohani  rivojlantirishga  e’tibor  berilib,  ekin  maydonlarini  kengaytirish, 
kanallar  chiqarish,  suv  omborlari  qurish,  o cg eit  va  boshqa  kimyoviy 
vositalar  bilan  ta’minlash,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  mexanizatsiyalash 
kabi  tadbirlar  jadal  ravishda  olib  borildi.
Natijada  paxtachilik  sugcoriladigan  maydonning  70—75  %  ini  egal-
297
www.ziyouz.com kutubxonasi

lab,  paxtaning  yalpi  hosili  5,5—6  million  tonnagacha  yetkazildi,  hosil­
dorlik  esa  26—30  sentnergacha  ko'tarildi.  Bu  ishlab  chiqarishga  bir  to- 
monlama  yondashish  oqibati  bo'lib,  respublika  qishloq  xo'jaligi  boshqa 
tarmoqlarining  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatar  edi.
O'zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  yo'l  qo'yilgan  kamchiliklarni 
bartaraf  etib,  barcha  sohalarni  rivojlantirishni  amalga  oshirmoqda.  Endi- 
likda  paxtachilik  bilan  bir  qatorda  g'allachilik,  meva-sabzavotchilik,  chor- 
vachilik  kabi  tarmoqlarning  jadal  rivojlanish  imkoniyatlari  yaratildi.
Ekin  maydonlarining  tizimida  paxtaning  salmog'i  tuproq-iqlim  sha- 
roitlariga  qarab,  50—60  %  dan  oshmasligi,  qolgan  maydonlarga  esa  don, 
oziqabop  yem-xashak  ekinlarini  joylashtirish  lozim  bo'ladi.
Paxtachilikni  intensiv  rivojlantirish,  mamlakat  bo'yicha  hosildorlikni 
gektariga  30—35  sentnerga,  yalpi  hosilni  4—4,5  million  tonnaga  ko'tarish 
sohaning  barqarorligini  ta’minlaydi.
G'o'za  yuqori  potensial  imkoniyatlarga  ega  bo'lgan  o'simlik  bo'lib, 
uning  hosildorligi  ayrim  xo'jaliklarda  gektaridan  40  sentnerdan  ham 
oshiqroq  bo'lsa,  ishlab  chiqarish  ilg'orlari  50  sentnerdan  ham  yuqori 
hosil  olmoqdalar.
Botanik  ta’rifi.  G'o'zaning  barcha  turlari  bitta  avlodga  —  Gossi- 
pium  avlodiga  kirib,  gulxayridoshlar  (Malvaceae)  oilasiga  mansubdir. 
Gossipium  avlodi  35  turni  o'z  ichiga  oladi  va  ulardan  5  turi  madaniy 
hisoblanadi:  G.xirzutum  (G.hirsutum)  —  Meksika  yoki  oddiy  g'o'za  (o'rta 
tolali)  G.barbadenze  (G.barbadenze)  —  Peru  gco ‘zasi  yoki  uzun  (ing­
ichka  tolali),  G.xerbatseum  (G.herbaceum)  —  Afrika-Osiyo  yoki  o'tsimon 
g'o'za,  G.arboreum  (G.arboreum)  Hindi—Xitoy  yoki  daraxtsimon  g'o'za,
G.trikuspidatum  (G.tricuspidatum)  —  Vest—Indiya  —  uch  tishchali 
g'o'zasi  nomi  bilan  ataladi.
Oxirgi  Vest—Indiya  tur  g'o'zasi  morfologik  jihatdan  xirzutumga  ya- 
qin  bo'lganligi  uchun,  akademik  L.Abdullayev  uni  madaniy  g'o'zalar 
guruhiga  kiritmasdan  kenja  tur  deb  hisoblaydi  va  g'o'za  turlarini  37 
tagacha  yetkazadi.
Ildiz  sistemasi  o'q  ildiz  bo'lib,  1,5—2  m  chuqurlikgacha  kirib  bo­
radi.  Tuproq  yuzasidan  4 - 6   sm  chuqurlikda  o'q  ildizlardan  birinchi 
tartib  yon  ildiz,  birinchi  tartib  yon  ildizdan  ikkinchi  tartib  ildiz  va 
bundan  uchinchi  tartib  yon  ildizlar  va  hokazolar  paydo  bo'lib,  ildiz 
sistemasini  vujudga  keltiradi.  Ildiz  tuklari  joylashgan  yumshoq  ingichka 
ildizchalar  tuproqdagi  oziq  modda  va  suvni  so'rib  turadi.  Bunday  ildiz­
lar  faol  yoki  so'ruvchi  ildizlar  deyiladi.
O'suv  davrining  oxirida  yon  ildizlarning  tarqalish  diametri  1,2—2 
metrgacha  yetadi.  Ildizning  ishchan  chuqurligi  1  metr  va  undan  ortiq 
bo'lishi  mumkin.  Chigit  unib  chiqqach  to  shonalash  davrigacha  ildiz 
juda  tez  o'sadi,  o'q  ildizning  sutkalik  o'sishi  2 ,5 -3 ,2   sm  bo'lsa,  yon 
ildizlarning  umumiy  o'sish  yig'indisi  30—45  sm  ga  yetadi.
Ildiz  sistemasining  o'sishi  va  rivojlanishiga  tuproq  tipi,  mexanik
298
www.ziyouz.com kutubxonasi

tarkibi,  yer  osti  suvlarining  chuqur  —  yuzaligi,  tup  qalinligi,  sug'orish, 
oziqlantirish,  qator  orasiga  ishlov  berish  kabi  omillar  ta’sir  ko'rsatadi.
Poyasi.  Voyaga  yetgan  g'o'zaning  bosh  poyasi  ikki  qismdan  iborat:
Quyi  qism  —  ildiz  bo'g'zi  bilan  urugc  barg  joylashgan  oraliq  — 
urug£barg  osti  tirsagi  (gipokatil).
Ustki  qism  —  poyaning  urug£barg  joylashgan  qismidan  yuqorisi  — 
urug'barg  ustki  qismi  (epikotil)  deb  ataladi.
Urug£barg  ostki  tirsagida  hech  qanday  chinbarg  va  shox  bo£lmaydi. 
Urug£barg  ustki  qismida  chinbarg  bo'lib,  lining  qo'ltig'idan  shox  chiqa­
di.  Ekilib  kelinayotgan  g'o'zalarning  bo'yi  o csish  sharoiti,  turi,  naviga 
qarab  70—80  sm  dan  120—140  sm  gacha,  ingichka  tolali  g'o'zalarda 
120-150  ba’zan  200  sm  ga  yetadi.
Poya  tikka,  mustahkam,  tukli  yoki  tuksiz  bo'lishi  mumkin.  Bosh 
poyada  barglar  spiral  shaklda  1/3,  2/5,  3/8  formula  asosida  joylashadi, 
bu  ko'proq  g'o'za  turiga  bog'liq.
Bosh  poya  bo£g£im  oralig'ining  katta-kichikligiga  qarab  uch  zonaga 
bo'linadi:  1)  quyi  zona  —  bo'g'im  oralig'i  qisqa;  2)  o'rta  zona  —  bo'g'im 
oralig'i  uzun;  3)  yuqori  zona  —  bo'g'im  oralig'i  yana  qisqarib  boradi.
G'o'za  ko'karib  chiqqandan  to  shonalaguncha  poya  sekin  o'sadi, 
shonalashdan  boshlab  esa  o'sishi  tezlashadi.  Poyaning  o'sish  va  rivojla- 
nish  tezligiga  tur  va  navdan  tashqari  harorat,  yorug'lik,  tuproq  namligi, 
oziqa  bilan  ta’minlanishi,  tuproq  xili  ta’sir  ko'rsatadi.
G V z a   shoxi.  G'o'zaning  yon  shoxi  bosh  poyadagi  barg  qo'ltig'iga 
o'rnashgan  kurtakdan  chiqadi.
G'o'zada  shoxlar  ikki  xil  bo'ladi:  1.  O'suv  shoxi  (monopodial).
2.  Hosil  shoxi  (simpodial).  O'suv  shoxi  bosh  poyaning  quyi  qismidan, 
bargning  qo'ltiq  kitrtagidan  bosh  poyaga  nisbatan  o'tkir  burchak  yasab, 
uchki  o'sish  kurtagining  rivojlanishi  hisobiga  uzluksiz  o'sib  boradi.  O'sish 
xarakteriga  ko'ra  egri-bugri  bo'lmay  to'g'ri  o'sadi,  bosh  poyani  eslata- 
di,  undan  hosil  shoxlari  ham  paydo  bo'lib,  hosil  beradi.
Hosil  shoxi  bosh  poyadan  o'suv  shoxiga  qaraganda  kengroq  bur­
chak  hosil  qilib  chiqadi.  Hosil  shox  ham  bosh  poyaning  barg  qo'ltig'iga 
joylashgan  kurtakdan  chiqib,  uchida  gul  kurtak  hosil  etish  bilan  o'sishdan 
to'xtaydi,  mana-shu  gul  kurtak  yonida  barg  ham  paydo  bo'ladi.  Shu 
barg  qo'ltig'idagi  kurtaklardan  biri  o'sib,  ikkinchi  bo'g'im  oralig'ini 
(pog'onani)  vujudga  keltiradi,  bu  ham  gul  kurtak  va  barg  bilan  tugalla- 
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling