R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
286 www.ziyouz.com kutubxonasi Urug'larni sirg‘alib tushishi yaxshilanishi uchun ularning usti sil- liqlanadi va bunda 30 % urug‘ massasi kamayishi mumkin. Ko‘p urug'li navlarning urug'lari ezilganda segmentlarga bo‘linadi va bunda urug'lar bir o'simtaliga aylanadi. Odatda bunday urug‘lar gene- tik bir o'simtali urug‘larga nisbatan hosildorligi, qand miqdoriga ko‘ra bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi. Urug‘lar silliqlangan yoki segmentlarga ajralgan bo'lsa, ularni maxsus drajlar bilan qoplash yaxshi samara beradi. Drajlash uchun torf, chirindi, superfosfat, azotli, kaliyli, bakterial o‘g‘itlar, mikroelementlar aralashmasi- dan foydalaniladi va unga yopishtiruvclii poliakrilamid qo'shiladi. 0 ‘zbekiston sharoitida yopishtiruvchi modda sifatida bentonit (gil- moya) ni qo‘llash arzon va samaralidir. Drajlangan urug‘larning la- boratoriya unuvchanligi 85 % dan kam bo'lmasligi lozim. Urug‘lami oftobda quritish, ekishdan oldin 1—2 sutka xona haro- ratida urug‘ni suvda ivitish va keyin quritish yaxshi natija beradi. Urug‘lar ekishdan oldin panoktin yoki raksil bilan muvofiq holda 2; 1,5 kg/t nisbatda dorilanadi. Ekish usuli va muddati. Qand lavlagi urug'lari tuproqning 5—7 sm chuqurligida harorat 6—8 °C qiziganda eka boshlanadi. 0 ‘zbekiston sha roitida urugiarni ekishga mart oyida kirishiladi. Qoraqalpog‘iston Res- publikasi va Xorazmda aprelda ekish optimal hisoblanadi. Erta ekish hosildorlikni oshiradi, ildizmevadagi qand miqdorini ko'paytiradi. Ekish kechikishi bilan ildizmeva hosili ham kamayib boradi. Ekish qisqa vaqt davomida, sifatli qilib o‘tkazilishi lozim. Ekish SST— 12A, SST—12B yoki chigit seyalkalarida, SPCH—6 pnev- matik seyalkalarda o‘tkaziladi. Sug'oriladigan yerlarda qator oralari 60 sm qilib ekiladi. Qand lavlagi urug'larini pushta ustiga ekish ham yaxshi natija beradi. Ekish me’yori. Qand lavlagi yetishtirish texnologiyasida umg£ unuvchanligi 85 % dan kam bo‘lmaganda 1 m qatorga 12—14 uaig‘ (6—8 kg/ga) ekiladi. Bu 1 m da 8—10 dona maysa hosil bo'lishini ta’minlaydi. Oddiy texnologiya asosida o‘stirilganda dala begona o‘tlar bilan iflos- langan bo‘lsa, 1 metrga 35—38 tuganakcha ekiladi (10—12 kg/ga) va bunday ekish me’yori 1 m qatorda 20—22 maysa hosil bo'lishini ta’min laydi. Dala begona o ‘tlardan toza bo‘lsa, 1 m qatorda 23—25 dona tuganakcha ekish 12—14 dona maysa hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Drajlangan urug‘lami ekish uchun STYA—45000 moslamalaridan foy dalaniladi. Ekish chuqurligi 2—2,5 dan 4—5 sm gacha tuproq sharoitiga qarab o‘zgartiriladi. Urug‘lar albatta tuproqning nam qatlamiga ekilishi lozim. Qatorlar to‘g‘ri qilib olinishi va qator oralari qisqarmasligi ker ak. Qator orasini o‘zgarishi ±10 mm dan oshmasligi lozim. Parvarishi. Qand lavlagi parvarishida ekinzor tishli g‘altaklar bilan g‘altaklanadi. Bunda tuproqning pastki qatlamlaridan kapillarlar orqali namning ko'tarilishi yaxshilanadi. Qator oralari USMK—5,4A, USMX— 5, 4B, KRN—4,2 kultivatorlari yordamida dastlab 4—5 sm, ikkinchisi 287 www.ziyouz.com kutubxonasi 8 sm, keyingilari 10—14 sm chuqurlikda bajariladi. Kultivatsiya tezligi 8 km soatdan oshmasligi kerak. O'zbekiston sharoitida xo'jaliklarda qand lavlagi ekilgan maydonlarni g'altaklashning iloji bo'lmasa, ZBZSS—1,0 yoki ZBP—0,6A boronalari bilan maysalar unib chiqquncha ishlanadi. Bunda qatqaloq yumshatiladi, begona o'tlar yocq qilinadi. Tup qalinligi 1 m da 8 dona o'simlik bo'lganda qatorlarga 5—10° qilib, tezligi 4 km soatda boronalash o'tkaziladi. Ishlar shunday tashkil qilinishi kerakki, hosil yig'ishtirilayotganda 1 ga da 90—100 ming dona o'simlik bo'lishi ta’minlansin. Qand lavlagi 1 metrda 20 dona o'simlik bo'lganda birinchi juft barglar hosil bo'lishi bilan yagonalash o'tkaziladi. Tup qalinligi 1 metrda 10—15 dona bo'lganda yagonalash 2—3 ta barglar hosil bo'lganda 10—15 kun davomida tugallanadi yoki 1 metrda 8—10 ta maysa bo'lganda ekinzor faqat begona o'tlardan tozalanadi. O'simlik tup qalinligi 1 metrda 10—12 dona va undan ko'p bo'lsa, rivojlangan «panshaxa» fazasida siyraklashtiriladi. Bunda qatorlar ko'ndalangiga USMP—5,4 agregatlari bilan ishlanadi va 1 metr qatorda 5—6 o'simlik qoldiriladi, har gektarda 95—100 ming tup o'simlik bo'lishi ta’minlanadi. Qand lavlagini yagonalashning samarali usuli boronalashdir. Boro nalash maysalar birinclu juft barglar hosil qilganda, shuningdek, bu- ketlar qoldirilgandan keyin ham qilinishi mumkin. Birinchi qator oralarini ishlash 6—8 sm, keyingilari 8—10 sm chu qurlikda o'tkaziladi. Har sug'orishdan keyin kultivatsiya qilish yaxshi natija beradi. Barglar kattalashib qatorlarni yopganda qator oralarini ishlash yaxshi natija beradi. Qand lavlagi uzunburunlarini yo'qotish uchun fazolon 3—3,5 kg/ga qo'llaniladi. Serkosporiozdan saqlash uchun bardos suyuqligi 6 kg/ga yoki 80 % sineb poroshogi 3,2—4 kg/ga purkaladi. Tilt, topaz ham qo'llanilishi mumkin. Qand lavlagida bargni yeydigan tunlam, bitlar, o'rgimchakkanaga qarshi karate 0,3 kg/ga, detsis 0,3 kg/ga, zolon 0,3 kg/ga 150-200 1 suvga aralashtirib purkaladi. Sugcorish. Nam to'playdigan sug'orishlar kuzgi shudgordan 8—10 kun oldin 1200—1500 m3/ga me’yorda o'tkaziladi. Ular ildizmeva ho- silini o'rtacha 20—30 % oshiradi. Dala bir tekis zaxlashi uchun nam to'playdigan sug'orishlar egatlar olib o'tkaziladi. Xorazm viloyatida tuproqlar sho'rlangan. Qand lavlagi nisbatan sho'rga chidamli bo'lsa-da, sho'ri yuvilgan maydonlarda eng yuqori hosil beradi. Sho'r yuvish kuzgi shudgordan keyin gektariga 2—3 ming m3 me’yorda 1—2 o'tkaziladi. Sho'r yuvish o'tkazilgan maydonlarda nam to'playdigan sug'orishlar o'tkazilmaydi. Yuqori hosil shakllanishi uchun tuproqdagi namlik CHDNS 70—75 % dan kam bo'lmagan holda ushlanadi. Sug'orish soni va m e’yorlari tup- 288 www.ziyouz.com kutubxonasi roq-iqlim sharoitiga qarab bejgilanadi. O'zbekiston sharoitida sug'orishlar soni 8—10 martaga yetadi. Egatlab sug'organda sug'orish m e’yori 700— 900 m3/ga, yomg'irlatib sug'orilganda 500 m3/ga. Sug'orishdan keyin yer yetilishi bilan 10 va 14 sm chuqurlikda kultivatsiya chuqurligi nav- batlashtirilib o'tkaziladi. Hosil yig'ishtirishga 20—30 kun qolganda sug'orishlar to'xtatiladi va bu qand miqdorining oshishiga, hosilning fiziologik yetilishiga yordamlashadi. Hosilni yig‘ishtirish. Qand lavlagi texnikaviy yetilganda hujayra shirasi yengil tiniqlashadi, barglar jo'yaklarni yopadi, barglar oqaradi, pastki barglar sarg'ayadi, ildizmeva massasi va qand miqdorining oshishi sekin- lashadi. Ammo hosilni yig'ishtirish ko'pincha qand zavodlarining ishga tushishi bilan bog'liq. Qand lavlagi massasi va undagi qand miqdori ning oshishi sentabrda ham davom etadi. Hosilni yig'ishtirishdan 2—3 hafta oldin, ildizmevalarning toza bo'lishi uchun qator oralari 10—12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Dast lab kasallangan hamda, qand zavodidan uzoq, yo'li yomon uchastka- larda hosilni yig'ishtirishga kirishiladi. Sug'oriladigan yerlarda hosil ikki qatorli KST—ЗА, SKD—2 kom- baynlari yordamida yig'ishtiriladi. Hozirda mehnat unumdorligi yuqori 4-qatorli BM—4 va RKS—4 kombaynlarida hosil yig'ishtiriladi. Kom- baynlaming ishini yengillatish uchun 21,6 m polosalar tayyorlanadi (qaytib olish uchun). Hosilni yig'ishtirish konveyr usulida tashkil qilinadi. Qand lavlagi urugMni ko6chatsiz yetishtirish usuli. Qand lavlagi urug'ini ko'chat usulida yetishtirish ko'p vaqt va xarajatlarni talab qila di, samaradorligi past, to'la mexanizatsiyalashmagan. O'zbekiston, Qirg'iziston, Ukrainada olib borilgan tajribalar qand lavlagi urug'ini qishi iliq mintaqalarda ko'chatsiz usulda yetishtirish mumkinligini ko'rsatdi. Ko'chatsiz usulda qand lavlagi urug'ini yetish tirishda ildizmevalarning qishga chidamliligini oshirish asosiy muammo hisoblanadi. Hujayralari mayda, kserofit, o'tkazuvchi nay tolalar bogiami yaxshi rivojlangan ildizmevalarning qishga chidamliligi yuqori bo'lishi tajribalarda isbotlangan. Shuning uchun ko'chatsiz urug' yetishtirishda ona o'simliklar uchun o'stirish sharoiti yaratish (tup qalinligining yu qori bo'lishi, me’yorida nam bilan ta’minlash, oziqlantirish, qishlash uchun ketayotgan ildizmevaning katta bo'lmasligi) juda muhim. SamQXI da o'tkazilgan tajribalarda avgustning oxiri sentabming bi rinchi o'n kunligida qand lavlagi uaig'lari qator oralarini 60, 70, 90 sm qilib ekish yaxshi natija berishini ko'rsatdi. Ko'chatsiz usulda urug' yetish tirishda sizot suvlar 1 metrdan yaqin bo'lmasligi, suv ko'llamaydigan bo'lishi, tuprog'i qumloq, qumoq, organik moddalarga boy, suv o'tkazuvchanligi yuqori bo'lishi ma’qul. O'tmishdosh ekinlar — oraliq ekinlar, kuzgi don ekinlari, ertagi kartoshka, makkajo'xori bo'lishi mumkin. Eng muhim shartlardan biri dala doimo begona o'tlardan toza, qa tor oralari yumshatilgan holda parvarish qilinadi. Ko'chatlar qishlash 289 www.ziyouz.com kutubxonasi oldidan 15—20 sm qalinlikda o£simlik atrofida tuproq uyiladi. Bunda ustki barglar ko‘milmasdan qoldiriladi. Tuproq uyishda ikki korpusli PLN—5—35 plugidan foydalaniladi. Qishlash oldidan ekinzor atrofi hay- dab qo£yiladi. Bahorda boronalash orqali tuproq olinadi. Boronalash qatorlarga diagonal yoki ko£ndalang qilib o £tkaziladi. 0 ‘simliklarning 1 gektarda 150-200 ming tup bo‘lishi optimal qalinlik hisoblanadi. Har 10 sm da 1 donadan o‘simlik qoldirilganda, tup qalinligi 180 ming/ga bolganda urugc hosili 32 s/ga ga yetgan (Frunze tajriba dalasi). Qator oralari ochilgandan keyin 10—14 sm, keyingilari 7—8 sm chuqurlikda kultivatsiya qiliriadL Tuproqdagi namlik CHDNS 70 % ushlanishi yaxshi natija beradi. Ko£chatsiz urug'chilikda urug'lar yoppasiga yetiladi, yotib qolishi kam kuzatiladi, tannarxi past bo'ladi, hamma ishlar mexanizatsiya yor damida bajariladi. 6.2. XASHAKI LAVLAGI Xashaki lavlagi yengil hazmlanadigan, mazalik, qoramollarda sutni ko£paytiradigan oziqa ekini. Xo‘jaliklarda sut beradigan qoramollar rat- sionida xashaki lavlagi 40—50 % ga yetadi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra xashaki lavlagi ugtevodlarga boy oziqa gu- aihiga kiradi. Zootexnik me’yorlarga ko£ra 100 g xom oqsilga 120—150 g uglevodlar to‘g‘ri kelishi lozim. Ammo bu oqsil va uglevodlarning nisbati bahor va kuzda buziladi. Shu davrda xashaki lavlagi juda zarur bo£ladi. Xashaki lavlagining 1 t ildizmevasida 120 oziqa birligi, 20—22 kg oqsil, I t bargida 100 oziqa birligi 40—42 kg oqsil saqlanadi. Shuning dek, uning ildizmevasi foydali ma’danli moddalar, vitaminlardan С, B, В,, B2, PP va karotinga boy. Ildizmevalar hazmlanishi bo£yicha yaylov o£tlaridan qolishmaydi, dag£al oziqalarning hazmlanishini yengillashti- radi, konsentrat yemni tejashga imkon beradi hamda nasi berishni yax shilaydi. Ammo nimshirin xashaki lavlagining sutkalik me’yori 25 kg dan oshmasligi lozim. Xashaki lavlagida bunday cheklash yocq. Xashaki lavlagi XIX asrdan boshlab Yevropa mamlakatlarida keng ekila boshlandi. O'zbekistonda xashaki lavlagi har yili 14—15 ming gektar maydonga ekiladi. Ilg‘or xo£jaliklar 800—900 s/ga ildizmeva hosili ol- moqda. Urug£ hosili 15-22 s/ga. Xashaki lavlagi — Beta vulgaris L.v.crassa. ikki yillik ocsimliL Hay otining birinchi yili yo£g£onlashgan ildizmeva va barglar to£plamini, ik kinchi yili gul hosil qiladigan poyalar, urug£ hosil qiladi. Poyalarda uzun ro£vaksimon to£pgullar, ikki jinsli gullar joylashgan. Gullar halqasi- mon (mutovka) joylashib, tipik chetdan changlanadi. Urug£lari birlashib tupmeva hosil qiladi. Har bir tupmeva 2—6 ta umgcdan iborat. Xashaki lavlagi urugcidan ko£payadi. 290 www.ziyouz.com kutubxonasi Xashaki lavlagi urug'lari 4—5 °C da una boshlaydi. Qiyg'os unib chiqishi uchun harorat 10 °C dan kam bo'lmasligi lozim. Yer usti qismi 1—2 °C sovuqda nobud bo'ladi. Xashaki lavlagi o'sishi va rivojlanishining boshlanishida suvga talab chan. O'zbekistonda faqat sug'oriladigan yerlarda o'stiriladi. O'suv davri 160—180 kun. Qumoq, qumloq tuproqlarda yaxshi o'sadi. Kislotali, botqoq, sho'r, sho'rtob, toshloq tuproqlarda yaxshi o'smaydi. Navlari. O'zbekistonda xashaki lavlagining O'zbekiston yarimqand, O'zbekiston—83 navlari Davlat reyestriga kiritilgan. Xashaki lavlagi yetishtirish xususiyatlari. Xashaki lavlagi qator oralari ish- lanadigan, serhosil ekin. U unumdorligi yuqori, g'ovak, stmkturali, qumloq, qumoq, tuproq reaksiyasi neytral bo'lgan tuproqlarga ekiladi. Femia oldi al mashlab ekishlarida joylashtiriladi. Xashaki lavlagi g'o'za, ko'p yillik o'tlar ekilgan maydonlarga hamda kuzgi don ekinlaridan keyin joylashtiriladi. Xashaki lavlagi 100 s ildizmeva va sliunga muvofiq barglar hosil qilish uchun tuproqdan 25—30 kg azot, 9—10 kg fosfor, 45—50 kg kaliy o'zlashtiradi. U, ayniqsa, azotli, kaliyli o'g'itlarga talabchan. Ma’danli o'g'itlarning yillik m e’yori azot 150—200, fosfor 100—120, kaliy 80— 100 kg/ga ni tashkil qiladi. Fosforli, kaliyli o'g'itlarning hammasi yerni haydash oldidan solinadi. Azot ekishdan oldin 50 kg/ga, sug'orishdan oldin ikki marta 50—75 kg/ga oziqlantirish sifatida beriladi. Organik o'g'it, go'ng.gektariga 20—30 t yerni haydash oldidan soli nadi. Tuproqni asosiy ishlashda, kuzgi shudgor 30—35 sm chuqurlikda o'tkaziladi. Erta bahorda nam saqlash uchun kuzgi shudgor boronala- nadi, ekish oldidan chizellanadi, boronalanadi, mola bosiladi. Urugclarni ekishga tayyorlash qand lavlaginikidek. Ekish tuproqda harorat 5—6 °C qiziganda boshlanadi. O'zbekistonda xashaki lavlagi mart oyidan ekila boshlanadi. Ekish m e’yori 15 kg/ga, maysalar hosil bo'lgandan keyin boronalash o'tkaziladi, yagonalanadi. Har gektarda 75—90 ming o'simlik qoldirila- di. Hosilni yig'ishtirishda 65—80 ming tup o'simlik saqlanishi optimal hisoblanadi. Qator oralari 60 yoki 70 sm qilib ekiladi. Urug'larni ekish SST—8A, SST—12A, SUPN 8 seyalkalarida 3—5 sm chuqurlikda ekiladi. Ekin par- varishida, o'suv davrida 2—3 kultivatsiya o'tkaziladi. 1 -2 o'toq qilinadi, ikki marta azotli o'g'itlar bilan oziqlantiriladi, 4—5 marta sug'oriladi. Hosil kechroq yig'ishtirilgani ma’qul. Kuzda ildizmeva massasi tez ko'payadi. Barglarning sarg'ayishi ildizmevalarning texnik yetilganini ko'rsatadi. Xashaki lavlagi yetishtirishda xarajatlarning 75 % hosilni qo'l bilan yig'ishtirishga sarflanadi. O'zbekistonda xashaki lavlagini makkajo'xori bilan qo'shib ekish keng tarqalmoqda. Xashaki lavlagi makkajo'xori bilan qo'shib ekilganda har 20 sm da 1 lavlagi va har uyada 1 makkajo'xori o'simligi qoldiriladi. Ekin parvarishi qator oralarini ishlash, begona o'tlardan tozalash, 291 www.ziyouz.com kutubxonasi azot bilan oziqlantirish, sug'orishdan iborat. Ma’danli . o'g'itlaming yil lik me’yori quyidagicha: azot 200—250, fosfor 150—180, kaliy 100—120 kg/ga. Fosforli, kaliyli o cg£itlar yerni shudgorlashdan oldin beriladi. Azot ekish oldidan kultivatsiya bilan 50 kg/ga, sug'orishlardan oldin ikki marta 75—100 kg/ga me’yorda beriladi. Sut—mum pishish fazasida makkajo'xori silos kombaynlari bilan o'riladi. Ilg'or xo'jaliklar xashaki lavlagi va makkajo'xorini qo'shib ekib gektaridan 600 s silos massa va 300—400 s ildizmeva hosili olishmoqda. Toshkent viloyatining Bo'ka, Yangiyo'l tumanlarida xashaki lavlagi makkajo'xori bilan qo'shib ekishda kuzgi shudgor 30—32 sm chuqurlikda o'tkaziladi. Shudgordan oldin 90—100 kg/ga fosfor, 80 kg/ga kaliy soli nadi. Ekish mart oyining oxirgi, aprelning birinchi o'n kunligida SNX—4A va STX—4 seyalkalariga SON—2,8 seyalkalarining qutilari o'rnatilib, qator oralari 70—90 sm qilib ekiladi, ekish diskalari har 40—45 sm, har bir uyaga 2 makkajo'xori urug'ini tushishini ta’minlaydi. Lavlagi urug'i gek tariga 12—14 kg makkajo'xoriniki 20—25 kg sarflanadi va urug' har 15—20 sm ga ekiladi. Makkajo'xorining Uzbekskaya—100, Uzbekskaya zubovid- naya navlari, xashaki lavlagining Uzbekskaya polusaxamaya navlari ekiladi. Makkajo'xori hosili KS—2,6 kombaynida yig'ishtiriladi. Hosilni yig'ishtirish iyul oxirida, avgust boshlarida tugallanadi. Hosil yig'ishtirilishi bilan kultivatsiya qilinadi va bir yo'la gektariga 100—110 kg azot solinib, sug'oriladi. Natijada o'simlik tez tiklanadi, ildizlar tez kattalashadi. Oktabr oyining oxirigacha 3—4 sug'orish o'tkaziladi, begona o'tlar yo'qotilib, qa tor oralari sug'orishlardan keyin yer yetilishi bilan kultivatsiya qilinadi. Ildizmevani yig'ishtiradigan maxsus kombaynlar bo'lmasa, hosil g'o'zani korchevka qiladigan agregatlar yordamida kovlanadi. Bunda korchevkani ishlatish chuqurligi sozlanadi. Barglar qo'l bilan tozalanib, ildizmevalar uyumlanadi va PU—0,5 yuklagichlari bilan transportlarga ortiladi. 6.3. XASHAKI SABZI Xashaki sabzi (Daicus carota L.) — ikki yillik o'simlik, ziradoshlar (Apiaceae) oilasiga mansub. Uning 100 kg ildizmevasida 13,7 oziqa birligi, 0,4 kg hazmlanadigan oqsil, shuncha bargida 16,5 oziqa birligi, 1,5 kg hazmlanadigan oqsil saqlanadi. Xashaki sabzining ildizmevasi xashaki il dizmevalar orasida eng to'yimlisi, uning qizil rangli ildizmevali navlarining 1 kg ida 80 mg karotin saqlanadi. Bir gektar maydondan 250—300 s ildizmeva hosili olinadi. Xashaki sabzi hamma mintaqalarda o'stiriladi. Botanik tavsifi. Ildizmevalari uzunchoq-konussimon shaklda. Barg lari ikki va uch bo'laklangan patsimon. Chetdan changlanadi. Mevasi qovurg'ali ikkita urug'dan iborat. Birinchi yili ildizmevalar yo'g'onlashadi va oziqaviy qimmati yuqori bo'ladi. Biologiyasi. Urug'lari 2 - 3 °C da una boshlaydi. Maysalari 3 - 5 °C sovuqqa bardosh beradi. Urug'lari unib chiqishi, o'simlikning o'sishi, 292 www.ziyouz.com kutubxonasi rivojlanishi uchun maqbul harorat 20—25 °C. Xashaki sabzi nisbatan qurg£oqchilikka chidamli. Sug£orishga talabchan. Shuning uchun 0 £zbekistonda faqat sug£oriladigan maydonlarda yetishtiriladi. Navlari. 0 £zbekistonda Davlat reyestriga Ziynatli, Nantskaya—4, Nurli—70, Mirzoyi sariq—304, Mirzoyi qizil—228, Mishak—195, Shan- tane—2461, Sirano-Berlikumer, Kaskade FI navlari kiritilgan. Agrotexnikasi. Xashaki sabzining o‘suv davri 110—120 kun. Ekilgan yili ildizmevaning texnik yetilishi 80—90 kunda boshlanadi. Xashaki sabzi uchun eng yaxshi o'tmishdoshlar kuzgi g£alla ekin lari, gco £za, kartoshka, dukkakli don ekinlari. Mexanik tarkibi yengil, qumoq tuproqlarda yaxshi o £sadi. Bo£z tuproqlarda azot 120—150, fosfor 80—100, kaliy 40—60 kg/ga, octloq tuproqlarda azot 80—100, fosfor 80—100, kaliy 40—60 kg/ga solinadi. Kaliyli o‘g‘itlaming 100 % i, fosforning 70—75 % i yerni haydash ol didan, qolgan 25—30 % fosfor ekish bilan birgalikda, azot ikki-uchta barglar hosil bo'lganda va ildizmeva hosil bo'layotganda ikkiga bo£lib solinadi. Urug'lar ko£karguncha 8—10 sm chuqurlikka treflan 0,5—0,75 kg/ga gezagard—50 2—3 kg/ga o £suv davrida urug'lar ko'karguncha nabu 1,5 kg/ga, fozilad super 1—2 kg/ga qo'llaniladi. Gerbitsidlar qo'llanilgan Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling