R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘chat o‘tqazish.
- Ko‘chat o‘tqazish muddati.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O'zbekistonda keng tarqalgan. Tupi silindr yoki ellips shaklida, barglari bandsiz. Barglari mayda bo£lganligi uchun tup qalinligi gektariga 120— 140 ming va undan ham ortiq. Tipik va och tusli bo£z tuproqlarda xushbo£y tipdagi, chirindisi ko£p tuproqlarga ekilib, azotli o£g£itlar yuqori me’yorda qo£llanilganda sklet yoki yarim xushbo£y tipdagi xomashyo be- radi. Bu tipga kiruvchi Dyubek-44, Dyubek—2898, D yubek-44-07 nav lari keng tarqalgan. Hozirda, Basma, Dyubek 44—07, Izmir navlari Davlat reyestriga kiri- tilgan. Tamaki ko6chati yetishtirish. Tamaki urug£larining juda maydaligi, maysalari nozikligi tufayli, dastlab parnik va issiqxonalarda ko£chat ye- tishtiriladi. Parniklarga issiq beruvchi materiallar to£shalib, urug£ chirindili oziqa aralashmasiga ekilsa, ammo usti yopilmasa, bunday parniklar yarim issiq parniklar deyiladi. Ostiga issiqlik beruvchi material to£shalmasdan, usti ham ochiq qoldirilsa, bunday parniklar sovuq parniklar deyiladi. Issiq 348 www.ziyouz.com kutubxonasi parniklarda issiqlik beruvchi materiallar to£shalib usti plyonka yoki rom bilan yopiladi. Issiq parniklarda ko‘chatlar aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab dalaga o£tqazish uchun tayyor bo£ladi. Rossiya, Qozog£iston va Moldaviyada tamaki ko£chatlari usti plyonka bilan yopiladigan issiqxonalarda yetishtiriladi. O'zbekistonda, Tojikistonda, Qirg£izistonda tamaki ko£chatlari balandligi 12—20 sm, eni 1—1,5 m pushtalarda yetishtirilmoqda. Ochiq joyda yetishtirilganligi tufayli, ob-havo salqin, seryog'in yillari' ko'chat yetish- tirish kechikishi mumkin. Ammo yetishtirilgan ko'chatlar baquvvat, chi- niqqan bo£lib yetiladi. Oczbekiston sharoitida tamaki ko£chatlari dalaga 20-apreldan 20-may- gacha o'tqaziladi. Ko£chatlami tayyorlash shunga muvofiq holda bajari- ladi. Ko£chat yetishtirish davri pamiklar tipiga qarab 35—40 kundan 50— 60 kungacha davom etadi. Tamaki kocchatlarini yetishtirish bilan maxsus ixtisoslashgan brigadalar shug'ullanishadi. Ko'chatlar janubga, janubi-g'arbga tomon yocnalishda biroz nishab maydonlarda yetishtiriladi. Isitiladigan parniklarda 1 m2 maydonda 2200—2500, quyosh nun bi lan isitiladigan oddiy parniklarda 1700—2000, pushtalarga ekilganda 1200— 1500 donagacha ekishga yaroqli ko'chat yetishtirish mumkin. Um g'lam i' ekishga tayyorlashda, ekishdan 3—6 kun oldin 1:50 nis- batda (20 sm3 40 % formalin 1 1 suv) formalin eritmasiga 1 kg urug\ suvp matodan yasalgan xaltachaga joylanib solinadi va 10 minut davo- mida ivitiladi. Dorilangan urugc yupqa qilib-soyada quritiladi. Qurigan urug‘lar yana xaltachalarga solinib, 30 °C haroratdagi suvda bir sutka ivitiladi, keyin 2—3 marta suvda yuvilib, undirish uchun ho‘l latta bilan, yupqa qatlam (2—3 sm) qilib ocrab qocyiladi. Urugclar undinlayotganda harorat 27—30 °C atrofida bo£lishi kerak. Bunda termostatdan foydalanish ma’qul. Harorat 30 °C ga yetsa, urug£ unishdan tocxtaydi, oshsa «dim- lanib» unuvchanligi keskin kamayadi. UrugMar 4—5 kunda nishlaydi. Nishlashning boshlanishi bilan undirish to£xtatiladi. Bunda o£simtalarning urugcdan uzun bo£lishiga yo£l qo£ymaslik kerak. Bir yildan kam saqlangan urug£lar bo£lsa, undirish 6 soat davomida 27-30 °C, 18 soat 15-20 °C haroratda o£tkaziladi. Urug£lar dastlabki 3 sutka davomida 2—3 marta yorug£da araiashtirilib turiladi. Urug£lar bir tekis nishlamasa, g£alvirdan o£tkaziladi, nishlamagan urugclar yana undi- rishga qayta qo£yiladi. Nishlagan urug£lar 0,25 sm g£alvirdan o£tkazilgan chirindiga qo£shib ekiladi. Ekish muddati. Tamaki urugclari isitiladigan parniklarda 0 £zbekiston sharoitida fevralning oxiri mart oyining birinchi o£n kunligida, quyosh nuri bilan isitiladigan va sovuq pamiklarga martning birinchi, ikkinchi o£n kunligida ekish tavsiya etiladi. Isitilmaydigan parniklarga urug£lar kech kuz noyabr-dekabr oylarida ham ekiladi. Ekish me’yori. Issiq, yarim issiq parniklarda va issiqxonalarda 1 m2 349 www.ziyouz.com kutubxonasi ga 0,4—0,5 g, soviiq parniklar va maxsus pushtalarga 0,5—0,6 g urugc ekiladi. Urugclami sepishdan oldin parniklaming yuzasi tekislanib, zichlanadi, sug£oriladi. Urug£ sepilgandan keyin ustidan 0,4—0,5 sm qalinlikda elan- gan chirindi yoki qum sepib chiqiladi. Keyin suv sepilib, rom yoki plyonka bilan yopib qo£yiladi. Ko‘chat parvarishi. Urug£laming qiyg£os unib chiqishini ta’minlash uchun pamikda tuproqlar ekishdan maysalarni to£la unib chiqishigacha nam holda ushlanadi. Bu davrda tuproqning 10—12 sm qatlami nam hol- da saqlanadi. Maysalar chinbarg chiqarib jadal o£sa boshlaganda ertalab yoki kechqurun bir marta, ammo ko'proq me’yorda sug£oriladi. Ko£chatlami parnikdan dalaga ekishga 2—3 kun qolganda sug£orish to£xtatiladi. Plyonka bilan yopilgan parniklar ko'proq shamollatiladi. Ko£chatlarning dastlabki rivojlanish davrida parnik ustiga yopilgan rom yoki plyonkalar 5—6 sm ko'tarib qo£yiladi, ocsa boshlagandan keyin kun bo£yi ochib qocyiladi, kechalari yopib qo£yiladi. Ko‘chatlarni oziqlantirish o'simliklarda birinchi juft chinbarg chiqqan paytda boshlanadi va 10—12 kun o‘tgach ikkinchi, dalaga o'tqazishga 10—12 kun qolganda uchinchi marta oziqlantiriladi. Eritma 10 1 suvga 30 g ammiakli selitra, 50—60 g superfosfat, 20 g kaliy sulfat solib tayyorlanadi. Eritma 4—5 m 2 maydonga 10 1 me’yorda sepiladi. Ko'chatlami dalaga o'tqazishga 6—8 kun qolganda sug'orish kamayti- riladi, 2—3 kun qolganda butunlay tocxtatiladi. Kocchatlar parnikdan ko'chirib olinishdan 1—2 soat oldin qondirib sugfioriladi. Dastlab yetilgan ko'chatlar saralab olinadi, maydalari 3—4 kundan keyin yetilgach ko'chirib olinadi. Ko'chatlar balandligi 14—15 sm, bir xil kattalikda bo'lishi talab qilinadi. Begona oHlarga qarshi kurash. Urug'lar unib chiqqandan ko'chatlar tayyor bo'lguncha 3—4 marta o'toq qilinadi. O'toq ertalab va kechki payt- larda o'tkaziladi. Gerbitsidlardan nitran 3,3—6,3 1/ga, treflan 6—8 1/ga urug‘ ekishdan 5—6 kun oldin 1 m2, 0,25—0,38 g sepilganda 80—90 % begona o4 yo'q qilinadi. Gerbitsidlar gektariga 700 1 yoki 1 m2 ga 0,07 1 hisobida purkaladi. Almashlab ekishdagi o‘rni. Tamaki bir maydonga surunkasiga eki- laversa, tuproq unumdorligining pasayishiga, kasalliklar, zararkunanda- larning keng tarqalishiga, begona o£tlar bilan kuchli ifloslanishiga, ay niqsa, parazit begona o£tlar — shumg£iya, г а ф е с Ь а к п ^ ko£payishiga olib keladi, hosildorlik, tamaki xomashyosi sifati keskin pasayadi. Qirg£izistonning Uzun tumanida o£tkazilgan tajribalarda tamaki su runkasiga bir maydonga 5 yil ekilganda hosildorlik 19,5 s/ga, almashlab ekishda 26,2 s/ga ni tashkil qilgan. Tamaki uchun bedadan keyin ekilgan boshoqli don ekinlari, mak- kajo'xori, lavlagi, bir yillik oziqa ekinlar yaxshi o£tmishdosh hisobla nadi. Makkajo£xori g£o£za va kuzgi tunlami bilan zararlangan bo£lsa, 350 www.ziyouz.com kutubxonasi tamaki ekishdan oldin bu hasharotlarga qarshi oldini olish chora-tad- birlari ko‘riladi. Tamakini ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi kartoshka, qalampir, po- midor ekinlaridan, shuningdek, piyoz, karam, kungaboqar, bodringdan keyin joylashtirish tavsiya etilmaydi. Bu ekinlarning kasalliklari, za- rarkunandalari bir xil. Tamakining o‘zi kuzgi don ekinlari va boshqa o'simliklar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Samarqand viloyati Urgut tumanida tamaki — beda almashlab ekish- ning 8 dalali 3—2—1—2 sxemasi keng joriy qilingan. Bunda 1 dala don ekinlari bilah beda, 2—3 dalalar beda, 4 va 5 dalalar tamaki, 6-donli ekinlar, 7 va 8 dalalar tamaki bilan band qilinadi. Bu sxemada 50 % tamaki, 37,5 % beda va unga qo‘shilib ekiladigan don ekinlari, qolgaii qismi don ekinlari bilan band. Keyingi yillarda tamaki, asosan, donli ekinlar bilan almashlab ekilmoqda. Tamakini oraliq ekinlardan keyin ekish keng tarqalmoqda. Oraliq ekinlardan javdar, arpa, xashaki no‘xat, burchoq, xantal, raps, perkolarni ekish tuproq unumdorligini oshirib, fitosanitar holatini yaxshilaydi, oziqa yetishtirishni ko‘paytiradi. Ularni siderat o‘g‘it sifatida qo‘llash tamaki hosildorligini 2—3 s/ga oshiradi. Yerni ko‘chat o‘tqazishga tayyorlash. Tamaki ekiladigan maydonlar 25—30 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Yerni har 3—4 yilda bir marta 40 sm chuqur haydash tamaki hosilini 20—25 % oshiradi. Bu usulda tuproq haydalgan maydonlarga yuqori me’yorda organik o‘g‘itlar solinadi. Tamaki bedadan keyin ekilsa, bedapoyani haydashdan 7—10 kun ol din diskli borona yoki lushchinik yordamida yer 5—6 sm chuqurlikda ishlanib, bedaning ildiz bo‘g‘izidan yuqori qismi qirqiladi. Bedapoya bi- rinchi yili 30—40 sm, ikkinchi yili 20—22 sm chuqurlikda haydaladi. Pluglarga PM—16 chimqirqar o‘matib, bedapoyani haydash yaxshi natija beradi. Shumg‘iya bilan zararlangan dalalar ham 35—40 sm chuqurlikda haydalishi tavsiya qilinadi. Dala erta bahordan ko'chatlami o'tqazishgacha 2—3 boronalanadi, ekishga 10—15 kun qolganda 16—18 Sm chuqurlikda chizellanadi, mola bostirilib, sug‘orish uchun egatlar olinadi. Yer bahorga kelib juda zichlashgan bo'lsa, otvalsiz plug bilan hayda- lib mola bosiladi. Yerlarni ishlashda suv eroziyasiga qarshi chora-tadbirlar qo‘llaniladi. Ko‘chat o‘tqazish. Tamaki ko'chati qo‘lda ekish uchun 60—70 sm kenglikda egatlar olinadi, qondirib sug'oriladi. Yer yetilishi bilan ekishga kirishiladi. Kb'chat SKN—6, SKN—6A, SKNB—4 rusumli ko‘chat o ‘tqazish mashinatarida, «Belorus», T—80, «Jahongir» traktorlari bilan o'tqaziladi. Ko‘chat o‘tqazish muddati. Ko'chat o‘tqazish tuproqning 10 sm qat- lamida harorat 10 °C dan oshishi bilan boshlanadi. 0 ‘zbekistonda ta- 351 www.ziyouz.com kutubxonasi maki ko‘chati aprel oyining uchinchi o‘n kunligidan boshlab ekiladi. Optimal muddatda ekilgan ko‘chat mo‘l va sifatli barg hosilini beradi. Ko'chatni kechikib ekish ekinzorning siyraklashishiga, hosildorlikning keskin kamayishiga sabab bo‘ladi. Kech ekilganda o'simlikning yuqori yanislaridagi barglar yetilmay qoladi, bargning tovar va texnologik xu- susiyatlari pasayadi. Urgutda olib borilgan tajribalarda ko'chat may oyining oxirgi o‘n kunligida o'tqazilganda havo va tuproq haroratining yuqori, nisbiy nam- likning past bo‘lishi tufayli ko‘p ko'chatlar ildiz otmasdan nobud bo‘lishi kuzatilgan. Ko'chat o‘tqazish aprel oyining uchinchi o‘n kunligidan, may oyining ikkinchi o‘n kunligigacha 20 ish kuni davomida barcha maydon- larda tugallanishi kerak. Ko‘chat ekib bo‘lingandan keyin 2—3 kun o'tgach, dala aylanib ko‘riladi, xato joylarga ko‘chat ekiladi. Ko‘chat qalinligi. Yirik bargli navlar mayda xushbo'y tipdagi barglar beruvchi navlarga nisbatan siyrakroq o‘tqaziladi. Mayda bargli xushbo‘y tipdagi barglar beruvchi navlar siyrak ekilganda barg sathi qattiqlashadi, o'zagi qalinlashib, dag'allashadi va shu tipga xos bo‘lmagan belgilarga ega bo‘ladi. Unumdor yerlarda zichroq, unumdorligi past tuproqlarda siyrak o'tqaziladi. Urgutdagi tajribalarda Dyubek—2898 navi uchun optimal tup qalinli gi 116,6 ming/ga (60x10) hosildorlik 45,2 s/ga, 238,1 ming/ga (60x7) bo‘lganda hosildorlik 52,6 s/ga ga yetgan. Amerikan—287S navida eng yu- qori va sifatli barg hosili tup qalinligi 166,6 ming/ga bo'lganda 50,7 s/ga ga yetgan. Ilg'or xo'jaliklar gektariga 180—200 ming ko‘chat ekib yuqori hosil olishmoqda. Izmir navi gektariga 300—350 ming tup qalinlikda ekiladi. 0 ‘g‘itlash, sug‘orish, parvarish. Tamaki 1 s quaiq barg hosil qilishi uchun tuproqdan 4—6 kg azot, 1,5—2 kg fosfor, 9—10 kg kaliy o‘zlashtiradi. Gektaridan 20 s barg hosil qilish uchun 120—180 kg azot, 45—60 kg fosfor, 270-300 kg kaliy sarflanadi. 0 ‘zbekiston, Qirg'iziston, Tojikistonda o‘tkazilgan tajribalarda sug‘oriladigan yerlarda tuproq unumdorligiga qarab 90—120 kg azot, 90— 120 kg fosfor, 60—80 kg kaliy solish tavsiya etiladi. Chirindisi kam, unumdorligi past bo‘z tuproqlarda, suv eroziyasiga uchragan maydon- larda azotli o‘g‘itlarning me’yorini 20—30 % oshirish, barg sifatiga salbiy ta’sir qilmagan holda hosildorlikning oshishini ta’minlaydi. Kaliyli o‘g‘itlardan kaliy sulfat solish yaxshi natija beradi. Kaliy xloridni yuqori me’yorda solish tavsiya etilmaydi. Kaliyli o‘g‘itlaming hammasi, fosforli o‘g‘itlar yillik me’yorini 60—70 % yerni haydash oldidan solinadi. Azotli o‘g‘itlarning yillik me’yori qator oralariga birinchi va ikkinchi ishlov berish paytida ikkiga bo‘lib beri- ladi. 0 ‘g‘itlar kuzgi shudgor oldidan STN—2,8, TRR—4,2 o‘g‘it se.ya-1- kalari, RUM —3, RKM—500 o ‘g‘it sochuvchi mashinalar yordamida solinadi. 352 www.ziyouz.com kutubxonasi Kuzgi shudgor oldidan gektariga 20-30 t chirigan go‘ng solinsa, o‘suv davrida solinadigan azotli o‘g‘itlar me’yori ikki baravar kamaytiri- lishi mumkin. Sug‘orish. Tamaki qator oralari 60 sm, chuqurligi 15—20 qilib egat- lar olinadi. Egatlar uzunligi, nishabi o'rtacha maydonlarda 80—100 m, nishabi katta yerlarda 120 m bo'ladi. Har 80—120 m masofada mavsu- miy o‘qariqlar olinadi. Sug‘orish me’yori og‘ir tuproqlarda gektariga 500— 600, qumoq tuproqlarda 400—500 m 3 suv beriladi. Izmir navi uchun qator oralari 30—40 sm qilib egat olinadi. Suv egatlardan jildiratib quyiladi. Ko‘chat o‘tqazilayotgan paytda ham egatda suv jildirab oqib turishi lozim. Ko‘chatni mashinalarda, ekish bilan bir yo'la o‘simlik tupidan 9—10 sm qochirib egat olib ketiladi va oxirgi bir qator qoldirilib, qolgan egatlarga ketma-ket suv taraladi. Ko‘chat o‘tqazish davrida tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisba tan 80—85 % atrofida bo‘lishi lozim. Tamaki o‘suv davrida 4—9 marta sug‘oriladi. Birinchi suv oziqlantirish bilan qo‘shib o‘tkaziladi, ko'chat ekilgandan keyin 15—20 kun o‘tgach, ildizlar rivojlanib poya, barglar jadal o‘sa boshlaydi. Barglarning to‘q ya shil tusga kirishi, navbatdagi barglarning tez-tez chiqishi o‘simlikning o‘suv davriga kirganligini ko'rsatadi. Suv bu davrda fizik bugianishga ketadi. Barglar yer betini to‘liq soyalatganda transpiratsiya yo‘li bilan suvni bug‘lanishi kuchayadi. Bu davrda bir sutkada 70—80 m3 /ga suv sarflanadi. 0 ‘simlik shonalash davrida bir sutkalik suv sarfi 100 m3/ga ga yetadi. Barg pishishi birinchi va ikkinchi yarns barglar uzib olinishi bilan, o'simlikning suvga bo'lgan talabi sezilarli pasayadi. Izmir navi 1—2 marta sug‘oriladi. Barg yetilishi davrida sug'ormaslik xomashyoning texnologik xusu- siyatlariga va tovar sifatlariga salbiy ta’sir qiladi. Tamaki barglari texnik jihatdan yetilgan, ya’ni uzishga yaqin sug‘orish tavsiya qilinmaydi. Sug'orilsa barg tarkibidagi organik modda miqdori kamayadi. Barg uzish davrida sug‘orish zaruriyati tug‘ilsa, uzishdan 2—3 kun oldin yoki uzishdan so‘ng sug‘oriladi. 0 ‘suv davrida sug‘orish me’yori 600—900 m3/ga bo‘lgan holda 4—9 marta sug‘orilib, mavsum davomida 6000—8000 m3/ga suv sarflanadi. Tamakini 2 — 3 — 4 sxemada sug‘orish CHDNS 80—70—80 % bo‘lganda eng yuqori, sifatli barg hosili olingan. Parvarishda optimal namlik yaratish, tuproqni ishlash, begona o'tlar va kasalliklar, zararkunandalarga qarshi kurash ishlari amalga oshiriladi. Ko'chatlar qo‘lda ekilganda pushtadagi yumshoq tuproq ko‘chat yo- niga tushiriladi, bir yo‘la egat ichi ham chopiq qilinadi. Tamaki ko‘chatlari to‘liq ildiz olib o'simlik yaxshi avj ola boshla- gach, qator oralari ikki marta ishlanadi. Birinchi kultivatsiya 6—8 sm, ikkinchisi 10—12 sm chuqurlikda yumshatilib, 10—12 sm himoya zonasi qoldiriladi. Qator oralariga ishlov berish bilan birgalikda, sug‘orish o‘g‘itlash islilari uyg'unlashtirib olib boriladi. 353 www.ziyouz.com kutubxonasi Begona o‘tlarga qarshi treflan 4 1/ga, nitran 4—5 1/ga, kataran 1—2 kg/ga, tabakron 2—3 kg/ga m e ’y o r d a gerbitsidlar qo'llaniladi. Gerbitsid- lar ko‘chat o'tqazishdan kamida 15 kun oldin 500—600 1 suvga aralash- tirib sepiladi. Gerbitsidlarni kech sepish o'simlikning ildiz olishiga salbiy ta’sir qiladi va ekinzorda ko'chatlar siyraklashadi. Gul to‘plami va bachki navdalarni yulish. Tamaki o‘simligining gul to‘plamini chilpish hosildorlikni oshirib, barg sifatini yaxshilaydi. Tuproq unumdorligi past, o‘simlikning rivojlanishi sust yerlarda 15— 20 % o‘simlik gullaganda, o'rtacha unumdor yerlarda 40—50 %, unum- dor yerlarda 60—70 % o'simlik gullaganda 1—4 ta barglar bilan gul to'plami qo'shib uziladi. Gul to‘plami uzilgandan keyin chiqqan navdalar 8—10 sm uzunlikka yetganda uziladi. 0 ‘simlik gul to‘plami va bachki navdalar GMK (gidrazid malein kis- lota) ning natriyli, trietanolaminli yoki kaliyli tuzlari yordamida quritib tushiriladi. Bir gektarga GMK tuzidan 20—30 kg olinib* 600—800 1 suv- da eritiladi. 0,3—0,5 kg namlovchi OP—10 preparati yoki suyuq sovun qo‘shilib g'unchalash davridan 20—25 % gullaguncha purkaladi. Eritma OVT—1, OVT—1A mashinalari yordamida ertalab yoki kechki salqin payt- lari sepiladi. Bu usul gul, g‘unchalarni to'kish bilan birgalikda barglar yetilishini ham tezlashtiradi. Kasalliklar, zararkunandalarga qarshi kurash. 0 ‘zbekiston sharoitida tamaki qora ildiz chirish, poya chirish, ko'chat chirish, shudring bilan kasallanadi. Bakterial (bakterial ryabuxa) va virusli kasalliklar (tamaki mozaikasi) ham uchraydi. Kasalliklarga qarshi kurashda agrotexnik qoidalarga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Yuqumsiz kasalliklar o‘simlik uchun noqulay ob-havo sharoitida, tuproqda oziqa moddalarning ko‘p yoki kam bo'lishi tufayli yuzaga keladi. Yuqumli kasalliklarga virusli, zamburug‘li, bakteriyali kasal liklar kiradi. Qora ildiz chirish, ko‘chat chirish kasalliklariga qarshi 0,5 % bordos suyuqligi 1 m2 ga 1 1 purkash yaxshi natija beradi. Un shudring bilan kasallangan o'simliklarni 1 % ISO (ohak-oltingugurt qaynatmasi) bilan ishlash foydali. Tamaki shilliqqurt, buzoqboshi, kuzgi tunlam, tamaki biti, tamaki tripsi, ko‘sak qurti bilan zararlanadi. Ularga qarshi kurashda agrotexnik, biologik, kimyoviy usullardan foydalaniladi. Begona o'tlardan shumg'iya, zarpechak katta zarar keltiradi. Tamaki barglarining yetilishi va uni yig‘ib-terib olish. Ko'chat dalaga o‘tqazilgandan keyin 50—60 kun o'tgach birinchi barg terimga yetiladi. Barg yetilishi juda ko‘p omillarga bogMiq. Bargning uchidan boshlab 30—40 % sarg‘ish tusga kira boshlashi, yuzasining mumsimon g'ubor bilan qoplanib, to'lqinsimon boiishi, uch- lari va yonlari biroz egilishi, qalinlashishi va mo‘rt bo‘lib poyadan oson uzib olinishi barglarning texnik jihatdan yetilganligini bildiradi. 354 www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ‘zbekistonda Davlat ro'yxatidan o'tgan Dyubek—2898, Dyubek—44— 07 navlari 6—7 marta terib olinadi. Har gal hosil yig'ishtirlganda 3—8 ta barg yulinadi. Bir tup o‘simlikdan birinchi terimda 3—4 tagaeha, ikkin- chisida 4—5, uchinchi va to'rtinchisida 6—8, beshinchisida 5—6, so‘nggi terimda 4—5 ta barg terib olinadi. Tam aki bargini mavsumda 3—4 m arta terib olish m um kin. 0 ‘zbekistonda tamaki bargi terish iyul oyidan boshlab oktabr oyida tuga- tiladi. Iyul oyida hosilning 10—15 %, avgustda 45—55 %, sentabrda 25— 30 %, qolgani oktabrda terib olinadi. 0 ‘simlikning pastki yarusidagi barglarining to'qimalari yuqori ya- ruslarnikiga nisbatan g‘ovak bo'ladi. Tarkibida uglevodlar, nikotin, efir moylari, smolalar kam, sifati past bo'ladi. Tamaki barglarini uzish ko‘chat barglarini tozalashdan boshlanadi. Bu tadbir hosildorlikni oshiradi, mah- sulot sifatini yaxshilaydi. Birinchi va ikkinchi barglar tez va bir tekis yetiladi. Birinchi yarus- dagi barglar uzib olingandan keyin ikkinchi yarusdagi barglar 4—7 kundan so‘ng pishadi. Barglar ertalab va kechqurun, bulutli kunlarda kun bo‘yi uziladi. Kechqurun uzilgan barglarda suv kam, kraxmal va shakar ko‘p rangi och tusli, tovar sifati yuqori bo‘ladi. Kunning issiq paytlarida barg poyadan yaxshi uzilmaydi, havoda efir moy- larining konsentratsiyasi oshadi, mehnat unumdorligi 25—55 % kamayadi. Tamakining o‘sishi va rivojlanishi bir xil boim asa barglar saralab teriladi. Tamaki barglari ikki qatorda bir yo‘la teriladi, har qoiiga 8—10 barg to‘plagan ishchi ulami ehtiyotkorlik bilan qator orasiga qo‘yib ketadi. Qator tugagandan keyin barg dastalari ehtiyotlik bilan yig‘iladi va belgi- langan joyga tashib chiqiladi. Tamaki barglarini tizish maydonchasiga 30—40 maxsus quti yoki sa- vatlarda tashilsa, ular shikastlanmaydi, yaxshi saqlanadi. Barglarning bandi tashqariga qarab joylanishi kerak, aks holda barglar shikastlanib, quritish paytida qorayadi. Yaxshisi barglar pmjinasimon terilgani ma’qul. Bu usul barglarni tizishni ham osonlashtiradi. Barglar kanopga yoki simga tizib chiqiladi. Tamaki yetishtirish uchun sarflangan xarajatlarning 20—30 % barg tizishga to‘g‘ri keladi. Qo‘lda tizilganda uzunligi 60—70 sm juvoldizda barglar barg bandlaridan o‘tkazilib, 5—6 m ipga sidirib tushiriladi. 1 m ipga 160—180 ta barg tizish mumkin. Sentabr, oktabr oylarida havo ha- rorati pasayishi tufayli barglar siyrakroq tiziladi. Bir gektar maydondagi mayda bargli tamakini tizish uchun 30—35 kg ip sarflanadi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling