R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Botanik ta ’rifi.
- Botanik ta’rifi. Linaceae L. oilasiga mansub bir yillik otsimon osimlik. Udizi o‘q ildiz
- Poyasining
- Barglari
- Urug(lari
- Mevasi
- Biologik xususiyatlari.
371 www.ziyouz.com kutubxonasi 38-rasm. Yeryong‘oq. 1, 2 - rivojlangan unib chiqish va gullash fazalarida- gi o'simlik; 3 — poyaning bargli va gulli qismi; 4 — mevani butuni va kesilgani. siya materiallari tayyorlashda hamda yonilg‘i (o‘tin) sifatida foydala niladi. 0 ‘zbekistonda araxis dehqon xo‘jaliklari, tomorqalarda ko‘p eki ladi. Dunyo bo‘yicha 22 mln gektar maydonni egallaydi. Eng ko‘p Hindiston, Xitoy, Indoneziyada ekiladi. U Amerikaning tropik ham subtropik mamlakatlarida, Afrikada keng tarqalgan. Yer yong'oqning vatani Janubiy Amerika, u yerdan Fillipinga, keyin 372 www.ziyouz.com kutubxonasi Yaponiyaga va Xitoyga tarqalgan. Yevropaga Xitoydan keltirilgan, shu ning uchun uni Xitoy yong'og'i deb ham atashgan. 0 ‘zbekistonda, asosan, sug'oriladigan yerlarda ekiladi, hosildorli- gi 30—40 s/ga, Andijon nav sinash uchastkasida hosildorligi 61 s/ga ga yetgan. Botanik ta ’rifi. Yeryong'oq dukkakdoshlar (Fabaceae) turkumiga kiradi. Bu turkumga 30 tur kiritiladi. U lar orasida madaniy va yov- voyi turlar bor. Eng ko‘p ekiladigan tur Azachis hypogaea L. vulgazis L. madaniy yeryong'oq. Yeryong'oq bir yillik o ‘tsimon o ‘simlik. Ildiz tizimi o ‘q ildiz va yon ildizlardan iborat, tuproqda 190 sm chuqurlik- ka kirib boradi. Ildizlarida ko‘p tuganaklar hosil bo'ladi. Poyasi tik o'sadi, bo‘yi 80 sm yetadi. Bitta poyadan 4—20 yon shox hosil bo'ladi. Shoxlari asosida yumaloq, uchida to‘rt qirrali, tuk- langan. Ikki xil shakli: tup va yotib o'suvchi shakllari bor. Tup shak- lida o'sadigan o'simliklarning bo‘yi o'rtacha 30—40 sm tik o'sadi, yer bag‘irlab o'sadiganlariniki 20—25 sm, tup diametri 1 m ga yetishi mumkin. Barglari juft patsimon, murakkab, oval yoki teskari tuxumsimon shaklda, yashil yoki to ‘q yashil yaproqlardan iborat. Barg bandi va yaprog'i tukli. Guli bitta yoki ikki-uchtadan bo‘lib barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Rangi sariq, to ‘q sariq. Guli o‘zidan changlanadi. Yeryong‘oqning yer usti poyasidagi gullaridan boshqa, poyasining yer osti qismida mayda kleystogam gullari bor. Bu gu llar ran gsiz, ochilm aydi. G ul urug'langandan keyin, ko‘p o‘tmay, uchi o ‘tkirlashgan, naycha shak- lidagi ginofor o‘sa boshlaydi. Uchida urug'langan tuguncha bo‘lgan ginofor о ‘sib 8—9 sm chuqurga kiradi. Tuguncha gorizontal holatda o‘sa boshlaydi, oqaradi, dukkakka aylanadi. Tuproqqa tegmay qolgan ginofor quriydi, meva hosil qilmaydi. Mevasi — pillasimon yoki silindrsimon dukkak, bir necha joyi bu- kilgan uzunligi 2—6 sm. Rangi somonsimon, yuzasi to'rsimon. Po‘chog‘i dukkak vaznining 25—40 % ini tashkil qiladi. Tup shaklidagi o'simlikda dukkagi ildiz atrofida g‘uj bo‘lib joylashadi, yer bag‘irlab o'sadigan shaklida tarqalib joylashadi. Dukkaklaming 1000 vazni 500—1900 g. Dukkaklar chatnamaydi. Urug'i yumaloq, oval, cho'zinchoq, bo‘yi 1—2 sm, och pushti, och qizil, kulrang, 1000 vazni 200-1200 g. 0 ‘rtacha 400—500 g. Biologiyasi. Yeryong'oq — issiqsevar o'simlik. Urug‘lari 12 °C ha- roratda ko'kara boshlaydi. Maysalari —1 °C sovuqda, voyaga yetgani 2 °C da nobud bo'ladi. 0 ‘simlikning rivojlanishi uchun eng maqbul harorat 25—28 °C. Harorat 12 °C dan pasaysa mevalar hosil bo‘lmaydi. t Yangi kovlangan dukkaklarining urug‘i —3 °C da unuvchanligini yo‘qotadi. Yeryong'oq namsevar, issiqsevar qisqa kun o'simligi. Namga eng talabchan davri gullash boshlanishidan mevalar hosil bo'lishining oxiri- 373 www.ziyouz.com kutubxonasi gacha. Bu davrda nam lik yetishmasligi gullash va meva hosil bo'Hshining to'xtashiga olib keladi, hosil keskin pasayadi. Ekishdan gullashgacha yeryong'oqning namga talabchanligi past, qurg'oqchilikka ham chiday oladi. Dukkaklarning pishishi bilan suvga bo‘lgan talabi kamayadi. 0 ‘suv davri oxirida ortiqcha namlik o ‘suv davrini uzaytira- di, pishishni kechiktiradi. 0 ‘zbekistonda yeryong‘oq unumdor, g‘ovak, yaxshi ishlov berilgan, begona o ‘tlar bosmaydigan yerlarga joylashtiradi. Og‘ir, sho'rxok va botqoq tuproqlar yeryong‘oq uchun yaroqsiz. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda yaxshi o‘sadi, yuqori hosil to ‘playdi. 0 ‘sish davri navlar, agrotexnikaga bog'liq holda 120—160 kun. Navlari. Qibray—4 navi Davlat reyestriga kiritilgan. Sug‘oriladigan yerlarda yeryong‘oq yetishtirish texnologiyasi. Yeryong‘oq sug‘oriladigan yerlarda, yetishtirish texnologiyasiga rioya qilinganda gektaridan 30—40 s hosil berishi mumkin. Hosildorligi 20— 30 s/ga bo'lganda har gektarda 100—120 kg biologik azot qoldiradi. Shuning uchun yeryong‘oq g‘o ‘za, kuzgi don ekinlari, makkajo‘xori, sabzavot ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh. Yeryong‘oqni almashlab ekishlarda kuzgi bug‘doy, arpa, javdar, oraliq ekinlar, g‘o ‘za, kar- toshkadan keyin joylashtirish maqsadga muvofiq. 0 ‘g‘itlash. Yeryong‘oq organik va m a’danli o‘g‘itlarga juda ta labchan. Organik o‘g‘itlardan chirigan go‘ng 15—20 t/ga solinishi yaxshi natija beradi. Chirimagan go‘ng yoki yarim chirigan go‘ng solinganda tuxum qo‘yuvchi qarsildoq qo‘ng‘iz g'umbagi, simqurt va lining qo‘ng‘izlari ko‘payib ketib, yosh dukkaklarga zarar keltiradi. M a’danli o‘g‘itlarning yillik me’yori azot 10—15 kg, fosfor 60—80 kg, kaliy 40—60 kg/ga ni tashkil qiladi. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlar yerni haydashdan oldin, azotli o‘g‘it ekish oldidan beriladi. U rugiar ekish oldidan nitragin yoki rizotrofin bilan ishlanadi. Rizo- trofinni 1 ga ekiladigan urug'ga 200 g me’yorda aralashtrib ekish, dukkaklar hosilini 15—20 % oshiradi. Tuproqni ishlash. Yeryong‘oq ekiladigan dalalar kuzda shudgor qili nadi. Yerni haydash chuqurligi 30—32 sm, yangi o ‘zlashtirilgan yer larda haydash chuqurligi 20—22 sm bo'ladi. Bahorda yer boronalana- di, chizellanadi, mola bosib ekishga tayyorlanadi. Urug‘lami ekishga tayyorlash. Ekish uchun yirik, kasallanmagan, zararkunandalardan jarohatlanmagan urug‘lardan foydalaniladi. Ekish dan oldin urug‘lar panoktin bilan 2 k g/t m e’yorda ishlanadi. Urug‘ekiladigan kun nitragin bilan ishlanadi. Ekish. Yeryong‘oq tuproq harorati 12 °C qiziganda aprel oyining birinchi, ikkinchi o ‘n kunligida ekila boshlanadi. Ekish muddati ja- nubiy viloyatlarda ertaroq boshlanishi mumkin. Ekish SPCH —6A, SUK—24 yolci chigit ekadigan seyalkalarda o'tkaziladi. Qator oralari 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. Ekish m e’yorini belgilashda bir gektarda 100—120 ming dona o‘simlik qoldirilish hisobga 374 www.ziyouz.com kutubxonasi olinadi. Urug' yirikligiga qarab ekish m e’yori 60—80 kg/ga, dukkaklar ekilganda ekish m e’yori 25—30 % oshiriladi. U rug'lar mexanik tarkibi yengil tuproqlarda 6—8 sm, og'ir tuproqlarda 4—5 sm chuqurlikka ekiladi. Keyingi yillarda yeryong'oqni pushtalarga, ayniqsa, zaxkash yerlarda ekish yaxshi natija bermoqda. Parvarishi. Ekilgandan keyin qatqaloq hosil bo'lsa, unib chiqqun- cha boronalash o'tkaziladi. Maysalar hosil bo'lgandan keyin qator oralari kultivatsiya qilinadi. Qator oralarini ishlash sug'orishlardan keyin, yer yetilishi bilan o'tkaziladi. Yeryong'oq maysalari hosil bo'lishidan gullashgacha namlikka kam talabchan va shuning uchun bu davrda bir marta sug'orish kifoya qila di. Gullashdan dukkaklarni yetilishigacha tuproqda namlik CHDNS 70 % dan kam bo'lmasligi lozim. Sug'orish m e’yori 700—1000 m3/ga. Mavsumiy sug'orish m e’yori 4000-5000 m3/ga ni tashkil qiladi. O 'suv davrida su g 'o rish lar soni 4 —5 m artaga yetkaziladi. Yeryong'oqning o'sish davrida ekinzorni begona o'tlardan toza holda saqlash, o'toq qilish, ginoforlar hosil bo'lganda qator oralarini yum- shatib, tup atrofiga tuproqni uyumlash ishlari amalga oshiriladi. Hosilni yig‘ishtirish. Yeryong'oq hosilining pishishi, o'simlikning sarg'aya boshlashi, dukkaklarning to'lishi, ginoforlarning oson uzilishi bilan belgilanadi. Hosil sentabr oyida pishib yetiladi. Hosil AP—70 rusumli yeryong'oq yig'ishtiruvchi maxsus pritsepli mashinalar bilan ikki fazali usulda yig'ishtiriladi. Dastavval o'simlik ildizlari qirqiladi, o'simlik tuproqdan sug'iirib olinadi, qoqiladi, dastalanadi va mashina- ning uch yurishida olti qator yanchiladigan qilib taxlanadi. O'simlik kovlab olingandan keyin 3—5 kun o'tgach, dukkaklardagi namlik 20—25 % bo'lganda hosil SK^5 kombaynlari MA—1,5 moslamalari bilan jihozlanib, yanchib olinadi. Namlik yuqori bo'lsa dukkaklar quri- tiladi. Namlik 8 % bo'lgan holda dukkaklar saqlanadi. 9.5. MOYLI Z IG ‘IR Moyli zig‘ir muhim texnikaviy ekinlardan biri — poyasidan tola, urug'idan qimmatbaho moy olinadi. Urug'i tarkibida 30—47,8 % moy bor. Zig'ir moyi texnikada, lak, bo'yoqlar tayyorlashda, lenoleum, klyonka, yomg'ir o'tmaydigan materiallar, sharlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kunjarasi tarkibida 33,3 % oqsil va boshqa to'yimli moddalar saqlaydi. 100 kg kunjarasida 186 o.b. bor. To'yimliligi yuqori. Pishib yetilmagan urug'lar tarkibida zaharli sinil kislotasi bor. Bunday kun- jaralarni mollarga qizdirib (dimlab) berish kerak. Zig'ir poyalaridan sifatli qog'oz tayyorlanadi, tola olinadi. Sershox poyalardan sifatsiz tola olinadi. Poyasidan tolaning chiqishi 10—13 %. 375 www.ziyouz.com kutubxonasi Kalta tolalardan arqon va dag'al materiallar tayyorlanadi. Zig'ir poya- lari issiq saqlovchi vosita sifatida foydalanilishi mumkin. Uning to £poni yaxshi oziqa. Moyli zig'ir O'zbekiston, Ukraina, Tojikiston va Rossiyaning ay- rim viloyatlarida ekiladi. Ammo moyli zig'ir tolali zig'irga nisbatan kam ekiladi. Moyli zig'ir hosildorligi tuproq-iqlim sharoitlariga ko'ra turlicha. O'zbekistonning lalmikor maydonlarida urug' hosili 4—5 s/ga, shartli sug'oriladigan yerlarda 16—20 s/ga. Bu ekin juda qadim zamonlardan buyon Markaziy Osiyoda yetish- tirila boshlangan (g'o'zadan ham oldin). Vatani O'rta dengiz sohili va Osiyo. Dunyoning hamma joyida uchraydi, sifatli tola va moy olinadi. Botanik ta’rifi. Linaceae L. oilasiga mansub bir yillik o'tsimon o'simlik. Udizi o‘q ildiz, 1 —1,5 m chuqurlikka kirib boradi. Kungabo qar va maxsarga nisbatan ildizlari kuchsiz rivojlangan, ko'plab yon shoxlar hosil qiladi. Zig'ir ildizlari tuproqdan oziqa moddalarni sekin o'zlashtiradi. Poyasining uzunligi lalmida 20—60 sm, shartli sug'oriladigan yer larda 60—70 sm. Poyalari ingichka, shoxlanishi nav xususiyatlariga bog'liq. Yon shoxlari ko'pincha 4—8 ta bo'ladi. Poya po'stlarining tagida lub tolalar bor. Tolaning uzunligi zi- g'iфoyasi bo'yicha, yon shoxlarining ko'p yoki kamligiga bog'liq bo'ladi. Yon shox bo'lgan joyda tolalar uziladi. Sifatli tola baland bo'yli tolali zig'irdan olinadi. Barglari mayda, bandi yo'q, ingichka, lansetsimon shaklda. Gullari ko'k, havorang, binafsha rangda, beshta tojbarglari bor. Chiroyli, to'pguli shingil, mevasi besh uyali, dumaloq, ko'sakcha. Bir tupida 40—60 ta ko'sakcha bo'ladi. Ko'sakchalar pishganda to'kilib ketmaydi. Pishgan- dan keyin uzoq vaqt davomida yig'ishtirilmasa shoxlari sinadi. Urug(lari mayda tuxumsimon, yassi, uchi biroz bukilgan, yaltiroq, jigarrang, ba’zan och qo'ng'ir tusda. 1000 urug' vazni 3—8 g, tarki bida moy miqdori 32—47 %, yaxshilangan navlarda 47—50 %. Zig'ir gullari o'zidan va chetdan changlanadi. Havo quruq bo'lsa chetdan, nam yetarli bo'lsa o'zidan changlanadi. Biologik xususiyatlari. Moyli zig'ir - issiqlikka talabchan emas. Urug'lari 5 °C da una boshlaydi. Unib chiqqandan gullaguncha havo- ning harorati o'rtacha 15—17 °C, pishish davrida 19—20 °C ni talab qiladi. Yosh maysalar —6 °C sovuqqa chidaydi. O'suv davrida 1600— 1800 °C faol harorat talab qilinadi. O'suv davrining oxirida zig'ir issiqlikka talabchan bo'ladi. Bu davrda haroratning yetishmasligi hosilning kamayishiga olib keladi. Unib chi- qishda havo harorati past bo'lsa, unib chiqishi kamayadi. Moyli zig'irning o'suv davri tolali zig'irnikiga nisbatan qisqa. Uzun kunli o'simlik. Yorug'likka talabchan. Serquyosh, yorug' kunlarda urug' tarkibida moy va oqsil miqdori ko'p bo'ladi. Shimoliy mintaqalarda 376 www.ziyouz.com kutubxonasi navlar kechpishar bocladi. Rivojlanishning turli fazalarida tashqi otrtil- larga talab ham turlicha bo'ladi. Moyli zig£ir qurg£oqchilikka chidamli hamda namga talabchan. Ildizlari tolali zig£irnikiga nisbatan chuqur kirib boradi. Tuproqqa talabchan. Soz, zich, toshloq, shocr, og£ir tuproqlarda hosili pasayib ketadi. Lalmi mintaqada och bo‘z, to £q bo£z, tog£li mintaqada chimli bo£z tuproqlar moyli zig£ir o'stirish uchun qulay bo'ladi. Zig£ir ekilgan dalalar o£tlardan toza bo £lishi lozim. U sekin rivojlangani uchun begona o£tlar qisib qo£yadi. Zig£ir g£unchalashni boshlaguncha tez o£sadi. Gullash davriga ke lib bo£yi 60—70 sm ga yetadi. O'simlik maysalari yashil, poyasi tik turadi, gullari ko£k. Urug£i ertapishar. Ocsuv davri 72—77 kun. Navlari. Baxmalskiy—2 navi Davlat reyestriga kiritilgan. Moyli zig6irni suvlikda va lalmikorlikda yetishtirish texnologiyasining xususiyatlari. Moyli zigcir o£tmishdoshlarga talabchan. Qator oralari ishlanadi- gan, begona o 'tla rd a n toza, dalan i u n u m d o r qoldiradigan o ctmishdoshlardan keyin joylashtirilishi lozim. Moyli zig£ir kungabo- qardan keyin joylashtirilishi tavsiya etilmaydi. Qator oralari ishlanadigan, begona o£tlardan toza maydonlarga ekil- masa o£t bosadi, siyraklashadi, nimjon bo£ladi. Zig£ir makkajo'xori, poliz, dukkakli don ekinlardan keyin ekilsa, yaxshi natija beradi. Zig'irm karamgttllilardan keyin ekish yaramaydi. Karamgullilar ekilgan dalaga 6—7 yildan keyin zig£ir ekish mumkin. Qo'riq yerlarga ekish yaxshi natija beradi. Bug'doy, arpadan keyin o£t bosadi. Zig£ir ekilgan maydonga 6—7 yildan keyin qayta ekish mum kin. Kasallik va zararkunandalar ko£payib ketadi. 0 ‘g‘itlash. Moyli zig'ir oziqa moddalarga talabchan, ayniqsa, m a’danli o£g£itlarga. M a’danli o£g£itlar zig£ir hosildorliligini 22—63 % oshiradi. Zig£ir ekiladigan maydonlarga 10—15 t/ga chirigan gocng soli nadi. M a’danli o£g£itlar N 30_40, P50_60, K40_50 kg/ga beriladi. Fosforli- kaliyli o £g£itlarning hammasi yerni haydash oldidan, azotli o£g£itlar bilan birga yoki bahorda oziqlantirish sifatida beriladi. Lalmikorlikda o£g£itlar juda erta tuproqda nam bor paytda beriladi. 0 £suv davri qisqa, ildizi sust rivojlangan, shuning uchun o £g£itlash juda muhim. Yerni ishlash. Zig£ir ekiladigan maydonlar 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. Don ekinlaridan keyin dala chuqur shudgor qilinadi. Kuz- da chuqur shudgor qilish, yerni bahorda haydashga nisbatan hosildor- likni 22 % oshiradi. Lalmikorlikda qor to £plash, zichlash katta ahamiyatga ega. Erta bahorda «zig-zag» boronalar bilan boronalansa, nam yaxshi saqlanadi. Boronalashdan keyin 5—6 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinib, mola bosiladi. Ekish. U rug'lar tozalanib, saralanib, kimyoviy moddalar bilan ish lanadi. Molibden 300 g/s, derazol 300 g/s m e’yorda urug£larga max- 377 www.ziyouz.com kutubxonasi sus PSSH—5, PS—10A mashinalarida ishlov beriladi. Urug'lar zarpechak urug'laridan tozalangan bo'tishi lozim. Zig'ir bahorda bug'doy va ar- padan keyin ekiladi. Erta ekish ijobiy natija beradi. Erta ekilsa, kasal- lik va zararkunandalar bilan kam zararlanadi, namlikdan yaxshi foydalaniladi, yuqori hosil beradi. Lalmi yerlarda fevral oxiri mart boshida ekilganda hosil 6,3 s/ga, mart o'rtasida ekilganda 5,6 s/ga, aprelning birinchi ocn kunligida 3,4 s/ga hosil olingan. Zigcir tor qatorlab SZL—3,6, SZU—3,6 don va o4 urug'i ekishga mo'ljallangan seyalkalarida ekiladi. Ekish me’yori adirda 16—18 kg/ga, tog' oldida 20—22 kg, tog'li mintaqada 25—30 kg/ga. Sug'oriladigan yerlarda 40—50 kg/ga. Urug'lar 4—6 sm chuqurlikka tashlanadi. Tuproq yengil, quruq bo'lsa, urug'lar 6 sm chuqurlikka tashlanadi. Nam, harorat yetarli bo'lsa, urug'lar 6—12 kundan keyin unib chiqadi. Unib chiqmay qatqaloq bo'lsa, bo- rona bosiladi. Zig'ir dastlabki 20—25 kunda sust o'sadi. Begona o'tlar tez o'sib tuproqdagi nam va oziqa moddalarni tez o'zlashtirib oladi. Dala begona o'tlardan 2—3 marta tozalanadi. Gullarni hosil qilguncha begona o 'tlar yo'q qilinishi zarur. Begona o 'tlard an b o 'tak o 'z, qushqo'nmas, ajriq, undov, kakra, bug'doyiq va boshqalar uchraydi. Zig'ir o'suv davrining boshida fosforli o'g'itlarga, archalash va gul lash fazalarida azotli o'g'itlarga, gullash va g'unchalash davrlarida ka liyli o'g'itlarga talabchan bo'ladi. Ekishda o'g'itlanmagan bo'lsa, o'g'itlar tuproqqa aralashtirilib, samolyotlarda sepiladi. O 'g'it tuproq bilan qo'shilib sepilganda o'simlikni kuydirmaydi. Hosilni yig‘ish. Zig'ir urug'lari pishgandan so'ng, ko'sakchalar sarg'ayib, barglar so'liydi, poyalarida o'zgarish bo'lmaydi, ko'sakchalari ochilib ketmaydi. Hosil K—5 m, Keys kombaynlarida o'rib-yanchib olinadi. 9.6. MAXSAR Maxsar — Markaziy Osiyoda keng tarqalgan moyli ekin. U qurg'oqchilikka chidamli. Maxsar moyi bevosita oziq-ovqatga ishla tiladi hamda margarin tayyorlashda foydalaniladi. Urug'idan 25—32 % yarim quriydigan, och sariq moy olinadi. Sifatiga ko'ra kungaboqar moyidan qolishmaydi. Maxsar pistalarini qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan kunjarasining mazasi achchiqroq, ammo kam miqdorda qoramollarga bersa bo'ladi. Uning 100 kg kunjarasida 55 o.b., 7—8 % yog' saqlanadi. Unidan o'g 'it sifatida ham foydalanish mumkin. Maxsar urug'lari parrandalar uchun yaxshi oziqa. Hindiston, Afg'oniston, Markaziy Osiyoda, Kavkazortida maxsar moyli ekin sifatida qadimdan ma’lum.^Uning tojbarglaridan bo'yovchi 378 www.ziyouz.com kutubxonasi modda kartamin olingan. Tojbarglari palovga rang beruvchi sifatida ishlatiladi. O'zbekistonda keyingi yillarda maxsar ekiladigan maydonlar bir necha baravar oshdi. Hozirda O'zbekistonning lalmikor yerlarida 15—20 ming ga maydonga ekiladi. U qurg'oqchilikka chidamli bo'lgani uchun yashil massasi oziqa uchun ham o'stiriladi. Urug'ining o'rtacha hosildorligi 10—12 s/ga, sug'oriladigan yerlarda 19—22 s/ga. Botanik ta ’rifi. Maxsar astradoshlar Astezaceae oilasiga, Cazthamus L. avlodiga kiradi. Uning 19 turi m a’lum, shulardan faqat bitta tur C. tinctozius L. madaniy. Madaniy maxsar baquw at rivojlangan, tarmoqlangan, yerga 2 m va undan ortiq chuqurlikka kirib boruvchi ocq ildiz tizimiga ega. Poyasi tik o'sadi, dag'al, oq rangda, juda ko'p shoxlaydi, bo'yi 40—90 sm. Poyasi pastdan boshlab uchigacha yoki yuqori qismidan shoxlaydi. Barglari — bandsiz, tuksiz, qalin, lansetsimon, lansensimon-oval, ellipssimon, cheti tishli yoki tekis qirrali, tikonli yoki tikonsiz. Poyasi va yon shoxlarining uchidagi barglar maydaiashib, to'pgulning tashqi barg o'ramasiga aylanadi. To6pguli — savatcha, diametri 1,5—3 sm. Bitta o'simlikda 5—50 savatcha hosil bo'ladi. Savatchalar tikonli yoki tikonsiz. Ko'p gulli, ko'p urugii, bitta savatchada 30—70 ta pista bo'ladi. Savatcha o'rama barglar bilan o'ralib turadi, shuning uchun pistalar yetilganda to'kilib ketmaydi. Gullari — ikki jinsli, besh bo'lakli naysimon gultoj hosil qiladi, zarg'aldoq yoki sariq, goho qizil va oq bo'ladi. Changchisi beshta, tugunchasi bir uyali, uzun ustunchasi bilan tumshuqchasi bor. Ghet- dan changlanadi. Mevasi — oq, tuksiz, yaltiroq, to'rt qirrali — oval, asosiga torayib boradigan pistacha. Pistachaning po'chog'i qattiq, qalqonli, qalin, pista vaznining 50—60 % ini tashkil qiladi, 1000 pistacha vazni 40—50 g. Biologik xususiyatlari. Maxsar issiqsevar, qurg'oqchilikka chidamli, yozi quruq, qishi sovuq kontinental iqlim sharoitiga moslashgan o'simlik. U gullash va pishish fazasida issiqlikka juda talabchan bo'ladi. Maysalari 5—6 °C sovuqqa bardosh beradi. Maxsar O'zbekiston sha roitida kuzda ekilganda maysalari yaxshi qishlab chiqadi. Kuzda ekil gan maxsar bahorda ekilganiga nisbatan yuqori hosil beradi. Gullash davrida sernam, bulutli ob-havo kuzatilsa, gullar yomon changlanadi, pistachalar kam hosil bo'ladi, savatcha chiriy boshlaydi. Maxsar tuproqqa talabchan emas. U lalmikorlikda, sug'oriladigan mintaqadagi b o 'z, o'tloq, o'tloq-bo'z tuproqlarda o'sadi. Sho'rga chidamliligi tufayli sho'r tuproqlarda ham o'sa oladi. Unumdorligi yu qori, nam bilan ta ’minlangan tuproqlarda yuqori hosil beradi. Navlari. Maxsarning Milyutinskiy—114 navi O'zbekiston «G'alla» IICH birlashmasida yaratilgan. Tikonsiz, bo'yi 60—70 sm, 4—5 bi rinchi tartib shoxlari bor. Savatchasining diametri 3,0—3,5 sm, bitta Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling