R. O. Oripov, n X. Xalilov
www.ziyouz.com kutubxonasi Tuproqqa talabi
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziqa moddalarga talabi
- Urug‘da oqsil va moyning to‘planishi.
- Navlar
- Gerbitsidlarni qo‘llash.
- Botanik tasnifi.
- Mevasi
- Biologik xususiyatlari.
- Yorug4ikka talabi
- 37-rasm . Kunjut. 1, 2 — unib chiqish va gullash-m eva hosil qilish faza- laridagi o ‘simliklar; 3 — poyaning bargli, g‘unchali, gulli va mevali qismi;
- Araxis yoki yeryong‘oq
363 www.ziyouz.com kutubxonasi Tuproqqa talabi. 0 ‘zbekistonda kungaboqar unumdor bo£z, o£tloq, o£tloq-bo£z tuproqlarda yaxshi o£sadi. Kungaboqar og£ir loy, qumloq, kislotali, kuchli shocrlangan tuproqlarda yaxshi o£smaydi. Tuproq muhiti — 6—6,8 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Yorug‘likka talabi. Kungaboqar yorug£sevar, qisqa kun o£simligi. Shimoliy mintaqalarda o£sish davri uzayadi. Bulutli ob-havoda, soya- langanda rivojlanish sekinlashadi, hosil kamayadi, 11—12 kunga tez- lashadi. Oziqa moddalarga talabi. Kungaboqar oziqa moddalarga talabchan. U, ayniqsa, kaliyni ko£p o£zlashtiradi. 1 s urug£ va shunga muvofiq o ‘suv organlarini hosil qilish uchun tuproqdan 6 kg azot, 2 kg fosfor, 10 kg kaliy o£zlashtiradi. Ularning nisbati 3 : 1 : 5 . Eng ko£p azotni o£simlik savatchalarning hosil bo£lishidan gullash- gacha, fosforni unib chiqishidan gullashgacha o£zlashtiriladi. Kaliyni savatchalarning hosil bo£lishidan yetilishigacha o£zlashtiradi. Fosforga eng talabchan davri dastlabki rivojlanish fazalari. Fosfor yetishmagan da barglarda uglevod va aminokislotalar miqdori kamayadi, urug'da moy to'planishi pasayadi, o£simlik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko£rsatadi. Urug‘da oqsil va moyning to‘planishi. Kuchaytirilgan azotli oziq- lanish urug£da moy miqdorini kamaytiradi, ammo fosfor bilan bir- galikda qo£llanilganda ijobiy natija beradi. Kaliyning moy to£planishdagi vazifasi kam o£rganilgan. Tuproqda namlikning ortishi bilan urug£dagi moy miqdori oshadi, yod va kislota soni ma’lum miqdorgacha kamayadi. Rivojlanish fazalari. Kungaboqar o'suv davrida unib chiqish, barg larning hosil bo£lishi (unib chiqishdan 4—5 juft haqiqiy barglarning hosil bo'lishigacha), differensiyalash (4—5 juft barg hosil bo£lishidan 9—10 juftgacha), gullash (boshlanishi-oxiri), urug£larning shakllanishi va to £lishi, pishish fazalarini octaydi. Savatcha ertapishar navlarda 2—3 juft, kechpishar navlarda 3—5 juft barglar hosil bo£lishi bilan shakllana boshlaydi. Gullash tugagandan keyin 8—10 kun o£tgach savatcha maksimal kattalikka ega bo-ladi, uning o£sishi esa sarg£ayguncha davom etadi. Savatchalarning pishishi navga, o£sish sharoitiga qarab unib chiqishdan 70—130 kun o£tgach kuzatiladi. Navlar: 0 £suv davri tezpishar navlarda 80—100, ertapisharlarda 100— 120, o£rtapisharlarda 120—140 kun. Kungaboqarning O'zbekistonda Krasotka, HS—8506, Cambred-1254, Luchaferul navlari Davlat reyestriga kiritilgan. Kungaboqar yetishtirish texnologiyasi. Almashlab ekishlarda kun gaboqar uchun eng yaxshi o £tm ishdoshlar kuzgi don ekinlari, makkajo'xori, g£o£za, dukkakli don ekinlari hisoblanadi. Odatda, tup roqning pastki qatlamlarini quritib yuboradigan beda, sudan o£ti, qand lavlagidan keyin kungaboqarni jo ylash tirish tavsiya etilm aydi. Sug£oriladigan yerlarda o'tmishdoshlarni tanlashda, kasalliklar, zarar- kunandalar, begona o£tlarning to £planishi, ularning oldini olish chora- tadbirlari hisobga olinadi. Kungaboqarni bir ekilgan dalaga 8—10 yil 364 www.ziyouz.com kutubxonasi o‘tgach, qayta ekish mumkin. Uni shu dalaga ertaroq qaytarish dala- da shumg'iya, kasalliklar, zararkunandalarning kocpayishiga olib kela di." Shuriing' uchun kungaboqar ekiladigan almashlab ekishlar rotatsiyalari 10—12 dalalik bo'lishi ko'zda tutiladi. Kungaboqarning oczi ham juda kocp ekinlar — kuzgi bugcdoy, kuzgi arpa, g‘o eza, makkajo‘xori uchun yaxshi o ‘tmishdosh. O'zbekistonda moyli kungaboqar kam ekiladi, uning ba.land bo'yli chaqiladigan navlari yem-xashak ekini sifatida lalmikorlikda ko'proq ekiladi. Hozirgi moyli kungaboqarning ertapishar navlari Surxandaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kuzgi don ekinlaridan bocshagan maydon- larga angciz ekini sifatida o'stirilmoqda. Tuproqni ishlash. Tuproqni asosiy ishlash tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq holda o'tkaziladi. Moyli, kungaboqar ekiladigan dala 30—35 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Ko‘pgina mintaqalarda yer ikki qatlam qilib, birinchisi 14—18 sm, ikkinchi haydash 27—30 sm chu qurlikda o4kaziladi. Tuproqni ikki qatlam qilib ishlash ildiz bachkili begona o ‘tlarga qarshi kurashda yuqori samara beradi. Erta bahorda nam saqlash uchun yer yetilishi bilan boronalash o ctkaziladi. Ekish oldidan 1—2 kultivatsiya va ikki izli qilib boronalash o'tkaziladi. Kul- tivatsiya begona o41ar yoppasiga paydo bo‘lganda o'tkaziladi. 0 ‘g‘itlash. Kungaboqarni o‘gcitlash tizimi — asosiy ocg4itlash, qa torlab o‘g£itlash va oziqlantirishdan iborat. Asosiy ocgcitlashda organik va m a’danli o‘g‘itlar yerni haydash oldidan solinadi. Organik o‘gcitlar 1 gektarga 20—30 t solinadi va ulardan olingan qo'shimcha hosil 2,5— 7 s/ga urug'ni tashkil qiladi. Kungaboqardan oldin ekilgan ekinlarga solingan go‘ngning keyingi ta ’sirida urugc hosili 2—3 s/ga oshadi. Ukrainada sug'oriladigan yerlarda o'tkaziladigan tajribalarda (Xer- son qishloq xo‘jalik instituti) azot, fosfor, kaliyni gektariga 40 kg so- lish kungaboqar urug‘i hosilini 12,3—25,7 s/ga oshirgan. Azot o‘sish jarayonini kuchaytiradi. Maysalar hosil bo'lgandan keyin azot va fosfor ko‘p talab qilinadi. Kaliy azot va fosfor birgalikda so- linganda ham o'simlik tomonidan ko'proq o'zlashtiriladi. Ma’danli o ‘g‘itlarning yillik m e’yori N40_60, R40_60, K40_60 kg/ga. Ekish bilan azot 10, fosfor 10—15 kg/ga qatordan 6—10 sm uzoq- likda, 10—12 sm chuqurlikda berish yaxshi natija beradi. Ekish bilan o‘g‘it berish SPCH—6 MF yoki SPCH—8 M seyalkalarida M TZ-80 traktori bilan beriladi. Azotli o ‘g‘itlar bilan savatchalarning hosil bo'lish yoki gullash faza sida oziqlantirish urug‘da moyning kamayishiga olib keladi. Shuning uchun oziqlantirish sifatida granulalangan superfosfat 1 s/ga yoki 2,5— 3 s/ga parranda go‘ngi solinadi. Oziqlantirish savatchalarning hosil bo‘lish fazasida o ‘tkaziladi. Gerbitsidlarni qo‘llash. Kungaboqarni yetishtirishda nitran, treflan, gezagard—50 gerbsidlari sepilib ekishgacha tuproqqa aralashtiriladi. Ger- 365 www.ziyouz.com kutubxonasi bitsidlar ekishdan oldingi kultivatsiya bilan POU purkagichlarida sepi- ladi va darhol tuproqqa aralashtiriladi. Bir yillik ikki pallali begona o ‘tlarga qarshi 2,5—3 kg/ga promet- rin qo‘llash yaxshi natija beradi. Ekish. 0 ‘zbekistonda moyli kungaboqarning Yenisey, Armavires, Salyut, Trudovaya, Pioner navlari kuzgi don ekinlaridan keyingi ang‘izda ekishga yaroqli, ang‘izda yozda ekilganda ularning o ‘suv davri 10—12 kunga qisqaradi. Ular 0 ‘zbekiston sharoitida yozda ekilganda 75—80 kunda pishib yetiladi. Ekish uchun davlat ro‘yxatiga kirgan va istiqbolli navlar urug‘laridan foydalaniladi. Navdorlik sifatlariga ko‘ra kungaboqar urug‘lari 3 kategoriyaga boiinadi. I kategoriyaga navdorligi 99,8 %, qalqondorligi 98 %, II va III kategoriyalarda bu ko‘rsatkichlar muvofiq holda 98, 97 % va 96 va 95 % dan kam bo'lmasligi lozim. Ekinboplik sifatlariga ko‘ra ham uch sinfga bo‘linadi. 1-sinf urug'lar tozaligi 99 %, unuvchanligi 95 %, 2-sinfda bu ko‘rsatkichlar 98 va 93 %, 3-sinfda 97 va 90 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Ekish uchun tayyorlangan urug‘lar to ‘la, saralangan, kalibrovka qilingan, panoktin bilan 200 g/s hisobida ishlangan bo‘lishi talab qilinadi. Ekish muddati. 0 ‘zbekistonda Chkalovskiy gigant va VNIIMK 8931 navlari lalm ikorlikda bahorda yashil massasi u chun ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda ertapishar navlar ang'izda moy olish uchun ekilmoqda. Bahorda ekilganda urug‘ ekiladigan chuqurlikda harorat 8—12 °C qiziganda ekish boshlanadi. Ertagi muddatda tuproq 5—7 °C qiziganda, ekish boshlanadi. Ang‘izga ekish 10-iyundan 1-iyulgacha o ‘tkaziladi. Yozda ekilganda ekish muddatining kechikishi urug‘larning yetilmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ekish usuli. Kungaboqar qator oralari 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. Ekish S U P N -8 , S K P P -1 2 , S P C H -6 M seyalkalarida bajariladi. Urug‘lar punktirlab ekilganda optimal oziqlanish maydonini hosil qi lish osonlashadi. Sug‘oriladigan yerlarda kungaboqarning tup qalinligi 55—60 ming/ga boiishi optimal hisoblanadi. Ang‘izga ekilgan past bo‘yli (bo‘yi 0,8—1,2 m) erta pishar navlar 75—85 ming/ga qalinlikda ekili- shi yaxshi natija bermoqda. Moyli kungaboqarni ekish me’yori gek tariga 5—10 kg, silos uchun ekiladigan navlariniki 35—40 kg, ekish chuqurligi 6—7 sm, yengil tuproqlarda 8—10 sm. Parvarish. Kungaboqar maysalari hosil bo‘lguncha qatqaloqqa, be gona o‘tlarga qarshi ikki izli qilib boronalash o‘tkaziladi. Begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, maysalar unib chiqquncha gerbitsidlar ham qo‘llaniladi. 0 ‘simlik 1—2 barg hosil qilganda qatorlarga ko‘ndalang qilib ikkinchi boronalash o ‘tkaziladi. 0 ‘simliklar jarohatlanmasligi uchun boronalash kichik tezlikda va o‘simlikning turgor holati pasayganda o‘tkaziladi. Qator oralari KRN—4,2 kultivatorlari bilan ishlanadi. Birinchi kul- 366 www.ziyouz.com kutubxonasi tivatsiya 6—8 sm, ikkinchisi 8—10, uchinchisi 6—8 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Qator oralarini ishlash o'simlik bo‘yi 60—70 sm ga yet- ganda to ‘xtatiladi. Sug'orishlardan keyin tuproq yetilishi bilan qator oralarini ishlash yaxshi natija beradi. Kungaboqar gullaganda asalari uyalarini ekinzor yaqiniga joylash- tirish puch urug'lar hosil bo'lishini keskin kamaytiradi. Asalari uyala- rining 1—2 donasini 1 gektarga joylashtirish urug‘ hosilini 1—1,5 s ga oshiradi. Sug‘or!sh. Kungaboqar 1 s urug‘ hosil qilishi uchun 175—185 t suv sarflaydi. Moyli kungaboqarni sug'orish rejimi nam to ‘playdigan sug‘orish va o ‘suv davridagi sug‘orishlardan iborat. Nam to‘playdigan sug‘orish kuzgi shudgorlashdan keyin 2000—3000 m 3/ga m e’yorda o ‘tkaziladi. О‘suv davridagi sug'orishlar 3 marta bo'lganda, birinchisi savatchalari hosil bo‘lishida, ikkinchisi gullashning boshlanishida, uchin chisi urug‘ to ‘lishining boshlanishidan oldin o‘tkaziladi (Krujilin). Sug'orish m e’yori 600—1000 m3/ga. Gullashda tuproqdagi CHDNS 70 %, gullash-pishishda 80 % dan kam bo'lmaganda, gektaridan 30—32 s urug‘ hosil olish mumkin. Sug'orislilar soni, m e’yori, yog'ingarchiliklar, sizot suvlarining joy- lashish chuqurligiga bog'liq holda 3—6 marta o ‘zgarishi mumkin. Sug'oriladigan yerlarda moyli kungaboqar urug‘i hosili 2 baravar va undan ko‘proq oshishi mumkin. Hosilni yig‘ishtirish. Kungaboqar urug'larining ekinzorda 90 % sa- riq-qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir tusga kirib, savatchalar qurib, urug‘ namligi 12— 14 % ga yetganda hosil yig‘ishtirishga kirishiladi. Urug'lar qiyg‘os bir tekis yetilishini ta’minlash uchun gullashdan keyin 40—45 kun o'tgach, urug'lar namligi 30—35 % ga yetganda 20 kg/ga me’yorda xlorat magniyni desikant sifatida 100 1 suvga aralashtirib qo‘llash yaxshi natija beradi. Bunda desikatsiya o ‘tkazilgandan keyin 10—15 kun o'tgach, urug'lar namligi 12—16 % kamayadi. Desikant sifatida reglonning 3 kg/ga me’yorda qo‘llanilishi ham yaxshi natija bermoqda. Hosilni yig‘ishtirish PN P—1,5 maxsus moslamasi bilan jihozlangan SK—5 «Niva» yoki «Keys» kombaynlarida o ‘tkaziladi. PSP—1,5 mos lamasi bilan jihozlangan kombayn savatchalarni qirqadi, yanchadi, urug‘larni bunkerda to ‘playdi, poyalarni 10—12 sm balandlikda qirqib 15 sm maydalab, dalaga sochib tashlaydi. Yanchib olingan urug‘lar OVP—20 rusumli mashinalarda tozalana- di va keyin don tozalaydigan OS—4,5 A, ZAV—20, ZAV—40 yoki Petkus-gigant mashinalaridan o‘tkaziladi. Saqlanayotgan urug'larda namlik 7 % dan oshiq bo‘lmagan holda, 1 m qalinlikda saqlanadi. X altalarda saqlansa namlik 8—10 %, texnikaviy maqsadlarda ishlatiladigan urug‘lardagi namlik 10—12 % dan ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi. 367 www.ziyouz.com kutubxonasi 9.3. KUNJUT Kunjut — 0 ‘zbekistonda qadimdan ekiladigan asosiy moyli ekin- lardan biri. U urug‘i tarkibidagi moy miqdori bo‘yicha moyli ekinlar orasida birinchi o'rinni egallaydi. Sovuq presslash (juvozda) yo'li bi lan olingan kunjut xushta’mligi bo‘yicha zaytun moyiga tenglashadi. Kunjut urugMdan konditer sanoatida, meditsinada, shuningdek, kon- servalar tayyorlashda foydalaniladi. Konfetlar, sharq shirinliklari, turli holvalar, non mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Issiq presslash yo‘li bilan olingan o'simlik moyi texnik maqsad- larda ishlatiladi, shuningdek, uni kuydirib qurumidan a’lo sifatli tush tayyorlanadi. Kunjut urug'ida 48—65 % moy, 16—19 % oqsil, 15,7—17,5 % eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuq presslashda olingan kunjarasi tarkibida 40 % oqsil, 8 % yog‘ saqlanadi va u konditerlikda ishlatila- digan un, holva tayyorlashda, shuningdek, chorva mollari uchun kon- sentrlangan oziqa sifatida foydalaniladi. Issiq presslashda hosil bo‘lgan 100 kg kunjarasida 132 o.b. saqlanadi. Kunjutning vatani Afrika. 0 ‘zbekistonga kunjut Panjob (Pokiston) orqali kirib kelgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Jahon dehqonchiligida kunjut 7 mln gektar maydonga ekiladi. U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Birma, Meksika, Afrikada ko‘p ekiladi. 0 ‘zbekistonda kunjut sug‘oriladigan va lalmikorlikda yetishtiriladi. Sug'oriladigan yerlarda hosildorligi 2—2,5 t/ga, lalmikorlikda 1—1,5 t/ga. Botanik tasnifi. M adaniy yoki H ind kunjuti — Sesamum indicum L. bir yillik o'simlik. Kunjutsim onlar oilasiga mansub. Uning 19 turi m a’lum, ammo ekiladigan hamma navlar madaniy kunjut turiga kiradi. Kunjut tuproqda 1,2—1,5 m chuqurlikka kirib boruvchi o ‘qildizga ega. Poyasining bo‘yi sug‘oriladigan yerlarda 100—150 sm, lalmida SO SO sm, to ‘rt yoki sakkiz qirrali, yashil tuklar bilan qoplangan. Tuklar nav xususiyatlariga qarab zich yoki siyrak bo‘lishi mumkin. Poyasi ayrim navlarida shoxlanuvchan, shoxlari yuqoriga qarab o ‘sadi. Bir tup o'simlikda 4—12 shox hosil bo‘ladi. Shoxlanmaydigan shakllari ham bor. Barglari bandli, qarama-qarshi yoki navbatlashib joylashgan. Poya- ning pastki qismida butun, o'rtasida bo'laklangan, yuqoridagi barglar tor, lansetsimon. Guli beshtalik tipda, barg qo‘ltig‘ida 1—3 ta hosil bo'ladi. Gul bandi kalta joylashishiga qarab bir gulli va uch gulli shakllari farqla- nadi. Tojbarglari pushti, binafsha, oq. Kosacha va tojibarglari tukli. 0 ‘zidan changlanadi, ammo chetdan asalarilar yordamida ham chang- lanishi mumkin. Mevasi yashil, tukli, uzunchoq ko'sakcha. Ko‘sagi 2 yoki 4 meva bargidan iborat, chetlari ichkariga qaytib soxta po'st hosil qiladi. Ayrim- 368 www.ziyouz.com kutubxonasi larida soxta to'siqlar yaxshi rivojlangan bo'ladi. Ko'saklar chatnab ochi ladi. Ko'sakchada to'siqlar bo'lsa, urug'lar to'kilmaydi, to'siq bo'lmasa to'kiladi. To'siqli ko'sakchalar o csimlik pishgandan keyin ildizi yuqo- riga ko'tarilib silkitilsa urug'i to'kiladi. Seleksiya yo'li bilan pishganda ko'saklari yorilmaydigan navlar yaratilmoqda. Ko'saklar 4—8 uyali, bo'yi 4 sm, eni 0,9 sm. Bir tup o£simlikda 20—100 ta ko£sak hosil bo'ladi. Bitta ko£sakda 70—80 ta urug' bor. Urug£i mayda, tuxumsimon, bo£yi 2,7—4 mm, eni 1,7—1,9 mm, 1000 urug£ vazni 2—5 g. Rangi oq, qo'ng'ir, jigarrang, qora. Biologik xususiyatlari. Kunjut issiqsevar o'simlik, urug'lari 15—16 °C haroratda una boshlaydi, maysalari qiyg£os unib chiqishi uchun 18—20 °С harorat talab qilinadi. Harorat 23—25 °C bo£lganda ekish- unib chiqish davri qisqaradi. Sovuqqa chidamsiz, maysalari 0,5—1 °C sovuqda nobud bo£ladi. Ocsish davrining boshlanishida havo harorati past bo£lsa o£simlik sekin rivojlanadi, sarg£ayadi, nimjon bo'ladi. Shu ning uchun kunjut ekishda eng qulay ekish muddatlari tanlanishi kerak. Havo harorati —2 °C da gullari so£liydi; —3 °C da voyaga yetgan o'simliklar ham sovuqdan nobud bo'ladi. Kunjutning o'sishi, rivojla- nishi uchun eng optimal harorat 25—30 °C. Harorat 12—15 °C dan pasayganda kunjut o'sishdan to'xtaydi. O'suv davrida 2200—2500 °C faol harorat talab qilinadi. O'suv davrining boshlanishida o'simlik sekin rivojlanadi, gullashga 10—12 kun qolganda o'sish tezlashadi. Gullash davri tez o'tadi. Yorug4ikka talabi. Kunjut yorug'sevar, qisqa kun o'simligi. Shi- molda kunjutni o'suv davri cho'ziladi, ko'pincha pishmay qoladi. Namlikka talabi. Kunjut qurg'oqchilikka chidamli, ammo nam bilan ta’minlanganlik oshishi bilan hosildorlik ham oshadi. Namga eng talab chan davri unib chiqishdan gullashgacha. Lalmikorlikda yillik yog'ingarchiliklar miqdori 350—400 mm bo'lgan tog'li va tog' oldi mintaqalarida kunjut yaxshi hosil beradi. Tuproqqa talabi. Tarkibida organik moddalar ko'p, unumdor, be gona o'tlardan toza, g'ovak tuproqlarda yaxshi o'sadi. Og'ir loy, sho'r tuproqlar kunjut uchun yaroqsiz. Ocsuv davri — 73—150 kun. Navlari ertapishar, o'rtapishar, kech- pishar guruhlarga bo'linadi. Ertapishar navlar 75—78, o'rtapisharlar 85— 110, kechpisharlar 120—150 kunda pishib yetiladi. O'suv davri ob- liavo, qo'llanilgan agrotexnika va navlarga bog'liq holda o'zgaradi. Navlari. Tashkentskiy—122 O'zbekistonda 1942-yildan boshlab hamma viloyatlarda tumanlashtirilgan. Sug'oriladigan yerlarda bo'yi 150 sm, sug'orilmaydigan sharoitda 100 sm, 1000 urug'ning vazni 3—3,5 g. Kechpishar, o'suv davri sug'oriladigan yerlarda 136 kun, lalmikorlikda 110 kun. Sug'oriladigan yerlarda hosildorligi 17,3-20 s/ga. Urug'ida moy miqdori 56—61 %. O'zbekistonda Tashkentskiy—122 navi hamma viloyatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Quyidagi navlar ham respulikamiz- 369 www.ziyouz.com kutubxonasi 37-rasm . Kunjut. 1, 2 — unib chiqish va gullash-m eva hosil qilish faza- laridagi o ‘simliklar; 3 — poyaning bargli, g‘unchali, gulli va mevali qismi; 4 — poyaning yetilgan mevali qismi; 5 — meva; 6 — urug‘ (pastda tabiiy kattalikda). da keng tarqalgan: Seraxskiy—470, o'rtapishar, o'simlik bo‘yi 60—100 sm. Kubanes—55. Bo‘yi 100—110 sm. Ertapishar. Kunjut agrotexnikasining xususiyatlari. 0 ‘zbekistonda kunjutning Tashkentskiy—122, Seraxskiy—470, Kubanes—55, Xorazm va Xiva, Farg‘ona vodiysi jaydari kunjut navlari ekiladi. Kunjut uchun eng yaxshi o ‘tmishdoshlar — kuzgi don ekinlari, 370 www.ziyouz.com kutubxonasi makkajo‘xori, dukkakli don ekinlari, g'o'za. U tuproqni ishlashga, o‘g‘itlashga juda ta’sirchan. G o‘ng kunjutdan oldingi ekinga solingan- da yaxshi natija olinadi. To‘la m a’danli o‘g‘itlar m e’yori azot—90, fosfot—90, kaliy—90 kg/ga solinadi. Kunjut eng yuqori qo'shimcha urug‘ hosilini beradi. H ar gektarga 15—20 t go‘ng va N 30R30K30 kg solingan- da ham olingan urug‘ hosili eng yuqori bo‘lishi kuzatilgan. Kunjut ekilayotganda qatorlar yonidan 1 s/ga granulalangan super- fosfatni solish juda samarali. Kunjut oziq moddalarni 67 % gullash va undan keyingi rivojla- nish fazalarida o'zlashtiradi. Shuning uchun ikkinchi juft haqiqiy barglar hosil bo'lganda azot, fosfor, kaliy 10 kg/ga m e ’y o r d a solinishi juda samarali. Kunjut lalmikorlikda ekilganda o ‘g‘it solinmaydi ekish me’yori 3—4 kg/ga. Tuproqni ishlash kuzgi shudgor, bahordagi boronalash, ikki kultivatsiya va yana boronalashdan iborat. Kunjut nam tuproqqa, urug‘ ekiladigan qatlamga 15—16 °C qizi- ganda, qator oralari 45, 60, 70 sm qilib ekiladi. Ekish me’yori 5—8 kg/ga. Ekish chuqurligi 2—3 sm. U rug'lar ekilgandan keyin tishli g‘altaklar bilan g'altaklanadi. 0 ‘suv davrida qator oralari 3—4 marta ishlanadi. Qalin bo‘lsa 6—7 sm ga bir tup o'simlik qoldiriladi, yagana qilinadi. Sug‘oriladigan yerlarda kunjut ikki marta shonalash va yoppasiga gullash fazalarida sug‘oriladi. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab sug'orishlar soni uchtaga yetkazilishi mumkin. Sug‘orish m e’yori 700—1000 m3/ga. Ekish oldidan tuproq qurigan bo‘lsa, ekish oldi sug‘orishi o ‘tkaziladi. Kunjut urug‘lari yetilganda to ‘kiladi. Shuning uchun hosilni yig'ishtirish pastki ko‘sakchalar qo‘ng‘ir rangga kirganda, ammo hali yorilmaganda, urug‘lar o ‘zining haqiqiy navga xos rangiga kirganda boshlanadi. Hosilni ikki fazali usulda yig'ishtirish eng samarali. Saralangan, tozalangan urug‘lar namligi 9 % dan ortiq bo‘lmagan holda saqlanadi. 9.4. YERYONG‘OQ Araxis yoki yeryong‘oq — Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jum - ladan, 0 ‘zbekistonda keng tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun sanoatida, tibbiyotda ishlatiladi. Kunjarasi- da 45 % oqsil, 8 % yog' saqlanadi. Urug‘laridan turli sharq shirinlik- lari, shokoladlar, holvalar, konservalar, tortlar va boshqa konditer m ahsulotlari tayyorlanadi. Dukkaklari qovurilib bevosita iste’mol qilinadi. Urug'ida 60 % yog', 35 % oqsil saqlanadi. Shuningdek, urug'ida vitaminlardan A, E, K, D saqlanadi. Poya va barglari qimmatli oziqa. Dukkagining po‘chog‘idan izolat- Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling