R. O. Oripov, n X. Xalilov


www.ziyouz.com kutubxonasi Tuproqqa  talabi


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
#603
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

363
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tuproqqa  talabi.
 
0 ‘zbekistonda  kungaboqar  unumdor  bo£z,  o£tloq, 
o£tloq-bo£z  tuproqlarda  yaxshi  o£sadi.  Kungaboqar  og£ir  loy,  qumloq, 
kislotali,  kuchli  shocrlangan  tuproqlarda  yaxshi  o£smaydi.  Tuproq  muhiti
—  6—6,8  bo‘lganda  yaxshi  rivojlanadi.
Yorug‘likka  talabi.  Kungaboqar  yorug£sevar,  qisqa  kun  o£simligi. 
Shimoliy  mintaqalarda  o£sish  davri  uzayadi.  Bulutli  ob-havoda,  soya- 
langanda  rivojlanish  sekinlashadi,  hosil  kamayadi,  11—12  kunga  tez- 
lashadi.
Oziqa  moddalarga  talabi.  Kungaboqar  oziqa  moddalarga  talabchan.
U,  ayniqsa,  kaliyni  ko£p  o£zlashtiradi.  1  s  urug£  va  shunga  muvofiq 
o ‘suv  organlarini  hosil  qilish  uchun  tuproqdan  6  kg  azot,  2  kg  fosfor, 
10  kg  kaliy  o£zlashtiradi.  Ularning  nisbati  3 : 1 : 5 .
Eng  ko£p  azotni  o£simlik  savatchalarning  hosil  bo£lishidan  gullash- 
gacha,  fosforni  unib  chiqishidan  gullashgacha  o£zlashtiriladi.  Kaliyni 
savatchalarning  hosil  bo£lishidan  yetilishigacha  o£zlashtiradi.  Fosforga 
eng  talabchan  davri  dastlabki  rivojlanish  fazalari.  Fosfor  yetishmagan­
da  barglarda  uglevod  va  aminokislotalar  miqdori  kamayadi,  urug'da 
moy  to'planishi  pasayadi,  o£simlik  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  ko£rsatadi.
Urug‘da  oqsil  va  moyning  to‘planishi.
 
Kuchaytirilgan  azotli  oziq- 
lanish  urug£da  moy  miqdorini  kamaytiradi,  ammo  fosfor  bilan  bir- 
galikda  qo£llanilganda  ijobiy  natija  beradi.  Kaliyning  moy  to£planishdagi 
vazifasi  kam  o£rganilgan.
Tuproqda  namlikning  ortishi  bilan  urug£dagi  moy  miqdori  oshadi, 
yod  va  kislota  soni  ma’lum  miqdorgacha  kamayadi.
Rivojlanish fazalari.  Kungaboqar  o'suv  davrida  unib  chiqish,  barg­
larning  hosil  bo£lishi  (unib  chiqishdan  4—5  juft  haqiqiy  barglarning 
hosil  bo'lishigacha),  differensiyalash  (4—5  juft  barg  hosil  bo£lishidan
9—10  juftgacha),  gullash  (boshlanishi-oxiri),  urug£larning  shakllanishi 
va  to £lishi,  pishish  fazalarini  octaydi.
Savatcha  ertapishar  navlarda  2—3  juft,  kechpishar  navlarda  3—5  juft 
barglar  hosil  bo£lishi  bilan  shakllana  boshlaydi.  Gullash  tugagandan  keyin 
8—10  kun  o£tgach  savatcha  maksimal  kattalikka  ega  bo-ladi,  uning  o£sishi 
esa  sarg£ayguncha  davom  etadi.  Savatchalarning  pishishi  navga,  o£sish 
sharoitiga  qarab  unib  chiqishdan  70—130  kun  o£tgach  kuzatiladi.
Navlar:
 
0 £suv  davri  tezpishar  navlarda  80—100,  ertapisharlarda  100— 
120,  o£rtapisharlarda  120—140  kun.
Kungaboqarning  O'zbekistonda  Krasotka,  HS—8506,  Cambred-1254, 
Luchaferul  navlari  Davlat  reyestriga  kiritilgan.
Kungaboqar  yetishtirish  texnologiyasi.  Almashlab  ekishlarda  kun­
gaboqar  uchun  eng  yaxshi  o £tm ishdoshlar  kuzgi  don  ekinlari, 
makkajo'xori,  g£o£za,  dukkakli  don  ekinlari  hisoblanadi.  Odatda,  tup­
roqning  pastki  qatlamlarini  quritib  yuboradigan  beda,  sudan  o£ti,  qand 
lavlagidan  keyin  kungaboqarni  jo ylash tirish   tavsiya  etilm aydi. 
Sug£oriladigan  yerlarda  o'tmishdoshlarni  tanlashda,  kasalliklar,  zarar- 
kunandalar,  begona  o£tlarning  to £planishi,  ularning  oldini  olish  chora- 
tadbirlari  hisobga  olinadi.  Kungaboqarni  bir  ekilgan  dalaga  8—10  yil
364
www.ziyouz.com kutubxonasi

o‘tgach,  qayta  ekish  mumkin.  Uni  shu  dalaga  ertaroq  qaytarish  dala- 
da  shumg'iya,  kasalliklar,  zararkunandalarning  kocpayishiga  olib  kela­
di." Shuriing' uchun  kungaboqar  ekiladigan  almashlab  ekishlar  rotatsiyalari 
10—12  dalalik  bo'lishi  ko'zda  tutiladi.
Kungaboqarning  oczi  ham  juda  kocp  ekinlar  —  kuzgi  bugcdoy,  kuzgi 
arpa,  g‘o eza,  makkajo‘xori  uchun  yaxshi  o ‘tmishdosh.
O'zbekistonda  moyli  kungaboqar  kam  ekiladi,  uning  ba.land  bo'yli 
chaqiladigan  navlari  yem-xashak  ekini  sifatida  lalmikorlikda  ko'proq 
ekiladi.  Hozirgi  moyli  kungaboqarning  ertapishar  navlari  Surxandaryo, 
Qashqadaryo  viloyatlarida  kuzgi  don  ekinlaridan  bocshagan  maydon- 
larga  angciz  ekini  sifatida  o'stirilmoqda.
Tuproqni  ishlash.  Tuproqni  asosiy  ishlash  tuproq-iqlim  sharoitiga 
bog‘liq  holda  o'tkaziladi.  Moyli,  kungaboqar  ekiladigan  dala  30—35 
sm  chuqurlikda  kuzgi  shudgor  qilinadi.  Ko‘pgina  mintaqalarda  yer  ikki 
qatlam  qilib,  birinchisi  14—18  sm,  ikkinchi  haydash  27—30  sm  chu­
qurlikda  o4kaziladi.  Tuproqni  ikki  qatlam  qilib  ishlash  ildiz  bachkili 
begona  o ‘tlarga  qarshi  kurashda  yuqori  samara  beradi.  Erta  bahorda 
nam  saqlash  uchun  yer  yetilishi  bilan  boronalash  o ctkaziladi.  Ekish 
oldidan  1—2  kultivatsiya  va  ikki  izli  qilib  boronalash  o'tkaziladi.  Kul- 
tivatsiya  begona  o41ar  yoppasiga  paydo  bo‘lganda  o'tkaziladi.
0 ‘g‘itlash.  Kungaboqarni  o‘gcitlash  tizimi  —  asosiy  ocg4itlash,  qa­
torlab  o‘g£itlash  va  oziqlantirishdan  iborat.  Asosiy  ocgcitlashda  organik 
va  m a’danli  o‘g‘itlar  yerni  haydash  oldidan  solinadi.  Organik  o‘gcitlar 
1  gektarga  20—30  t  solinadi  va  ulardan  olingan  qo'shimcha  hosil  2,5—
7  s/ga  urug'ni  tashkil  qiladi.  Kungaboqardan  oldin  ekilgan  ekinlarga 
solingan  go‘ngning  keyingi  ta ’sirida  urugc  hosili  2—3  s/ga  oshadi.
Ukrainada  sug'oriladigan  yerlarda  o'tkaziladigan  tajribalarda  (Xer- 
son  qishloq  xo‘jalik  instituti)  azot,  fosfor,  kaliyni  gektariga  40  kg  so- 
lish  kungaboqar  urug‘i  hosilini  12,3—25,7  s/ga  oshirgan.
Azot  o‘sish  jarayonini  kuchaytiradi.  Maysalar  hosil  bo'lgandan  keyin 
azot  va  fosfor  ko‘p  talab  qilinadi.  Kaliy  azot  va  fosfor  birgalikda  so- 
linganda  ham  o'simlik  tomonidan  ko'proq  o'zlashtiriladi.  Ma’danli 
o ‘g‘itlarning  yillik  m e’yori  N40_60,  R40_60,  K40_60  kg/ga.
Ekish  bilan  azot  10,  fosfor  10—15  kg/ga  qatordan  6—10  sm  uzoq- 
likda,  10—12  sm  chuqurlikda  berish  yaxshi  natija  beradi.  Ekish  bilan 
o‘g‘it  berish  SPCH—6  MF  yoki  SPCH—8  M  seyalkalarida  M TZ-80 
traktori  bilan  beriladi.
Azotli  o ‘g‘itlar  bilan  savatchalarning  hosil  bo'lish  yoki  gullash  faza­
sida  oziqlantirish  urug‘da  moyning  kamayishiga  olib  keladi.  Shuning 
uchun  oziqlantirish  sifatida  granulalangan  superfosfat  1  s/ga  yoki  2,5—
3  s/ga  parranda  go‘ngi  solinadi.  Oziqlantirish  savatchalarning  hosil 
bo‘lish  fazasida  o ‘tkaziladi.
Gerbitsidlarni  qo‘llash.  Kungaboqarni  yetishtirishda  nitran,  treflan, 
gezagard—50  gerbsidlari  sepilib  ekishgacha  tuproqqa  aralashtiriladi.  Ger-
365
www.ziyouz.com kutubxonasi

bitsidlar  ekishdan  oldingi  kultivatsiya  bilan  POU  purkagichlarida  sepi- 
ladi  va  darhol  tuproqqa  aralashtiriladi.
Bir  yillik  ikki  pallali  begona  o ‘tlarga  qarshi  2,5—3  kg/ga  promet- 
rin  qo‘llash  yaxshi  natija  beradi.
Ekish.  0 ‘zbekistonda  moyli  kungaboqarning  Yenisey,  Armavires, 
Salyut,  Trudovaya,  Pioner  navlari  kuzgi  don  ekinlaridan  keyingi 
ang‘izda  ekishga  yaroqli,  ang‘izda  yozda  ekilganda  ularning  o ‘suv  davri 
10—12  kunga  qisqaradi.  Ular  0 ‘zbekiston  sharoitida  yozda  ekilganda 
75—80  kunda  pishib  yetiladi.
Ekish  uchun  davlat  ro‘yxatiga  kirgan  va  istiqbolli  navlar  urug‘laridan 
foydalaniladi.
Navdorlik  sifatlariga  ko‘ra  kungaboqar  urug‘lari  3  kategoriyaga 
boiinadi.  I  kategoriyaga  navdorligi  99,8  %,  qalqondorligi  98  %,  II  va 
III  kategoriyalarda  bu  ko‘rsatkichlar  muvofiq  holda  98,  97  %  va  96 
va  95  %  dan  kam  bo'lmasligi  lozim.  Ekinboplik  sifatlariga  ko‘ra  ham 
uch  sinfga  bo‘linadi.  1-sinf  urug'lar  tozaligi  99  %,  unuvchanligi  95  %,
2-sinfda  bu  ko‘rsatkichlar  98  va  93  %,  3-sinfda  97  va  90  %  dan  kam 
bo‘lmasligi  kerak.
Ekish  uchun  tayyorlangan  urug‘lar  to ‘la,  saralangan,  kalibrovka 
qilingan,  panoktin  bilan  200  g/s  hisobida  ishlangan  bo‘lishi  talab 
qilinadi.
Ekish  muddati.  0 ‘zbekistonda  Chkalovskiy  gigant  va  VNIIMK  8931 
navlari  lalm ikorlikda  bahorda  yashil  massasi  u chun  ekiladi. 
Sug‘oriladigan  yerlarda  ertapishar  navlar  ang'izda  moy  olish  uchun 
ekilmoqda.  Bahorda  ekilganda  urug‘  ekiladigan  chuqurlikda  harorat
8—12  °C  qiziganda  ekish  boshlanadi.  Ertagi  muddatda  tuproq  5—7  °C 
qiziganda,  ekish  boshlanadi.  Ang‘izga  ekish  10-iyundan  1-iyulgacha 
o ‘tkaziladi.  Yozda  ekilganda  ekish  muddatining  kechikishi  urug‘larning 
yetilmay  qolishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.
Ekish  usuli.  Kungaboqar  qator  oralari  60,  70,  90  sm  qilib  ekiladi. 
Ekish  S U P N -8 ,  S K P P -1 2 ,  S P C H -6 M   seyalkalarida  bajariladi. 
Urug‘lar  punktirlab  ekilganda  optimal  oziqlanish  maydonini  hosil  qi­
lish  osonlashadi.  Sug‘oriladigan  yerlarda  kungaboqarning  tup  qalinligi 
55—60  ming/ga  boiishi  optimal  hisoblanadi.  Ang‘izga  ekilgan  past  bo‘yli 
(bo‘yi  0,8—1,2  m)  erta  pishar  navlar  75—85  ming/ga  qalinlikda  ekili- 
shi  yaxshi  natija  bermoqda.  Moyli  kungaboqarni  ekish  me’yori  gek­
tariga  5—10  kg,  silos  uchun  ekiladigan  navlariniki  35—40  kg,  ekish 
chuqurligi  6—7  sm,  yengil  tuproqlarda  8—10  sm.
Parvarish.  Kungaboqar  maysalari  hosil  bo‘lguncha  qatqaloqqa,  be­
gona  o‘tlarga  qarshi  ikki  izli  qilib  boronalash  o‘tkaziladi.  Begona  o‘tlar 
ko‘p  bo‘lsa,  maysalar  unib  chiqquncha  gerbitsidlar  ham  qo‘llaniladi. 
0 ‘simlik  1—2  barg  hosil  qilganda  qatorlarga  ko‘ndalang  qilib  ikkinchi 
boronalash  o ‘tkaziladi.  0 ‘simliklar jarohatlanmasligi  uchun  boronalash 
kichik  tezlikda  va  o‘simlikning  turgor  holati  pasayganda  o‘tkaziladi.
Qator  oralari  KRN—4,2  kultivatorlari  bilan  ishlanadi.  Birinchi  kul-
366
www.ziyouz.com kutubxonasi

tivatsiya  6—8  sm,  ikkinchisi  8—10,  uchinchisi  6—8  sm  chuqurlikda 
o‘tkaziladi.  Qator  oralarini  ishlash  o'simlik  bo‘yi  60—70  sm  ga  yet- 
ganda  to ‘xtatiladi.  Sug'orishlardan  keyin  tuproq  yetilishi  bilan  qator 
oralarini  ishlash  yaxshi  natija  beradi.
Kungaboqar  gullaganda  asalari  uyalarini  ekinzor  yaqiniga  joylash- 
tirish  puch  urug'lar  hosil  bo'lishini  keskin  kamaytiradi.  Asalari  uyala- 
rining  1—2  donasini  1  gektarga  joylashtirish  urug‘  hosilini  1—1,5  s  ga 
oshiradi.
Sug‘or!sh.  Kungaboqar  1  s  urug‘  hosil  qilishi  uchun  175—185  t 
suv  sarflaydi.  Moyli  kungaboqarni  sug'orish  rejimi  nam  to ‘playdigan 
sug‘orish  va  o ‘suv  davridagi  sug‘orishlardan  iborat.  Nam  to‘playdigan 
sug‘orish  kuzgi  shudgorlashdan  keyin  2000—3000  m 3/ga  m e’yorda 
o ‘tkaziladi.  О‘suv  davridagi  sug'orishlar  3  marta  bo'lganda,  birinchisi 
savatchalari  hosil  bo‘lishida,  ikkinchisi  gullashning  boshlanishida,  uchin­
chisi  urug‘  to ‘lishining  boshlanishidan  oldin  o‘tkaziladi  (Krujilin). 
Sug'orish  m e’yori  600—1000  m3/ga.  Gullashda  tuproqdagi  CHDNS 
70  %,  gullash-pishishda  80  %  dan  kam  bo'lmaganda,  gektaridan 
30—32  s  urug‘  hosil  olish  mumkin.
Sug'orislilar  soni,  m e’yori,  yog'ingarchiliklar,  sizot  suvlarining joy- 
lashish  chuqurligiga  bog'liq  holda  3—6  marta  o ‘zgarishi  mumkin. 
Sug'oriladigan  yerlarda  moyli  kungaboqar  urug‘i  hosili  2  baravar  va 
undan  ko‘proq  oshishi  mumkin.
Hosilni  yig‘ishtirish.  Kungaboqar  urug'larining  ekinzorda  90  %  sa- 
riq-qo‘ng‘ir,  qo‘ng‘ir  tusga  kirib,  savatchalar  qurib,  urug‘  namligi  12—
14  %  ga  yetganda  hosil  yig‘ishtirishga  kirishiladi.
Urug'lar  qiyg‘os  bir  tekis  yetilishini  ta’minlash  uchun  gullashdan  keyin 
40—45  kun  o'tgach,  urug'lar  namligi  30—35  %  ga  yetganda  20  kg/ga 
me’yorda  xlorat  magniyni  desikant  sifatida  100  1  suvga  aralashtirib 
qo‘llash  yaxshi  natija  beradi.
Bunda  desikatsiya  o ‘tkazilgandan  keyin  10—15  kun  o'tgach,  urug'lar 
namligi  12—16  %  kamayadi.  Desikant  sifatida  reglonning  3  kg/ga 
me’yorda  qo‘llanilishi  ham  yaxshi  natija  bermoqda.
Hosilni  yig‘ishtirish  PN P—1,5  maxsus  moslamasi  bilan jihozlangan 
SK—5  «Niva»  yoki  «Keys»  kombaynlarida  o ‘tkaziladi.  PSP—1,5  mos­
lamasi  bilan  jihozlangan  kombayn  savatchalarni  qirqadi,  yanchadi, 
urug‘larni  bunkerda  to ‘playdi,  poyalarni  10—12  sm  balandlikda  qirqib
15  sm  maydalab,  dalaga  sochib  tashlaydi.
Yanchib  olingan  urug‘lar  OVP—20  rusumli  mashinalarda  tozalana- 
di  va  keyin  don  tozalaydigan  OS—4,5  A,  ZAV—20,  ZAV—40  yoki 
Petkus-gigant  mashinalaridan  o‘tkaziladi.
Saqlanayotgan  urug'larda  namlik  7  %  dan  oshiq  bo‘lmagan  holda,
1  m  qalinlikda  saqlanadi.  X altalarda  saqlansa  namlik  8—10  %, 
texnikaviy  maqsadlarda  ishlatiladigan  urug‘lardagi  namlik  10—12  %  dan 
ortiq  bo‘lmasligi  talab  qilinadi.
367
www.ziyouz.com kutubxonasi

9.3.  KUNJUT
Kunjut  —  0 ‘zbekistonda  qadimdan  ekiladigan  asosiy  moyli  ekin- 
lardan  biri.  U  urug‘i  tarkibidagi  moy  miqdori  bo‘yicha  moyli  ekinlar 
orasida  birinchi  o'rinni  egallaydi.  Sovuq  presslash  (juvozda)  yo'li  bi­
lan  olingan  kunjut  xushta’mligi  bo‘yicha  zaytun  moyiga  tenglashadi.
Kunjut  urugMdan  konditer  sanoatida,  meditsinada,  shuningdek,  kon- 
servalar  tayyorlashda  foydalaniladi.  Konfetlar,  sharq  shirinliklari,  turli 
holvalar,  non  mahsulotlari  tayyorlashda  ishlatiladi.
Issiq  presslash  yo‘li  bilan  olingan  o'simlik  moyi  texnik  maqsad- 
larda  ishlatiladi,  shuningdek,  uni  kuydirib  qurumidan  a’lo  sifatli  tush 
tayyorlanadi.
Kunjut  urug'ida  48—65  %  moy,  16—19  %  oqsil,  15,7—17,5  % 
eriydigan  uglevodlar  saqlanadi.  Sovuq  presslashda  olingan  kunjarasi 
tarkibida  40  %  oqsil,  8  %  yog‘  saqlanadi  va  u  konditerlikda  ishlatila- 
digan  un,  holva  tayyorlashda,  shuningdek,  chorva  mollari  uchun  kon- 
sentrlangan  oziqa  sifatida  foydalaniladi.  Issiq  presslashda  hosil  bo‘lgan 
100  kg  kunjarasida  132  o.b.  saqlanadi.
Kunjutning  vatani  Afrika.  0 ‘zbekistonga  kunjut  Panjob  (Pokiston) 
orqali  kirib  kelgan.  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarida  keng  tarqalgan.
Jahon  dehqonchiligida  kunjut  7  mln  gektar  maydonga  ekiladi.  U 
Hindiston,  Pokiston,  Xitoy,  Birma,  Meksika,  Afrikada  ko‘p  ekiladi.
0 ‘zbekistonda  kunjut  sug‘oriladigan  va  lalmikorlikda  yetishtiriladi. 
Sug'oriladigan  yerlarda  hosildorligi  2—2,5  t/ga,  lalmikorlikda  1—1,5  t/ga.
Botanik  tasnifi.  M adaniy  yoki  H ind  kunjuti  —  Sesamum 
indicum  L.  bir  yillik  o'simlik.  Kunjutsim onlar  oilasiga  mansub. 
Uning  19  turi  m a’lum,  ammo  ekiladigan  hamma  navlar  madaniy 
kunjut  turiga  kiradi.
Kunjut  tuproqda  1,2—1,5  m  chuqurlikka  kirib  boruvchi  o ‘qildizga 
ega.  Poyasining bo‘yi  sug‘oriladigan  yerlarda  100—150  sm,  lalmida  SO­
SO  sm,  to ‘rt  yoki  sakkiz  qirrali,  yashil  tuklar  bilan  qoplangan.  Tuklar 
nav  xususiyatlariga  qarab  zich  yoki  siyrak  bo‘lishi  mumkin.  Poyasi 
ayrim  navlarida  shoxlanuvchan,  shoxlari  yuqoriga  qarab  o ‘sadi.  Bir 
tup  o'simlikda  4—12  shox  hosil  bo‘ladi.  Shoxlanmaydigan  shakllari 
ham  bor.
Barglari  bandli,  qarama-qarshi  yoki  navbatlashib  joylashgan.  Poya- 
ning  pastki  qismida  butun,  o'rtasida  bo'laklangan,  yuqoridagi  barglar 
tor,  lansetsimon.
Guli  beshtalik  tipda,  barg  qo‘ltig‘ida  1—3  ta  hosil  bo'ladi.  Gul 
bandi  kalta  joylashishiga  qarab  bir  gulli  va  uch  gulli  shakllari  farqla- 
nadi.  Tojbarglari  pushti,  binafsha,  oq.  Kosacha  va  tojibarglari  tukli. 
0 ‘zidan  changlanadi,  ammo  chetdan  asalarilar  yordamida  ham  chang- 
lanishi  mumkin.
Mevasi  yashil,  tukli,  uzunchoq  ko'sakcha.  Ko‘sagi  2  yoki  4  meva 
bargidan  iborat,  chetlari  ichkariga  qaytib  soxta  po'st  hosil  qiladi.  Ayrim-
368
www.ziyouz.com kutubxonasi

larida  soxta  to'siqlar  yaxshi  rivojlangan  bo'ladi.  Ko'saklar  chatnab  ochi­
ladi.  Ko'sakchada  to'siqlar  bo'lsa,  urug'lar  to'kilmaydi,  to'siq  bo'lmasa 
to'kiladi.  To'siqli  ko'sakchalar  o csimlik  pishgandan  keyin  ildizi  yuqo- 
riga  ko'tarilib  silkitilsa  urug'i  to'kiladi.  Seleksiya  yo'li  bilan  pishganda 
ko'saklari  yorilmaydigan  navlar  yaratilmoqda.  Ko'saklar  4—8  uyali,  bo'yi 
4  sm,  eni  0,9  sm.  Bir  tup  o£simlikda  20—100  ta  ko£sak  hosil  bo'ladi. 
Bitta  ko£sakda  70—80  ta  urug'  bor.  Urug£i  mayda,  tuxumsimon,  bo£yi 
2,7—4  mm,  eni  1,7—1,9  mm,  1000  urug£  vazni  2—5  g.  Rangi  oq, 
qo'ng'ir,  jigarrang,  qora.
Biologik  xususiyatlari.  Kunjut  issiqsevar  o'simlik,  urug'lari  15—16  °C 
haroratda  una  boshlaydi,  maysalari  qiyg£os  unib  chiqishi  uchun
18—20  °С  harorat  talab  qilinadi.  Harorat  23—25  °C  bo£lganda  ekish- 
unib  chiqish  davri  qisqaradi.  Sovuqqa  chidamsiz,  maysalari  0,5—1  °C 
sovuqda  nobud  bo£ladi.  Ocsish  davrining  boshlanishida  havo  harorati 
past  bo£lsa  o£simlik  sekin  rivojlanadi,  sarg£ayadi,  nimjon  bo'ladi.  Shu­
ning  uchun  kunjut  ekishda  eng  qulay  ekish  muddatlari  tanlanishi  kerak.
Havo  harorati  —2  °C  da  gullari  so£liydi;  —3  °C  da  voyaga  yetgan 
o'simliklar  ham  sovuqdan  nobud  bo'ladi.  Kunjutning  o'sishi,  rivojla- 
nishi  uchun  eng  optimal  harorat  25—30  °C.  Harorat  12—15  °C  dan 
pasayganda  kunjut  o'sishdan  to'xtaydi.  O'suv  davrida  2200—2500  °C 
faol  harorat  talab  qilinadi.
O'suv  davrining  boshlanishida  o'simlik  sekin  rivojlanadi,  gullashga
10—12  kun  qolganda  o'sish  tezlashadi.  Gullash  davri  tez  o'tadi.
Yorug4ikka  talabi.  Kunjut  yorug'sevar,  qisqa  kun  o'simligi.  Shi- 
molda  kunjutni  o'suv  davri  cho'ziladi,  ko'pincha  pishmay  qoladi.
Namlikka  talabi.  Kunjut  qurg'oqchilikka  chidamli,  ammo  nam  bilan 
ta’minlanganlik  oshishi  bilan  hosildorlik  ham  oshadi.  Namga  eng  talab­
chan  davri  unib  chiqishdan  gullashgacha.
Lalmikorlikda  yillik  yog'ingarchiliklar  miqdori  350—400  mm  bo'lgan 
tog'li  va  tog'  oldi  mintaqalarida  kunjut  yaxshi  hosil  beradi.
Tuproqqa  talabi.  Tarkibida  organik  moddalar  ko'p,  unumdor,  be­
gona  o'tlardan  toza,  g'ovak  tuproqlarda  yaxshi  o'sadi.  Og'ir  loy,  sho'r 
tuproqlar  kunjut  uchun  yaroqsiz.
Ocsuv  davri  —  73—150  kun.  Navlari  ertapishar,  o'rtapishar,  kech- 
pishar  guruhlarga  bo'linadi.  Ertapishar  navlar  75—78,  o'rtapisharlar  85— 
110,  kechpisharlar  120—150  kunda  pishib  yetiladi.  O'suv  davri  ob- 
liavo,  qo'llanilgan  agrotexnika  va  navlarga  bog'liq  holda  o'zgaradi.
Navlari.  Tashkentskiy—122  O'zbekistonda  1942-yildan  boshlab  hamma 
viloyatlarda  tumanlashtirilgan.  Sug'oriladigan  yerlarda  bo'yi  150  sm, 
sug'orilmaydigan  sharoitda  100  sm,  1000  urug'ning  vazni  3—3,5  g. 
Kechpishar,  o'suv  davri  sug'oriladigan  yerlarda  136  kun,  lalmikorlikda 
110  kun.  Sug'oriladigan  yerlarda  hosildorligi  17,3-20  s/ga.  Urug'ida 
moy  miqdori  56—61  %.
O'zbekistonda  Tashkentskiy—122  navi  hamma  viloyatlarda  ekish 
uchun  Davlat  reyestriga  kiritilgan.  Quyidagi  navlar  ham  respulikamiz-
369
www.ziyouz.com kutubxonasi

37-rasm .  Kunjut.  1,  2  —  unib  chiqish  va  gullash-m eva  hosil  qilish  faza- 
laridagi  o ‘simliklar;  3  —  poyaning  bargli,  g‘unchali,  gulli  va  mevali  qismi;
4  —  poyaning  yetilgan  mevali  qismi;  5  —  meva;  6  —  urug‘  (pastda  tabiiy
kattalikda).
da  keng  tarqalgan:  Seraxskiy—470,  o'rtapishar,  o'simlik  bo‘yi  60—100 
sm.  Kubanes—55.  Bo‘yi  100—110  sm.  Ertapishar.
Kunjut  agrotexnikasining  xususiyatlari.  0 ‘zbekistonda  kunjutning 
Tashkentskiy—122,  Seraxskiy—470,  Kubanes—55,  Xorazm  va  Xiva, 
Farg‘ona  vodiysi  jaydari  kunjut  navlari  ekiladi.
Kunjut  uchun  eng  yaxshi  o ‘tmishdoshlar  —  kuzgi  don  ekinlari,
370
www.ziyouz.com kutubxonasi

makkajo‘xori,  dukkakli  don  ekinlari,  g'o'za.  U  tuproqni  ishlashga, 
o‘g‘itlashga juda  ta’sirchan.  G o‘ng  kunjutdan  oldingi  ekinga  solingan- 
da  yaxshi  natija  olinadi.  To‘la  m a’danli  o‘g‘itlar  m e’yori  azot—90, 
fosfot—90,  kaliy—90  kg/ga  solinadi.  Kunjut  eng  yuqori  qo'shimcha  urug‘ 
hosilini  beradi.  H ar  gektarga  15—20  t  go‘ng  va  N 30R30K30  kg  solingan- 
da  ham  olingan  urug‘  hosili  eng  yuqori  bo‘lishi  kuzatilgan.
Kunjut  ekilayotganda  qatorlar  yonidan  1  s/ga  granulalangan  super- 
fosfatni  solish  juda  samarali.
Kunjut  oziq  moddalarni  67  %  gullash  va  undan  keyingi  rivojla- 
nish  fazalarida  o'zlashtiradi.  Shuning  uchun  ikkinchi juft  haqiqiy  barglar 
hosil  bo'lganda  azot,  fosfor,  kaliy  10  kg/ga 
m e ’y o r d a  
solinishi  juda 
samarali.
Kunjut  lalmikorlikda  ekilganda  o ‘g‘it  solinmaydi  ekish  me’yori
3—4  kg/ga.  Tuproqni  ishlash  kuzgi  shudgor,  bahordagi  boronalash, 
ikki  kultivatsiya  va  yana  boronalashdan  iborat.
Kunjut  nam  tuproqqa,  urug‘  ekiladigan  qatlamga  15—16  °C  qizi- 
ganda,  qator  oralari  45,  60,  70  sm  qilib  ekiladi.  Ekish  me’yori  5—8 
kg/ga.  Ekish  chuqurligi  2—3  sm.  U rug'lar  ekilgandan  keyin  tishli 
g‘altaklar  bilan  g'altaklanadi.  0 ‘suv  davrida  qator  oralari  3—4  marta 
ishlanadi.  Qalin  bo‘lsa  6—7  sm  ga  bir  tup  o'simlik  qoldiriladi,  yagana 
qilinadi.
Sug‘oriladigan  yerlarda  kunjut  ikki  marta  shonalash  va  yoppasiga 
gullash  fazalarida  sug‘oriladi.  Tuproq-iqlim  sharoitiga  qarab  sug'orishlar 
soni  uchtaga  yetkazilishi  mumkin.  Sug‘orish  m e’yori  700—1000  m3/ga. 
Ekish  oldidan  tuproq  qurigan  bo‘lsa,  ekish  oldi  sug‘orishi  o ‘tkaziladi.
Kunjut  urug‘lari  yetilganda  to ‘kiladi.  Shuning  uchun  hosilni 
yig'ishtirish  pastki  ko‘sakchalar  qo‘ng‘ir  rangga  kirganda,  ammo  hali 
yorilmaganda,  urug‘lar  o ‘zining  haqiqiy  navga  xos  rangiga  kirganda 
boshlanadi.  Hosilni  ikki  fazali  usulda  yig'ishtirish  eng  samarali.
Saralangan,  tozalangan  urug‘lar  namligi  9  %  dan  ortiq  bo‘lmagan 
holda  saqlanadi.
9.4.  YERYONG‘OQ
Araxis  yoki  yeryong‘oq  —  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari,  shu  jum - 
ladan,  0 ‘zbekistonda  keng  tarqalgan  qimmatli  moyli  ekin.  Uning  moyi 
konserva,  margarin,  sovun  sanoatida,  tibbiyotda  ishlatiladi.  Kunjarasi- 
da  45  %  oqsil,  8  %  yog'  saqlanadi.  Urug‘laridan  turli  sharq  shirinlik- 
lari,  shokoladlar,  holvalar,  konservalar,  tortlar  va  boshqa  konditer 
m ahsulotlari  tayyorlanadi.  Dukkaklari  qovurilib  bevosita  iste’mol 
qilinadi.
Urug'ida  60  %  yog',  35  %  oqsil  saqlanadi.  Shuningdek,  urug'ida 
vitaminlardan  A,  E,  K,  D  saqlanadi.
Poya  va  barglari  qimmatli  oziqa.  Dukkagining  po‘chog‘idan  izolat-
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling