R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzun (ingichka) tolali g‘o‘za yetishtirishning xususiyatlari
- Paxtachilikda intensiv texnologiya va uning mohiyati
- Botanik tavsifi.
- Urug‘lari
- Yorug‘likka talabi.
- Namlikka talabi.
- Tuproqqa talabi.
- Oziqa moddalarga talabi.
- Kanopning o‘sish xususiyatlari.
323 www.ziyouz.com kutubxonasi Ariqdagi suvni tuproq namligi holatiga aylantirish iisuli sug£orish texni- kasidir. Sug'orishning ko£pgina usullari bo£lib, shundan ko‘p tarqalgani jocyaklab sug4orishdir/ Jo‘yak uzunligi dalaning qiyaligi va tuproqning suv O'tkazuvchanligiga qarab 80—150—200 m dan oshmasligi lozim. Bir jo‘yakka quyiladigan suv oqimi sekundiga 0,2—0,8 litrgacha bo£lishi mumkin. Egatlab sug‘orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sifon nay- lar, egiluvchan quvurlar (shlanglar), ko‘chma yarim egiluvchan va qat- tiq quvurlar, ko£chma sug£orish agregatlar yordamida amalga oshiriladi. Sug‘orishda yomg‘irlatib sugcorish usulidan, ya’ni DDA—100M, DSHK— 64, DOS kabi mashinalardan foydalanilsa, sugcorish normasi 2—3 mar tagacha kamayadi. Keyingi yillarda tomchilatib sugcorish, yer ostidan sugcorish usullari ham joriy etilmoqda. Chilpish (chekanka). ■ G ‘o‘zaning bosh poyasi va monopodial sho- xining ocsishini tocxtatish maqsadida 0‘sish nuqtasini yulib tashlash chilpish nomi bilan yuritiladi. Chilpishning ahamiyati shundaki, assimilatsiya mahsulotlari ocsimlikka bir xil taqsimlanadi, hosil tugunchalarining tockilishi kamayadi, kocsak soni 1—2 tagacha, ko4sakdagi paxta vazni 0,2—0,5 grammga ortadi, tola sifati yaxshilanadi, o‘suv davri 5—10 kunga qisqaradi, hosildorlik gek tariga 1,5—2,5 s oshadi. Chilpish muddatlarini belgilashda kocchat qalin- ligi, nav xususiyatlari, hosil shoxlarining soni hisobga olinadi. Tup soni 110—120 ming boigan maydonlarda hosil shoxi 15—16, 130—140 ming tup boclganda 13—14 taga yetganda chilpish octkaziladi. Ingichka tolali gco‘zalarda ko£chat qalinligi gektariga 130—140 ming boclganda, hosil shoxlari soni 20—22 ta, 140—150 ming boclganda 18— 20 ta boiganda octkazilish ma’qul hisoblanadi. Chilpish qocl kuchi bilan, CHVX-4, CHVX-3,6 va CH X T-4B markali moslamalar yordamida octkaziladi. Kimyoviy chekanka qilinganda TUR yoki PIKS preparatlari ishlati- ladi. Ocrta tolali g‘oczalar uchun TUR dan gektariga 0,25 kg, ingichka tolali gco‘zalarga esa 0,4 kg, PIKS preparatidan 1,0—1,3 litr sarflanadi. Har gektar maydonga 300 litr hisobida ishchi eritma sepiladi. G6o6za defoliatsiyasi va hosilni yig‘ishtirish. G fiocza hosilining pi- shishini tezlashtirish va uni qisqa muddatda mashinalar yordamida te- rib olishda defoliatsiyaning ahamiyati kattadir. Defoliatsiya g£o£za barglarini kimyoviy preparatlar yordamida sun’iy to £ktirishdir. G £o£za butun tupi bilan kimyoviy preparatlar yordamida quritilsa desikatsiya deyiladi. Defoliatsiya hosilning 90 foizdan ortig£ini sovuq tushguncha terib olish imkonini beradi, mashinalarning ish unumi 20—25 % oshadi, 1 sortga topshiriladigan paxta miqdori 4—5 % ortadi, mahsulot tan-, narxi arzonlashadi va yig£im-terim muddati birmuncha qisqaradi. 324 www.ziyouz.com kutubxonasi Preparatlar g‘o‘za bargiga purkash yoki changlash yo‘li bilan ta’sir ettiriladi. Bunda preparatlar barg hujayralariga singadi, uni shikastlaydi, to‘qimalarni suvsizlantiradi, fotosintez jarayoni buziladi, oqibatda barg qurib, uzilib tushadi. Defoliantlaming ta’siri havo harorati va tuproq namligi bilan bog‘liqdir. Havo harorati +18—21 °C dan past bo‘lmaganda, tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 65—70 % bo‘lganda yuqori samaradorlikka erishiladi. G ‘o ‘za bargi 10—12 kunda 80—90 % to'kiladi. Defoliatsiya uchun keng ishlatilayotgan magniy xlorati (Mg(C103)2 6H20 ), kalsiy xlorat — xloridi (Ca(G103) +CaCl2 va dropp ultra pre- paratlaridir. Dropp yumshoq ta’sir etuvchi guruhga kirsa, dastlabki ikki preparat esa qattiq ta’sir ko'rsatadi. D efoliatsiyaning sam arali b o 'lish om illaridan m uhim i uni o'tkazishning eng maqbul muddatini belgilashdir. Ko‘p yillik ma’lumotlarga qaraganda ingichka tolali g£o ‘za navlari- ning tuplarida mavjud ko'saklarining 35—40 %, o‘rta tolali navlarda esa kamida 50 % i ochilganda defoliatsiya qilish tavsiya etiladi. G ‘o‘zaning rivojlanishi, bargning kam yoki ko‘pligi va havoning haroratiga qarab o'rta tolali g‘o‘zalar uchun magniy xloridining me’yori gektariga 8—12 kg, kalsiy xlorat-xloridi 20—25 kg va dropp 0,4—0,7 kg miqdorida qo‘llaniladi. Ingichka tolali g‘o‘zalar uchun yuqoridagilar mos ravishda 15—17 kg, 26—30 kg va 0,3—0,6 kg miqdorida sepiladi. Harorat 20° dan oshib ketsa, normani 10—15 % ga kamaytirish va aksincha, havo sovib ketsa (14—15 °C bo‘lganda) 15—20 % ga oshiriladi. Ishchi eritmalarining sarfi traktor purkagichlari OVX—14, OVX—28 ishlatilganda gektariga 400—450 litrgacha belgilanadi. Agar defoliatsiya o ‘tkazilganda barg to‘liq to ‘kilmasa desikatsiya o‘tkaziladi. Bunda desikat sifatida magniy xlorati gektariga 25—30 kg yoki kalsiy xlorat-xloridi 45—50 kg miqdorida sepiladi. Desikatsiya g‘o‘za rivoji kechikib ketgan, ko'saklari ochilnlasdan qolgan yer osti suvi yuza joylashgan maydonlarda ham o'tkaziladi. Defoliatsiya qilish boshlanishdan bir necha kun ilgari paxtasi ma- shinada teriladigan dalalarning ikki boshida 8—10 m kenglikda traktor buriladigan joy ajratiladi va g‘o‘zalar desikatsiya qilinadi. Burilish joylaridagi ochilgan paxtalar mashina terimiga 3—4 kun qolganda terib olinib, g‘o‘za tuplari ko‘saklari bilan o‘rib olinib, dala chetiga yoyib qo'yiladi, ko'saklari to‘liq ochilgandan so'ng terib olina- di. Terim mashinalari burilish maydonlari G N —4,0 markali greyder yoki D—606 markali buldozer bilan tekislanadi. 0 ‘rta tolali g‘o ‘zalar paxta mashinalari bilan ikki marta: birinchisi g‘o‘za tuplaridagi hosilning 50—60 % ochilganda, ikkinchisi yana 2 0 - 30 % ochilganda terib olinadi. 325 www.ziyouz.com kutubxonasi Ingichka tolali g‘o‘zalarda ko'sakning kamida 50—60 % ochilganda boshlanib, 10—12 kun o'tgandan keyin yana bir marta terib olinadi. Paxta terish mashinalaridan vertikal shpindelli quyidagi mashinalar keng tarqalmoqda: XVN—1,2 (qator oralig‘i 60 sm ), ikki qatorli, 14XV— 2,4 (60 sm qator oralig‘i uchun) — to‘rt qatorli, XNP—1,8 (90 sm qator oralig‘i uchun) — ikki qatorli, XVB—1,8 (90 sm qator oraliqlari uchun) va XVA—1,2 (60 sm qator oraliqlari uchun). Keyingi bu ikkala mashinalar urug'chilikka ajratilgan g‘o‘zalarning ochilgan ko'saklari paxta- sini yaruslab terishga moMjallangan. Hozirgi vaqtga kelib paxta terish mashinalari AQSH dan keltirilgan yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan gorizontal shpendelli paxta terish mashinalari bilan to'ldirilmoqda. K o‘rak terish mashinalari ham keng joriy etilgan. SKO—2,4 (60 sm li qator oraliqlari uchun), SKO—3,6 va SKO—5,4 (90 sm li qator oraliqlari uchun) markali mashinalar keng tarqalmoqda. Paxtaning birinchi va ikkinchi terimidan keyin dalalarda ma’lum miqdorda to‘kilgan paxtalar uchraydi. Ulami terib olish uchun PXN— 1,2 (60 sm li qator oraliqlari uchun) va PXS—3,6 (90 sm li qator oraliqlari uchun) markali podborshiklardan foydalaniladi. Terilgan ko‘sakni chuvish uchun UPX—1,5B mashinasi keng qo‘llanilmoqda. Yuqorida keltirilgan paxta terim mashinalar sistemasi bilan tashkiliy ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, yetishtirilgan hosilning 90— 97 % ini terib olish imkoniyati yaratiladi. Qo‘l terimi ko'proq mashina terimi uchun noqulay, mos kelmagan maydonlarda hamda urug‘chilik uchun ajratilgan paykallarda o‘tkaziladi. G ‘o‘za hosili to‘liq yig‘ishtirib olingach, g‘o‘zapoya KV—4A va KV—3,6A moslamalar yordamida yig‘ishtirib olinib, daladan olib chiqi- ladi yoki maxsus mashinalar KI—1,2, KI—1,8, KIV—4 yordamida may- dalanib, o‘g‘it sifatida dalaga sepilib, ko‘mib yuboriladi. Uzun (ingichka) tolali g‘o‘za yetishtirishning xususiyatlari Uzun tolali g‘o‘zalar (G.barbadense) hujayra shirasining konsentrat- siyasi o‘rta tolalarga nisbatan 0,3—0,5 % yuqori bo‘lganligi uchun ildiz sistemasining so‘rish kuchi baland, tuproq sho‘rga chidamliroq, issiqlikka va kuzgi yengil sovuqqa ham bardoshliroq bo‘ladi. Ildiz sistemasi baquvvat va chuqur ketadi. Poyasi yotib qolmaydi, shoxlari cheklangan, cheklanmagan va o ‘ltiriqli («0») tipda bo‘ladi, nav xususiyatlarga qarab hosil shoxlari 3—8 barg qo‘ltig‘ida paydo bo‘ladi. Barglari yirik, etdor, ostki qismi tuklangan, barg tomirlarida shira bezlari bo‘lib, ko‘p miqdorda asal beradi. Ko‘saklari kichik, massasi 3,0—4,5 g, pastki yarusi 3—4 chanoqli, o‘rta yamsi 4 chanoqli, ustki yarusida 5 chanoqli ham bo‘ladi. Tola uzunligi 32—33 mm dan 43—48 mm gacha. Tola chiqishi 27—36 %. 326 www.ziyouz.com kutubxonasi G ‘o‘zada hosil elementlari to ckilishi o‘rta tolalilarga nisbatan ikki marta kam bo'ladi, 35—45 % dan oshmaydi. Uzun tolali g£o£zalar shudgorlash chuqurligini oshira borishiga ta- labchan bo£lib, yerni har 4—5 yilda 45—50 sm chuqurlikda yumshatish samaralidir. Ocg£it me’yori o£rta tolalilarga nisbatan 10—15 % kocproq belgila- nadi. Chigiti ko£pgina navlarda tuksiz, 1000 dona chigitning vazni ocrta tolalilarga nisbatan 10—15 g og'irroqdir. Chigitni erta muddatda yoki kech ekish ham zararlidir. Ekish usullari odatdagidek bo£lib, ekish norma- sini 10—15 % yuqori qo4yish mumkin. Qator oraliqlariga ishlov berishni o cz vaqtida o'tkazish lozim. Sug'orish rejimidagi xususiyati shundaki, ildizining kuchli rivojlanganligi hisobiga suvga talabi nisbatan kamroq. Tuproq namligi dala nam sigtimiga nisbatan 60—65—60 % yoki o‘suv davri oxirida 50—55—50 % boclganda ham ocsa oladi. Ingichka tolali g ^ ^ a la r paxtasi mashinalarda bemalol terib olinadi. Defoliatsiya har bir g V z a d a o 'rtacha 3—4 kocsak yoki umumiy ko'sakning 30—40 % ochilganda octkaziladi. Defoliant me’yori ocrta tolaliga nisbatan 10—20 % ortiqroq qilib belgilanadi. G6o‘zam plyonka ostida o6stirish. Jahon paxtachiligida chigit ekish- ning turli xil usullari mavjud bo‘lib? qator oraliqlari bir necha 10 sm dan to bir necha metrgacha qatorlab, seruyalab, kvadrat-uyalab, qocsh qatorlab va pushtaga ekish kabi usullar qocllanib kelinadi. Ayrim mam- lakatlarda g£o £za gocng va tuproq aralashmasidan tayyorlangan maxsus tuvakchalarda issiqxona va parniklarda o'stirilib, koechat usulida ekish bilan erta hosil yig'ishtirilib, ayni shu maydonlarda ikkinchi ekin hosili olinadi. Ba’zi bir yillari bahor quruq kelib, tuproqda yetarli miqdorda nam to cplanmasa, ayrim yillari bahor seryog£in kelib qatqaloq paydo bo£lishi natijasida to£liq gektarlarga erishilmayotir. Ayrim hollarda chigitni tocliq undirib olish uchun chigit suvi berilsa, qatqaloq bo£lgan maydonlarda qatqaloqni yumshatish uchun qo'shimcha tadbirlar o£tkazishga to£g£ri keladi. Bordi-yu, tadbirlar o£z vaqtida, zudlik bilan octkazilmasa, unib chiqayotgan nihollar yer betiga chiqa olmay, chiqqanlari ham qatqaloq ta’sirida nobud bo£lish hollari sodir bo‘ladi. Bunday sabablar maydonlarda kocchatlarning siyraklashuviga va hosilning kamayishiga olib keladi. Ko£p hollarda chigit ekilgan maydonlarni buzib, qaytadan chigit ekish lozim bo£ladiki, bu ekish muddatini yanada kechikishiga va qo£shimcha xara- jat sarflashga olib keladi. Paxtachilikda chigit suvi bermasdan, qatqaloq bo'lishining oldini olish maqsadida chigitni ertaroq ekib, to'liq ko^chatlar olish borasida ancha- 327 www.ziyouz.com kutubxonasi gina tajribalar qo‘lga kiritilgan. Jumladan, chigit ekilgan qator ustidan chiritilgan go‘ng, kompost, yog‘och qirindilari, qum va boshqa ara- lashmalarni mulcha sifatida sepish kabilar. Plyonka ostida chigit ekib, g‘o‘za o‘stirish usuli ham ijobiy natijalar beradi. Bu usulda har bir gektar maydonda 45—50 s va hatto undan ham ziyodroq hosil olinayotganligi kuzatilgan. G ‘o‘za ekilgan qatorning usti polietilen plyonka bilan berkitilsa, chigit tushgan qatlamning harorati yuqori bo‘lib, tuproqning namligi to‘liq bug‘lanishdan saqlanadi va chigitning qisqa vaqtda to'liq unib chiqish- iga sharoit yaratiladi. Chigit ekilgan qator ekish usuliga qarab kam deganda 30—60 sm kenglikda qoplanganda tuproqning chigit tushgan 0—5 sm qatlamida ha- rorat ochiq maydondagiga nisbatan 3 °C gacha, 0—10 sm da esa 2,4 °C gacha yuqori boiganligi tajribalarda aniqlangan, namlik esa parlanmas- dan kapillar yordamida chigit turgan qatlamga ko'tariladi. Plyonka yopilgan dalalarda yomg‘irdan hosil bo‘ladigan qatqaloq kuzatilmay- di. Unib chiqib kelayotgan begona o ‘tlar rivojlana olmaydi. Tuproq- dagi harorat va namlik nihollarning tez, erta va bir tekis unib chi- qishini ta ’minlaydi. Plyonka ostiga chigit ekishni odatdagi ochiq maydonda o ‘tkaziladigan m o‘tadil m uddatdan ilgariroq o ‘tkazish mumkinligi ham isbotlangan. Plyonka ostida ekilgan chigitning o‘sishi va rivojlanishi, odatda, ekil gan g‘o‘zaga nisbatan tez kechadi, g‘o‘zaning gullashi 3—8 kunga, pi- shib yetilishi 10—12 kunga erta boshlanadi. Tup soni yuqori, kasalla- nish darajasi esa birmuncha past bo‘lishi kuzatiladi. Usulning muhim tomonlaridan yana biri shundaki, erta pishib yetilgan hosildan bo‘shagan maydonlarda g‘o‘zapoyalar darhol yulinib, yer haydalib, tuproq sifatli tayyorlanib, 0‘z muddatida kuzgi g'alla ekinlarini sifatli ekish imko- niyati ham yaratiladi. Bu bilan maydonlarda ekilgan ekinlar navbat- lashuvini, ya’ni paxta g‘alla almashlab ekishini to‘g‘ri yo'lga qo'yish imkoniyati ham paydo bo‘ladi, Plyonka ostiga chigit ekilganda yakka yoki qo‘shqatorli maxsus seyal- ka moslashtiriladi, tuproq harorati 8—10 °C ga yetganda mayin tuproq- da ekish o'tkazilib, plyonka chetlari havo kirmaydigan holatda berkiti- ladi. Ekish tuksiz chigit bilan yakka qatorlab gektariga 20—25 kg, qo‘shqatorlarda 40—50 kg sarflangan holda o'tkaziladi. 0 ‘sish jarayonida talab qilinadigan jarayonlar o‘z vaqtida o‘tkazilishi shart. Ochiq maydonga nisbatan sug‘orish va kultivatsiya soni 2—2,5 marta kam o£tkazilishiga erishiladi. Paxtachilikda intensiv texnologiya va uning mohiyati Intensiv texnologiya — bu yuqori va sifatli hosil yetishtirish maqsa- dida texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizatsiyalashtirishga 328 www.ziyouz.com kutubxonasi qaratilgan, ilmiy asoslangan tashkiliy-xocjalik, agrotexnik-meliorativ, mod- diy-texnikaviy tadbirlar tizimidir. Intensiv texnologiyada qo£l m ehnati 2 —3 m arta kamayishi, sug'oriladigan yerlarning samaradorligi 30—40 %, ocgcitdan foydalanish darajasi esa 15—20 % oshishi, suv sarfi 15—20 % kamayishi kerak. Bu texnologiyada chigit sarfi 2—4 marta kamayishi ko£zda tutiladi. Terim sur’ati 10—15 kunga tezlashib, oktabr oyining oxirida tugallanishi lozim. Intensiv texnologiya dehqonchilikda quyidagi dolzarb muammolar- ning yechimini hal qilishda ahamiyati kattadir, ya’ni bu texnologiya: — tuproqni himoya qila oladigaii; — yonilgci-moy mahsulotlarini kam sarflaydigan; — sug'orish suvidan tejamkorlik bilan foydalana oladigan bo'lishi kerak. Shuningdek, bu texnologiya ekologik jihatdan toza bo'lgandagina ahamiyati katta bo£ladi. Intensiv texnologiya quyidagi jarayonlarni (elementlari) amalga oshirishni taqozo etadi: • 1. Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, kartalarni tekislash, sug'orish shoxobchalarini tartiblashtirish, tuproqning yemirilishiga va sho'rlanishiga qarshi kurash. 2. Tuproq unumdorligini oshirish — davr talabiga javob bera ola digan paxta-beda, paxta-gcalla? paxta-beda-gcalla, almashlab ekishlarini joriy etish, almashlab ekishni intensivlash. 3. Intensiv navlarni yaratish va uning urugcchiligini yoclga qocyish; nav m a’lum tuproq-iqlim sharotiga mos, yuqori va sifatli hosildorli bo'lishi kerak. Faqat yuqori navli, sinfti chigitlarni ekish. 4. Kompleks mexanizatsiyalash — paxta yetishtirish bilan bogc!iq bo'lgan barcha texnologik jarayonlarni to'liq mexanizatsiyalash, bu bo- rada tuksizlantirilgan chigit ekish bilan yaganalashdan voz kechish, beg- ona o'tlarga qarshi gerbitsidlardan keng foydalanish, sug'orishni mexanizatsiyalasli va avtomatlashtirish, chilpishda ximiya va mexanizat- siya vositalaridan foydalanish, terimni tocliq mexanizatsiyalash. 5. Texnologik jarayonlarda ximiya vositalardan keng foydalanish, ocg£it samaradorligini oshirish, ilmiy asoslangan me’yori va usullarini joriy etish, zaharsiz va kam zaharli kimyoviy vositalarni ishlab chiqar- ish va qo£llash. 6. K asallik, hasharot va zararkunandalarga qarshi kurashda uyg£unlashgan usulni qo£llash, bunda biologik usulni bosh yocnalish qilib olish. 7. Fan-texnika yangiliklari va ishlab chiqarish ilgcorlari tajribasini keng joriy etish. Barcha texnologik jarayon ocz vaqtida va sifatli qilib octkazilgandagina o£z samarasini bera oladi, xolos. 329 www.ziyouz.com kutubxonasi 1.2. KANOP Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, tarqalishi, hosildorligi. Kanop o£simligi lub tola beruvchi qimmatbaho ekinlar guruhiga kiradi. Uning poyasi- dagi lub tolalar poya massasining 30 %, tolaning o£zi esa 24 % tashkil etadi. Tolalari mustahkam, yumshoq, gigroskopik bo£lib, brezent, qop- qanor, gilam, ip, mebel, to£qimalari va shunga o£xshash boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Urugcida 20 % moy saqlaydi va bu teri oshlash, sovun pishirish va lak-bo‘yoq sanoatida keng ishlatiladi. Kunja- rasi o£gcit bo£lish bilan birga, chorva mollari uchun oziqa hamdir. Poya qoldiqlari qog£oz va qurilish sanoatida ishlatiladi. Kanopning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. Bu ekin Hindis- t6n, Xitoy, Afrika mamlakatlari, Amerika va Janubiy Yevropa mam- lakatlarida ekiladi. 0 £zbekistonda kanop sugcoriladigan yerlarda ekiladi. Hozirda mam- lakatimizda kanop ekiladigan maydonlar ancha qisqardi va yilda 2,5 ming gektar atrofida ekilmoqda, 1990-yilda kanop 15 ming gektarga ekilgan. Tola va urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda kanop poyasi hosili 180 s/ga va undan ortiq. Toshkent viloyatining Ocrta Chirchiq tuma- nidagi Oxunboboyev xo‘jaligida har yili kanopdan 200—250 s/ga hosil olingan. Botanik tavsifi. Kanop Hibiscus cannabinus L, Malvalar (Malva ceae) oilasiga kiruvchi bir yillik o'tsimon ocsimlik. Ildiz tiziml — ocq, yaxshi rivojlangan, tuproqqa 2 m va undan ortiq chuqurlikka kirib bo- radi. Poyasi yumaloq yoki kuchsiz qovurg'ali, balandligi 2—5 m, shoxla- nadi, antotsion rangli, yocgconligi poyaning asosida 1,5—2 sm. Barglari navbatlashgan, pastkilari oddiy, o'rtadagisi buklangan, yu- qoridagisi lansetsimon, cheti tishsimon qirrali. Guli yirik, diametri 7 sm va undan ham ko'p. Tojbarglari beshta, sariq, och sariq, pushti. Nastarin (siren) rangli. Tojbargning ichi to cq qizil yoki och sariq. Gullash pastki gullardan boshlanadi. Kanop o'zidan changlanadi, changchilari rivojlanmasdan qolgan gullar chetdan changlanishi kuzatiladi. Mevasi — besh uyali o'tkirlashgan tuxum shaklidagi kocsak. Ko£sak tuklar bilan qoplangan, uzunligi 2,5 sm. Bitta o'simlikda 20—30 ko£sak hosil bo£ladi. Urug‘lari — uch qirrali, to£q kulrang. Bitta ko£sakchada 15—20 urug£ bo£ladi. 1000 dona urug£ massasi 20—28 g. Biologiyasi. Haroratga talabi. Kanop issiqsevar o'simlik. Urug'lari 10—12 °C haroratda ko£kara boshlaydi va 13—15 °C da hayotchan may- salar hosil bo£ladi. Maysalarning qiyg£os unib chiqishi harorat 20—22 °C da kuzatiladi. Sovuq 1—1,5 °C bo£lganda maysalari, shuningdek, voyaga yetgan o£simliklar ham nobud bo£ladi. Kanopning o£sishi, yuqori hosil shakllantirishi uchun eng maqbul harorat 23-25 °C. Ocsuv davrining 330 www.ziyouz.com kutubxonasi 33-rasm. Капор. 1 — gullagan o‘simlik; 2 a, b, d, e, f, g, h — poyada barglaming muvofiq holda joylashishi (pastdan yuqoriga); 3 — gulli va bargli poyaning kesimi; 4 — yetilgan meva; 5 — mevaning kesimi; 6 — iirug1 (chapdan kattalashtirilgani). oxirida issiqqa talabchanligi kamayadi. Urug'laming yetilishi 14—16 °C issiqda ham o'tadi, bu davrga kelib havo nisbatan quruq bo'ladi. Yorug‘likka talabi. Kanop yorug‘sevar o‘simlik. Tup qalinligi juda yuqori bo‘lsa, yorug‘lik yetishmaydi, o‘simlik past bo‘yli, kuchsiz bo‘lib 331 www.ziyouz.com kutubxonasi sekin o ‘sadi. U qisqa kunli o‘simliklar guruhiga mansub — yorug‘lik kuni 12 soatga qisqartirilsa, kanop tez rivojlanadi, ammo poyasi past bo‘lib qoladi. Namlikka talabi. Kanop tuproq namligiga talabchan. Uning me’yo- rida o‘sib rivojlanishi, yuqori hosil to‘plashi uchun eng maqbul tuproq namligi eng kam dala nam sig‘imining 75—80 %. Shuning uchun ka nop 0 ‘zbekistonda faqat sug‘oriladigan yerlarda ekiladi. Namga eng talabchan davri uch bo‘lakli barglarning hosil bo'lishigacha, poyaning jadal o‘sishiga to‘g‘ri keladi. Tuproqqa talabi. 0 ‘zbekistonda kanop unumdor tuproqlarda, daryo sohillarida bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda ekiladi. Sho‘r, qumoq, botqoqlashgan, toshloq tuproqlarda u yaxshi o‘smaydi. Sho‘rtob tuproqlar kanop uchun yaroqsiz. 0 ‘suv davri 120—160 kun. Oziqa moddalarga talabi. Kanop gektaridan 180—200 s poya beri- shi uchun tuproqdan ko‘p oziqa elementlarini o‘zlashtiradi. Kanop fos- forni azotga nisbatan besh baravar kam o'zlashtiradi. U I t poya va shunga muvofiq barglar hosil qilish uchun tuproqdan 14 kg azot, 2,5 kg fosfor o ‘zlashtiradi. Kanop ma’danli va organik o‘g‘itlarni solishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. M a’danli va organik o‘g‘itlarni bir vaqtda qo‘llash eng yuqori natija beradi. Kanopning o‘sish xususiyatlari. Kanop o'sish davrining dastlabki 30— 45 kunida j'uda sekin o‘sadi. Bu davrda uning ildiz tizimi yaxshi ri vojlanadi. Keyin uning yer ustki massasi tez, bir kunda 6—10 sm o ‘sadi. Ensiz, lansetsimon bargning hosil bo‘lishi bilan poyaning o‘sishi deyarli to ‘xtaydi. : Dastlabki rivojlanish davrida poyalar sekin o‘sganda uni begona o'tlardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Kanopning gullash davri davomli 6 haftagacha davom etadi. H ar kuni 1—2 gul ochiladi. 0 ‘zbekiston sharoitida barg qo‘ltiqlaridan ikkilamchi, uchlamchi gullar ham hosil bo‘ladi va bunday holda bir kunda 5—7 gul ochiladi. Kanop o‘zidan changlanadi, kam miqdorda chetdan changlanish kuzatilishi mumkin. Gullar, odatda, ertalab ochiladi. Havo bulutli bo‘lsa, gullarning ochilishi kechikadi. Gullar ochiq havoda kam bo‘ladi, kun- ning ikkinchi yarmida so‘liydi va yopiladi. Gullash davri cho‘zilganligi uchun ko'saklar va urug‘larning pishishi uzoq davom etadi. Pastda joylashgan ko‘saklarda urug‘ pishganda poya ning yuqori qismida gullash davom etadi. Texnikaviy yetilishi 110—130 kunda, biologik yetilish (umg‘ning pishishi) 130—150 kunda kuzatiladi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling