Tez aytishlar
Uzuk ko‘zi tuzukmi, uzuk ko'zi buzuqmi?
Fayozning ko‘p piyozi po'k piyoz,
Niyozning ko'p oq piyozi to‘q piyoz,
Sodiq
sochiqqa sochini artdimi,
Sochiqqa Sodiq sochini artdimi?
Sodiq
Salimga soat berdimi,
Salim Sodiqqa soat berdimi?
Maqollar
Yetti o'lchab, bir kes.
Suvning
onasi buloq,
* * *
So'zning onasi quloq.
Ilmli o'zar, ilmsiz to'zar.
*
*
*
*
*
*
Oz so‘zla, soz so‘zla.
Sanamay
sakkiz dema
40
Nuqtalar o'rniga tegishli so'zlarni qo'yib o'qing.
- Biz ... ham, kuchli izg'irinlardan ham qo'rqmaymiz.
- Sarvar sigir va ... suv berdi.
- Kuzda shabada g'ir-g'ir ...
- Kuz qanday go'zal ... !
- Sobir biz bilan birga...tayyorladi.
- Tozalik - ... garovi.
T e k s h iris h u ch un so 'zla r:
sovuqdan, buzoqqa, esadi, fast, dars,
sog'liq.
So'zlarda «S» va «Z» tovushlar o'rnini aniqlang.
Quyidagi gaplarni o'qing va yozib oling. [S] va [Z]
tovushlarini
talaffuziga e’tibor bering.
Bu soat. Bu usta. Usta soatni tuzatdi.
Bu sinf. Sinfning ozodaligini Salima nazorat qiladi.
Suvni isrof qilmang. Bog'ga zag'izg'on uchib keldi.
Zarifa bilan Sanobar gullardan guldasta yasadilar.
Oq pilla,
sariq tilla, pillamas asl tilla.
Ziyoda sochlarini silliq taradi.
Men avtobusda Zilolani ko'rdim.
Quyidagi so'zlarga to'liq javob bering.
- Qaysi transportning nomida [S] tovushi bor?
- Qaysi daraxtlarning nomida [S] tovushi bor?
- Qaysi uy jihozlarining nomida [Z] tovushi bor?
- Qaysi hayvonlarning nomida [Z] tovushi bor?
- Qaysi qushlarning nomida [Z] tovushi bor?
41