R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev
M E N E J M E N T T I Z I M I D A M A R K E T I N G
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Menejment asoslari
M E N E J M E N T T I Z I M I D A M A R K E T I N G
M a r k e t in g d e g a n d a m a ’lu m te x n ik iq tiso d iy ta la b la r g a ja v o b b e r a d ig a n va o ld in d a n b e lg ila n g a n h ajm d a ra q o b a td o sh tu r d a g i m a h su lo tla r c h iq a r ish g a m o s la s h g a n , k o r x o n a ish la b c h iq a r ish fa o liy a tin i a s o s li m o ‘ljald a b o z o r ta la b la ri v a e h tiy o ji h iso b in i o ‘r g a n ish g a y o ‘n a ltir ilg a n ich k i firm a tiz im i tu sh u n ila d i. M arketing falsafasi juda sodda: ishlab chiqaruvchi shunday mahsulot ishlab chiqarishi kerakki, u sotilishini, firm a tom onidan belgilangan darajadagi rentabellikni va foyda hajmini ta ’minlashi kerak. Marketing faoliyatining mazmuni va mohiyatida asosiy rol iste’molchiga berilgan, u m a’lum darajada o ‘zibo‘larchilikni yo‘qotadigan va oldindan o ‘r- 124 natilgan xo‘jalik aloqalarining sozlovchi ta ’siriga tushadigan bozor rivojlanishining obyektiv sharoitlarini aks ettiradi. Iste’molchi mahsulotga uning texnik-iqtisodiy doirasida o ‘zining talablarini ilgari suradi va shuning bilan birgalikda ishlab chiqaruvchilar o'rtasida bozor taqsimoti uchun imkoniyat yaratadi. Bozorda raqobat va iste’molchi uchun kurashning ahamiyati oshadi va u mahsulot sifati va raqobatbardoshligiga yuqori talablarni q o ‘yadi. B unday vaziyat bo zo r ehtiyoji va konkret potensial iste’molchilami chuqur va sinchiklab o'rganishga majbur qiladi. Is te ’m o lch i tazyiqi ostida m ahsulotga talab ilm iy-texnik ja ra y o n in i tezlatadigan, ishlab chiqarish dasturida iste’m olchilar talabini to ‘la hisobga oladigan va ishlab chiqarishning dasturiy-m aqsadli yondashuvini am alga oshiradigan, raqobat qobiliyatini yuksaltiradigan va boshqarish qarorlari qabul qiladigan, m arkazlashtirish va nom arkzalashtirish tam oyillarini q o ‘shib, boshqarishning eng qulay tizimidan foydalanish zaruriyatini shart qilib qo'yadi. Shuning bilan birgalikda marketingda rejalash, nazorat, tashkil qilish va rahbarlik kabi turli darajadagi boshqarish funksiyalarining o ‘zaro samaradorligini ta ’minlash vazifasi qattiq turadi. Marketing faoliyatini amalga oshirishda iste’molchilar talablari va ehtiyoji, bozor talabi firmaning ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, sotish faoliyatini hisobga olishda obyektiv zaruriyat sifatida qatnashadi. Firma marketing faoliyati yetarli, asoslangan ravishda bozor ehtiyojlariga tayanib konkret joriy va eng asosiysi uzoq muddatli (strategik) maqsadni, unga erishish yo‘llarini va xo‘jalik faoliyati resurslarining haqiqiy manbalarini aniqlash: m ahsulot sifati va asso rtim en tin i, unin g m uhim y o ‘nalishlarini, ishlab chiqarishning qulay tizimini va xohlagan foydani belgilashga yo‘naltirilgan. Zamonaviy marketingda asosiy rolni ikkita omillar o ‘ynaydi: birinchisi, ilmiy-texnika rivojlanishi, uning bilan birga ishlab chiqarish rivojlanishining eng kuchli sharti va sifati tarzida inson omili ahamiyatining kuchayishi, u o ‘sish darajasi m arom i va xodim lar darom adlariga ta ’sir ko ‘rsatmay qolm aydi. Ikkinchidan, bir vaqtda ijtimoiy ehtiyoj o ‘sadi. Bunday sharoitda, raqobat, kurash alohida shiddat bilan o ‘sayotgan paytda jahon bozorini katta korporatsiyalar orasida ta ’sir doiralarini bo ‘lish natijasida sotish muomalasi birdan kuchayib ketadi. Bu holat aw al katta, keyin o ‘rta, asta-sekin kichik kompaniyalami bir tomondan bozor talabiga moslashishiga, boshqa tomondan esa bunday talablaming shakllanishiga sezilarli ta ’sir ko'rsatadi. Bu jarayon ilmiy-texnika inqilobi ta ’sirida kuchayib bordi. Shunday qilib m e’yorga aylangan iste’molchi tazyiqi vujudga keldi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi uchun tez sotiladigan, katta foyda keltiradigan mahsulot ishlab chiqarish zarur bo‘lib qoldi. Buning uchun ijtimoiy va individual ehtiyojlami o ‘rganish, ishlab chiqarishga zamin yaratadigan bozor talabini zaruriy sharti sifatida o‘rganish kerak. Shuning uchun ishlab 125 chiqarish ayirboshlashdan emas, balki iste’m oldan boshlanadi degan tushuncha chuqurlashib bormoqda. Bu konsepsiya marketingda o ‘zining ifodasini topdi. Shunday qilib ehtiyoj va talabni o‘iganish orqali ishlab chiqarishni bozor talabi asosida to ‘g‘ri m o ‘ljallash marketing faoliyatining bosh vazifasini tashkil qiladi. Marketing — bu o ‘zining tamoyillari, funksiyasi, tizimi, m e’yoriy va huquqiy aktlariga ega b o ‘lgan boshqarish tizimidir: 1. M arketingning asosiy tam oyili yashash strategiyasi va m aqsadlam i aniqlashning asosli erkinligidir. 2. Korxona imkoniyatlarini resurslar bilan bog‘liqligiga kompleks yondashuv. 3. Markazlashgan va nomarkazlashgan boshqarishni qulay bog‘lab olib borish. Bu tamoyillami amalga oshirishga m o ‘ljallangan marketing funksiyalari: — iste’molchilar so'rovi, taklifi va bozor talabini to ‘la va aniq hisobi; — chiqarilayotgan mahsulotning qulay assortimentini aniqlash; — korxona faoliyatining oxirgi natijalari bo ‘yicha aniqlanadigan samarali asoslangan qarorlar qabul qilish; — iste’molchilar ehtiyojini shakllantirish va sotishdan rag‘batlantirish tizimi, sotishdan so‘ng texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qihsh, tovar harakati tizimi, maksimal foydali sotish kanallarini aniqlash asosida sotish siyosatini ishlab chiqish. Bu funksiyalami amalga oshirish — boshqarishning mos darajasida qaror qabul qilish uchun marketing dasturi doirasida hisob-kitoblami sozlash maqsadida bozor bilan qayta aloqalar o ‘matilishini ko‘zda tutadi. M arketing dastur marketingning o ‘zagidir. U firmaning har bir xo‘jalik bo ‘limi bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish asosiga qo‘yiladi. M arketingni qo‘llashning xususiyati bozor talabini hisobga olish, o ‘rganish tizimida uning yo‘nalishlari va tovarga talablaming o ‘zgarayotganida o ‘z aksini topadi. M arketing faoliyati xizmat ko‘rsatish (sayohat, arenda, boshqarish) sohasida ham bo‘lishi mumkin, chunki u ham m a’lum bozorda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilgan. M arketing boshqarish faoliyati sifatida o ‘z ichiga quyidagilami oladi: — m a’lum bozor yoki uning segmentida aniq tovarga b o ‘lgan talabni o ‘rganish; — bozor talabini kompleks hisobidan chiqib mahsulot bo‘yicha marketing dasturini tuzish; — uni ishlab chiqarish rentabelligi va tovaming eng yuqori chegara bahosini aniqlash; — firma xo‘jalik faoliyatining oxirgi natijasini aniqlash, ya’ni darom ad va sof foydani aniqlash. Hozirgi bozor tovarlar bilan to ‘lib toshgan sharoitda ulaming hayot siklining qisqarishi ro ‘y beradi, shunda yuqori samaradorlikni ushlab turish uchun firma novatorlik g‘oyalarini izlashga kirishadi. Bunga firmaning texnik bo ‘limlari xizmat 126 qilib, ular g ‘oyani ilgari surish, baholash, rag'batlantirish, yangliklarni qo ‘llashni tashkil qiladi va uning uchun javob beradi. Marketingda eng muhim rol oliy rahbarga tegishlidir, ular tezda ochiq ravishda yangilikni va foydali g‘oyalami baholash ishlarini tashkil qilishi, uning tashviqoti va rag‘batlantirishi bilan shug‘ullanishi lozim. Shuning uchun marketing eng aw alo istiqbolga m o‘ljallangan istiqbol. M arketing qisqacha qilib aytganda mijozlami ehtiyojini va tovarlarga talabni qondirilishi va tovarlar oqimi hamda xizmatlar yo‘nalishini aniqlash jarayonidir. Kompaniyalarda markaziy marketing xizmati tashkil qilingan bo‘lib, u quyidagi faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha javobgardir: — mahsulot b o ‘yicha marketing dasturi; — bozom i tadqiq qilish; — yangi mahsulotlar va tovar belgilarini ishlab chiqish; — reklama va iste’molchilarga texnik xizmat ko'rsatish; — sotishni tashkil etish; — tovam i tashish; — marketing faoliyati bo'yicha umumiy rahbarlik. Xalqaro faoliyatda ishtirok etadigan firm alarda maxsus b o iim «Mar- ketingoversiz» tashkil etilgan bo'lib, u markaziy marketing xizmatiga bo'ysunadi va o‘z faoliyatini boshqa xalqaro tijorat bilan shug‘ullanadigan firmalar bilan yaqin aloqada olib boradilar. Butun dunyoga tarqalgan inglizcha «market» va «marketing» tushunchalari bozor, bozorda faoliyat ko ‘rsatish kabi m a’nolarni bildiradi. H ar qanday korxonaning marketing tadbirlari bozorga yo‘naltirilgan faoliyatdir. M arketing korxona bilan bozor o ‘rtasida ikki yoqlama aloqani ta ’minlab, ulam i bog'lab turadigan asosiy vositadir. Shuning uchun marketing konsepsiyasiga o'tgan korxonalar bozomi tezroq o ‘zlashtirish va muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bozor muomala sohasi bo ‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari to ‘plamidir. Bozor elementlari, qonunlarining aniq o ‘m i, roli, funksiyasi va o ‘zaro munosabatlaming yagona harakatchan sistemasi bozor mexanizmini tashkil etadi. TOVAR SIFATI VA UNING HAYOT YO‘LI Firmaning bosh maqsadi — past tannarxda yuqori sifatli mahsulot chiqarish bo‘lib, u yuqori sifat bilan mahsulot chiqarishgagina harakat qilmay, uni reklama qilishga, xaridorni ishontirishga intiladi. Hozirgi sharoitda eng asosiysi ishlab chiqarish emas, balki sotishdir. Shuning uchun firma barcha operatsiyalarni xaridorlar ehtiyoji doirasida rejalashtiradi. U biznesda yangi bosqich bo‘lib, uni — ommaviy marketing deyiladi. Mahsulot strategiyasini rejalashtirishda qanday mahsulot ishlab chiqarish va 127 qaysilarini ishlab chiqarishni to ‘xtatish, qanday m iqdorda ishlab chiqarish to ‘g ‘risidagi qarorlar qabul qilishni o ‘z ichiga oladi. Ba’zi firmalar bir xil mahsulot ishlab chiqaradi, boshqalari esa bir-biriga o ‘xshash bir guruh mahsulotlar ishlab chiqaradi. Firma tom onidan sotishga taqdim etiladigan mahsulotlar ro ‘yxati mahsulot qorishmasi (smes) deyiladi. Ko'pgina mahsulotlar inson hayoti kabi hayotiy siklga ega bo ‘ladi: tugllish, o‘sish, yetuklik, pasayish. Barcha bosqichlar m a’lum vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori bilan bog‘liq. B irinchi bosqichda m arketingning h arak ati xaridorni axborot bilan ta ’minlashga qaratiladi. Xarajatlar yuqori, foyda past. 0 ‘sish bosqichida foyda va raqobat ham o ‘sadi. Yetishish bosqichida raqobat va sotish hajmi ko‘payadi. Va nihoyat pasayish bosqichida foyda pasayadi, iste’molchilar eskirgan mahsulotni sotib oladi. M ahsulotning hayot siklini uzaytirish o ‘z chegarasiga ega, undan so‘ng yangi mahsulot yaratish kerak. 70-yillarda b o ‘lib o ‘tgan inflyatsiya tovarlar sifatiga b o ‘lgan e ’tiborni kuchaytirdi, shu bilan birga raqobat ham kuchaydi. Bu narsa bizni talab va taklif qonuniga olib keldi. Sifat har doim diqqat markazda bo‘lishi kerak. Chunki sifat m enejm entni mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat to ‘g‘risida g ‘amxo‘rlik qilish kerakligini ta ’kidlaydi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling