R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev
M A H S U L O T S I F A T I N I B O S H Q A R I S H
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Menejment asoslari
147
M A H S U L O T S I F A T I N I B O S H Q A R I S H M ahsulot sifati (yangilik, texnik darajasi, nuqsonlar yo‘qligi, foydalanishda ishonchliligi, mustahkamliligi) bozomi ushlab qolish va egallash raqobat kurashida m uhim vositadir. Talabni qondirish— m arketingning bosh m uam m osidir. Iste’m olchilar himoyachilari sotilayotgan tovarlar yaxshi emasligidan shikoyat qiladilar. Shuning uchun sifatni ta ’minlash va boshqarish alohida ahamiyatga ega. 70-yillarda rivojlangan mamlakatlarda b o ‘lib o ‘tgan inflyatsiya aholini sotib olinayotgan tovarlar sifatiga e ’tibor berishini talab qildi. Shunday maqolni eslang: «Biz arzon tovarlami sotib oladigan darajada boy emasmiz». Shuning bilan birgalikda chet el mamlakatlarida raqobat kuchayib ketdi. Yapon firmalari Amerika bozorlarini egallash uchun sifat masalasini strategik vazifa qilib belgiladi. Shuningdek, amerikaliklar ham kechagiga qaraganda bugun yaxshi sifatli tovar chiqara boshladi. Sifat haqida g‘amxo‘rlik qilayotgan firma tarmoqning o ‘rtacha darajasidan yuqori foyda ola boshladi. Shuning uchun ko'plab firmalar sifatli mahsulot chiqara boshladi. Sifat menejmenti mahsulot rivojlanishining har bir bosqichida sifat haqida qayg‘urishni anglatadi, aw allari sifat bilan m a’lum xodimlar shug‘ullanar edi. Bugun esa sifat uchun bosh boshqaruvchilar javob beradi. Sifat har bir loyiha va har bir jarayonning asosi bo ‘lishi kerak. Unga faqat nazorat orqali erishib bo ‘lmaydi. Asosiy e ’tibor nazoratga qaratilgan sifatni boshqarish— bu sifatni boshqarishning eski uslubidir. Boshqarishning asosida xatolar takrorlanishini oldini olish yotadi. Sifatni kompleks boshqarishni mohiyati sifatni boshqarishdan va har bir yangi mahsulotni ishlab chiqarishda sifatni ta’minlashdan iborat. A walo xatoning belgisini emas, balki birinchi sababini bartaraf qilish kerak. Sifatni tanlash — bu sifatni ta ’minlash asosining o'zagidir. Sifatni boshqarishni tatbiq qilish va amalga oshirish Yaponiya firmalari «eng aw alo — sifat» tamoyili bo‘yicha rahbarlik qiladi. Bu tamoyil yapon sanoat korxonalariga sotuv bozorlaridagi kurashda g‘oliblikni ta ’minlab, yuqori m ehnat unumdorligi va oz xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqish imkonini berdi. Sifatni ta ’minlash deb, iste’molchi talablarini to ‘la qondirish, undan uzoq vaqt foydalanish va iste’mol ishonch bilan sotib olish imkonini beradigan m ahsulot sifatini kafolatlashga aytiladi. Sifatni ta ’minlash tayyorlovchi va buyurtmachi orasidagi shartnomani eslatadi. Sifatni samarali ta ’minlash uchun yuqori rahbarlik quyidagi bo‘limlami: ilmiy tadqiqot, rejalashtirish, konstruktorlik, ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatishni o ‘z ichiga olgan qattiq siyosatni belgilash kerak. Bunday siyosat ulam i detallar va buyumlar bilan ta ’minlovchi pudratchilarga tegishli bo ‘lishi kerak, chunki ulam ing qatnashuvisiz sifatni ta ’minlash m um kin emas. Yaponiyada sifatni ta ’minlash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanmoqda: 1. Nazoratga asoslangan sifatni ta ’minlash. 2. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga asoslangan sifatni boshqarish. 148 3. Asosiy e ’tibomi yangi xildagi mahsulotlami ishlab chiqishga qaratilgan sifatni boshqarish. Tarixdan sifatni ta ’minlash samarali nazorat o ‘tkazishdan boshlangan. Farbda asosiy e’tibor nazoratni kuchaytirish orqali sifatni ta ’minlashga qaratilgan b o ‘lib, maxsus bo‘limlar tashkil qilinib, ularga keng huquqlar berilgan, shuning uchun ishlab chiqarish xodimlar orasida nazoratchilar salmog'i juda yuqori. Yaponiyada esa nazoratchilar 5 % ni, b a’zi bir firmalarda esa 1% gacha tashkil qiladi. Asosiy e ’tibor o‘z nazoratiga qaratilganda sifatni nazorat qilish b o iim i yoki texnik nazorat sifatni boshqarish bilan shug‘ullangan. Ammo nazoratchilar ortiqcha xodimlar b o ‘lib firmadagi umumiy m ehnat unumdorligini paysaytiradi, chunki ular hech narsa ishlab chiqarmaydilar. Hozirgi Yaponiyada esa ishlab chiqarishning har bir b o ‘g‘ini sifatni ta ’minlashga javob beradi va texnik nazorati bolim ining burchi mahsulotni iste’molchi yoki rahbar sifatida tekshirishdir. Texnik nazorat b o lim i orqali tekshirilganda teskari yoki qayta axborotlar olish uchun ko‘p vaqt kerak b o iad i, shuning uchun aniq mahsulotni ishlab chiqaradigan ishga o ‘z-o‘zini nazorat qilib tezlik bilan teskari aloqalar o ‘matilib, operativ sozlovchi ta ’sir o‘tkazish ta ’minlanadi. Bunday yondashuv ishlab chiqarishdagi nuqsonlar sonini tezda kamaytirish imkonini beradi. Ammo ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarida ishchilar nazoratni amalga oshirishi m um kin emas. Shuning uchun avtom atik nazorat uslublarini tatbiq qilish masalalarini ko‘rib chiqish zam r. Shuningdek statistik qabul nazorati ham yetarli deffekt darajasi 1% yoki 0,5% gacha yoxud 0,1% gacha b o isa ham hozirgi firmalami qoniqtirmaydi. Bundan tashqari ko‘plab buyumlar borki, ulaming sifatini faqatgina nazorat orqali ta ’minlab bo‘lmaydi. Xullas, nuqsonlam i nazorat orqali aniqlash sifatni real ta ’minlashga kafolat bermaydi, chunki nuqson sezilganda tayyorlovchi uni sozlab qayta tayyorlashi yoki lomga aylantirishi mumkin. Bundan tashqari to ‘g‘rilangan va qayta qilingan buyumning ishdan chiqish ehtimolligi yuqori bo ‘lib sifatni ta ’minlashga mutlaqo ziddir. Shuning uchun Yaponiya kompaniyalari nazoratning bu usulidan voz kechib, nazoratni ta ’m inlashni ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yoki yangi turdagi mahsulotlami ishlab chiqishga asoslangani kabi usullarda har bir korxonalarda tuzilgan «sifat to ‘garaklari» shug‘ullanib amaliyotga boshqarishni kompleks shakllaridan keng foydalanmoqdalar. Sifatni kompleks boshqarish jamoaviy faoliyat bo‘lib, unda firmaning barcha xodimlari — firma prezidentidan tortib ishlab chiqarish ishchilarigacha ishtirok etadi. Shuning uchun barcha nuqsonlar mahsulotni tayyorlashni oraliq bosqichlarida bartaraf qilinishi, nuqsonlam i ishlab chiqarish jarayonida aniqlash shu yeming o ‘zida tugatib barcha bo‘limlar ishlarini minimal xarajatlar orqali bajarilishini, boshqarish apparati xarajatlarini keskin qisqartirishga imkon beradi. Sifatni ta ’minlash va xatolaming oldini olish uchun har bir firma sifatni ta ’minlovchi dastum i rivojlantirish uchun quyidagicha choralar belgilashi mumkin: — nuqsonlaming tashqi ko‘rinishini bartaraf qilish; 149 — to ‘g‘ridan to ‘g‘ri sabablarini bartaraf qilish; — eng birlamchi sabablami bartaraf qilish; umumiy ko‘rinishdagi sabablami bartaraf qilish boshqarishni takomillashtirish va muhim standartlam i qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq. Nazorat qilish uchun har bir firmada texnologik kartalar tuzilib, u hammaga ko‘rinarli joyga osib qo ‘yiladi. Unda buyum ishlab chiqarish siklining m uddati, donalab ishlab chiqarish vaqti, operatsiyalar ketma-ketligi va m e’yoriy ishlab chiqarish boshlanishi ko‘rsatiladi ham da nazorat shakllari belgilanadi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling