R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


Shunday qilib, noformal tashkilot siz uchun yoki sizga qarshi ishlashi ham


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

Shunday qilib, noformal tashkilot siz uchun yoki sizga qarshi ishlashi ham 
mumkin. Qanday qilib uni o‘zingizning foydangizga ishlatishingiz mumkin?
Birinchidan, menejer noformal tashkilot mavjudligini tan olishi;
Ikkinchidan, noformal tashkilot menejerni maqsadga erishishi uchun 
qanchalik qimmatli bo‘lishini tushunishi;
Uchinchidan, noformal sardorlami aniqlashi va ulami boshqarishi;
To‘rtinchidan, noformal va formal tashkilotlar maqsadini birlashtirish;
Beshinchidan, menejer nima qilsa ham noformal tashkilot mavjud bo‘la- 
verishini tushunishi va tan olishi kerak.
Noformal munosabatlarga odamlami kirishini quyidagi tarzda gumhlash 
mumkin:
1. Mansublik hissi — o‘z hissiyotini qondirish ehtiyoji — eng kuchli hissiy 
ehtiyojlardan biridir.
2. O'zaro yordam. Yordam tariqasida o‘z boshlig'iga murojaat qilishi mumkin, 
ammo u noto‘g‘ri fikrga bormasligi uchun o‘z kasbdoshlari yordamiga intiladi.
3. Himoya. Odamlar biladiki, kuch birlikda. Shuning natijasida kishilaming 
noformal tashkilotga kirishi anglangan ehtiyoj bo‘lib qoladi.
4. Muloqot. Odamlar atrofda nima bo‘layotganini bilishni xohlaydi. 
Ko‘pchilik formal tashkilotlarda ichki aloqalar tizimi kuchsiz, ba’zan rahbariyat 
bilgan holda bo'ysunuvchilardan axborotlami yashiradi, bunday paytda axborot 
olish uchun yo‘l faqat noformal tashkilot orqalidir.
5. Moyillik (simpatiya). Odamlar kim unga moyil bo‘lsa unga yaqinlashishga 
harakat qiladi.
Noformal tashkilot formal tashkilotga o‘xshagan yoki o‘xshamagan bo‘lishi 
mumkin. Shuning uchun noformal tashkilotni tavsiflovchi quyidagi belgilarini 
ajratish mumkin.
1. Ijtimoiy nazorat. Noformal tashkilot o‘z a’zolari ortidan ijtimoiy nazoratni 
amalga oshiradi. Gumh a’zolariga qo'llaniladigan yoki qo‘llanilmaydigan xulqiy 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling