R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


Tashkilot maqsadi.Tashkilotni maqsadga erishish vositasi deb qarash kerak


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

Tashkilot maqsadi.Tashkilotni maqsadga erishish vositasi deb qarash kerak.
M aqsad — bu yakuniy holat yoki mehnat jamoasi intilayotgan natijadir.
Tashkilot doimo mehnat jamoasining barcha a’zolari erishishga intilayotgan 
bir umumiy maqsadga ega. Bir necha o‘zaro bog‘liq maqsadga ega bo‘lgan 
tashkilot— murakkab tashkilot deyiladi.
FORM AL VA NOFORM AL TASHKILOTLAR
Har bir mehnat jamoasida o‘zaro formal (rasmiy) o‘zaro munosabatli tashkilot 
bilan birgalikda jamoa a’zolari orasida noformal (norasmiy) tashkilotlar ham 
mavjud bo‘lishi mumkin.
Agar rasmiy munosabatlar maxsus yo‘riqnomalar, buymqlar, farmoyishlar 
bilan tartibga solinsa, norasmiy munosabatlar hech kim va hech nima bilan 
tartibga solinmaydi.
Rahbarlik ko'rsatmasi bilan tashkilotning maqsadiga erishish uchun tuzilgan 
odamlar guruhi formal gumhlar deb ataladi.
Ulaming dastlabki funksiyalari korxona maqsadiga erishishi uchun aniq 
vazifalarni bajarishidir. Odamlar orasidagi munosabatlar turli tipdagi normativ 
hujjatlar, qonunlar, qarorlar, buyruqlar farmoyishlar bilan tartibga solinadi.
49


Ma’lum maqsadlarga erishish uchun doimiy o‘zaro harakatga kirishadigan 
o‘z-o‘zidan (stixiyali) tashkil topgan kishilar guruhi noformal guruh deb tan 
olinadi.
Bunday guruh a’zolari orasidagi munosabat o‘zaro moyillik natijasida 
shakllanadi. Guruh a’zolari orasidagi qarashlar, moyillik, manfaatlar umumiyligi 
bir-biri bilan bog‘liqdir. Bu yerda jamoa a’zolarining ro‘yxati ham, majburiyatga 
ko‘rsatma ham, muvofiqlashtirilgan rollar ham bo‘lmaydi. Ular doimo do‘stona 
munosabatlar va tashkilotning belgilanmagan sxemasi (qolipidan) o‘sib chiqadi. 
Tashkilot uchun noformal guruhlar asosiy rolni o‘ynamasligi kerak.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling