boshqariladigan ma’muriy buyruqbozlik uslublari vujudga keldi. Buning oqibatida
23
0 ‘zbekistonda ilm-fan, taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish juda ham susaydi,
mamlakat bosqinchilaming ashyo manbayiga aylanib qoldi.
1917-yilda amalga oshirilgan Sho‘rolar revolyutsiyasiga xalqimiz katta umid
bog'lasada, u ham mamlakatimizdan ulkan ashyoviy resurslari manbayi sifatida,
xalqimizdan esa arzon mehnat resurslari sifatida foydalanish niyatlarini yashirib
o ‘tirmadi. Hammamizga ma’lum bo‘lgan yaqin tarixiy o'tmishimiz bu
narsalaming guvohi bo‘ldi.
Bolsheviklar millatlar o‘z-o‘zini belgilash huquqlariga egadir deb o‘zlari
e’lon qilgan ishlarga xilof ravishda Turkiston xalqlariga o‘z taqdirlarini mustaqil
hal qilish huquqini bermadilar va ko‘p millatli sobiq Rossiya imperiyasining
barcha xalqlari singari bu xalqlarga ham jamiyatni sotsialistik qayta tuzish
modelini tiqishtirdilar.
0 ‘sha davrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi deb atalgan
yurtimizda yangi iqtisodiy siyosat notekis amalga oshirilib bordi. 1921-yili ekin
maydonlari oldingiga qaraganda ancha kengaytirildi. Lekin keyingi uch yilda
yana qisqardi. Bir qancha sabablarga ko‘ra NEP (yangi iqtisodiy siyosat) o‘lka
xalq xo‘jaligining asosiy sohasiga sust ta’sir o‘tkazdi. NEP ning asosi iqtisodiyot,
xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishining harbiy kommunistik usullaridan voz kechish,
ishlab chiqaruvchiga, awalo dehqonga bir qadar erkinlik berishdan iborat edi.
NEP dehqonga belgilangan oziq-ovqat solig‘ini to‘lagandan keyin qolgan
qismiga erkin egalik qilish, uni bozorda sotish, o‘z xo'jaligi va shaxsiy ta’minoti
uchun zarur narsalami sotib olish imkonini berdi. Shaharda xususiy tadbirkorlikni
Do'stlaringiz bilan baham: |