R. X. Maksudov


P od sh ip n ik elem en tlarin in g m ateriallari


Download 128 Kb.
Pdf ko'rish
bet136/157
Sana16.11.2023
Hajmi128 Kb.
#1777626
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157
Bog'liq
Mashina detallari (R.Tojiboyev va b.)

P od sh ip n ik elem en tlarin in g m ateriallari. 
Dumalash elementlari 
va halqalari maxsus, podshipniklar uchun moMjallangan yuqori uglerodli 
xromli ShX15, S h20SG shuningdek legirlangan 18XGT, 20X2N4A 
markali po‘lat materiallardan tayyorlanadi. Halqalarni qattiqligi 61-66 
NRCe , dumalash elementlarining qattiqligi 63-67 N R C e .
Podshipnik separatorlar yumshoq uglerodli p o ‘lat materiallardan 
tayyorlanadi. Katta tezlik bilan harakatlanuvchi po‘dshipniklarda 
antifriksion materiallar, y a ’ni bronza, metallokeramika, poliamidan 
tayyorlangan separatorlar ishlatiladi. Zarb bilan ta'sir qiluvchi uzellarda 
o'rnatilgan 
podshipnikning 
dumalash 
elementlari 
plastmassadan 
tayyorlanadi.
10.3-§ P od sh ip n ik elem en tlarin in g yem irilish i va ishga layoqatliligi
Podshipnik elementlarining uvalanishi. Podshipnik halqalarida 
o ‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’sirida dumalash elementlarining dumalab 
harakatlanishi natijasida sikllar soni me’yoridan oshganda ishchi 
yuzalarda darzlar hosil bo‘ladi. Bu darzlarga moylarning katta bosim 
ostida kirishi natijasida ishchi yuzalari uvalanadi. Abraziv zarracha- 
lardan yaxshi saqlangan, yaxshi moylangan podshipnik elementlarida 
asosan uvalanish hodisasi ro‘y beradi. Uvalanish m e’yoridan oshgan 
podshipniklarda tebranish hodisasi ro‘y beradi. Shovqin chiqishi 
mumkin. Bu uvalanish sferik podshipniklarda tashqi halqadan, boshqa 
podshipniklarda ichki halqadan boshlanadi.
Podshipnik elementlarining uvalanmasligini ta’minlash uchun 
aylanishlar soni 
n>10min'' bo‘lgan 
podshipniklar dinamik yuk 
ko‘taruvchanlikka tekshiriladi.
O 'z o'qi atrofida kam harakatlanuvchi katta yuklanishli podship­
niklarda statik kuchlarning ta‘sirida halqalarda qoldiq deformatsiyalar 
boMishi mumkin. Ayianma harakat boMmasa bu deformatsiya ko‘payadi 
va ish jarayonida halqalar ishdan chiqadi. Podshipniklarda qoldiq 
deformatsiya bo'lmasligi uchun aylanish soni rKlOmin"1 bo'lgan 
podshipniklar statik yuk ko'taruvchanlikka tekshiriladi.
Qishloq xo‘jalik, to'qimachilik sanoati, tog‘ - kon mashinalari va 
boshqa ko‘pgina sanoat mashinalariga o'rnatilgan podshipnik element­
larida abraziv yeilish hodisasi ro‘y beradi. Bu esa podshipniklaming 
abraziv zarralarda zichlagichlar yordamida yaxshi himoyalanmaganlik 
natijasidir. Bunday hollar ro‘v bermasligi uchun, ya'ni abraziv yevilish-
189
www.ziyouz.com kutubxonasi


lar bo‘lmasligi uchun moy lari yaxshi tozalanib, sifatli zichlagichlar 
ishlatish zarur.
Podshipniklarni o ‘z uyasiga o ‘matish jarayonida podshipnik tashqi 
va ichki halqalari o'zaro bir - biriga nisbatan siljigan holda o ‘rnatilishi 
mumkin. Bunday hollarda eng katta dinamik kuchlar to‘g ‘ri kelgan 
halqa va dumalash elementlarida darzlar hosil boMishi, sinishi, 
parchalanishi mumkin, masalan rolikli podshipniklarda halqa chetlari 
sinadi. Yuklanish bir tekisda taqsimlanganda bunday hodisalar ro'y 
bermaydi.
Dumalash podshipniklarida halqa, dumalash elementlari bilan 
birga separatoiiar ham ishdan chiqadi. Asosan tez harakatlanuvchi 
podshipniklarda markazdan qochma kuch ta’sirida o ‘lchamlari bi xil 
bo‘ylamagan dumalash elementlarining separatorlarga ta’siri natijasida 
bu elementlar sinishi yoki tezda ishdan chiqishi mumkin.
Podshipniklarni ishga lavoqatligi bu podshipnik elementlarida 
uvalanish hamda qoldiq deformatsiya qiymatlari bilan belgilanadi.
Uvalanish hodisasi boMmasligi uchun aylanish soni n > 10 m in'1 
bo‘lgan podshipniklar dinamik vuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha tekshiri- 
ladi.
Qoldiq deformatsiyaning me'yorida bo‘lishini ta’minlash uchun 
aylanish soni n < 10 min’1 boMgan podshipniklar statik yuk ko‘taruv- 
chanlik bo‘yicha tekshiriladi.

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling