Ra havosi ifloslanishi oldini olish huquqiy -me’yoriy asoslari
Download 27.5 Kb.
|
kom.gig№5
Asosiy ifloslantiruvchi moddalar esa — Qattiq (chang), gazsimon va suyuq moddalar (oltingurgut, uglerod, va azot oksidlari, uglevodorodlar ).
Mazkur ifloslantiruvchi moddalarningchiqarilishi nazorat qilishda Ruxsat etilgan chegaraviy ulush ( RECHU- PDV)ni inobatga olgan holda u yoki bukorxonaning faoliyatiga baho beriladi. Ruxsat etilgan chegaraviy ulush (RECHU) bu-zararli modda-larningatrof-tabiiy muhitdagi shunday ulushiki,kishilar doimiy yoki ma’lum vaqt oralig‘ida uning ta’sirida bo‘lganlarida, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmaydi vaatrof-muhit komponentlariga ta’sir etmaydigan ulushdir. Atrof-tabiiy muhit, atmosferaga chiqariladigankorxonaning yillik quvvati, tabiiy resurlardan foydalanishjarayonida chiqariladigan yalpi chiqarilma chiqarilmaga bog‘liq bo‘ladi. Yalpi chiqarilma bu- korxonaning buxgalteriya yoki boshqa turdagi hisobotlarida ifodalanadigan, ifloslantiruvchi modda-larni ajratuvchi manbaning o‘rtacha yillik foydalanish quvvati va ma’lum vaqtdagi, jumladan hom-ashyo, yoqilg‘i, materiallardan foydalanilganda chang-gaz-tozalash inshoatlarining o‘rtacha yillik sama-radorligi, atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar-ning (tonna/ yil) miqdoriga yalpi chiqarilma deb ataladi. Shuning uchun, yuqorida ko‘rsatilgan belgilangan me’yoriy ko‘rsatgichlardan oshmaslik choralari ko‘rish maqsadida Respublika-mizda faoliyat yuritayotgan yirik-yirik sanoat korxonalarining sanitariya-himoya zonalari belgilab berilgan. Sanitar – himoya zonasi (S’HZ) – zaxarli kimyoviy moddalar tevarak-atrof (atmosfera, tuproq, suv manbalari) ning tarqalayotgan ulushini, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan me’yordarajasini saqlovchi, kor-xona va aholi yashaydigan hududlar oralig‘ida maxsus ajratilgan kengliklar va o‘simliklar o‘sadigan hududlardir. Ularning miqdori belgilangan me’yorlardan ortgan taqdirdanazorat qiluvchi organlar(O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar xuzuridagi Gidrometeorologiya markazi (Uzgidromet), O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston“Uzgeotexkonazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligixuzuridagi DSENM (Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi) tomonidanO‘zbekistonRespub-likasining “Ma’muriy Kodeksi” va Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar to‘g‘risida“gi, “O‘zbekiston Respublikasi xududidaatrof-tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi №199-sonli qarorlarining tegishli bandlariga asosankorxona va muassasalartomonidankompensatsion to‘lovlar, mansabdor shaxslar va fuqarolardan jarimalar unidirilishi belgilab qo‘yilgan. Atmosfera havosining yana bir muhim iqlim o‘zgarishiga olib keluvchi manba “Bug‘li effekt”ta’siridayer sharining qaysidir xududida atmosfera havosining global isishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosferaning yer yuzidan uzun to‘lqinli issiqlik nurla-nishiga halaqit beruvchi uglevodorod ( karbonat angidrid, is gazi) va FXU (ftor-xlor-uglerod birikmalarining asta-sekin ko‘payishi natijasida yerdagi haroratning ko‘tarilishi va iqlimning umumiy o‘zgarishiga olib keladi. Bu-Bug‘li effekt(Parnikovыy effekt) deb umumiy nomlanadi. O‘z o‘rnida “Bug‘li effekt” (ing. Greenhouseeffekt) bu — atmosfera yer yuzasidan uzun to‘lqinli issiqlik nurlanishiga halaqit beruvchi uglevodorod (karbonat angidrid, is gazi) ftor, xlor, ugle-vodorod birikmalarining asta-sekin ko‘payishi natijasida yerdagi haroratning ko‘tarilishi va iqlimning keskin ko‘tarilishidir. Iqlim bu- obi-havoning ma’lum joyiuchun geografik o‘rni bilan belgilanadigan ko‘p yillik statistikma’lumotlar majmuasidir. Butun yer biosferasi, shu jumladan insoniyat ham ma’lum bir iqlimda yashash sharoitigamoslashgan. Tabiatda shunday iqlim xudud-lari mavjud. Har qanday o‘simlik va hayvonot olamio‘zining yashasha arealiga ega.Har qandaymamlakat o‘zining qishloq ho‘jaligishak-liga ega bo‘lib, ma’lum donli ekinlar, meva va sabzavot yetishtiradi va ma’lum turdagi hayvonlarni ko‘paytiradi.Lekin oxirgi o‘n yilliklar davrida antropogen ta’sir ostida iqlimning global isishga to‘qnash kelyapti. Darhaqiqat, 2016 yilning sentyabr oyidaa Kanadaning Monreal shahrida dunyoning 65 mamlakat ishtirokchilari tomonidan Aviatsiya tomonidan atmosfera havosiga chiqarilayotgan is gazi tarqalishi bo‘yicha Sammit yig‘ilishi o‘tkazildi. Unga ko‘ra atmosferaga is gazi tarqalishi oxirgi 10 yil ichida 10 barabor ortganligi ta’kidlandi. Iqlim o‘zgarishi — global ekologik muammo bo‘lib,u butun sayyoraga, demakka har qanday qit’aga, har qanday mamlakatga, har qanday shaharda istiqomat qiluvchiaholiga tahdid solmoqda. Endi yirik shaharlarda havonining ifloslanishiga kelsak mamlakatimiz oldida turganasosiy muamaolardan biridir. Chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi umuman olganqamayib borayotganiga qaramay, alohidamoddalar bo‘yicha atmosferaning ifloslanish darajasi ayrim katta shaharlarda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p konsentratsiyadan yuqori bo‘lgan-ligini 2003 yil hisob-kitoblariga ko‘ra 2 million tonnadan oshiqligini, 1991 yilda 3,8 mln tonnaga teng bo‘lganini, 2000 yildaO‘zbekistonda chiqarilib yuboriladigan parnik (bug‘honagazlari) hajmi 170 mln. tonnani tashkil etganini(1991 yilda 164 mln tonna) tadqiqotchi olim Shukur Jabborovtomonidan ta’kidlab o‘tilgan. Atmosfera havosini ifloslanishining yana bir omili bu — Ozon tuynugi-atmosfera havosining Yer yuzasi sathidan 15-20 km balandlikda mavjud bo‘lgan ozon qatlami Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarni yutub, Yerdagi tirik organizmlar hayotini undan muhofazalab turgan qatlamning yemirilishidir. Ozon qatlami Yerdagi barcha tirik mavjudotni quyoshning ultra-binafsha nurlaridan saqlovchi qatlam hisoblanadi. Ozin qatlami o‘zi nima, u qanday paydo bo‘ladi, uning yemirilish sabablari nimalardan iborat, uning insonlar salomatligiga kanday salbiy ta’siribor ? Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling