Radiatsiyaning atrof muhitga


Suvni radioaktiv moddalar bilan zaharlanishi


Download 86 Kb.
bet3/6
Sana14.10.2023
Hajmi86 Kb.
#1702069
1   2   3   4   5   6
Suvni radioaktiv moddalar bilan zaharlanishi.
Tabiiy suvlarga radioaktiv moddalarning tushishi tabiiy yoki sun‘iy bo’lishi mumkin. Suv tarkibidagi mavjud radioaktiv moddalarning ta‘siri ular minerallar shaklida bo’lgani sababli unchalik xavfli bo’lmaydi. Bularga 238U, 226Ra, 232Th lar misol bo’ladi. Keyingi vaqtlarda yadro energetikasining radioaktiv izotoplarni qo’llash bo’yicha rivojlanib ketishi va boshqalar sababli suvni inson va boshqa tirik organizmlar uchun juda xavfli bo’lgan izotoplar: strontsiy-90, tseziy-137, iod-131 lardir. Ular organizmga tushganda juda og’ir xastaliklarga olib keladi. Ularning faolligi faqat tabiiy yemirilish davridagina kamayadi. Izotoplarning yarim yemirilish davri esa ba‘zida bir necha yuz yillarga chўzilishi mumkin.


Radioaktiv moddalardan suvni tozalash
Suvni dezaktivatsiya (radioaktiv moddalardan tozalash) qilish; fizik-kimyoviy (distillyatsiya, tindirish, koagullash, flotatsiya, filtrlash, sorbtsiya, ion almashinish, ekstragirlash, bug’latish); elektrolitik (elektroliz, elektrodializ, elektroionizatsiya); biologik turlarga bo’linad. Radioaktiv izotoplarni tindirishda suvga yetarli miqdorda aktiv bo’lmagan izotop qo’shiladi. Aynan suv tarkibidagi izotopdan yoki izoamorf boshqa element qo’shiladi. Xuddi shu yo’l bilan radioaktiv iod tozalanadi. Koagullash usuli bilan tozalash tozalash inshootlarida agar radioaktiv modda kolloid, ya‘ni erigan holatda bo’lsa cho’ktirish yo’li bilan tozalanadi. Suvni dezaktivatsiya qilishda quyidagi koagulyantlar ishlatiladi: alyumin sulfati, temir xlor (III) tuzi, fosfatlar, ohakli aralashma, soda va polielektrolitlar. Alyumin sulfati yordamida radioaktiv fosfor R32 ni 96-99,6 % gacha (suvda RO4-3 ko’rinishida) tozalash mumkin. Temir xloridi yordamida esa bundan ham yaxshiroq samaraga erishiladi.

  • Qumli filtrlar bilan radioaktiv moddalarni filtrlash samarasi kam bo’lib, qumning adsorbtsiyalash xususiyati kamroq bo’ladi. Bunda filtrlarning dezaktivatsiya protsessi asosan koagulyantlar biriktirib olgan radioizotoplarni tozalaydi xolos. Shuning uchun ham filtrlash usulida faqat Y91, Zr95 va Nb95 larnigina 99% tozalash mumkin, shunda ham ular suv tarkibida kolloid holatda bo’lsa. Umuman olganda suvni dezaktivatsiya qilishning koagullash, tindirish va filtrlash usullari yordamida radioaktivlikni 50-7-% ga pasaytirish mumkin.

  • Suvni flotatsiya usuli bilan tozalashda flotaagentlar neftli benzosulfokislotalar va sulfatli sovunlar ishlatiladi. Bunda suvdan Sr90, V90 va Nb95 kabi radioaktiv izotoplarni tozalash mumkin. Bu usul yuqori samarali bo’lib, ekspluatatsiya sharoiti ham soddadir.

  • Suvni ion almashinish usuli bilan radioaktiv moddalardan tozalash yuqori samarali hisoblanadi, lekin suvning tarkibidagi radioaktiv chiqindilarning katta miqdori, ionitlarning qimmatligi va ularning qiyin regeneratsiyaga kirishishi protsessni murakkablashtiradi. Shuning uchun ham bu protsess yuqoridagi protsesslardan keyin qo’llaniladigan dezaktivatsiya usuli hisoblanadi.

  • Suvni radioizotoplardan sorbentlar yordamida tozalash eng ko’p qo’llaniladigan usuldir. Sorbent sifatida tabiiy ion almashinuvchi (tuproq, klinoptololit, gidroslyudlar, bentonit, tabiiy tseolitlar); sun‘iy noorganik sorbentlar (titanning qiyin eriydigan tuzlari asosida, tsirkoniy, geteropolikislota, sintetik tseolitlar, slikogel); tabiiy organik sorbentlar (torf, gumusli moddalar, daraxt qipig’i, tselllyuloza, aktiv kўmir) qo’llaniladi.

  • Suvni distillyatsiya usuli bilan tozalash eng ishonchli dezaktivatsiya usullariga kirib, bunda suvning tarkibidagi radioaktiv moddalar uchuvchan bo’lmasa. Agar uchuvchan radioaktiv moddalar bўlsa, unda distillyatsiya qilishdan oldin suvni cho’ktirish yoki bog’langan holatga o’tkazish kerak. Distillyatorlarning qimmat turishi va kam samarali bo’lganligi uchun ham kam ishlatiladi.

  • Suvni elektrodializ usuli bilan dezaktivatsiya qilishda radioaktiv moddalar ion holida bo’lganda qo’llaniladi. Bu usulning kamchiligi suvni oldindan koagulyatsiya va filtrlash talab etiladi. Chunki uning tarkibida kolloid shakldagi radioaktiv izotoplar bo’ladi.


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling