Radiatsiyaning atrof muhitga
Download 86 Kb.
|
Ionlovchi nur manbalarini ikki guruxga - tabiiy va sun`iy manbalarga bulish mumkin.Tabiiy manbalarga kuyidagilar kiradi:
1.Kosmik nurlar. Ular tabiati jixatdan turli korpuskulyar yoki kvant nurlar okimidan iborat. 2.Geologik jinslardagi radioaktiv moddalar. Uran, radiy, poloniy, radon va boshka kimyoviy elementlar. 3.Suv, xavo, odam tanasi radiaktivligi. Tabiiy manbalardan tarkaluvchi nurlar hayot uchun zaruriy radioaktiv muxitni xosil kiladi. M.Kyuri uz vaktida aytganidek, radioaktiv muxit odam, xayvonlar va boshka tirik mavjudotlar yashashi uchun zarurdir. Tirik mavjudot, shu xisobda odamlar evolyutsiya jarayonida bu muxitga moslashgan va radioaktiv muxit hayot uchun zararsiz. Ionlovchi nurlarning sun`iy manbalari radioaktiv fonning ortishiga olib keladi, turli asoratlar keltirib chikarishi mumkin. Bu manbalarga inson faoliyati tufayli yuzaga keluvchi radioaktiv ifloslanishlar, chikindilar, turli nurlovchi uskanalar, atom reaktorlari, energetik, texnologik va tadkikot reaktorlari, nurlovchi uskunalar va radioaktiv preparatlar kiradi. Bu manbalarni xam bir necha guruxga bulish mumkin. 1.Yadro sinovlari, atom elektrostantsiyalaridagi avariyalar, radioaktiv moddalarni kazib olish, uranni boyitish, fabrikalarning chikindilari, uran bilan ishlovchi ob`ektlarida texnologik jarayonlarining buzilishidan yuzaga kelgan, tabiiy muxitdagi radiatsiyaning sun`iy manbalari Kozogistonda, Semipalatinsk yadro poligoni; AQShda Nevada shtatida va Polineziya orollaridagi yadro poligonlari xududi va uning atrofidagi radioaktiv koldiklar va osmondan yogilgan chang, Chelyabinsk shaxri yakinida Techa dar`yosiga radioaktiv chiqindilarni katta miqdori tushishi natijasida yuzaga kelgan radioaktiv ifloslanish xavzasi, Kishtim shaxri yakinida radioaktiv chikindilar portlashidan, Chernobil, AESning avariyasi natijasida Belorusiya, Ukraina va Rossiyaning unga yakin viloyatlarni kamrab olgan radioaktiv ifloslanish regionlari. 2.Atom energetik, texnologik va tadkikot kurilmalari, turli tezlatgichlar, AESlar, tadkikot utkazish va radioaktiv moddalar olish uchun muljallangan reaktorlar, atom suv usti va suv osti kemalari, radioizotoplar olinadigan tsiklotronlar eksplatatsiyasi ma`lum darajada nurlanishga sabab buladi. 3.Texnologik gamma va rentgen uskunalar. Bu turdagi nur manbalariga sanoat maxsulotlari kalinligi va defektining nurli nazorat gamma ustanovkalari, aeroportlarda va boshka muxim axamiyatli ishlab chikarishda turli nazorat uskunalari misol buladi. 4.Tibbiyotda kullanuvchi diagnostik va terapevtik uskunalar: turli rengenodiagnostik apparatura; rentgenoterapevtik, beta nurlovchi uskunalar, betatronlar, chizikli tizlatgichlar, gammaterapevtik kurilmalar. 5.Radioaktiv preparatlar – diagnostika va davolash maksadida kullanuvchi turli radioaktiv moddalardir. Radioaktiv preparatlar ikki guruxga bulinadi: ochik va yopik. Yopik radioaktiv preparatlar – tashki muxitdan germetik tusilgan moddalardir. Bu tur preparatlar ichiga radioaktiv modda kiritilgan kavak igna, naycha, disk, granula, munchokchalar shaklida yasalgan. Preparatning tashki devori oltin, zanglamaydigan pulatdan yasaladi. Radioaktiv modda sifatida 226Ra, 60Co, 137Cs, Ir kullanadi. Yopik radioaktiv preparatlar devoridan fakat gamma nuri teshib uta oladi, shu sababli ular vositasida gammaterapiya amalga oshiriladi. Yopik radiaktiv preparatlar bilan ishlashda nurlanish xavfi bor. Muolaja tugagach, radioaktiv preparat tanadan chikarib olinadi. Ochik radioaktiv preparatlar suyuk, kolloid yoki chin eritma, gazsimon radioaktiv moddalar bulib, ular kuprok diagnostikada va oz mikdorda davolanish maksadlarida ishlatiladi. Bu preparatlar ogiz orkali ichiriladi, venalar yoki tukimalar orkali tanaga yuboriladi. Bu preparatlarni yuborish, tayyorlash va organizmga kiritish jarayonida personal radioaktiv moddalari bilan ifloslanishi va nurlanishi mumkin. Tanasiga ochik radioaktiv modda yuborilgan odam yoki xayvon radioaktiv ifloslanish manbaiga aylanadi. Unda ochik radioaktiv preparat tulik parchalanib bulmaguncha va organizmdan chikib ketmaguncha tanada saklanib turadi. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling