Radioaktiv chiqindilar haqida tushuncha Reja


Download 37.52 Kb.
bet5/6
Sana16.04.2023
Hajmi37.52 Kb.
#1361354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
So‘z turkumlari tasnifi

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki bugungi kundа dunyo miqyosidа chiqindilаr muаmmosi eng dolzаrb ekologik mаsаlаlаrdаn birigа аylаnib bormoqdа. tаhlillаr koʼrsаtmoqdаki, soʼnggi yillаrdа mаishiy vа sаnoаt chiqindilаri yildаn yilgа koʼpаyib borаyapti. аyniqsа, xx аsrning ikkinchi yarmidаn boshlаb mаishiy chiqindilаr hаjmining oʼsishi ekologik bаrqаrorlikkа judа kаttа sаlbiy tаъsir koʼrsаtа boshlаdi.Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan boʼlib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obʼektlari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.Tahlillarga koʼra, soʼnggi yillarda respublikamizda yiliga 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi (uning 14 foizi toksik chiqindilar toifasiga mansub), 35 million tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil boʼladi. chiqindixonalar va chiqindi saqlash omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi saqlanayotgani hamda ular 12 ming gektar maydonni egallab turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy taʼsirini tasavvur etish qiyin emas. аytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bogʼliqdir. koʼp asrlar davomida chiqindilarni notoʼgʼri boshqarish tabiiy resurslarning oʼzgarishiga, tabiatning kutilmagan oʼzgarishlariga sabab boʼlmoqda.Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida nafaqat toʼgʼridan-toʼgʼri, balki, bilvosita infektsion va noinfektsion kasalliklarning tarqalishi xavfini tugʼdiradi. shuning uchun mazkur muammoga jiddiy yondashish taqozo etilmoqda, shuni taʼkidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. mutaxassislarning taʼkidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi.Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini koʼrsatmoqda.


Download 37.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling