Radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari. Reja: Radiochastotalarning tasniflanishi. Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari. Uqt diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 146.36 Kb.
bet2/4
Sana22.03.2023
Hajmi146.36 Kb.
#1285949
1   2   3   4
Bog'liq
2-sinsiz

5. To‘liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam zichlikli muhitga o‘tishda tushish burchagi qandaydir chegaraviy qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o‘tmaydi va muhitlarning chegarasidan to‘liq qaytadi. CHegaraviy tushish burchagi to‘liq ichki qaytish burchagi deyiladi. 6. Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin amplitudasining ortishi yoki kamayishi olinadi. Er sirtida tarqaladigan va er sharining qavariqligi qisman og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi. Sirt to‘lqinlarining tarqalishi er shari sirtining xossalariga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va atmosferaning bir jinslimasliklari tufayli erga qaytadigan radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi.

Bo‘shliqda (ochiq fazoda) radioto‘lqinlarning tarqalishi Bo‘shliq deganda molekulalar, atomlar, erkin zaryadlar bo‘lmagan bir jinsli cheksiz fazo tushuniladi. Bunday bo‘shliq tushunchasini kiritilishi maydonning radioto‘lqinlarni tarqalishining istalgan mexanizmiga xarakterli bo‘lgan umumiy xossalarini aniqlashga imkon beradi. Agar bo‘shliqning ε0=1 nisbiy dielektrik singdiruvchanlikka va µ=1 nisbiy magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lgan A nuqtasiga yo‘naltirilmagan nurlantirgich joylashtirilsa, u holda nurlantirgichdan R masofadagi Eo elektr maydon kuchlanganligini quyidagicha tarzda aniqlash mumkin: A nuqta atrofida R radiusli aylanani o‘tkazamiz (2.2-rasm).

UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari   O‘zining kichik uzunligi tufayli UQT to‘lqinlar erning sferik sirti va erning yirik noitekisliklari yoki boshqa to‘siqlar atrofida yomon difraksiyalanadi. Shuning uchun UQT diapazonda antennalarni er sirtidan sezilarli balandlikda joylashtirishga uriniladi, chunki bunda birinchidan, to‘g‘ri ko‘rinish masofasi ortadi, ikkinchidan antennaning yaqinida joylashgan mahalliy predmetlarning ekranlashtiruvchi ta’siri kamayadi. Shunday qilib, UQT diapazonda antennaning joylashish balandligi to‘lqin uzunligidan ko‘p marttaga ortiq bo‘ladigan shart bajariladi va maydon kuchlanganligini hisoblashni interferension formulalar bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘ladi. UQT diapazonda er sirti ideal dielektrik sifatida qaralishi mumkin. Shuning uchun gruntning o‘tkazish xossalarining o‘zgarishi UQTni tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. SHu bilan birga, er sirtining uncha katta bo‘lmagan notekisliklari UQTni er sirtidan qaytishi shartini sezilarli o‘zgartiradi. To‘g‘ri ko‘rinish chegarasida aniq kichik bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan l < 0,2· l0 masofalarda UQT diapazonda erning sferikligini va troposferadagi radioto‘lqinlarning refraksiyasi ta’sirini hisobga olmaslik mumkin. Bunda UQTni tarqalishining xarakterli o‘ziga xos xususiyati katta barqarorlik va vaqt bo‘yicha signal sathining o‘zgarmasligi hisoblanadi. 0,2l0 < l < 0,8· l0 chegaralarda yotadigan sezilarli masofalarda erning sferikligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Bir vaqtda refraksiyaning ta’sirini erning ekvivalent radiusidan foydalanish yo‘li bilan hisobga olish kerak bo‘ladi.


Download 146.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling