Rahbar: Xoliqulova G
Tаdqiqоtning o‘rgаnilish dаrаjаsi
Download 244 Kb.
|
alisher navoiy hikoyatlarida rumiy ananalari
Tаdqiqоtning o‘rgаnilish dаrаjаsi. Mavlono Rumiy merosini o‘rganish va targ’ib etish, XX asr 80-yillarining o‘rtalarida jamiyatimizda vujudga kelgan erkinlik nashidasi tufayli taniqli sharqshunos va adib Radiy Fishning «Jaloliddin Rumiy» deb nomlangan tarixiy-biografik romanini tarjima qilish bilan boshlandi.4 Shundan keyin fors-tojik adabiyoti bilimdoni, zabardast mutarjim Shoislom Shomuhammedov buyuk so‘z san’atkorining bir nechta g’azal, ruboiy va hikoyatlarini tilimizga o‘girdi. Bu borada Jamol Kamolning ham xizmatlari beqiyos. Istiqlol yillarida Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijodini o‘rganish, merosini tarjima qilib, nashr etishda alohida davr boshlandi. Najmiddin Komilov, Orif Usmon, Homidjon Homidiy, Ibrohim Haqqul, Hamidulla Boltaboyev, Tohir Qahhor, Rashid Jumayev kabi olimlar bu borada qator ilmiy tadqiqotlarni e’lon qildilar. Istedodli yozuvchi va tarjimon Ulug’bek Abduvahob «Fihi mo fihi» va’zlar kitobini turkchadan o‘zbekchaga tarjima qildi. Zahmatkash mutarjim Asqar Mahkam turkiyalik rumiyshunos olim Obiddin Podsho va eronlik mavlaviyshunos Karim Zamoniylarning sharhlaridan foydalangan holda, «Masnaviyi ma’naviy» birinchi kitobining bir qismini o‘girdi. Bu аdаbiyotshunоs, mаtnshunоs оlimlаrning хizmаtlаri nаtijаsidа Mavlononing ilmiy-аdаbiy mеrоsi imkon qadar o‘rganildi, sоhа аhligа yaqinlаshdi, mаvhum jihаtlаri оydinlаshdi, nаshrlаr аmаlgа оshirildi.
Albatta, bu tarjimalar ichida Jamol Kamol tomonidan «Masnaviyi ma’naviy» olti kitobning to‘la tarjima qilinib, nashr etilishi adabiy-ma’naviy hayotimizda unutilmas voqea bo‘ldi. 2007-yil YUNESKO qarori bilan jahon bo‘ylab «Mavlono Jaloliddin Rumiy yili» deb va dunyo mamlakatlarida buyuk alloma tavalludining 800 yilligi bayram qilindi. Alisher Navoiy asarlarining tahlili bo‘yicha N.Mallayev «Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti», A. Hayitmetov «Alisher Navoiyning «Tarixi mulki ajam» asari haqida», S. Erkinovning «Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili», V. Zohidov «Ulug’ shoir ijodining qalbi», N.G’anixo‘jaeva «Navoiy hikoyatlarining asosiy manbalari haqida», R. Jumayev «An’ana va izdoshlik» kabi bir qator asarlar va maqolalar yaratganlar. Bizning bitiruv mаlаkаviy ishimizning mаvzusi bo‘lgаn Alisher Navoiy hikoyatlarida Rumiy an’analari, xususida, jumladan, «Lison ut-tayr» dostonidagi ba’zi hikoyatlar tahlili asosida maqolalar ham nashr ettirilgan.5 Download 244 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling