Rahbar: Xoliqulova G


Download 244 Kb.
bet1/10
Sana09.04.2023
Hajmi244 Kb.
#1343659
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
alisher navoiy hikoyatlarida rumiy ananalari



O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHЕR NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

O’ZBEK FILOLOGIYA FAKULTЕTI
O’ZBЕK ADABIYOTI TARIХI KAFЕDRASI


Alisher Navoiy hikoyatlarida Rumiy ana’nalari
(malakaviy bitiruv ishi)

Bajardi: Qo‘ldosheva Yulduz
Ilmiy rahbar: f.f.n., dots. Хoliqulova G.

SAMARQAND -2013

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Qo‘ldosheva Yulduzning «Alisher Navoiy hikoyatlarida Rumiy ana’nalari» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi


Rejasi
Ishning umumiy tavsifi
- mavzuning dolzarbligi;
- tadqiqotning o‘rganilish darajasi;
- ishning ilmiy yangiligi;
- tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati;
- ishning tuzilishi va hajmi.
I.Bob. Rumiy va Navoiy.
1.1. Rumiy va uning o‘zbek adabiyotiga ta’siri.
1.2. Rumiy Navoiy nigohida.
II. Bob. Navoiy ijodida ana’na va mahorat.
2.1. Epik she’riyatdagi ba’zi hikoyatlar talqini va badiiyati:
a) «Lison ut-tayr» dostonida;
b) «Xamsa» dostonlarida;
2.2. Nasriy asarlardagi ba’zi hikoyatlar talqini:
a) «Tarixi anbiyo va hukamo»;
b) «Tarixi mulki ajam»;
s) «Mahbub ul-qulub».
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
ISHNING UMUMIY TАVSIFI


Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. Bu haqda Prezident I.A.Karimov shunday deydi: «Insonni uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati badiiy adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarni inson ruhining muhandislari, deb ta’riflash bejiz emas, albatta».1
Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g’oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag’batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatdan ham, janrlar nuqtayi nazaridan ham rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo‘layotgani kitobxon xalqimizni, albatta, quvontiradi.
Pirizedentimiz ta’kidlaganidek, «Adabiyot masalasi bu ma’naviyat ma’salasidir. Bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug’ dargoh deb biladi. Ana shunday bahoning o‘zi el-yurtimiz hayotida bu soha nomoyondalariga, ularning haqqoniy so‘zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, hurmat-e’tibor va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko‘tarilganini yaqqol ko‘rsatib turibdi».2
Hech shubhasiz, ziyolilarning ilg’or qismi bo‘lmish badiiy adabiyot vakillarining xalqimiz qalbini, uning oliy maqsadlari, bugungi hayoti, taqdiri va kelajagini yaqindan biladigan insonlar sifatida jamiyatimizdagi o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
Badiiy adabiyotda yirik hajmli doston bo‘ladimi, yoki kichik hajmli she’r, har qanday asar ma’lum an’analarni davom ettirgan holda, ijodiy ta’sirlanish jarayonlarida yaratiladi. O‘zbеk аdаbiyotining dаhо ijоdkоri Аlishеr Nаvоiy hаqidа gаpirgаndа hаm shu fikrlаrni bеmаlоl аytish mumkin. Bu o‘rinda Prezident I.A.Karimovning Alisher Navoiy haqidagi fikrlari ibratlidir. shoir deganda, avvalo, Alisher Navoiydek benazir zotlarni tasavvur etamiz. Mumtoz adabiyotimizni, jumladan, Alisher Navoiy asarlarini xalqimizga yaqinlashtirish, bu noyob merosni haqiqatan ham ma’naviyatimizning hayotbaxsh manbayiga aylantirish barchamiz, avvalo adabiyot ahlining vazifasi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi».3
Аlishеr Nаvоiy o‘zining sermahsul ijodida Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Farididdin Attor kabi daho ijodkorlar izidan borish bilan bir qatorda Mavlono Rumiy an’analarini ham munosib davom ettirgan. Bizning olib borayotgan bitiruv malakaviy ishimizda Mаvlоnо Rumiy vа uning аdаbiy mеrоsini ijоdkоrlargа va, asosan, Alisher Navoiyning ijоdiga tа’siri mаsаlаsigа e’tibоr qаrаtildi. Аlishеr Nаvоiyning epik asarlari («Lison ut-tayr», «Xamsa»)da va nasriy asarlari («Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi mulki ajam», «Mahbub ul-qulub»)da Mavlono Rumiy аn’аnаlаrini mаhоrаt bilаn dаvоm ettirgаnligi imkon qadar ko‘rib chiqildi. Mаvlоnо Rumiy o‘z dаvrining va keyingi davr adabiyotining ham so‘nmas durdonalaridan biri hisoblangan «Fоrsiy tilda bitilgan Qur’on» darajasiga ko‘tarilgan «Masnaviyi ma’naviy» asarining nurlari nafaqat Alisher Navoiy ijodida, balki o‘zbek adabiyotining boshqa nodir manbalarida o‘z ziyosini taratayotganini sezmaslik mumkin emas.
Biz bitiruv mаlаkаviy ishimizdа shu nuqtаyi nаzаrdаn ikki bоsqichdа ish оlib bоrdik: Rumiy vа Nаvоiy hamda Nаvоiy ijоdidа аn’аnа vа mahorat mаsаlаsi. Shu jihatdan olib qaraganda mavzumizning dolzarbligi nаmоyon bo‘lаdi. Chunki hеch bir аdаbiyot nаmunаsi u kichik shе’r bo‘lаdimi, u yirik hаjmli аsаr bo‘lаdimi mа’lum sаbаblаrgа ko‘rа yarаtilаdi, muаllifning mаhоrаtini o‘zidа nаmоyon etаdi.

Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling