Rahbarlik odobi va muomala madaniyati


Download 390 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi390 Kb.
#1534741
  1   2   3   4
Bog'liq
Rahbarlik odobi va muomala madaniyati

  • OCHIQ TANLOV FANI (PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA)
  • “DASTURIY INJINIRING” FAKULTETINING
  • “DASTUR INJINIRING” YO’NALISHI
  • Mustaqil ishi
  • 653-20 GURUH TALABASI ISROILOV MURODJON
  • FANIDAN TAYYORLAGAN
  • Topshirdi: Isroilov Murodjon
  • Qabul qildi: Rajabova X
  • Farg’ona 2023

Mavzu: Rahbarlik odobi va muomala madaniyati

Yaxshi rahbarlar o‘z xodimlarining fikrini tinglashadi, ulardan o‘rganishadi va o‘z jamoalari uchun foydali bo‘lishga harakat qilishadi. Ular ishda amal qiluvchi yana bir necha qoida mavjud. "Layfxaker" haqiqiy yetakchilar amal qiluvchi olti qoida bilan tanishtirdi.

1. Gapirishdan ko‘ra ko‘proq tinglashadi.

  • Inson haddan tashqari ko‘p gapirsa, bu uning o‘ziga ishonmasligidan dalolat berishi ham mumkin. Yaxshi rahbar o‘z xodimining fikrini bayon qilishiga imkon beradi, chunki u uchun xodimlarining fikrlari haqiqatda qiziq. Rahbar ularni o‘ylashga undaydigan va ishning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga yordam beradigan qiziq savollar beradi. Bu qanday tuzilgan? Sizga uning nimasi yoqdi? Bundan qanday saboq oldingiz? Bu ishni yanada yaxshi bajarishingiz uchun nima kerak bo‘ladi?
  • Haqiqiy yetakchi jamoaning o‘z rahbarlik usullari haqidagi fikrini bilmay turib, undagi ishchi muhitni boshqara olmaydi. Rahbar uning boshqaruv uslubi xodimlarni qoniqtiryaptimi yoki yo‘q, jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istashlariga - doimo qiziqish bildirishi kerak. Bu uning barqaror va samarali faoliyati uchun zarur ekanini yaxshi anglaydi.
  • 2. O‘z ishlari haqida boshqalarning fikriga quloq tutishadi.
  • O‘zingizdagi yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishni xohlasangiz, o‘zingizni shunday tutingki, odamlar sizga ishonsin. Yaxshi rahbar uchun xodimlarining muhim masalalar bo‘yicha unga murojaat qilishi juda muhim. Ishonchli munosabatlar rahbarning ochiqligi, e'tiborliligi va adolatli ekanini bildiradi.
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling