1. Yolg‘on so‘zlamang. Yolg‘on — insoniyatga qarshi katta jinoyatdir. Haqiqatsiz jamiyatning xavfsizligi kafolatlanmagan. Yolg‘on so‘z gapiruvchiga zarar qiladi: nafaqat uyatga qoldiradi, balki kishida odat paydo qilib, hatto o‘zi istagan vaqtda ham rost so‘zlashga qiynala boshlaydi. Vaqt o‘tishi bilan so‘zlovchi o‘zining yolg‘on gapirayotganini ham sezmay qoladi. - 2. Qo‘lingizdan kelmaydigan ishdan so‘z ochmang Tilingizdan tasodifan asossiz gap chiqib ketuvchi vaziyatlardan uzoq turing. Ishonchingiz komil bo‘lmagan narsalarga boshqalarni ishontirishga urinmang. Yoki so‘zlayotgan gaplaringiz shunchaki taxmin yoki shaxsiy fikringizligini ochiqlang.
- 3. Kamgap bo‘ling Bekordan-bekorga oraga suqilmang. Ozroq gapirish evaziga o‘zgalarni tinglash imkoniyatini yarating va yangi bilim, zakovat va malakaga ega bo‘ling.
- 4. Vazmin bo‘ling Bahslar qaynagan vaqtda baqira ko‘rmang, o‘zingizni qo‘lga oling. Raqibingizni baland ovoz bilan emas, sog‘lom aql bilan jim qiling.
- 5. So‘zlovchining gapini bo‘lmang Inson so‘zlayotganda har ne bo‘lsa ham uning gapini bo‘lmang. Oxirigacha tinglang. Shunda siz uni yaxshiroq tushunasiz va nisbatan munosibroq javob berishingiz mumkin bo‘ladi.
- 6. So‘zlaringizni chamalab boring Avvalo o‘ylang yoki sukut saqlang. Aytmoqchi bo‘lganlaringizni ma’nosiga e’tibor qaratib, iboralaringizni chamalab oling. Bemulohaza odamlar so‘zlashni boshlamagunlaricha o‘ylashmaydi. Yoki gapirib bo‘lgandan keyin o‘ylashadi.
- 8. O‘zingizni maqtamang Maqtanmang va o‘z-o‘zingizni baholamang. Sizni maqtovchi faqat sizning tilingiz bo‘lsa, bu obro‘yingiz o‘ta past va tezlik bilan qulashda davom etayotganidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |