9. Insonlar orqasidan salbiy gaplar so‘zlamang Davrangizda kimdir yo‘q bo‘lsa, uning ortidan iloji boricha faqat yaxshi so‘zlar aytishga harakat qiling. Salbiy mulohazalarga loyiq bo‘lmagan kishilar haqida hech qachon yomon so‘zlamang. Bu turdagi so‘zlashuvlar insonga yaxshiroq bo‘lishga yoki boshqalarni himoya qilishga xizmat qilsagina istisno bo‘lishi mumkin. - 11. Salbiy mulohazalardan ehtiyot bo‘ling Hech kimni tanqid qilmaslikka, tahdid qilmaslikka va kimningdir tomoniga qahrli so‘zlar aytmaslikka harakat qiling. Kishining xatosini ko‘rsatishingiz kerak bo‘lsa, eshituvchi kishiga noxush bo‘lmasligi uchun uni malomat va ginasiz aytish yo‘lini toping. Vaholanki bu kabi ta’nalar hech qachon foyda bermaydi, ammo dilni og‘ritadi va katta ehtimol bilan insonni sizga qarshi qayraydi.
- 10. Nuqsonlarni mazax qilmang Insonlarning tug‘ma kamchiliklari haqida hazil qilmang va bunday hazillarga qo‘shilib kulmang. Bu turdagi xatti-harakat juda yomon taassurot qoldiradi.
- 12. G‘azablanmang Agar ikkinchi shaxs qizishib ketib sizning tomoningizga nomaqbul so‘zlar gapirsa, yaxshisi unga achining va jahl otiga minmang. Sukut yoki o‘ta boadab javob bunga eng yaxshi reaksiyadir. Ular yo shovqin soluvchini yumshatib afsuslanishga majbur qiladi yoki unga jazoga aylanadi. Holat qanday tus olmasin, muloyimlik va xushmuomalalik o‘z asablaringizni asrashga yordam beradi, shuningdek aqlli va dono inson sifatida qabul qilishlariga sabab bo‘lib, obro‘yingizni oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |