Rahimova Dilfuzaxon Alisherovna


-§. 2-sinfda “So’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar” mavzusi ustida ishlash


Download 336 Kb.
bet9/15
Sana02.04.2023
Hajmi336 Kb.
#1320994
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
boshlangich sinflarda ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash

3-§. 2-sinfda “So’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar” mavzusi ustida ishlash

Mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchlarga yozuvda ko’p qo’llaniladigan so’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so’zlar haqida tushuncha berish, bunday so’zlarni bo’g’in ko’chirish uchun bo’g’inlarga to’g’ri bo’lish ko’nikmasini shakllantirish maqsadi ko’zda tutiladi.


Mavzu aytilishi yozilishiga mos keladigan pilla, tilla, izzat, do’ppi, alla, durra kabi so’zlar misolida tushuntiriladi: ikki ketma-ket kelgan bir xil undosh harfni ikkiga bo’lib – biri oldingi bo’g’in bilan, ikkinchisi keyingi bo’g’in bilan birga o’qilishi (ikki undosh harf ikki undosh tovushni ifodalashi) ta’kidlanadi.
Mavzuni o’rganish jarayonida bolalarni bunday so’zlarni to’g’ri o’qishga, yozishga, bo’g’in ko’chirish uchun bo’g’inlarga to’g’ri bo’lishga o’rgatiladi.
1- dars
Mavzu: So’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar
Maqsad: Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so’zlarni to’g’ri o’qish va yozish ko’nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi.

    1. Uy vazifasini tekshirish.

    2. So’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlarni kuzatish.

1-usul. O’qituvchi o’rganiladigan yangi mavzu nomini va s’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harflar yoziladigan ma’lumotni darslikdan o’qishni topshiradi, darsning maqsadini aytadi: “Bugun sizlar so’z ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladigan so’zlarni bilib olasiz”.
Doskaga yozilgan yoki jadval tarzida tayyorlangan so’zlar ko’rsatilib, topshiriq beriladi:
─ So’zlarni o’qing va so’z ichidagi bir xil harfga qarab, uch ustun shaklida yozing.
Muqaddas, Abdulla, Muhayyo, Fayzulla, Muqaddam, Sayyora.
2-usul. O’qituvchi o’quvchilarga ikkita bir xil undosh ketma-ket yoziladigan ismlar aytishni topshiradi. O’quvchilar aytadilar. Masalan: Abbos, Muzaffar, Nuriddin, Muazzam, Mukarram, Muyassar, Muhabbat, Qahhor, Jabbor, Mannop kabi.
Doskaga 4 ta qiz bolalar, 4 ta o’g’il bolalar ismlari yoziladi.
─ Shu ismlarni yozishda nimani bildingiz? (So’z ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladi.)
O’qituvchi shunday so’zlardan 4-5 tasini aytib turib yozdiradi. Masalan, Abbos, Izzat, Fattoh, Muhammad, G’affor.
Yozilgan so’zlar bo’g’inlab o’qib tekshiriladi. Masalan, Ab-bos, Iz-zat, Fat-toh, Muham-mad, G’af-for.

    1. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarning talaffuzi va yozilishiga oid ko’nikmasini shakllantirish, darslik bilan ishlash.

Darslikda berilgan qoida tushuntiriladi.

Qoida: Ba’zi so’zlar ichida ikkita bir xil undosh ketma-ket keladi: tabassum, izzat, chaqqon.1


O’quvchilarga nutqimizda faol uchraydigan mana shunday so’zlardan 5 ta misol topish aytiladi. Bu topshiriqni musobaqa tarzida doskada bajartirish ham mumkin.


So’zlar: katta, alla, kalla, karra, marra, salla, qimmat, himmat, chaqqon.
Bu topshiriqni tezkor savol-javob tarzida o’tkazish ham mumkin.
Xalq maqollari asosida savol-javob o’yinini o’tkazish o’quvchilar nutqini yanada ravon qiladi.
Masalan:
Kattaga hurmatda bo’l, kichikka … (izzatda).
Arg’amchiga qil … (quvvat).
Dori … (achchiq), ta’siri shirin.
… (Avval) o’yla, keyin so’yla.

  1. So’zlarni aytib turib yozdirish va yozganlarini darslikka qarab tekshirtirish.(Bunda yozilganlarni tekshirish yo’li, albatta, yodga tushiriladi.)

  2. 139-140-mashqlarni yozma, 141-mashqni og’zaki ishlash.

    1. Darsni yakunlash.

─ Darsda nimalarni bilib oldingiz?

    1. Uyga vazifa. 142-mashq.

2-dars
Mavzu: Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so’zlarni bo’g’inlab ko’chirish.
Maqsad: Bo’g’in ko’chirish qoidasini takrorlash; ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so’zlarni bo’g’in ko’chirish uchun to’g’ri bo’lish ko’nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi.

  1. Uy vazifasini tekshirish.

  2. Darsning maqsadi bilan tanishtirish; mavzuni tushuntirish.

─ Bu darsda biz “Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so’zlar bo’g’in ko’chirish uchun qanday bo’linadi?” savoliga birgalikda javob beramiz. Bu savolga javob berishda darslik yordam beradi.
─ So’zning bir yo’lga sig’may qolgan qismi keyingi yo’lga qanday ko’chiriladi? (Bo’g’inlab.)
─ Doskaga yozilgan g’alla, lazzat, chittak, kakku so’zlarini bo’g’inlab o’qing va bo’g’inga bo’lib, chiziqcha bilan yozing. (O’quvchilar topshiriqni bajaradilar. O’qituvchi parta oralab tekshiradi, zarurat bo’lsa, o’quvchilarga yordam beradi, rag’batlantiradi.) To’g’ri yozdingiz!
Demak, ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so’zlarni bo’g’in ko’chirish uchun bo’g’inlarga bo’lganda, undosh harfning biri oldingi bo’g’in bilan oldingi yo’lga, ikkinchisi keyingi bo’g’in bilan keyingi yo’lga yoziladi. O’quvchilar bunday so’zlarni darslikdagi bo’g’in ko’chirish haqidagi qoidadan o’qiydilar.

Qoida: Bo’gin ko’chirishda ketma-ket kelgan bir xil undoshlarning bittasi oldingi yo’lda qoldiriladi, ikkinchisi keyingi yo’lga ko’chiriladi: kat-ta, iz-zat, say-yora.1





  1. Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so’zlarni bo’g’inga ko’chirish bo’yicha bo’g’in ko’chirish ko’nikmasini shakllantirish yuzasidan mashq.

  1. 143-mashqni bajarish.

  2. 144- 145- mashqlar. 144- mashqni quydagi tartibda bajarsa ham bo’ladi: o’quvchilar she’rni ifodali o’qiydilar va ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so’zlarni aniqlaydilar. Shu so’zlarning o’zini bo’g’in ko’chirish uchun bo’lib, chiziqcha bilan yozadilar: Kat-ta; chiq-qanmiz; chiqqan-miz; chi-niqqanmiz, chiniq-qanmiz, chiniqqan-miz.

  3. So’z toping” o’yini.

  1. Nomida ketma-ket kk yoziladigan qush nomi. (ukki, kakku)

  2. Nomida ketma-ket shsh yoziladigan hashorat nomi. (pashsha)

  3. Nomida ketma-ket tt yoziladigan qush nomi. (chittak)

  4. Ketma-ket bb, nn, zz, yy, ll, vv, ss, hh kabi harflar yoziladigan qiz bolalar ismidan bittadan yozish. (Shabbona, Zinnura, Muazzam, Surayyo, Billura, Munavvar, Muyassar)

  5. Ketma-ket nn, zz, dd, yy, 11, ff, hh kabi harflar yoziladigan o’g’il bolalar ismidan bittadan yozish. (Zunnun, Izzat, Muzaffar, Sayyod, G’affor, Faxriddin, Nuriddin, Siddiq, Quddus, Sa’dulla, Shukrulla, Fayzulla, Qahhor kabi)

    1. Darsni yakunlash.

─ Darsda nimalarni bilib oldingiz?

    1. Uyga vazifa. 146-mashq.

3-dars
Mavzu: Matnni og’zaki va yozma qayta hikoyalash.
Maqsad: Matn qismlarini o’zaro bog’lash, har bir bo’limni xat boshidan yozish ko’nikmasini o’stirish.
Darsning borishi.

  1. Uy vazifasini tekshirish.

  2. Matn ustida ishlash.

1. Matnni o’qish, savollarga javob berish va qayta hikoyalash.
147-mashq.
Reja:

  1. Ovchi kaptarni nima qilmoqchi bo’ldi?

  2. Chumoli nima qildi?

  3. Kaptar to’rdan qandy qutiladi?

Matnga sarlavha qo’yish. (“Kaptar va Chumoli”…)
Matnni tahlil qilish. ─ Matn nechta qismdan iborat?
─ Matn qismlaridan biri keyingisidan qanday ajratiladi? (Matnning har bir qismi xat boshidan yoziladi.)

  1. Sarlavhani qo’yib, matnni yozish.

III. Darsni yakunlash. ─ Matn haqida yana nimalarni bilib oldingiz?
Uyga vazifa. 148-mashq. Ko’rgan-bilganlar haqida reja asosida og’zaki hikoya qilishga tayyorlanish. ─ Siz parranda va hayvonlardan biriga yordam berganmisiz yoki boshqalar shunday ishni bajarganini ko’rganmisiz? Rejaga qarab hikoya qilib bering.
1. Bu voqea qachon va qayerda bo’lgan?
2. Parranda (yoki hayvon)ga nima qildi?
3. Buni qanday bildingiz?
4. Unga qanday yordam berdingiz?
4-dars
Mavzu: Diktant (ijodiy diktant)
Maqsad: Aytilishida tushib qoladigan undoshlar va so’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarni to’g’ri yozish ko’nikmasini takomillashtirish va o’quvchilarning mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarini nazoratdan o’tkazish.
Topshiriq: matn yozilgan doska yuzi ochiladi. Chiziqchalar o’rniga o’quvchilar kerakli so’zni qo’yib yozadilar. So’zlar ketma-ket kelgan bir xil va har xil undoshli so’zlardan iborat bo’lishi kerak.
Albom
O’qituvchimiz albom ________ (tayyorlash) ni topshirdilar. Biz rasm va topishmoqlar _______ (tayyorladik).
________ (Muattar) rasmlarni albomga yopishtirdi. ________ (Qahhor) rasmlar tagiga topishmoqlarni yozdi. ________ (Hammamiz) albomni chiroyli qilib bezadik. O’qituvchimiz albomni ko’rib ________ (xursand) bo’ldilar. Topishmoqlar albomi ko’rgazmaga qo’yildi. (33 ta so’z)
Ma’nodosh so’zlar ustida ishlash. Bunda ketma-ket kelgan bir xil va har xil undoshli so’zlarning ma’nodoshlari topib yoziladi.
Rasm – surat;
Hamma – barcha;
Xursand – shod.
Vazifa.
1. Ketma-ket kelgan bir xil undosh harf yozilgan so’zlarning tagiga chizing.
2. Ketma-ket kelgan har xil undosh harf yozilgan so’zlarning tagiga chizing.

  1. So’z oxirida aytilishida (talaffuzda) tushib qoladigan d, t undoshli ikkita so’z yozing.

5-dars
Mavzu: Diktantni tahlil qilish. Yo’l qo’yilgan xatolar ustida ishlash. O’rganilgan mavzularni mustahkamlash mashqlarni bajarish.
Maqsad: Xatolar ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish; jarangli va jarangsiz undoshlarni, talaffuzda tushib qoladigan va ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarni to’g’ri yozish ko’nikmasini o’stirish.
Darsning borishi.

  1. Diktant natijasi haqida tushuntirish.

  2. Ko’pchilik o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolar ustida ishlash.

    1. Diktant matnidagi so’z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshli so’zni va shu qoidaga mos o’zingiz yozgan so’zlarni o’qing.

    2. So’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harf yozilgan so’zlarni o’qing.

Talaffuzda tushib qoladigan undoshli va ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarni xato yozgan o’quvchilar shu so’zlarni to’g’ri yozadilar.
Boshqa o’quvchilar aytilishida tushib qoladigan va ketma-ket ikkita bir xil undosh harf yoziladigan so’zlarga ikkitadan misol aytadilar va yozadilar.

  1. Darsni yakunlash.

  2. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

  3. Uyga vazifa. O’rganilgan qoidalarni yodda tutish.1




Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling