Buxoro davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi


Download 18.14 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi18.14 Kb.
#1411120
Bog'liq
tashqi mahfuza


Buxoro davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi
70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi magistranti
Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizining “O‘zbek tilining Jondor shevasi” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun
yozilgan dissertasiyasiga
TAQRIZ
Tilimizning shevalarini o‘rganish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. O‘zbek shevalari hozirga qadar o‘zbek adabiy tiliga qiyosan o‘rganilib kelindi va bunda tavsifiy va qiyosiy metoddan foydalanildi. Har bir xalqning ma’naviy olami, dunyoqarashi, orzu-istagi uning tilida aks etadi. Shuning uchun xalq shevalarini to‘plash, dialektal xaritalarini yaratish eng dolzarb masala ekanligi bilan ahamiyatlidir. Bu – yoshlarimizni vatanparvar hamda milliy qadriyat, urf-odatlarimizga sadoqat, shuningdek, ilm-fanga ishtiyoq va qiziqish ruhida tarbiyalashda dealektologiyaning ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib turibdi. Mazkur dissertatsiyada Jondor shevasiga xos jihatlarni aniqlash orqali o‘zbek tilining tarixiy shakllanish jarayoni hamda bu tilning qanday tillar bilan aloqada bo‘lganligi, ularning o‘zaro taʼsiri haqida xulosalar chiqarish imkoni yaratiladi.
“O‘zbek tilining Jondor shevasi” mavzusidagi dissertatsiya kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. “Kirish”da ishning umumiy tavsifi belgilangan talablar asosida berilgan.
Ishning dastlabki bobi Dialektologiyaning nazariy tadqiqi deb atalib, jahon tilshunosligida shevalar turli nuqtayi nazardan o’rganilganligi, xususan, Kononov, Makovskiy, Zarubinlar antroposentrik jihatdan dialektlarni tadqiq etganligi turli misollar yordamida tadqiq qilingan.
Buxoro guruh shevalarining leksikasi va o‘ziga xosligi (2-bob), XX asrning 20-30-yillarida o‘zbek shevalarining biz bilmagan yangi qirralari ochila boshlandi. Bu sohada G‘.O.Yunusov, U.Tursunov, A.Fitrat, E.D.Polivanov, S.Ibrohimov, V.V.Reshetov, Sh.Abdurahmonov singari tilshunos olimlar samarali faoliyat olib borganlar.
Jondor tuman shevalarining mavzuviy guruhlari va dialektal tadqiqi (3-bob)da dissertatsiya mazmuni asosli yoritib berilgan. Ushbu axborotda Jondor tumani qishloqlari aholisi nutqidagi ayrim lug‘aviy birliklar hamda ularning mavzu guruhlariga ajratilgan. Ish ilmiy xulosalariga ega. Ushbu dissertatsiyaning аsоsiy mаqsаdi Jondor tumani shevalаrni lisоniy jihаtdаn tаhlil qilinishi bo’lib, ushbu mаqsаddаn kеlib chiqqаn hоldа tаdqiq qilinаyotgаn mаvzu оldigа Jondor shevasi o‘zbek xalq shevalarining boshqa o‘zbek shevalari, o‘zbek adabiy tili va til tarixi, turkiy tillar shevalariga munosabati, o‘zaro ta’sirini yoritish vazifalari qo’yilgan.
Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi mavzuga doir nazariy manbalarni atroflicha o‘rganishga, ularni saralab umumlashtirishga, tahlil qilish va munosabat bildirishga harakat qilgan. Nazariy manbalarni o‘rganish asosida ko‘plab faktlarni to‘plagan, ularni ma’lum mezonlar asosida saralab, yuqori saviyada tahlil qila olgan. Magistrant magistratura ta’limi jarayonida olgan bilimlarini ilmiy tadqiqot ishini bajarishga to‘la qaratib, mazkur ishni ma’lum talablar darajasida tayyorlay olgan. Respublika ilmiy maqolalar to‘plamlarida nashr etilgan maqolalari dissertatsiya mavzusi doirasidagi tadqiqot natijalarida o‘z aksini topgan. Dissertatsiya natijalaridan amaliyotda, xususan, o‘quv jarayonida keng foydalanish mumkin. Dissertatsiya boy faktlar asosida, ravon va ilmiy yozilgan, qo‘yilgan vazifalar ishonarli tahlil etilgan.
Umuman olganda, 70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi magistranti Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizining “O‘zbek tilining Jondor shevasi” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan ilmiy tadqiqot ishi magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talablarga javob beradi va uni YaDAK himoyasi natijalariga ko‘ra ijobiy baholash mumkin, deb hisoblayman.
Rasmiy taqrizchi: G.Qurbonova
BDTI kafedrasi f.f.d.,professor
Download 18.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling