Ekish chuqurligi. Lalmi yerlarda urug’ni ekish chuqurligi ko’p jihatdan
tuproq tarkibidagi namlikka bog’liq. Qashqadaryo va Surxondaryo
viloyatlarining janubiy tumanlarida, yani g’alla, odatda, kuz yoki qishning iliq
kunlarida unib chiqadigan joylarda urug’ni maqbul muddatlarda 5-6 sm
chuqurlikda ekish lozim. Samarqand, Jizzax viloyatlarining yog’ingarchilik
bilan yetarli ta’minlanmagan lalmikor mintaqalarida urug’ toza shudgorga 3 sm
chuqurlikka, ang’izga ekilganda esa, 3-5 sm chuqurlikka ko’milishi kerak.
Tuproq kuzgi yomg’irlar bilan yaxshi namlangan vaqtda noyabr-dekabr oylarida
urug’ni 5-6 sm chuqurlikka ekiladi. Toza shudgorga ham urug’ shunday
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
32
chuqurlikka ekiladi. Tog’lik tumanlarda urug’ni ko’mish chuqurligi 5-7 sm
atrofida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |