Qor va sel suvi bilan sug’orish.
O’zbekistonning
tog’
oldi
mintaqalarida seryog’in yillari erigan qor va sel suvlaridan foydalanib kuzgi
bug’doyni sug’orish ham muhim ahamiyatga ega. Lalmikorlikda bunday
sug’orishlar respublikamiz xududida qadimdan qo’llanilgan. Bunday
sug’orishlar bug’doyning naychalash fazasida yoki undan oldinroq o’tkaziladi.
Sug’orish davrida o’simlik yaxshi rivojlangan va barglar yer yuzasini qoplagan
bo’lishi kerak. Qor va sel suvi qisqa muddatda oqib ketishini hisobga olib undan
imkoni boricha ko’proq foydalanishga harakat qilinadi va shu sababli sug’orish
jadal suratda kechayu-kunduz tashkil qilinadi. Qor va sel suvlarini tutish uchun
qazilgan eski ariqlarni tiklash va yangilarini qurishga kirishish kerak. Suv juda
ko’p bo’lgan yillari boshoqlash yoki donning to’lishi fazalarida ham sug’orish
o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |