2.2.6. Ekinzorni parvarish qilish
Kuzgi bug’doy parvarishida uni oziqlantirish, erta bahorda boronalash,
xatosiga urug’ ekish, begona o’tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi
kurash, qor, yomg’ir suvlarini tutib qolish, yuqori nav tozaligini saqlash hamda
boshqa tadbirlar kiradi.
Boronalash. Lalmi yerlarda begona o’tlarga qarshi kurashda g’alla
ekinlari yoppasiga tuplash davriga kirgan va tuproq yetilgan paytda o’rtacha
tishli boronalar bilan boronalash yaxshi natija beradi. Bu agrotexnik tadbir
g’allaning ekish yo’nalishiga nisbatan ko’ndalang yoki unga nisbatan o’tkir
burchak yo’nalishida (dioganal) olib boriladi. Bu usul bilan 60-70 foiz begona
o’tlarni yo’qotish mumkin. Tajriba natijalariga ko’ra, kungildagidek o’tkazilgan
boronalash o’simlikning yashash sharoitini yaxshilaganligi sababli kuzgi
bug’doy hosilini 8-27 foiz oshgan.
O’t bosmagan, mayin tuproqli paykallar boronalanmasa ham bo’ladi.
Boronalash evaziga olinadigan qo’shimcha hosil gektar boshiga 1,5-2,0 va
undan ortiq sentnergacha boradi.
Kuzgi bug’doy bahorda oziqlantirish oldidan 24BZTX-1,0 boronasi bilan
boronalanadi. Bunda o’g’itlar tuproqqa yaxshi ko’miladi.
Tuproq zichlanib qolgan yeralarda boronalash bilan qo’shimcha urug’
ekilganda eng ko’p samara ko’rilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |