2.2.3. O’zbekiston Respublikasining lalmikor yerlarida ekish uchun davlat
reyestriga kiritilgan qattiq bug’doy navlari va ularning qisqacha tavsifi
Leukurum 3. O’zbekiston donchilik ilmiy-tekshirish instituti("Don" ilmiy
ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksion navi.
O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy-tekshirish instituti kolleksiyasining
Turkiya (K-16034) namunasidan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Pokrovskiy N.V, Amanov M.A, Mamirov N.M.
1976 yildan Jizzax, Samarqand, Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida
kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan..
Leukurum turxiliga mansub. Duvarak (biologik bahorgi).
Boshog’i silindrsimon, mayda (5-6sm), oq, tuksiz. Qiltig’i uzun, oq,
nimtarqoq, yo’g’on, dag’al, boshoqdan 1,5-2,0 barobar uzun.
Boshoq qipig’i lansetsimon. Kam tomirlangan. Yelkasi tor, kesilgan va to’g’ri.
Choki aniq. Chok tishchasi kalta, o’tkir.
Doni o’rtacha kattalikda, oval-chuzunchoq, ariqchasi o’rtacha. 1000 donining
vazni 39,9-43,4,0g.
O’rtaertapishar, vegetasiya davri 146 kun. Yotib qolish va to’kilishga
bardoshligi 5,0 ball. Qishga chidamliligi o’rtacha 4,0 ballga teng. Qurg’oqchilikka
chidamliligi yuqori 5,0 ball.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
28
2000-2004 sinov yillarida don hosildorligi respublikaning lalmikor nav sinash
shaxobchalarida gektaridan G’allaorol va Qamashida 13,2-18,0 sentnerga teng
bo’lgan.
Navning texnologik va makaronboplik sifati yaxshi: oqsil miqdori 14,0
foiz, kleykovinasi - 31,0-34,0 foiz. Makaronning pishish sifati va umumiy
bahosi yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |