IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa) 41-54-slaydlar
Yangi mavzu quyidagi o’yinlar orqali mustahkamlanadi.(Slaydlarda ko’rsatilib boriladi)
Onlayn test 2 daqiqa. Bunda guruhlar noutbukda onlayn test bajaradilar.
“Kaster” ( 2 daqida) 42-43-slayd
“Ortiqchasini top” bunda o’quvchilar mavzuga mos bo’lmagan atamani belgilaydilar (2 daqiqa) 44-49- slaydlar
Raqamlarda o’rganamiz o’yini(2 daqiqa) 50-51-slayd
Geografik she’riy topishmoqlar” ( 2 daqida)
Bor Oq va Ko’k irmog’i,
Misr uning mahsuli.
Bir marta toshar har yil,
Bu daryoning nomi …….
Nil daryosi bo’yida,
Sath o’lchovchi asbob bor,
Hozirda ham u mavjud.
Qizig’i ishga tayyor.
Ming yil oldin asbobni,
Qurgan Vatandoshimiz.
Nomini eslab boqiy,
Deymiz bu _____________
5.Amaliy ish: bunda atlas yoki darslikning 151 -betida keltirilgan atlasdan foydalanib Nil, Kongo, Zambezi daryolarining uzunligini o’lchaymiz.(5 daqiqa)
V. O`quvchilarni baholash va xulosalash (3 daqiqa)
Guruhlar to`plagan “Oltin globus”lar uchun 5 ball, “Kumush globus”lar uchun 4 ball, “Bronza globus”lar uchun 3 ball hisobida rag`bat jamlanmalari hisoblanadi va g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar ham alohida baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish (1 daqiqa) 55-slayd
Mavzu haqida to`liq ma`lumot to`plab kelish. Tabiiy xarita bilan ishlash mahoratini oshirish maqsadida Afrika ichki suvlar xaritasini chizish.
Vaqt qolganda 56-61 slaydlardan qo’shimcha foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR va internet resurslar :
1. A.Soatov, A.Abulqosimov, M.Mirakmalov. Geografiya 6-sinf darsligi
2. Ergasheva M, Zaripova X “Geografiya darslarida she’riy topishmoqlar va sinfdan tashqari tadbirlar” o’quv uslubiy qo’llanmasi
3. Eduportal.uz
4. Daryo.uz 5. Geogrfaiya.uz
6. Uzedu.uz. Pedagoglarga 7. Ziyonet.uz. Kutubxona
Do'stlaringiz bilan baham: |