Рахмонова Шахриноз Рашидовна Аннота ц ия. В этой статье мы рассмотрим решение


Download 139.38 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1329019
TuriРешение
  1   2
Bog'liq
maqola


Konyuktiv va dizyunktiv normal shakllar haqida tushunchalar.
Do’stova Shahlo Baxtiyorovna,
Buxoro davlat universiteti “Matematik analiz” kafedrasi o’qituvchisi.
Rahmonova Shahrinoz Rashidovna
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti I bosqich talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada konyuktiv va dizyunktiv normal shakllardan foydalanib misollar yechish haqida fikr yuritamiz. Bu maqolada ko’rsatilgan masalalarni yechish usullari diskret matematika va matematik mantiq fanlarini o’qitishda amaliy yordam beradi va o’quvchilar hamda talabalarning bunday masalalarni yechishga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi.
Kalit so’zlar:
Konyuksiya, dizyunksiya,inkor, implikatsiya, ekvivalensiya, mulohaza, normal shakllar, rost, yolg’on, yoki, va, mukammal normal shakllar.


Понятия конъюнктивной и дизъюнктивной нормальных форм.
Дустова Шахло Бахтиёровна,
Преподаватель кафедры “Mатематического анализа” Бухарского государственного университета.
Рахмонова Шахриноз Рашидовна
Аннотация. В этой статье мы рассмотрим решение примеров с использованием конъюнктивных и вычитательных нормальных форм. Представленные в статье методы решения задач оказывают практическую помощь в обучении дискретной математике и математической логике и повышают интерес школьников и студентов к решению подобных задач.
Ключевые слова:
Конъюнкция, дизъюнкция, отрицание, импликация, эквивалентность, рассуждение, нормальные формы, истинные, ложные или совершенные нормальные формы.


Demak biz bugungi tayyorlagan ishimizda diskret matemtika fanida o’tiladigan mulohazalar algebrasi, dizyunksiya, konyuksiya amallari haqida tanishib chiqamiz. Bu bo’limda o’tiladiganlar mantiq matematikasida eng katta ahamiyatga ega bo’lgan mavzulardan bo’lib hisoblanadi.
Aksariyat insonlar kundalik turmush tarzlarida, o’zaro muloqot jarayonida juda ko’p mulohozalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha qilib aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida ma’lumot beruvchi darak gap.
Avvalo mulohazalar bir biri bilan 5 xil amal orqali ifodalanib kelishi mumkin.
Bular:

amallari.

Mulohazalar sodda va murakkab boʻlishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bogʻlanmagan hamda faqat bir holatni ifo­dalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “va”, “yoki” kabi bogʻlovchilar, “emas” shaklidagi koʻmakchilar yordamida tuziladi.
Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, A= “Bugun havo issiq”) qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: “rost” yoki “yolgʻon” mantiqiy qiymatga ega boʻlishi mumkin. Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami bilan, “yolgʻon” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz.
A va B sodda mulohazalar bir paytda rost boʻlgandagina rost boʻladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy koʻpaytirish amali deb ataladi.
Bu amalni konyunksiya (lotincha: conjunctio– bog’layman) deb ham atashadi. Mantiqiy koʻpaytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “va” bogʻlovchisi bilan bogʻlaydi hamda “A va B” , “A and B” , “A Λ B” , “A · B” kabi koʻrinishda yoziladi. Mantiqiy koʻpaytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi:


Download 139.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling