Darsning turi: Noan`anaviy.
Darsda foydalaniladigan metodlar: noan’anaviy, zamonaviy, interfaol, ana’naviy.
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
texnik ta’minot (kompyuter va multimediali vositalar);
dasturiy ta’minot (kompyuter dasturlari (masalan, grafiklar chizish; shakllar yasash; standart masala va mashqlarni yechish);
didaktik materiallar: amaliy mashqlar; variantlari; tarqatma materiallar.
ko’rgazmali vositalar: plakatlar; jadvallar; prezentatsiyalar.
Darsning o‘quv vositalari: o’quv dasturi; taqvim-mavzu reja; darslik; uslubiy qo‘llanma; dars ishlanmasi (konspekt).
Darsda qo‘llaniladigan usul:aqliy hujum, guruhlar bilan ishlash.
Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) sinf xonasini darsga tayyorligini tekshirish.
b) salomlashish, o‘quvchilardavomatni aniqlash;
c) o‘quvchilarni darsga tayyorligini uy vazifalarini ko‘rib chiqish.
O‘quvchilar yordamida, o‘z xohishlari bilan guruhlarni nomlab olamiz.
I-guruh. Al-Xorazmiy.
II-guruh. Mirzo Ulug`bek.
III-guruh. Ibn Sino.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savol-javob ( 5 daqiqa).
O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig‘lari chiqib tanlab oladilar.
O’tilganlarni takrorlash hozirlik (5 daqiqa)
– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
Yangi mavzu bayoni:
O‘qituvchining kichik ma’ruzasi (15 minut)
Sinf o’quvchilari diqqatini to’plash maqsadida quyidagi she’riy usulda savollar beraman:
Qovurdoq
Qovurdoq qilinsa go’sht
Qirq foizga kamayar
Bilmaganlar oshpazdan
O’rinsiz gumon qilar.
Ikki kilo go’sht solsak
Olov yoqib tovaga
To pishguncha qanchasi
Uchib ketar havoga(800gr)
O`quvchilar savollarga javob topgunga qadar uyga berilgan vazifani tekshirib chiqiladi va guruh o`quvchilari baholanadi. Yangi mavzuni boshlashdan oldin kompyuterda keltirilgan savollar o‘quvchilarga ko‘rsatilib, ularni ta’riflari so‘raladi. Shundan so‘ng tushunchalar beriladi. Slayd orqali tasvirni katta ekranga chiqarib, o‘quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi. Kundalik faoliyatda turli model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olishi va foydalanishi, ya’ni matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan habardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakillantirish maqsadida kompyuterdagi rasmlardan va formulalardan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |