Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи
Guli sevgi-sadoqat ramzi
Download 247.9 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida
1.2. Guli sevgi-sadoqat ramzi
„Ota men tuya emasmanki, ikki joyimdan bo‘g‘izlansam“,- Bu gaplardan ko‘rinadiki, Guli chindan ham sevgiga sodiq, yariga vafodar. Guli sevgi-sadoqat ramzi. Bu haqda rivoyatlar ham bor. „...Bir kuni ertalab ishga borayotib, u tomda kir yoyayotgan go‘zal qizni ko‘rib qoladi. Miralining yuragida ishq tug‘yon uradi. U beixtiyor qizning hovlisiga kiradi va dardini qizning otasiga aytadi. Qizning otasi ixtiyorni qizning o‘ziga soladi. Qiz g‘oyatda aqlli edi. U otasiga: 12
– Ota, agar vazir meni cho‘rilikka so‘rasa ham rozi bo‘lar edim,-deb javob beradi.
Shu kecha Mirali tunni saroyda o‘tkazadi. Ittifoqo, ertalab saroyda ovga chiqish e’lon qilinadi. Ovga boraturib, bexosdan sulton ham qizni ko‘rib qoladi. Ovdan qaytgach, oshiqi beqaror bo‘lgan sulton qozi kalonini chaqirib, uni Gulining uyiga (kizning nomi shunday edi) sovchilikka yuboradi. Qizning otasi domullo Solih yana qizning o‘ziga maslahat soladi. Qiz:
– Ota men tuya emasmanki, ikki joyimdan bo‘g‘izlansam, -deb javob beradi.
Podshoh ikkinchi marta Miralini sovchilikka yuboradi. Bu gal qiz otasiga: –Men vazirga kanizak bo‘lishga va’da berganman. Shu tufayli podshohning so‘zini qabul qilolmayman,-deydi. Biroq Mirali: – Podshohning menga marhamati tufayli, o‘zimning muhabbatimdan voz kechdim, deb qizning podshoh nikohiga roziligini oladi. Qiz qon yig‘laydi... Mirali shartga ko‘ra (u qiz podshoh nikohiga rozi bo‘lsa, uning har qanday talabini bajarishga so‘z bergan edi) naslni o‘ldiruvchi dori ichadi, qiz esa zahar... Mirali qizning ikkinchi marta shartni bajarib, qizning haramdagi uyiga kiradi. Uning men o‘lgach, tobutimni ko‘tar, duoda yod qil, degan vasiyatlarini eshitadi. Podshoh ovdan tez qaytib keladi. Kanizlar Miralini tozi itlarga ovqat pishiriladigan qozonga yashiradilar. Podshoh uni ko‘rib qoladi. Mirali darvishlar jandasida hajga jo‘naydi. Gulni yomon holatga ko‘rgan podshoh vazirini – Miralini so‘raydi. Uning Makkaga jo‘naganini eshitib, unga Bodpoy orqali xat yo‘llaydi. Guli vafot etadi.Uning qabri ustida ikki oshiq – raqib yarashadilar“. Mazkur afsonaga xamoxangrok bolgan bir xikoyat prof. e. Bertelsning „Navoiy“ nomli risolasida xam keltiriladi .Shoh Husayn Boyqaro o‘z vaziri Navoiy bilan ovga otlanishadi. Ne tasodifki, Navoiy yo‘lda Guli degan bir sohibjamol qizni ko‘rib sevib qoladi. Husayn Boyqaro o‘z do‘stining bu ishqiy
13
sarguzashtidan voqif bo‘lib, u qizni haramga olib keltirishni shaxsan Navoiyga topshiradi. Ham do‘sti, ham shoh Husaynning farmonini bajarish uchun Navoiy Gulining uyiga o‘zi sovchilikka boradi. Navoiyni sovchi sifatida kutib olgan Guli ikki piyolaga sharob qo‘yib, birini shoirga uzatadi, ikkinchisini o‘zi oladi. Bir oz muddat o‘tgach (35 kun) shoh haramidagi Guli Navoiyni o‘z huzuriga chaqiradi va zahar ichganligini, o‘limiga esa besh kun qolganligini aytadi. Guli haqiqatga tik boqib, bu foniy dunyoda bir umr vafodor bo‘lib qolishini aytadi va shoirdan ham ana shunday vafodorlik kutishini aytadi. Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy ichgan ikkinchi piyoladagi sharob erlik xususiyatini emiruvchi yoxud unga zahmat etkazuvchi ichimlik ekan. Biroq har qanday mubolag‘a, afsona zaminida ham real haqiqatning qoldiqlari mavjud ekanligini, qatrada olam aks etishi mumkin ekanligini mutloq yoddan chiqarmasligimiz kerak. Ikkinchidan, Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi dil izhorlarida ham o‘sha unut bo‘layozgan tarixning g‘ira-shira bo‘lsa-da, nur sochib turgan shu’lalari o‘zicha qimmat kasb etgandek tuyuladi. „Alisherbekning mizoji nozuk bila mashhurdur. El nazokatini davlatning huzuridan tasavvur qilur erdilar. Andoq emas ekandur, bu sifat ancha jibbiliy (tug‘ma) ekandur. Samarqandda ekanda ham ushmundoq nozuk mizoj ekandur“. Shubhasiz, biz „Boburnoma“ muallifining kuzatishlari bilan yuqorida keltirilgan rivoyat o‘rtasida qat’iy tarixiy bog‘lanish mavjud, degan fikrni ilgari surmokchi emasmiz. Lekin bunday bog‘lanish ehtimoldan ham xoli emas. Chunki har qanday ehtimollik asosida, oz bo‘lsa-da, qonuniy bog‘lanish mavjuddir. Agar sulton Husayn obrazi bilan aloqadorlik e’tibordan soqit qilinsa, hiqoyatdagi Mir obrazining Alisher Navoiy shaxsiyati bilan hech qanday yaqinligi qolmaydi. Chunki tarixiy fakt nuqtai nazaridan munosabatda bo‘ladigani bo‘lsak, hikoyatdagi Mir ismli yigitning biron bir xislati Alisher Navoiy shaxsiga aloqador emasdek tuyuladi.
14
Alisher Navoiyning sulton Husayn saroyiga kelishining mohiyat nuqtai nazaridan tarixiylik pritsipidan tashqariga chiqishga yo‘l bermaydi. Mir, ya’ni Alisher tadbirkor va sulton Husaynga sodiq (chunki u shohga yaxshilikni ravo ko‘radi, qo‘y tarqatish uning uzoq umr ko‘rishini istaydi) inson sifatida gavdalanadi, bu tadbir orqali uning asosiy maqsadi muayyan lavozimni egallashi, u orqali boylik orttirish ham emas. Ana shu asosiy chiziq Guliga bo‘lgan munosabatda ham, sovchilik vositasida ham yetakchi bo‘lib qoladi. Mir hamma narsadan voz kechishi, hatto ko‘ngil qo‘ygan qizi Gulidan o‘zini yiroq tutishi mumkin. Buning muayyan mantiqiy-psixologik asoslari mavjud. Aks holda uning qo‘ylarni tarqatib, „Birodarlar, men qo‘ylarni haqini sulton Husayn o‘lgan kuni olaman“, degani ham, vazir bo‘lib tayinlanishi ham o‘ta ustalik bila amalga oshirilgan qalloblikning natijasi bo‘lib qolar edi. Qissada Alisher Navoiyning shaxsiyati, uning Husayn Boyqaro bilan munosabati, saroyga kelgach, vazir etib tayinlanishi va nihoyat, uning sevgilisi Guli to‘g‘risidagi ma’lumotlar buyuk shoir haqidagi tarixiy haqiqatga aynan mos tushmasa-da, lekin mohiyat e’tibori bilan unga hamohangdir. Mohiyat hamohangligi Miralining ta’kidlangan uch tayanch nuqtadagi xatti-harakatidan kelib chiqadi. Qolaversa, bu uch nuqta Miralini tarixiy shaxs Navoiyga nisbatan berish uchungina xizmat qilib qolmay, shu bilan birga qissadagi Sulton Husayn, Guli obrazlarini bir-biriga bog‘laydi., asarning kompazitsion yaxlitligini ta’min etadi. Mazkur kissa dastlab o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, bizgacha etib kelgan nusxasi asarining noma’lum adabiyot ixlosmandi tomonidan fors tilida yozib qoldirilgan qisqacha mazmuniga o‘xshaydi. Agar shunday bo‘lmaganda, forschadan ruschaga ag‘darilgan tarjimaning oxirida: „Tez orada Guli vafot etdi va uning qabri ustida ikki oshiq – raqib yarashdilar“,– jumlasi keltirilmagan bo‘lardi. Chunki qissaning avvalgi qismida Mirali bilan sulton Husayn oralarida Guli tufayli sodir bo‘lgan raqiblik, uning sabablari haqida hatto ishora ham yo‘q. Ehtimol, bunday munosabat haqida qissaning o‘zbekcha, to‘liq matnida muayyan bir ishora yoxud epizod berilgandir. Ikkinchidan, forscha matnining ruscha tarjimasida: 15
„Oradan birmuncha muddat o‘tdi va yigit sulton saroyida nazokatli so‘zlashni o‘rgandi, unda shoirona ta’b kamol topdi“, deyilgani holda, Miralining shoirlik qobiliyatini namoiy etuvchi biror-bir dalil keltirilmaydi. Ana shu ikki epizodning sababi va oqibat tarzida puxta ishlanmaganining o‘zi ham mazkur qissa o‘ziga nisbatan kattaroq bo‘lgan o‘zbekcha asarning forschaga qisqartirilib o‘girilganidan dalolat beradi. Bu o‘rinda yana shuni ham unutmaslik kerakki, xalq og‘zaki ijodiyotining aksariyat namunalarida qahramonlarning bir-biriga munosabatlarini belgilovchi asosiy, hal qiluvchi momentlar, holatlar aniq, o‘rni bilan bir oz bo‘rttirilgan holda yoritiladi. Aks holda ularning munosabatlaridagi ayricha, o‘ziga xos yo‘l tutishlarning mohiyati ochilmay, tinlovchi uchun mavhum bo‘lib qoldi. Agar shu o‘rinda og‘zaki ijod namunalarini badiiy o‘zlashtirish asosan tinglash jarayonida amalga oshirilgani e’tibordan soqit qilinmasa, yuqoridagi qissaning qisqartirilganligi borasidagi biz bildirgan mulohazalarning haqiqatga yaqinligi yana ham oydinlashadi. Ikkinchidan, qissaning hozirgi variantida Mirali o‘ta jur’atsiz, sevgi- muhabbat bobida e’tiqodi sust kimsa sifatida taasurot qoldiradi. Aks xolda uning sovchilikka borishini, Gulining sulton Husayn nikohiga o‘tishini, bunga rozilik berishi uchun undashini, hatto bu ishga qizning otasi domla Solihni ham: „Har narsa xudoning xohishi bilan bo‘ladi, bandasi chorasiz“,–deya tashviq qilishini faqat shoh bilan bo‘lgan do‘stlik munosabatlari orqaligina isbotlab bo‘lmaydi. Miralining shunday yo‘l tutishiga, o‘z muhabbatidan voz kechishiga sabab bo‘lgan o‘sha nuqta yoki epizod, ya’ni shoh bilan oralarida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv berilganida edi, uning „Podshohning menga ko‘rsatgan marhamati evaziga men o‘z muhabbatimdan voz kechdim“, degan e’tirofi yana ham tiniq tortib, undagi do‘stlik, sadoqat kabi xislatlarni bo‘rttirar, ularni asarning yetakchi motiviga aylantirar edi. „Xalq ijodida, bir tomondan Navoiy bilan Husayn Boyqaro o‘rtasidagi ziddiyatlarni ma’lum darajada tarixiy haqiqatga muvofiq ravishda aks ettirilsa, 16
ikkinchi tomondan bu ixtilof aspektida umuman feodal jamiyatdagi progressiv kishilar bilan reaktsion kishilar o‘rtasidagi ziddiyatlar tasvirlanadi“. 1 Ko‘rinib turibdiki, qissada Alisher Navoiyga nisbatan beriluvchi eng asosiysi jihat – shoirlik ham chetlab o‘tilgan. Ikkinchidan, Miralining chorvador boyvachcha yigit deb talqin etilishi bizning tasavvurimizni tarixiy haqiqatdan yana uzoqlashtiradi. Va qolaversa, qissada Miralining Guliga hamda o‘z taqdiriga befarqligi, muhabbatdagi jur’atsizligi bu qahramonni real tarixiy shaxs – Alisher Navoiydan yana ham uzoqlashtirib, begonalashtirib yuboradi. Biroq bular masalaning bir tomoni, xolos. Bizningcha, asosiy gap xalq og‘zaki ijodida mazkur qissaning yaratilishi sabablari, uning yuzaga kelish ildizlaridadir. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlaridagi o‘ziga xos past- balandliklarni, ziddiyatlarni yoritishda mashhur yozuvchi va olim Berdi Kerboboevning „Mirali“ to‘plamiga kiritilgan „So‘ldi gul, netmak kerak?“ hikoyasi ham
xarakterlidir. Hikoyada Navoiy va
Husayn Boyqaro
munosabatlarining tarixiy haqiqatga nechog‘lik yaqin yoki undan yiroq talqin etilganligini aniqroq tasavvur qilish uchun biz uning o‘zbekcha tekstini M. Sharipovning „Navoiy va adabiy aloqalar“ 1 kitobidan to‘liq keltiramiz. „Sulton Suyunning (Husayn Boyqaroning) bir qora oti va Gul degan bir xotini bor ekan. Xon ularni butun dunyoga tenglashtirarkan. Sulton ularning o‘limini hatto tasavvur ham qila olmas ekan. Bir kuni u vazirlarini chaqirtiribdi: – Kimda-kim qora otim bilan Gulimning o‘lim xabarini keltirsa, uning hayoti xavf ostida qolg‘usidir,–debdi. Jon bor yerda o‘lim bor. Kunlardan bir kun qora arg‘umoqning bo‘g‘ziga nimadir tiqilib, o‘lib qolibdi. Vazirlari bu xabarni qanday yo‘l bilan sulton Suyunga etkazishlarini bilmay, bir ilojini qilar, deb Mir Alisherga sulton Suyunning oldiga kelib, boshini quyi solib, g‘amgin suratda turaveribdi. Sulton Suyun undan:
1 N.M.Mallayev. O`zbek adabiyoti tarixi. 1 kitob, Toshkent, 1976 y., 351-bet. 1 M. Sharipovning Navoiy va adabiy aloqalar. Toshkent, O`zadabiynashr,1968, 100 – 102-betlar 17
– Qani, Alisher, bu qanaqangi turish! Sening bunday ahvolga tushganingni hech ko‘rmagan edim. Sababi nima ekan?– deb so‘rabdi. Alisher boshini ko‘tarib, she’r bilan javob beribdi: Qora otingiz yotipti, Qorniga qoziq botipti. Oyoqlarni otipti, Quloqlari qotipti... Shunda sulton Suyun uning so‘zini kesib: –Ha, o‘ldi deb qo‘yaqolsang bo‘lmaydimi! Alisher javob berdi: – Sultonim, „o‘ldi“ xabarini o‘zlaridan eshitib turibmiz. – Sulton Suyun bir oz boshini quyi solib o‘tiribdi-da: – Shu bilan, sening joning xavf ostida, demoqchimisan?-debdi. – Yo‘q, sultonim, o‘z jonimni o‘limga tutib berishni istamadim, deb javob beribdi Alisher. – Zarari yo‘q, qora ot o‘lgan bo‘lsa, bo‘z ot bor-ku!-debdi podshoh. Ayagan ko‘zga cho‘p tushar deganlaridek, sulton Suyunning eng yaxshi ko‘rgan xotini Gul ham qazo qilibdi. Vazirlar bu xabarni ham sulton Suyunga ayta olmasdan, yana Alisherga yaqinlashibdi. Navoiy sulton Suyunning oldiga borib, bosh egib: – Agar sultonim ijozat bersalar, shoiringiz bir misra she’r bilan murojaat qilmoqchi,-deydi. – Ruxsat –debdi sulton Suyun. Sarv og‘ochning soyasida so‘lsa gul netmak kerak? Sulton Suyun ham unga she’r bilan: Sarvdan tobut yasab, guldin kafan etmak kerak,-deb javob beribdi-da, yuragining qattiq urishidan qisqa-qisqa nafas olib debdi: – Oh, Gul o‘ldi, desang bo‘lmaydimi, axir! – Gul o‘ldi deb, aytay desam, o‘z o‘limim ko‘z oldimga keldi, shohim,- debdi Mir Alisher...“ 18
Hikoyada sulton Suyunning faqat shohgina emas, shu bilan birga iqtidorli shoir ham ekanini ko‘rsatish uchun uning suyukli xotini Guli vafoti munosabati bilan yozilgan she’ri ham berilgan. Bu to‘rt banddan iborat bo‘lgan muxammas bevosita Mir Alisher va sulton Suyun (Husayn Boyqaro) munosabatlariga yangiroq bir talqin ruxini baxsh etmagani uchun biz mazkur she’riy parchani tushirib qoldirdik. Qardosh xalqlar, jumladan, turkman xalq og‘zaki ijodida Navoiy obrazining talqini o‘ziga xos, shu xalqning tarixi, madaniyati bilan hamohang ravishda yuzaga kelgan. Turkman xalqi ijodiyotida ham biz yana o‘sha shoir tarjimai holga oid tarixiy dallillarining o‘zgartirilishi hodisasiga duch kelamiz. Mazkur hikoyada Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlaridagi muayyan tarixiy aniqlikkina emas, hatto Mir Alisherning shoh saroyida tutgan mavqie – vazirligi ham „o‘zgarishga“ uchraydi. Navoiy obrazi esa xalq baxshisi sifatida talqin etiladi. Turkman xalq ijodiyotida Navoiy obrazining baxshi sifatida talqin etilishi, bizningcha, eng avval turkmanlardagi baxshilik an’anasining ta’siri natijasida, ikkinchidan, shoirni yana ham xalqqa yaqinlashtirish maqsadida amalga oshirilganga o‘xshaydi. Bunday yo‘l tutish hikoyalarga Navoiyga aloqador bo‘lmagan she’riy satrlarni kiritish orqali uning shoirligini tinglovchi tasavvuriga etkaza olish imkonini bergan. Diqqat bilan e’tibor qilinsa, mazkur hikoya Mir Alisherning ham donoligi, ham ulkan so‘z sehrgari ekanligini o‘quvchi qalbi-yu shuuriga etkazish uchun yaratilganligi yaqqol anglashiladi. Hikoyada yetakchi motiv shoirning mutafakkir va so‘z sehrgari ekanini yoritishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, uning zaminida Mir Alisherning ana shu fazilatlari shoh vazirlariga, ularning kaltafahmligiga zid qilib qo‘yiladi. Natijada, Alisher Navoiy faqat Husayn Boyqaroga qarama-qarshi qo‘yilib, u orqali shoir va shoh o‘rtasidagi munosabatlar ziddiyatliligi emas, umuman feodal munosabatlarga bo‘lgan nafrat ifodalanadi. Sulton Suyun vazirlari hal qila olmaydigan vazifaning ma’lum ma’noda muammolikka xos xususiyat kasb etishi, avvalo sultonga beriladigan javobning metaforik-majoziy xarakterga ega ekanligidadir.
19
Gap shu mavzu ustida, ya’ni Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro va Guli obrazlari yaratilgan asarlar haqida borar ekan, xuddi shu mavzuda usmonli turk xalqi orasida oyon bo‘lgan bir asarni ham nazardan qoldirib bo‘lmaydi. Ko‘zda tutilayotgan asar «Gul ila Alisher hikoyasi» sarlavhali doston bo‘lib, uning qisqartirilgan varianti professor I.O. Sultonovning sa’y- harakati tufayli „Sharq yulduzi“ jurnalining 1985- yil 12-sonida bosilib chiqdi. Bu doston 1941- yilda oshiqbaxshi Mudomiy xotirasi asosida yozib olinib, Turkiyada chop etilgan. Alisher Navoiyning shoir, olim, yirik davlat arbobi sifatida hali hayotligi davridayoq sharqning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan, Turkiyada mashhur bo‘lganligi haqida qator tarixiy hujjatlar mavjuddir. Eslatganimiz doston o‘z g‘oyaviy mundarijasi hamda voqealar rivojiga, ishtirok etgan qahramonlarning o‘zaro munosabatlariga ko‘ra boshqa bir qissada juda yaqin turadi. Shuning uchun ham uni Alisher Navoiy haqida Sharqda keng tarqalgan mazkur qissaning qayta, puxtaroq ishlangan poetik interpretatsiyasi deyish ham mumkin. An’anaviy sujetni qayta ishlash jarayonida, ayniqsa, Alisher Navoiy obrazi talqinida muayyan o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Ko‘rinib turibdiki, o‘z ismini aytib tanishtiribgina qolmay, ko‘nglida kechayotgan talotumlardan ham Alisherni ogoh etmoqda. U shunchaki Gul (Guli) deb o‘z ismini aytib, o‘zini tanishtirayotgani yo‘q. Agar biz mazkur satrlarni faqat Alisher bilan Gulining tanishuvi shunday kechadi, degan yo‘sinda sharhlasak, unda poetik kontekstning mazmunini o‘ta biryoqlama, sayoz anglagan bo‘lamiz. Qolaversa, voqealarning keyingi oqimida albatta sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan dramatik to‘qnashuvlarning mohiyatini, Alisher bilan Guli sevgisidagi pinhoniy darding yuzaga kelish sabablarini g‘ofillarcha anglab etmagan bo‘lamiz. Asarda Alisherning ham inson, ham shoir sifatida o‘ta nozikta’bligiga alohida e’tibor berilgan. „Nolakor bulbulim, gula kelmisham“ satrining zaminidagi majoziy-psixologik holat „Kunim yilga tengdir, soatim oya“ misradagi qahramon ruhiyatini, uning qalbida kechayotgan talotumlarning mohiyatini yana ham teranlashtiradi. U o‘ta nozikta’b shoirgina emas, o‘z dardini dil iztirobini har qanday holatda ham ochavermaydigan, mabodo shu dardni tan olish muqarrar 20
bo‘lib qolganda esa, „nolakor bulbul“ga aylanib u haqda faqat kuylay oladigan oshiq sifatida gavdalanadi. Shu o‘rinlardagi Alisherning holati buyuk shoir g‘azallarining birida ifoda etilgan „ahli dard“ni yodga soladi. Mazkur satrlarning mohiyati xalq dostonidagi „nolakor bulbul“ning holatu xususiyatiga o‘ta hamohangdir. Biz bu o‘rinda dostonni yaratgan baxshi buyuk Alisher Navoiyning aynan shu satrlaridan foydalangan, degan mulohazani bildirishdan yiroqmiz. Biroq „nolakor bulbul“ning xos xususiyatlarini ochishda umuman Navoiy lirikasining mutloq ta’sirini ko‘rmaymiz, deyish ham xalq ijodiyotining tabiatini, ijod jarayonining xarakterini bir yoqlama talqin etish bo‘lur edi. Qolaversa, gul va bulbul motivning Sharq she’riyatida uzoq asrlik va teran an’anaga ega ekanligini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Dostoning Alisher va shoh munosabatiga bag‘ishlangan ana shu epizodi tarixiy haqiqatga oz bo‘lsa-da, mosroqdir. Ma’lumki, Alisher Navoiy umrining oxirlarida saroydagi nizolar, ijtimoiy-siyosiy voqealar ta’sirida ruhan charchab, bir necha bor haj safariga otlangan. Husayn Boyqaro esa mamlakat osoyishtaligi uchun safar niyatidan qaytishni undan iltimos qilgan. Xarakterli tomoni shundaki, yuqorida eslatilgan qissada mazkur epizod mutlaqo yo‘q. Qolgan aksariyat epizodlar va hatto qahramonlarning ismlarigacha qissadagi aniqlik saqlangan holda, Alisher Navoiy hayotiga oid mazkur tarixiy faktning poetik ishora tarzida bo‘lsa-da, dostonga kiritilishning muayyan sabablari bor. Dostonning intihosida Husaynning „Dorilfig‘on“ (fig‘on-nola uyi) nomli chillaxonga qurdirib, darvishona hayot kechirishi tasvirlanadi. Alisher va shoh o‘rtasidagi munosabat quyidagicha yakunlanadi. Alisher: Alo, ey shohi Samarqand, qandni zahr etmak kerak, Chunki bu foniy jahondir, har gelan getmak gerak: Hamma narsa holiqiydir, yakka shu dunyo qolur, Sarvi gulning soyasida so‘ldi gul, netmak kerak. Husayn: O‘lajak o‘lur na chora, naylamak, netmak kerak, 21
Sarvdan tobut yasab, guldin kafan etmak kerak. Chun anosir xokka marbut, oxiri ham xok o‘lur, Tez yuving ham ko‘taring, tez manzila etmak kerak. Dostonda Navoiy obrazining talqini optimistik tugallanmaga egadir. Guli vafot etgach, Alisher darvishlik hassasini tutmaydi. U Gulining qabrini ziyorat qilib turadi. Bu uning uchun haj ziyorati vazifasini o‘taydi. Har tong chog‘i esa otashnafas bulbuldek diltortar she’rlar yozadi. O‘zbek va turkman xalq og‘zaki ijodiyotida Alisher Navoiyning shaxsiy hayotidagi „oq dog‘“larni to‘ldirish maqsadida yaratilgan, biz yuqorida tahlil qilgan hikoya-qissalardan tashqari ham talay asarlar mavjuddir. Filologiya fanlari doktori M.Murodov nashrga tayyorlagan„Allomalar ibrati“ nomli kitobda mazkur mavzudagi asarlarning bir nechasini uchratdik. Bu asarlarning diqqatga molik tomoni shundaki, ularda Navoiy va uning shaxsiy hayotiga oid tomonlarni to‘ldirish faqat shoirning „g‘alati yolg‘izlikda“ kechgan umrining talqinidangina iborat bo‘lib qolmaydi, shoir obrazining yangi-yangi qirralarini yorituvchi voqealar tilga olinadi. „Turkman xalq og‘zaki ijodiyotida Navoiyning ilg‘or fikrli shaxs sifatidagi o‘lmas-tunanmas obrazi benuqson yaratilgandir. Navoiy yashagan davrdan besh yuz yil o‘tganiga qaramay, bu ulkan obraz adolat timsoli sifatida xaligacha xalqimizning ongida yashab kelmoqda, bundan keyin ham yashay beradi“ 1
arbobi sifatidagi ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar XV asr oxirlaridayoq Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlari xalqlari orasida keng tarqalgan va bu o‘z navbatida Navoiyning davlat arbobi, daho shoirligi borasidagi talqinining og‘zaki ijodiyotida ma’lum darajada „benuqson yaratilishi“ga zamin bo‘lgan. Mirali sulton Suyunni biror marotaba ham uyiga taklif etmagan ekan. Kunlardan bir kun vaziyat taqozosi bilan podshoh vazirni shunday taklifni aytishga majbur qiladi. Sulton Suyun Miralining uyiga borib, o‘z bosh vaziri va uning
1 Berdi Kerboboev. Tanlangan asarlar. VI tomlik, V tom, Turkmaniston Davlat nashr., Ashxabod, 1959 y., 290-bet. (asar turkman tilida). 22
xotinini benihoyatda kambag‘al hamda nochor ahvolda yashayotganliklarini ko‘radi. Bu ahvoldan hayratga tushib, vazirdan „Mendan oyiga yuz tillo olayotgan maoshingni nima qilyapsan?“-deb so‘raydi. Mirali, mabodo buning sababini bilmoqchi bo‘lsang, mening orqamdan yur, deydi-da, sulton Suyunni ergashtirib, shahar chekkasidagi g‘aribu qashshoqlar yashayotgan bir manzilga boshlab boradi. Shundan avvalroq shoh Miralining taklifiga ko‘ra bosh vazirlik, uning o‘zi esa shohlik libosin kiyib olishgan ekan. Manzilga etib kelishgach, mayib-majruh qashshoqlar sulton Suyunni Mirali deb o‘ylab, unga yopishib oladilar. Shoh bosh vaziri Miralining har oylik moyanasi kimlarga xarj bo‘layotganini fahmlab, bu majruh odamlar uchun imorat soldirib berishga va’da qilgan ekan“ 1
namunasi „Mendan ham yuz tilla“ hikoyalari orasida muayyan mavzu mushtarakligi mavjuddir. „Mirali“to‘plamiga yozilgan kirish so‘zida ta’kidlanganidek, „Mirali haqidagi hikoya-qissalar zimmasiga chuqur xalqchil g‘oyalarni targ‘ib etish vazifasi yuklangan bo‘lib, bu hikoyalar xalqning ruhiy tarbiyasi, uning zaminini yoritishga, ibratomuz fikrlar o‘rganishga da’vat etilgandir“. Hikoya bayoniga ko‘ra, Mirali keksayib qolgach, sulton Suyunning vazirlari undan tezroq qutulish payiga tushadilar. Uni sayohat bahonasi bilan bepoyon cho‘lga olib chiqib, quduqqa tashlab ketadilar. Sulton Suyun bundan bexabar, Mirali mendan arazlab ketib qoldi, deb g‘amga botadi va quyidagi misrani bitadi. G‘am bilan, qayg‘u bilan so‘ldi bahorning gullari. Ittifoqo, shaharga kelgan cho‘pon bu misrani eshitib yodga oladi va suruvini haydagan ko‘yi shu satrni xirgoyi qilib yuradi. Bir kuni unin qulog‘iga: „Do‘stini chohga solibdur, sayramas bulbullari“, – degan misra eshitiladi. Cho‘lpon buni ham yodga oladi. U ikkinchi gal shaharga tushganda shohning satriga cho‘lda eshitgan misra bilan javob qiladi. Sulton Suyun cho‘pondan she’rni qachon, qayerda yodlaganini so‘raydi. Uni qiynab yurgan
1 Bayon B.Kerboboyev “Tanlangan asarlar”ining IV tomida keltirilgan tekst asosida berilyapti. (IV tom, 341-343 betlar) 23
muammo ravshanlashadi. Podshoh vazirlarini chorlab, bir so‘z topinglar, men undan ham shod bo‘layin, ham qiynalayin, deydi. Vazirlar noiloj Miralining yoniga borishga majbur bo‘ladilar. Qaytib kelgach, shohga „Bu ham o‘tib ketar“ degan javob qiladilar. Podshoh g‘azabga to‘lib: „Haromilar, bu so‘z o‘limga mahkum odamning so‘zi. Uni qayerdan o‘rgandingiz?“ – deya o‘shqiradi. Vazirlar o‘z qilmishlarini tan olishadi. Podshoh Miralini vazirlarga ko‘tartirib saroyga keltirtirib, unga bulardan o‘ch ol, deb buyuradi.„ Mirali, odam o‘chini o‘z tengidan olsa bo‘ladi. Oyoqqa kirgan tikan uchun qo‘lni qon qilish shart emas“,-deb o‘ch olishdan voz kechadi. Shunga o‘xshash holni turkman xalq ijodiyotidan keltirilgan hiqoyalarda uchratmasligimizning sababi, turkman hikoyalari bevosita og‘zaki ijod an’analarining davomi sifatida vujudga kelgan. Shuning uchun ham ularda afsonaviy, fantastik ertaklarga xos xususiyatlar teng huquqli badiiy kompanent sifatida aralashib keladi. O‘zbek xalq ijodiyotida yaratilgan hikoyalarda Alisher Navoiy tarixiy haqiqatga mos ravishda o‘ziga tinch feodal oilasidan chiqqan o‘qimishli, dono vazir, buyuk shoir sifatida talqin etilsa, turkmanlardagi Mirali (Alisher) xalq kuyi tabaqasining vakili, shoir-baxshidir. Shuning uchun ham Miralini iloji boricha, xalq badiiy tafakkuri izn bergan darajada, ana shu tabaqaga yaqinlashtirib, u bilan bir butunlikda talqin etish kuchli. Mirali (Alisher) xalq quyi tabaqasining vakili bo‘lgani uchun ham oilali kishi sifatida beriladi. Bunda asosiy e’tibor uning oilaviy, shaxsiy hayotiga emas, aksariyat hollarda adolatpeshaligini talqin etishga qaratiladi. O‘zbek xalq ijodiyotida yaratilgan hikoya va latifalarning aksariyati buyuk shoir tarjimai holining„oq dog‘lari“ ni to‘ldirish, Navoiyning nima uchun „olamni tavre fard va joriyda o‘tkargan“, ligini (Bobur) badiiy jihatdan o‘ziga xos tadqiq hamda talqin qilishga bag‘ishlagani holda, bunday holat turkman xalqi folklorida mutlaqo uchramaydi. Miralining oilali kishi tarzida berilishi bu muammoga o‘zicha bir chek qo‘ygandek tuyuladi. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro obrazlarining har ikki xalq og‘zaki adabiyotida rang-barang usul, vositalar, xilma- 24
xil vaziyalarda yoritilishi ham shu xalqlarning tarixiy-ijtimoiy hayotidagi, yashash tarzidagi o‘ziga xosliklar bilan izohlanadi. Va, nihoyat, „falak ko‘rmadi men kabi nodire“ , deb o‘z hayoti va ijodidan faxrlangan buyuk Alisher Navoiy obrazini talqin qilishda bir xalq tomonidan kashf etilgan badiiy epizod, ibratomuz she’riy satr va hatto syujet yo‘nalishlarini tez-tez qardosh xalqlar ijodida ko‘chib yurish hollarining ham guvohi bo‘lamizki, bunday hodisa qardosh xalqlar ijodiyoti, qolaversa, umuman badiiy ijod jarayoni uchun tabiiydir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling