Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи
II BOB TURKMAN FOLKLORIDA NAVOIY VA GULI MUNOSABATLARI
Download 247.9 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida
II BOB
TURKMAN FOLKLORIDA NAVOIY VA GULI MUNOSABATLARI TALQINI 2.1.Rivoyatlarda Navoiy va Sulton Suyun munosabatlari Qardosh turkman xalqi Alisher Navoiyni doimo ulug‘vor inson, donishmand va tadbirli davlat arbobi, kambag‘allarning manfaatlarini qo‘riqlagan gumanist shoir, adolat va haqiqat uctun kurashuvcchi oliyjanob va sahiy kishi qiyofasida tasavvur qilgan. Buyuk iste’dodli, zakovatli shoirning ana shu ulug‘ fazilatlari haqida turkman xalqi butun bir ..turkum hikoyat va latifalar yaratgan. Uzoq asrlar davomida xalq tomonidan ijod qilingan bu rivoyatlar bizning kunlarimizgacha ham yetib kelgan, turkman va o‘zbek xalqlarining do‘stlik ramziga aylanib, internatsionalizm g‘oyasiga xizmat qilmoqda. Alisher Navoiy haqida turkman xalqi yaratgan afsona, rivoyat, latifalarni to‘plash, ularni nassh ettirish sohasida mashhur shoir va yozuvchilarning, adabiyotshunos olimlarning xizmatlari alohida tahsinga sazavordir. Ayniqsa, bu o‘rinda Berdi Kerboboyev, Mati Ko‘sayev, Panji Og‘aliyev singari adib va olimlarning turli yillarda Mirali turkum xalq afsonalarini yozib olish, nashrga tayyorlash, keng o‘quvchilar ommasiga tortiq etish bo‘yicha olib borgan tadbirlari ibratlidir. Navoiy to‘g‘risidagi rivoyatlar birinchi navbatda 1941 yilda „Mirali va Sulton Suyun“ nomi bilan alohida kitob holida chop etildi. To‘plamni folklor olim P.Og‘liyev nashrga tayyorladi va unga so‘zboshi ham yozdi. So‘zboshida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga qisqaccha ta’rif berilgan bo‘lib, ayni chog‘da to‘plamga kirgan Mirali nomi bilan bog‘liq hikoyalarning g‘oyaviy yo‘nalishi xususida ham fikr bildirgan. Garchi, mazkur kitob kamchiliklardan holi bo‘lmasa- da, turkman xalqini Navoiy ijodi, u haqidagi rivoyatlar bilan tanishtirishning birinchi tajribasi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Navoiy haqidagi afsonalar ikkinchi marta 1948 yilda Berdi Kerboboyev tahriri ostida „Mirali“ nomi bilan o‘n beshming nusxada nashr etildi. Mazkur to‘plam har jihatdan mukammal bo‘lib, u yangi yozib olingan rivoyatlar, afsonalar
26
hisobiga boyitilgan. U kitobga yozilgan so‘zboshi Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy biografiyasi haqida nisbatan to‘la va mukammal malumot beruvchi ilmiy manba sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Berdi Kerboboyev faqat Alisher Navoiyning tarjimai holiga doir faktlarni, sanalarni qayd etish bilangina cheklanmaydi, balki ijodi haqida, xususan, „Xamsa“ dostoni to‘g‘risida kengroq ma’lumot berishga intiladi. Navoiyning turkman adabiyotiga ta’siri haqida ham ibratli fikrlar bildiriladi. Mirali turkum hikoyalarning yaratilish tarixi, yozib olish manbalari xususidagi adibning mulohazalari samimiy va qiziqarli. B.Kerboboyev bir o‘rinda Alisher Navoiy ismining turkman folklorida Mirali shaklida qo‘llanishining sababini shunday izohlaydi: «Navoiyning ismi „Ali“ bo‘lib, „Mir“ yoki „Amir“ uning xizmat lavozimi. Lavozimni anglatadigan bu so‘zlar uning ismining oldiga qo‘shilib „Mir Ali“deb yuritiladi. Turkman xalqi bu ikki so‘zni qo‘shib, uni Mirali deb atay boshlagan“. 1 B.Kerboboyev „Mirali“ kitobidan joy olgan ko‘pchilik rivoyatlarni o‘zi to‘plagan va ularga o‘zi sayqal bergan. Chunki yozuvchi Navoiy ijodi bilan qizg‘in shug‘ullanib yurgan yillarida Mirali va Sulton Suyun haqida xalq to‘qigan afsonalar Turkmanistonda juda mashhur edi. To‘y va bazmlar, tongotar kulgu oqshomlari Mirali haqida hajviy rivoyatlarsiz o‘tmagan. Ana shunday davrlarni shaxsan guvohi bo‘lgan B.Kerboboyev „Mirali“ to‘plamining so‘zboshisida quyidagilarni yozishi bejiz emas edi: „Mirali va Sulton Suyun“ to‘g‘risida xalq to‘qigan rivoyatlar, latifalar turkman xalqi orasida yuzlab- minglab topiladi. Mening yodimda: kishilar Mirali va Sulton Suyun haqidagi rivoyatlarni, latifalarni ertalabdan kechgacha yoki ilk oqshomdan yarim tungacha aytishardi. Bu qiziqarli hikoyatlar tinglovchilarga zavq bag‘ishlardi, ularning manaviy tarbiyasiga, zehnining o‘tkirlashuviga, dunyoqarashining kengayishiga katta foyda berardi. Ushbu, „Mirali“ kitobiga hammasi bo‘lib yigirma hikoyat kirgan. Bu hikoyatlarning bazilari o‘zbek tiliga ham o‘girilib gazeta va jurnal sahifalarida e’lon qilingan. 1963 yilda esa „Yosh gvardiya“ nashriyoti Mirali haqidagi
27
rivoyatlarni to‘plab, „Turkman yumori“ degan nom bilan alohida nashr etdi. Biz, asosan, ana shu manbalardagi hikoyat va rivoyatlar yuzasidan fikr yuritamiz. Zarurat tug‘ilgan paytdagina turkman tilidagi manbalarga murojaat etamiz. Turkman xalqining Alisher Navoiy haqida to‘qigan rivoyatlari tematik jihatdan juda rang-barang. Shoirning kamtarinligi va sahiyligi, dono va epchilligi to‘g‘risida hikoya qiluvchi „Ko‘rpangga qarab oyoq uzat“, „Podsho ularga“, „Mirali bilan savdogar“, „Osmonning oq tovug‘i“ kabi rivoyatlarda Navoiy o‘lmas xalq qahramoni – Afandini eslatadi. Uning shoxligi, donishmandligi, doimo raqibi ustidan g‘olib kelishi, tadbirkorligi afandi xarakteriga o‘xshab ketadi. „Podsho o‘lariga“ nomli hikoyatning mazmuni bu fikrimizni to‘la tasdiqlaydi. Naridan Sulton Suyun saroyiga boradigan yo‘lda Mirali bozorda bir qancha qo‘y sotadi. Xaridorlar qo‘yning pulini Sulton Suyunning o‘limidan keyin to‘lashlari kerak edi. Bu haqida ayg‘oqchilardan xabar topib g‘azabga kelgan Sulton Suyun Miralini huzuriga chaqiradi va deydi:„Nega sen meni o‘limimni tilaysan?!- Shohim,-deydi Mirali,- shu shart bilan qo‘y sotib olganlar bugundan boshlab umringizni boqiy bo‘lishi xudodan iltijo qiladilar. –Mirali,- xitob qiladi sulton Suyun,- bugundan buyon mening bosh vazirimsan“. Mazkur latifada Alisher Navoiyning haqiqat, adolat jarchisi, kambag‘al odamlarning himoyachisi ekanligi yaxshi ifodalangan. Donoligi tufayli qaltis vaziyatlardan ham qutulib keta oladigan tadbirkor shaxs bo‘lganligi boshqa rivoyatlarda ham ta’sirli hikoya qilingan. Jumladan, „Netmak kerak“ degan rivoyatda shoirning eng murakkab holat va og‘ir vaziyatlardan ustalik bilan yo‘l topib chiqib keta olish qobiliyati yorqin gavdalantirilgan: sulton Suyunning Gul degan sevimli xotini bor ekan. Shoh uni hamma narsadan aziz bilarkan. Sulton Suyun uning o‘limini hatto tasavvur ham qilmas ekan. Bir kuni sulton Suyun vazirlarini chaqirib: „kimda kim Gulimning o‘lim xabarini keltirsa, uning hayoti xavf ostida qolg‘usidir“-dedi. Ayagan ko‘zga cho‘p tushar deganlaridek, kunlardan bir kun sulton Suyunning xotini Gul qazo qilibdi. Vazirlar bu xabarni sulton Suyunga aytolmasdan, Miraliga yaqinlashibdi. Mirali sulton Suyun oldiga borib, bosh egibdi. 28
– Agar Sultonim ijozat bersalar, shoiriningiz bir misra she’r bilan murojaat qilmoqchiman. – Ruxsat,-debdi Sulton Suyun. – Sarv og‘ochning soyasida so‘lsa gul netmak kerak? – Sulton Suyun ham unga she’r bilan: – Sarvdan tobut yasab, guldan kafan etmak kerak,-deb javob beribdi-da, yuragining qattiq-qattiq urishidan qisqa-qisqa nafas olibdi va debdi: – Oh! Gul o‘ldi, desang bo‘lmaydimi axir! – Gul o‘ldi, deb aytay desam, o‘z o‘limim ko‘z oldimga keldi, shohim,- debdi Mirali. Ko‘rib turibsizki, bu hikoyatda ham Mirali o‘zining o‘tkir aqli va farosati, nazmi bilan shohni mot qila oladigan bir ulug‘ siymo sifatida gavdalantirilgan. Adabiyotshunos N.Axmedov o‘zining „Tarixiy shaxs talqini“ (1989) nomli risolasida mazkur rivoyatni tahlil qilib quyidagicha xulosa chiqaradi:„Qardosh xalqlar, jumladan, turkman xalq og‘zaki ijodida Navoiy obrazining talqini o‘ziga xos, shu xalqning tarixi, madaniyati bilan hamohang ravishda yuzaga kelgan.Turkman xalq ijodiyotida ham biz yana o‘sha shoir tarjimai holiga oid tarixiy dalillarning o‘zgartirilishi hodisasiga duch kelamiz. Mazkur hikoyada („So‘ldi gul netmak kerak“-K.Q.) Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlaridagi muayyan tarixiy aniqlikkina emas, hatto Mir Alisherning shoh saroyida tutgan mavqei- vazirligi ham o‘zgarishga uchraydi. Navoiy obrazi esa xalq baxshisi sifatida talqin etiladi“. Muallifning bu fikrlariga qo‘shila olmaymiz. Yuqoridagi rivoyatda Navoiy tarjimai holiga oid tarixiy dalillarning o‘zgartirib berilganligi to‘g‘ri. Lekin mazkur afsona, mutlaqo hayot haqiqatiga mos kelmaydi, deyish ham to‘g‘ri emas. Ulug‘ Navoiy shaxsiyatiga mos donolik,topqirlik, shoirlik san’ati oz bo‘lsa-da, rivoyatning ruhiga singan. Ikkinchidan, Navoiy obrazi hikoyatda xalq baxshisi sifatida talqin etilgan degan fikr asossiz. Axir unda Navoiyning baxshichilik faoliyatiga oid birorta detall ham yo‘q-ku? Yoki muallif, Navoiy baxshi deganda, uning shoirligini nazarda tutdimikin? Baxshi deganda, turkmanlarda (umuman, 29
turkiy xalqlarda ham) qo‘liga dutor olib qo‘shiq va termalar kuylaydigan shaxs tushuniladi. Umuman, N.Axmedovning o‘zbek folklorida Mirali (Navoiy) nomi bilan bog‘liq yaratilgan rivoyatlar haqidagi mulohazalariga, tahlillariga e’tirozimiz yo‘q. Har holda birmuncha e’tiborga sazovor fikrlarni aytgan. Lekin muallif turkman xalq og‘zaki ijodidagi turkum hikoyalari tahlilida ba’zan biryoqlama xulosalar chiqarishga shoshiladi. Agar u turkman folklorida yaratilgan Mirali haqidagi afsona va rivoyatlarning asosiy qismi bilan mufassal tanishib chiqqanida, risolada quyidagi xulosani bermagan bo‘lardi: „O‘zbek xalq ijodiyotida yaratilgan hikoyalarda Alisher Navoiy tarixiy haqiqatga mos ravishda o‘ziga tinch feodal oilasidan chiqqan o‘qimishli, dono vazir, buyuk shoir sifatida talqin etilsa, turkmanlardagi Mirali (Alisher) xalq quyi tabaqasining vakili, shoir-baxshidir. Shuning uchun ham Miralini iloji boricha, xalq badiiy tafakkuri izn bergan darajada, ana shu tabaqaga yaqinlashtirib, u bilan bir butunlikda talqin etish kuchli. Mirali (Alisher) xalq quyi tabaqasining vakili bo‘lgani uchun ham oilali kishi sifatida beriladi. Bunda asosiy e’tibor uning oilaviy shaxsiy hayotiga emas, aksariyat hollarda adolatpeshaligini talqin etishga qaratiladi“. Risola muallifi turkman folkloridagi rivoyatlarda Mirali (Navoiy) shoir- baxshi sifatida ko‘rsatiladi degan fikrni kitobning ko‘pgina sahifalarida qayta- qayta ta’kidlaydi-yu, lekin shu mavzu bilan bog‘liq birorta hikoyani misol tarzida tahlil qilmaydi. Turkman xalq ijodiyotida Navoiyni baxshi sifatida talqin qiluvchi rivoyatlar ehtimol bitta-ikkita topilishi mumkin. Lekin o‘zbek folklorida yaratilgan hikoyatlarda Alisher Navoiy o‘qimishli, dono vazir, buyuk shoir sifatida ko‘rsatiladi, turkmanlardagi Mirali (Navoiy) xalq qo‘yi tabaqasining vakili, shoir- baxshi sifatida talqin etiladi, deb uzil-kesil xulosa chiqarish, bizningcha, haqiqatga xilof. Bu – masalaga bir tomonlama yondashish, shoir obrazi talqinidagi rang- baranglikni, turkman xalqida yaratilgan hikoya va latifalarning g‘oyaviy mundarijasini noto‘g‘ri talqin qilishning belgisi. Biz yuqorida tahlil qilgan va bundan keyin tahlil qilmoqchi bo‘lgan hikoyalarning hech birida Mirali (Navoiy) baxshi qiyofasida ko‘rinmaydi, balki, 30
adolatparvar vazir, dono maslahatchi, o‘tkir so‘z ustasi, beva-bechoralarning himoyachisi, zolimlarning adabini beradigan tadbirkor bir kishi sifatida talqin etiladi. Alisher Navoiy hamisha qo‘yi tabaqaning vakili emas, aksincha, Sulton Suyun (Husayn Bayqaro)ning dono vaziri, mamlakatning adolatparvar hukmdori sifatida harakat qiladi. Bas shunday ekan, turkman xalqining Mirali haqida yaratgan rivoyatlarning barchasi Navoiy tarjimai holidagi tarixiy dalillariga mutlaqo aloqasi yo‘q, ularda afsonaviy, fantastik ertaklarga hos xususiyatlar ustunlik qiladi deb xulosa chiqarish, bizningcha, to‘g‘ri emas. Aksincha, Mirali (Navoiy) haqidagi yaratilgan rivoyatlarning ko‘pchiligidagi voqealar, detallar ulug‘ shoir tarjimai holiga hamohang bo‘lib ketadi. Biz bu rivoyatlarni o‘tkir ekanmiz, Alisher Navoiyning shaxsiy hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, tarixiy voqealar, hayotiy detallar yo u shaklda, yoki bu shaklda beixtiyor xayolimizda gavdalanganligini his qilamiz. Shunday ekan, turkman xalq ijodiyotida yaratilgan rivoyatlarning hammasini hayotiylikdan mahrum qilib qo‘yish, ularning barchasiga afsonaviy fantastik ertak tamg‘asini bosish adolatdan bo‘lmasa kerak. Bunday noobyektiv xulosalar turkman xalq og‘zaki ijodiyotida Alisher Navoiy to‘g‘risida yaratilgan hikoyalarning g‘oyaviy-estetik qimmatini kamsitishga, tarbiyaviy ahamiyatini pasaytirishga olib boradi. Turkman folklorida Mirali (Navoiy) ning oilali kishi sifatida talqin qilinishi masalasiga kelsak, muallifning bu sohadagi fikrlari ham bahsli. Chunonchi, u risolasining bir o‘rnida shunday deb yozadi: „O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotida yaratilgan hikoya va latifalarning aksariyati buyuk shoir tarjimai holining „oq dog‘lari“ ni to‘ldirish, Navoiyning nima uchun „olamni tavre fard va joriyda“ (dunyoni g‘alati yolg‘izlikda) o‘tkarganligini (Bobur) badiy jihatdan o‘ziga xos tadqiq hamda talqin qilishga bag‘ishlangani holda bunday holat turkman folklorida mutlaqo uchramaydi. Miralining oilali kishi tarzida berilishi bu muammoga o‘zicha chek qo‘ygandek tuyuladi“. Avvalo, Mirali (Navoiy) ni oilali kishi tarzida ko‘rsatuvchi hikoya va latifalar, turkman folklorida, muallif ta’kidlab aytgan darajada ko‘p emas. Ikkinchidan, buyuk shoir tarjimai holining „oq dog‘lari“ni to‘ldiruvchi, 31
Navoiyning nima uchun dunyoni g‘alati yolg‘izlikda o‘tkazganligini badiiy tadqiq etuvchi rivoyatlar turkman xalq ijodiyotida, muallif yozganidek, „mutlaqo uchramaydi“ emas, balki istagancha topiladi, deyilsa, haqiqatga ancha yaqinlashgan bo‘lamiz. Chunonchi, „Kim aybdor“, „Yulduz ko‘rgin“, „Puldor xotin“, „Gul va Sulton Suyun“, „Kim haq“, „Mendanham shuncha“ va bundan boshqa yana bir necha rivoyatlarning mazmunida Alisher Navoiy tarjimai holining „oq dog‘lari“ni to‘ldirishga xizmat qiladigan, shoir shaxsiyati haqida muayyan tasavvur beradigan hayotiy manzaralar anchagina bor. Turkman xalqi to‘qigan barcha hikoyalarda Alisher Navoiy eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan kishi sifatida tasvirlanadi. U goh xalqparvar shoir, goh adolatparvar davlat arbobi, goh beva-bechoralarning xaloskori, gohida esa adolatsiz shoxlarni donoligi bilan mag‘lub qiladigan zukko shaxs sifatida ko‘rinadi. Biz Navoiy haqidagi „Dumli yulduz“, „Mirali va Sulton Suyun“, „Puldor xotin», „Kechir do‘stim“, „Pullar qayerga sarflanayapti“, „Kim haq“ singari afsona-rivoyatlar mazmunida ana shunday befarosat va zolim shohlarni lol qoldirgan, xasis va yaramas savdogarlarni fosh qilgan, beva-bechoralarni qo‘llab- quvvatlagan ziyrak Miralini ko‘ramiz. Quyidagi „Pullar qayerga sarflanayapti“ nomli afsonada Miralining xalqparvarligi, kambag‘alparvarligi hikoya qilinadi: „Mirali bilan Sulton Suyun ilgaridan tanish bo‘lishmasa-da, podsho do‘stinikiga biror marta ham mehmon bo‘lib kirmagan ekan. Kunlarning birida, podsho Miralining uyiga bormoqchi bo‘ldi. Ko‘nglingiz tortsa, jonim bilan, deb Mirali rozilik bildiradi. Podsho vazirning uyiga keladi. Bosh vazirning uyi joynamozi yig‘ishtirib oligan machitning o‘zi. Qabristondek huvullab turibdi. Juldur to‘shakdan boshqa biron narsa yo‘q. Miralining xotini uyning bir burchagida ip pishitib o‘tiribdi. Sulton Suyun hayron qoladi. – Bu kimning uyi,– deb so‘raydi u. – Bosh vaziringizniki, sultonim, – deb javob beradi Miralining xotini.
32
– Ajabo, men unga har oy yuz tilla beraman-ku, nega shu qadar g‘aribsizlar,– deydi Sulton Suyun. –Xudoga shukur, tan jonimiz sog‘, ishlashga qurbimiz etadi. Kunimiz o‘tib tursa bo‘lgani. Siz to‘layotgan pullar, mazmunidan yana o‘z egalariga qaytayapti, – ehtirom bilan javob qiladi Miralining xotini. –Hayronman, axir bosh vazirimga men har oyda bera yotgan yuz tilla qayoqqa ketayapti,-takror so‘raydi Miralidan podsho. –Tashqariga chiqaylik, hammasini tushunasiz sultonim,–deydi gapni qisqa qilib Mirali. Yo‘lda ketayotib, Mirali podshoga agar u voqeaning tagiga tezda etmoqchi bo‘lsa, kiyim-boshlari va otini almashtirib olishi lozimigini aytdi. Sulton Suyun ko‘ndi. Ular shahar atrofida gado va mayib-majruhlar yashaydigan mahallalarga borishdi. Podshoning otini minib, kiyimlarini kiyib olgan Miraliga hech kim e’tibor bermas, aksincha, Miralining kiyim-boshlaridagi Sulton Suyunni olomon o‘rab olardi. Kimdir otning yuganini ushladi, qolganlar uning qo‘ltig‘idan ko‘targanlaricha avaylab erga tushirishdi. Har tomondan: „Assalom, Mirali“, „Nuri diydamiz, xaloskorimiz, xudo umringni uzoq qilsin!“ degan xitoblar eshitilardi. – Mirali, birodar! – yolvordi Sulton Suyun, – meni olomon ichidan olib chiqmasangiz bo‘lmaydi. Bularning podshosi men emas, siz ekansiz. Men to‘layotgan pullarni qaerga sarflayotganingizni endi bildim. Hayoti tahlika ostida qolayotgan majruhlar bir oz tinchiganlaridan keyin Mirali ularning hol-ahvolini so‘ragani Sulton Suyunning o‘zi kelganini aytganda, hamma podshoni yanada zichroq qurshab oladi. Ular Sulton Suyunning etagini o‘pib, sajda qilishadi. Sulton Suyun yana Miraliga yalinadi: – Xudo xayringizni bersin, aytganinggizni beraman, ammo meni bu tashvishdan xalos qiling, ketaylik! – Bu baxtsizlar uchun uy qurib, ularni xazinaggiz hisobiga boqishga va’da qilsangiz... Bu yerdagi juda badbo‘y isdan ko‘ngli behuzur bo‘lib, boshi aylangan podsho Miralining taklifiga xo‘p deydi: „bu g‘arib, beva-bechoralarning himoyachisiga ham yangi uy qurib beraman“,– deb qo‘shib qo‘yadi. Mazkur rivoyatda xalq baxt-saodati uchun kurashgan va ijod qilgan, butun hayoti va 33
asarlarini o‘z xalqiga bag‘ishlangan buyuk Navoiyning xalqparvarligi afsona libosida bo‘lsa-da, shoir shaxsiyatidagi insoniy fazilatlarga yaqinlashtirib, muvofiqlashtirilib to‘qilgan. Turkman xalqining ulug‘ Navoiyga beqiyos muhabbatini ifoda etadigan yana bir rivoyatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Qizig‘i shundaki, „Mirali va Sulton Suyun“ deb nomlanadigan bu afsona turkman tilidagi folklor asarlari orasida ham uchraydi. Masalan, u 1968- yilda „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan „Dono Alisher“ degan kitobga kirgan. Bu afsona xuddi shu nashriyotda 1963- yilda bosilib chiqqan „Turkman yumorlari“ to‘plamidan joy olgan „Mirali va Sulton Suyun“ sarlavhali afsonadan mutlaqo farq qilmaydi, bir-biriga aynan o‘xshaydi, jumlama-jumla, hatto so‘zma-so‘z to‘g‘ri keladi. „Dono Alisher“ kitobining „Izohlar“ bo‘limida mazkur afsonaga berilgan quyidagi izohni o‘qiymiz: „Mir Alisher va Sulton Husayn“. Aytuvchi Madrahim Matniyozov, yozib oluvchi Nasrullo Soburov. Xorazm viloyati, Hazorasp tumani. Buni filologiya fanlari kandidati Mansur Afzalov „O‘zbek xalq ijodi“ seriyasidagi „Oltin olma“ degan ertaklar to‘plamida nashr etgan“. 1 Nazarimizda, bu afsonani turkman xalqi to‘qiganligiga shubha yo‘q. Garchi u Xorazmda yozib oligan bo‘lsa-da, uning bir ildizi Turkmaniston bilan tig‘iz bog‘langan. Chunki uzoq asrlar davomida Xorazm vohasida qo‘shni bo‘lib yashab kelgan o‘zbek va turkmanlarning hayot tarzigina emas, tili, madaniyati, ayniqsa, xalq og‘zaki ijodida umumiyliklar juda ko‘p edi. Xorazmda to‘qilgan afsonalarning turkmanlar orasida, Turkmanistonda yaratilgan rivoyatlarning Xorazm keng tarqalishi bu ikki voha xalqlari folklorining bir-biriga ancha yaqinlashishga sabab bo‘lgan. Maxtumquli haqida Xorazmda yaratilgan rivoyatlar, Navoiy to‘g‘risida Turkmanistonda to‘qilgan afsonalar va ularning har ikki hudutda, har ikki xalq o‘rtasida teng darajada ommalashib yurishi bu fikrimizga real dalil. Endi asosiy masalasiga qaytib, „Mirali va Sulton Suyun“ rivoyatining mazmuni bilan tanishib chiqaylik. Avvalo shuni qayd etish lozimki, mazkur afsonaning ba’zi o‘rinlari Alisher Navoiyning shaxsiga doir tarixiy faktlarga ham
1 Dono Alisher “Yosh gvardiya” nashriyoti, Toshkent, 1968 yil. 77-bet 34
o‘xshab ketadi. Shu boisdan biz uning mazmunini to‘la keltirishni va ayrim epizodlarini shoirning real tarjimai holiga solishtirib ko‘rishi lozim topdik. Bundan bir necha yuz yil avval Erondami, Turondami, xullas, bir musulmon yurtida bir podsho bo‘libdi. Uning oti Sulton Suyun ekan. O‘zi ilmli, o‘qigan, oq-qorani tanigan, ulug‘ kishilar avlodidan ekan. Uning bir vaziri bor ekan, u ham o‘qigan, oq-qorani tanigan, podsho bilan bir madrasada o‘qishgan ekan. Uning oti Mirali ekan. Vazirni podsho, podshoni vazir yaxshi ko‘rar ekan, lekin podshoning ulamo- pulamo, qozi-pozilari, xullas, boshqa amaldorlari bularning o‘rtasidagi yaxshilikni ko‘rolmas ekanlar. Miralini podshoning yonidan yo‘q qilib yuborishining chorasini axtarib, oxiri ulamo, qozi, muftilar uni bir quduq ichiga tashlabdilar. Sulton Suyun bo‘lsa, bundan xabari yo‘q ekan, lekin Mirali yo‘qligi uchun bir narsasi yo‘qolgan kishidek: G‘am bilan qayg‘u bilan So‘ldi bahorim gullari, – deb har kuni bir bayt she’r aytib yurar ekan. Sulton Suyunning bu she’rlarini shu elatda bir cho‘pon bir qumlikka borib, quduqning bo‘yida ba ytni yod aytibdi. Quduqning ichida holsizlanib yotgan Mirali she’rning Sulton Suyunniki ekanligini darrov bilibdi. Shunda quduqning ichidan ovoz beribdi: Do‘stini choha solibdur Sayramas bulbullari Shu vaqt cho‘pon darrov quduqqa qarab, ichidagi Mirali ekanligini bilib, uni tortib olmoqchi bo‘libdi. Mirali aytibdi: – Meni sen bu yerda qoldiraver. O‘zing podshoning dargohiga bor, agar podsho yana: G‘am bilan qayg‘u bilan So‘ldi bahorim gullari, – deb she’r o‘qisa, sen: Do‘stini choha solibdur Sayramas bulbullari ,– deb ayt. Agar podsho: „Sen buni qayerdan bilding?“– deb so‘rasa, sen sevinchisini olib, mening bu yerda yotganimni bildir, debdi. Cho‘pon shu zamon 35
Miralining so‘zlarini ko‘ngliga yod olib, Sulton dargohiga borib, sekin qarasa Sulton Suyun: G‘am bilan qayg‘u bilan So‘ldi bahorim gullari, – deb o‘tirganmish. Shunda cho‘pon: Do‘stini choha solibdur Sayramas bulbullari, – debdi. Sulton Suyun darrov cho‘ponni yoniga chaqirib: – Sen bu so‘zni qayerdan bilding, – deb so‘rabdi. Cho‘pon aytibdi: –Bu so‘zni o‘rganish uchun qanchadan-qancha molimdan ayrildim, bu bir sohibqironning g‘azali. Sulton Suyun: – Ayt, ayt uning qayerda borligini ayt, sevinching uchun bir jom oltin,- debdi. Shunda cho‘pon aytibdi: – Bir yaxshi kishining bahosi bo‘lmaydi, agar senga kerakli kishi bo‘lsa, uning boshiga hasrat solganlarni jazoga loyiq ko‘rmak kerak. Sulton Suyun darrov ulamo, vazir, qozi va mullalarni yig‘ib, har qaysisiga qirq qamchi urdirib, Miralini taxti ravonga solib keltirishni buyuribdi. Shunday qilib Mirali bilan podsho yana topishibdi, bechora cho‘pon esa mamnun bo‘lib, u ham yashay beribdi. Shuning uchun ham aytar emishlar: Yomonlikni ravo etma, o‘zinggi jabru sitam, Yaxshilik birla har ish ko‘nglingni etar hotam. Ko‘rib turibsizki, bu afsonaning zamirida Alisher Navoiyning xilma-xil voqealarga boy hayotiga doir real detallar bor. Navoiy taqdiridagi falokat xuddi rivoyatda tasvirlangan shaklda yuz bermagan bo‘lsa-da, qachonlardir ulug‘ shoirimiz shu xildagi hayot zarbalarini boshqacharoq tarzdaa boshidan kechirganligi tarixiy haqiqat. Navoiy haqidagi yaratigan afsona va rivoyatlarni yozib olish, to‘plash va nashr etish, ular bo‘yicha tadqiqotlar yaratish sohasidagi ishlarning bugungi kunda ham Turkmanistonda qizg‘in davom etayotganligi tahsinga sazovor faktdir. Bu o‘rinda filologiya fanlari kandidati Kaba Bo‘rjaqovaning ilmiy izlanishlarini alohida qayd etish lozim, deb hisoblaymiz. Olima so‘nggi yillarda Navoiyga bag‘ishlab har xil davrlarda yaratilgan yangi-yangi og‘zaki ijod namunalarini 36
topishga erishdi. Jumladan, u 1970- yilda Turkmanistonning Yolaton rayonida istiqomat qiluvchi Hazrat baxshi Chorievdan „Sulton Husayn Boyqaro“ nomli yangi dostonni yozib olishga muvaffaq bo‘ladi. K. Bo‘rjaqovaning ma’lumot berishicha, bu doston hozirgi kunda Turkmaniston Fanlar Akademiyasi Maxtumquli nomidagi Til va adabiyot institutining qo‘lyozmalar fondida 1158-inv. raqami bilan saqlanmoqda. Olimaning yozishiga qaraganda, bu dostonning idrochilari Turkmanistonda ko‘pchilik bo‘lgan. H.Chorievdan tashqari bu dostonni Ro‘zi baxshi, Gurt Yaqubov kabilar ham mohirlik bilan kuylab kelishgan. Turkmanistonning turli burchaklarida yashovchi nazm va navo muxlislari bu dostonni magnit lentasiga ko‘chirib o‘zlarida saqlayotganliklari qardosh turkman xalqining o‘zbek adabiyotiga, qolaversa, uning mazmuni bizga ma’lum emas, albatta. Shuning uchun u haqda batafsil fikr bildirish niyatidan yiroqmiz. K. Bo‘rjaqova „O‘zbek tili va adabiyoti“ jurnalining 1971 yil 2-sonida „Navoiy haqida turkman dostoni“ degan muxtasar bir maqola e’lon qildi. Mazkur maqolada dostonning mazmuni batafsil bayon etib berilmagan bo‘lsa-da, uning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishi, yetakchi motivlari sharhlanga, bosh qahramonlarga qisman xarakteristika ham berilgan. Dostoning negiz syujeti har bir o‘zbek kitobxonini qiziqtirishi tabiiy. Shuni nazarda tutib, uning mazmunini K.Bo‘rjaqova maqolasida keltiritgan shaklda bayon etib o‘tishni lozim ko‘rdik. Dostonda tasvirlanishicha, Sulton Husayn saroyga uch dononi taklif etib, ular maslahati bilan davlatni idora qilishi kerak ekan. Otasining yozib qoldirgan bu vasiyatini ijro etish uchun sulton Hirot va Mari shaharlarini aylanib uch dononi izlaydi. Katta yo‘l ustida hammaning nazari tushadigan joyda o‘tirgan bola: „Men bir vaqtning o‘zida uch xil ish bajaraman“ deydi. Bu javobni eshitgan sulton uning oddiy odam emasligini payqaydi. U shahar darvozabonning o‘g‘li Etlet edi. Sulton ikkinchi dononi axtarib cho‘lga chiqadi. U yerda qo‘y boqib yurgan cho‘ponda duch kelib, unga „To‘qqizni uchga taqsim qilsang etadimi?“ deb savol beradi. Bu so‘roq qo‘ylarni to‘qqiz oy boqib, uch oy qishdan sog‘-omon chiqara olasanmi, degan ma’noda berilgan bo‘lib, cho‘pon unga to‘g‘ri javob qaytaradi. Sulton uni ikkinchi 37
marta s inab ko‘rmoqchi bo‘lib, cho‘pon bola yaqiniga keladi-da, hech narsa demasdan, qamchisining sopi bilan kallasiga tiq-tiq uradi. Buni ko‘rgan Mirali podshoga qarab tilini chiqaradi. Vazirlar bu harakatga tushunmaydilar. Miralining bu harakati „Boshga balo ikki endik tildan“ keladi degan ma’noli anglatar edi. Shunday qilib, Sultoni ikkinchi dononi ham topadi. Doston qahramonlaridan yana biri, uchinchi dono Gulfahmning topilishi ham qiziqarli tasvirlangan. Mirali qayyerda xotin-qizlar ko‘p to‘plangan bo‘lsa, o‘zini shularning yoniga olib borib kaltaklashlarini buyuradi. Ana shunday vaziyatda non yopib turgan ayol bilan bir qizga duch keladilar. Qiz yangasining „Buni nima uchun urasizlar?“ –degan savoliga navkarlar „Aytganimizni qilgani uchun urmoqdamiz“,-deb javob qaytaradilar. Qizning yangasi: „Qiziq, bizlar aytganimizni qilmaganni uramiz“,-deb hayratlandi. O‘shanda qiz: „Yanga, bular to‘g‘ri qiladilar, to o‘zi bilib qilguncha urmoq kerak“,-deydi. Shu so‘zdan so‘ng ular axtarib yurgan uchinchi dono ana shu qiz ekani ma’lum bo‘ladi. Shoh bu go‘zal qizga uylanib, uning ko‘rsatmasi asosida ish olib boradi. Lekin kunlarning birida Gulfahm og‘ir kasallikka duchor bo‘lib, ko‘p o‘tmay o‘ladi. Sevimli xotinining o‘limi shohga qattiq ta’sir etadi, o‘z vaqtini oh- fig‘on bilan o‘tkazib, dunyoning aysh-ishratiga ham befarq qaraydigan bo‘ladi. Nihoyat, u ham o‘ladi. Uning o‘rniga Miralisher podsho bo‘ladi. Uning vafotidan so‘ng taxtga Etlet chiqadi, u ham qarib o‘ladi. Turkman baxshilari repertuaridagi „Sulton Husayn Boyqaro“ dostonining qisqacha mazmuni shundan iborat. Maqola davomida K.Bo‘rjaqova bu dostonning maydonga kelishida Mirali nomi bilan bog‘liq turkman rivoyatlarining ham ta’siri bor ekanligini, jumladan, P.Og‘aliyev, B.Kerboboyev to‘plagan va nashr ettirgan latifa va afsonalar ham doston negiziga singdirilganligini ta’kidlaydi. Baxshilar o‘zlariga tanish bo‘lgan afsona va hikoyalarni ijodiy fantaziyasida qayta ishlab boyitganligini, ayrim qahramonlar va voqealar yo‘nalishini o‘z ideallariga muvofiqlashtirib yangidan yaratganligini, dostonni xalq qo‘shiqlari va termalari 38
bilan to‘ldirganligini alohida tilga oladi va asarni original ijod namunasi siftida xarakterlaydi. Agar „Sulton Husayn Boyqaro“ dostoni ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lsa, biz ham olimaning fikrlariga to‘la qo‘shilamiz. Shuni ham qayd etib o‘tishni istardikki, bu dostonning ba’zi bir epizodlari o‘zbek xalqi orasida keng tarqalgan Navoiy haqidagi ayrim afsonalarning mazmuniga ham o‘xshab ketadi. Masalan, „Dono Alisher“ kitobiga kirgan „Tarixdagi to‘rt donishmand kishi“, „Miri Alisher bilan Sulton Husayin“ kabi hiqoyalarning mazmunida „Sulton Husayn Boyqaro“ dostoniga yaqinlik ravshan ko‘rinadi. Bizningcha, bular turkman baxshilari repertuaridagi dostonining variantlari, parchalari bo‘lsa, ajab emas. Yuqorida qayd etganimizdek, „Dono Alisher“ kitobiga kirgan har ikki hikoya ham Xorazmda yozib olingan. Turkman folklori namunalarini mufassal bilgan Xorazm ijodkorlari repertuarida bu ikki afsonaning uchrashi ijodiy hamkorlikning samarasi edi. Xullas, turkman folklorining nodir namunalaridan biri bo‘lgan „Sulton Husayn Boyqaro“ dostoni, Turkmanistonda hozirga qadar Navoiy haqida yaratilgan hajman katta, nibatan, mukammal og‘zaki ijod asarlaridan sanaladi. Agar u o‘zbek tilida ham tarjima qilinib nashr etilsa, xalqimiz Alisher Navoiyning turkmanlar elida ham katta hurmat va e’tiborga sazovor ulug‘ siymolardan bir bo‘lganligiga yana bir marta ishonch hosil qilishga aminmiz. Download 247.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling