Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи
Download 247.9 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida
- Bu sahifa navigatsiya:
- X U L O S A
Barcha:
55
So‘zingiz qalblarga etgaydurmiz jo, Bizga duo bering, Navoiy bobo! (Tadbir Ozodbek Nazarbekovning „Xizmatingda turmasam sening, bolam dema Vatanim meni“ qo‘shog‘i bilan tugallanadi.) 56
X U L O S A O‘zbek-turkman adabiy aloqalari qadimiy an’analarga ega. Bu xalqlar uzoq asrlardan beri yonma-yon yashab keladi. Taqdirlari tutash. Ishtimoiy-iqtisodiy hayotdagidek , adabiyotlari va madaniyatlari o‘rtasidagi aloqalarning ham uzoq asrlik tarixi bor.Turkman va o‘zbek xalq og‘zaki ijodlari o‘rtasida ham umumiyliklar anchagina bor.O‘zbek va turkman adabiyotining bir-birlariga yaqinligida , aloqalarining mustahkamlanishida har ikki adabiyot ijodkorlarining roli alohidadir. Bular hamkorligisiz bu adabiyotlar aloqalarining o‘tmishini ham bugungi kunini ham tasavvur qilishi mumkin emas deb hisoblaymiz. Qardosh o‘zbek xalqi Maxtumquli Firog‘iy ijodini qanday qadrlasa turkman xalqi orasida ham Alisher Navoiy merosi shu darajada mashhur va qadrlanadi. O‘zbek kitobxonlari orasida Maxtumquli she’rlarini bilmaydigan o‘quvchilar topilmaganidek, turkman xalqi ham Alisher Navoiy merosidan yaxshi xabardor.Shoir asarlarining Turkmaniston tuprog‘iga kirib borganiga bir necha yuz yillar bo‘lgan desak mubolag‘a emas. Alisher Navoiy turkman xalqi orasida anchadan beri mashhur va ma’lum. Navoiy hayotlik chog‘laridayoq turkman xalqi, turkman adabiyoti bilan tanish bo‘lgan deb aytish uchun asoslar yetarli. Hatto Alisher Navoiy yashagan davrida bu o‘lkada bir necha marta bo‘lgan. Jumladan, Marv shahrida bir necha bor bo‘lib, bu yerdagi obodonchilik ishlariga salmoqli hissa qo‘shgan. Madrasalar qurdirgan, ijod ahliga g‘amxo‘rlik qilgan. Shoirlari bilan ijodiy hamkorlik qilgani haqida Alisher Navoiyning zamondoshi va shogirdi Xondamirning „Makorim ul-axloq“ asarida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Alisher Navoiy o‘zining „Majolis un- nafois“asarida ham turkman shoirlari to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Jumladan, Iroqdagi turkman shoiri Sulton Yaqubbek haqidagi „Majolis un- nafois“ da keltirilgan ma’lumotlar filrimizni tasdiqlashi mumkin. Biz yuqorida sanagan omillarning barchasi Alisher Navoiy merosining qolaversa shoir shaxsiytining turkman zaminida ommalashishida muhim, ro‘l o‘ynagan. Bu omillar turkman xalq o‘g‘zaki ijodiga Navoiy-Mirali obrazining kirib borishiga sabab bo‘ldi. Turkman xalqi Alisher Navoiy haqida o‘lab rivoyatlar va 57
hikoyatlar to‘qigan. Bu rivoyatlarda Navoiyning buyuk insonparvarlik fazilatlari, adolatpeshaligi, xalqlar do‘stligi g‘oyalariga sodiqligi, sahiyligi va boshqa ukug‘ fazilatlari madh etiladi. Bu rivoyatlarning har birida o‘quvchi Navoiyni buyuk inson, adolatparvar timsolida ko‘radi. Biz bitiruv malakaviy ishimizda ulug‘ shoir haqida Turkmanistonda yaratilgan barcha rivoyatlarni, shuningdek o‘zbek xalq og‘zaki ijodida yaratilgan afsona va rivoyatlarni Tahlil qilishga urindik. O‘zbek folklorida Navoiy va Guli haqida turkum rivoyatlar to‘qilgan. Biz ishimizning birinchi bobining ikki faslida shoir haqida uning sevgiga munosabati to‘g‘risida yaratilgan bir qator rivoyatlarni tahlil qilib shunday xulosaga keldikki, bu rivoyartlarning barchasida Navoiy barcha sohalarda adolatparvar hukumdor, sevgiga sadoqatli shaxs sifatida talqin qilinganiga guvh bo‘ldik. Xususan shoirning o‘zbek xalq og‘zaki ijodida yaratilagan bir qator hikoyatlar „Dono Alisher“kitobida chop etilgan va ushbu to‘plamdagi hikoyatlarni tahlil qilishga intildik. Bitiruv malakaviy ishimizning ikkinchi bobining ikki faslida esa, shoirning turkman folklorida yaratilgan rivoyatlar haqida so‘z yuritiladi. Navoiy va Sulton Husayn, Navoiy va Guli haqidagi rivoyatlarni o‘rgangan o‘zbek va turkman olimlarining qarashlaridan kelib chiqib o‘z fikrlarimizni bildirdik. Oybekning Navoiy va Guli dostoni haqidagi fikrlarimiz bilan o‘rtoqlashdik. Har ikki xalq ijodida Navoiy, Sulton Husayn va Guli haqida yaratilgan barcha rivoyatlar garchi bir- birlaridan mazmunan farq qilsada, ular mohiyat e’tibori bilan umumiy hususiyatga ega. Har ikki xalqda yaratilgan rivoyatlar ikki qardosh adabiyot, ularning folklori o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladik. Bitiruv malakaviy ishimizning uchinchi bobida esa, Alisher Navoiyning o‘zbek va turkman xalq og‘zaki ijodiga aloqador materiallarni umumta’lim maktablari darsliklariga kiritish lozimligai to‘g‘risidagi fikrlarimizni o‘rtaga tashladik. Chunki, Alisher Navoiy merosini xalq og‘zaki ijodi an’analaridan holi tasavvur qilish mumkin emas deb hisoblaymiz. Shunday ekan, agar biz Alisher
58
Navoiyning jahon adabiyatidagi o‘rni, jahon folklori bilan aloqalari haqida so‘z yuritmoqchi bo‘lsak bu mavzuni chetlab o‘tish o‘rinli bo‘lmaydi. „Navoiy- Mirali va Guli obrazi o‘zbek va turkman folklorida“ degan mavzudagi bitiruv malakaviy ishimizning umumiy hulosasi shundan iboratki, bunday mavzularni o‘rganish nafaqat adabiyotlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga hizmat qiladi, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini ham rivojlantirishga xizmat etadi. „Adabiyotlar do‘ztligi- bu xalqlar do‘stligi“ degan shior shu mantiqqa asoslanib aytilgani bejiz emas. Bu mavzuni bundan keyin ham har tamonlama o‘rganish uning chilmagan qirralarin ochib tahlil qilish o‘zbek va turkman olimlarining, folklorshunoslarining muhim vazifalaridan biri deb hisoblaymiz. Bizning bu jajji tadqiqotimiz shu yo‘ldagi izlanishlarga, yaratilgan tadqiqotlarga kichkinagina bir hissa bo‘lib qo‘shilgudek bo‘lsa, bizning tadqiqotimiz oz maqsadiga erishgan bo‘ladi.
Download 247.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling