51
Dilimning sururi, ko‘zimning nuri!
Chorlaganim bois yaxshilik, illo,
Sizni ko‘rmoq yana nasiba Ollo.
Bugun tongda bitdim yangi go‘zal bayt,
Sizga atab bitdim bir devon faqat.
O‘qirsiz vaqt topib yod aylab bizni,
Xudoyim, panohda asrasin sizni.
(Guli ta’zim ila Navoiydan kitobni oladi)
Guli:
Devoningiz muborak, bosh ustiga,
Barini yod olgum, sizga tasanno.
(Guli va qizlar yengil ta’zim bilan chiqib ketishadi.Boshlovchilar kiradi)
1-boshlovchi:
Angladik, sevgini qalbga jo etib,
Yashabsiz hayotda misli samandar,
Ishq ichra tug‘ilib, ishq ichra mangu,
Ishq tug‘in tutmagan hech kim siz qadar.
2-boshlovchi:
Yana bir tuyg‘u bor bag‘oyat yuksak,
Hayotda insonga doimo tirgak.
Bu tuyg‘u-do‘stlikdir,so‘zlang,bobojon,
Do‘stingiz kim edi, bo‘lurmi bilsak?
Navoiy:
Esimda u damlar, sho‘x- shodon yillar,
„Guliston“, „Bo‘ston“ni yod olgan kunlar.
Hamdamim, anisim ul maktab aro,
Jondek aziz do‘stim-Husayn Boyqaro.
Ko‘nglim supasiga o‘lturgan shoh ul,
Va o‘zga hayolni supurgan butkul.
Men bitdim „Xamsa“ni, „Chor devon“ yana,
52
Barida do‘st nomi topti tantana.
Gar vafo qilganda bu umri foniy,
Tarixin bitardim ul shohi G‘oziy…
(Navoiy va boshlovchilar chiqadi. Boyqaro va mulozimlar kirib keladi.
Boyqaro o‘tiradi va musiqa boshlanib,raqs ijro etiladi)
Boyqaro:
Ofarin,mashshoqlar sozingizga boz,
Raqsingiz har qancha tariflasam oz.
Hydaychi,bularni aylangiz e’zoz,
Ko‘ngillari bo‘lsin bizdan sarafroz.
Do'stlaringiz bilan baham: