Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи


Download 247.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana02.01.2022
Hajmi247.9 Kb.
#201343
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida

Hudaychi: (bosh egib): 

Buyrug‘ingiz bosh ustina. 

(Musiqachilar va Hudaychi chiqib ketishadi) 

Boyqaro: 

Do‘stimiz Alisher nega ko‘rinmas? 

Saroyni fayzi-la fayziyob etmas? 

Yo biror mushkulot tushmish boshiga 

Yoki borsammikin o‘zim qoshiga? 

Hudaychi(kiradi, ta’zim qilib) 

Hazratim qabulda shoir Alisher, 

Ruxsatingiz kutib turmushlar ne dey? 

Boyqaro: 

Tezroq chorlang, kirsin aziz do‘stimiz, 

O‘zi mushtoq edi unga ko‘nglimiz. 

Hudaychi: 

Kirsinlar shoirlar shoiri, ustoz Navoiy! 

(Navoiy ta’zim qiladi, Boyqaro o‘rnidan turib u tomon kelib quchoqlashib 

ko‘rishadi) 



Navoiy: 

Assalom podshohim, olampanohim! 




 

53 


Umringiz ziyoda qilsin Ollohim. 

Uzrimni aytaman, ming bor taassuf, 

Bir zarur yumushla kech qoldim afsus. 

Boyqaro: 

Bormisiz, azizim, do‘stim, darddoshim, 

Ko‘nglimning quvonchi,mahram sirdoshim. 

Yo bizdan arazlab ketdingizmi siz. 

Biror xatoliqqa yo‘l qo‘ydikmi biz. 

Navoiy: 

Sultonim, hoqonim, ey aziz do‘stim, 

Kechiring, gar sizni ranjitgan bo‘lsam. 

Men sizga atabon bitgandim kitob 

Shuni oxiriga yetkazib shitob. 

Qanotsiz siz tamon uchdim,podshohim, 

Avf eting, gar bo‘lsa zarra gunohim. 

Bu sizga bitganim- Beshta xazina, 

Ustoz Nizomiydek bitdim men „Xamsa“ 

(Navoiy ta’zim ila kitobni Boyqaroga taqdim etadi. Boyqaro kitobni olib bir-

bir varaqlaydi) 

Boyqaro: 

„Hayrat ul-abror“  

„Farhod va Shirin“ 

„Layli va majnun“ 

„Sab’ayi sayyor“ 

“Saddi Iskandariy“ 

Ofarin, tasanno, do‘stim Alisher! 

Siz menga, bilsangiz ustozim va pir, 

Oq otim keltiring,pirim o‘tqizay 

O‘zim bu pirimga jilovdor bo‘lay. 




 

54 


(Atrofdagilar ofarin,ofarin deb turishadi. Birgalashib sahnadan chiqishadi, 

boshlovchi va Navoiy kirib kelishadi) 



1-boshlovchi: 

Angladik bu dunyo o‘tkinchiligin, 

Faqat ezgu so‘z-u amal birligi. 

Mehr va sadoqat rishtasi bilan, 

O‘lchanar ekan inson tirikligi 

2-boshlovchi: 

Ishq va sadoqatning maxzani-ko‘ngil, 

Bu ne’mat topilmas misli  javohir. 

Singanda tuzalmas, hech yamab bo‘lmas, 

Angladik, Ka’ba bu-insondagi dil. 


Download 247.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling