Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи


 Navoiy va Guli haqida turkman dostoni


Download 247.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana02.01.2022
Hajmi247.9 Kb.
#201343
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida

2.2 Navoiy va Guli haqida turkman dostoni 

Alisher  Navoiy  to‘g‘risida  turkman  xalqi  orsida  yaratilgan  afsona  va 

rivoyatlarning  o‘zbek  sovet  yozuvchilari  ijodiy  izlanishlarida  qo‘llanilayotganligi 

diqqatga sazovor  fakt.    Atoqli  adibimiz  Oybekning  bu  sohadagi  adabiy  tajribalari 

har  bir  ijodkorga  ibrat  bo‘la  oladi,  deb  o‘ylaymiz.  Xalq  afsonalari  negizida 

yaratilgan  Oybekning  „    Guli  va  Navoiy“  dostonining  mazmuni,  undagi  ayrim 

epizodlar  bizga  turkman  xalqi  orasida  mashhur  bo‘lgan  ba’zi  bir  latifa  va 

rivoyatlarni  eslatib  turadi.  Hatto,  shoir  ayrim  latifanoma  hikoyalarni  doston 

syujetiga  aynan  olib  kirgan,  she’riy  qatorlarda  chiroyli  qilib  tasvirlab  bergan. 

„Podsho  o‘lariga“  degan  hikoyatning  mazmunini  yuqorida  keltirilgan  edik.  Endi 




 

39 


shu  afsonaning  „Guli  va  Navoiy“  dostonidagi  she’riy  talqini  bilan  tanishing. 

Alisherbek, ne tadbir, ne o‘y?  

Sotibsizmish hosoriy yuz qo‘y. 

 Qarshi bozorida, nasiyaga, 

 Faraz qilsam, o‘xshar hadiyaga...? 

 Vafotimdan so‘ng to‘lashurmish  

Xaridorlar, yohu, nechuk ish?  

– Oliy hazrat, bu so‘zlar rostdur,  

Qilmishimga bir sir boisdir: 

 „Xaridorlar yolvarur doim,  

O‘g‘onidan tilab, podishohim. 

 Sizga behad ko‘p uzoq umur, 

 Niyatim shu!“ – Sher qulur, maxmur. 

 Husayn qilur, qah-qaha uzoq,  

Gar esiga tusharkan har choq.

1

  



„Guli va Navoiy“ dostonining Husayn Boyqaro, Guli, Navoiy munosabatlari 

tasvirlangan  sahifalarida  Mirali  nomi  bilan  bog‘liq  turkman  rivoyatlarining  ta’siri 

yaqqol  sezilib  turadi.  Husayn  Boyqaro  bilan  Navoiyning  ovga  chiqishi,  tasodifan 

podshoning  derazadan  Gulini  ko‘rib  qolishi  va  unga  oshiq  bo‘lishi,  so‘ng  Guliga 

Naoiyni sovchi qilib yuborib, qizning roziligini olishi hamda unga uylanishi, oxir-

oqibat  Gulining  Navoiyga  sodiq  qolib,  vafot  etishi  kabi  hayajonli  epizodlarni 

o‘qiganimizda „Guli va Sulton Suyun“ ,   „Mirali va Sulton Suyun“ kabi turkman 

xalq afsonalaridagi voqealarni ko‘z odimizga keltiramiz. 

 Demak,  Oybekdek  ulkan  san’atlar  uchun  o‘z  xalqining  tilida  va  dilida 

turgan  orzu-o‘ylarni,  Alisher  Navoiyning  rang-barang  voqealarga  boy  hayotning 

ibratli  tomonlarini  badiiy  so‘zga  ko‘chirishda  Mirali  turkum  hikoyalari  alohida 

ahamiyat kasb etadi.  

Uyg‘un  va  Izzat  Sultonning  „Alisher  Navoiy“  tarixiy  dramasidagi 

Navoiyning sevgilisi Guli obrazining yaratilishida xalq og‘zaki ijodidagi afsonaviy 

                                                

1

 Oybek. Guli va Navoiy. “Fan” nashriyoti, Toshkent, 1968 y., 15-bet 




 

40 


go‘zal  qiz  Gulining    prototip  bo‘lib  xizmat  qilganligi  ilmiy-adabiy  manbalarda 

tilga olinadi. 

 Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, turkman xalqi 

Mirali  (Navoiy)  siymosida  o‘z  orzu-istaklarining  homiysini  ko‘rdi.  Uning 

qiyofasida  mushkulini  oson  qiladigan  g‘amxo‘r  shaxsni,  dushmanlaridan  ayovsiz 

o‘ch oladigan, zolimlarning adabini beradigan, befarosat kishilarni ziyraklik bilan 

mot  qiladigan  donishmandni  tasavvur  qildi.  Navoitsni  adolat  va  haqiqat  timsoli, 

deb bilgan turkman xalqi uni ideal xalq qaxramoniga aylantirdi va shoir to‘g‘risida 

yuzlab  afsonalar  ijod  etdi.  Mana,  qariyb  besh  asrdan  beri  bu  o‘lmas  rivoyatlar 

tillardan-tillarga, ellardan-ellarga o‘tib, xalqimizga ma’nafiy zavq berib kelayapti. 

Bugun  ham  jamiyatimizdagi  yaramas  illatlarga  qarshi  kurash  olib  borishda, 

odamlar  shaxsiyatidan  yuksak  axloqni  shakllantirishda,  xalqimizni  olijanob 

ideallarga  ruhlantirishda  bu  ajoyib  hikoyalarning  tarbiyaviy  ahamiyati  g‘oyat 

yuksakdir.  Eng  muhimi,  Mirali  turkum  hikoyalari  ikki  birodar  xalq  –  turkman  va 

o‘zbek  xalqlari  do‘stligiga,  o‘zbek  va  tukman  adabiyotlari  hamkorligiga  xizmat 

qilib kelayapti. 

 Turkman  adiblari  do‘stlik  mavzusida  qanday  she’r  yozmasin,  bu 

do‘stlikning  timsolini  Navoiy  va  Maxtumquli  qiyofalarida  ko‘radilar,  Navoiyning 

Turkmanistondagi  mashhurligini  Mahtumqulining  O‘zbekistondagi  shuhrati  bilan 

izohladilar.  Taniqli  shoir,  Maxtumquli  nomidagi  Turkmaniston  Davlat  mukofoti 

laureati  Nuri  Bayramovning  „Do‘stlik  daftari“  she’rlar  turkumiga  kirgan  „Bir 

dasturxon  qo‘shig‘i“  nomli  she’ri  xuddi  ana  shunday  xususiyatga  ega.  Shoir 

do‘stlik  hni,  o‘zbek  tuprog‘ini  madh  etar  ekan,  bu  tuproqni  Navoiydek, 

G‘.G‘ulomdek  ulug‘  shoirlar  nomi  bilan  bog‘laydi,  bu  vatan  ana  shunday  ulug‘ 

zotlar bilan ko‘rkam va dovrug‘li degan fikrlarni ilgari suradi, turkman va o‘zbek 

xalqlarining ajoyib do‘stligini kuylaydi. 

       No aỳynyň  atany, özbek topragy 

       Kabul et sen türkmenlerden salamy, 

     Men  irin aỳdymyň  ygryň ỳesiri, 



 

41 


     Diňlem ge geldim Gapur Gulamy. 

 

     Salam getirsem-de aramyz da  d l 



     Otyrys biz bir supranyň da ynda 

     Sen aỳdym aỳdỳaň Magtymgulydan, 

      No aỳy bar meniň sazymyň ba ynda. 

Darhaqiqat,  turkman  va  o‘zbek  xalqlari  do‘stligi  madhiga  bag‘ishlangan 

she’rlarning  ko‘pchiligida  Navoiy  va  Mahtumqulining  buyukligi  ulug‘lanadi.  Bu 

ikki  siymo  timsolida  o‘zbek-turkman  xalqlarining  aql-zakovati,  donishmandligi, 

uyg‘unlashganligi  iftixor  tuyg‘ulari  bilan  qalamga  olinadi.  Shoir  S.Avazberdiev 

Erkin  Vohidovning  „O‘zbegim“  qasidasida  yozgan  o‘xshatmasida  O‘zbekistonni, 

o‘zbek xalqini ta’riflar ekan, bir joyda shunday deb yozadi:  

Desterhany bereketli  

 

Alma-narly özbegim, 



No aỳydek, Pyragydek 

    


Akyldarly özbegim.

 

Q.  Seyitliev  G‘afur  G‘ulom  vafotiga  bag‘ishlab  „Inson  va  barhayotlik“ 



nomli  marsiya  yozgan  edi.  Shoir  she’rda  G‘.G‘ulomning  abadiyligi  haqida, 

asarlarining avlodlar qalbida hamisha barhayotligi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, bir 

o‘rinda  yana  Navoiyga  murojaat  etadi,  G‘afur  G‘ulom  ham  huddi  Navoiydek  el 

dilida mangu yashaydi deydi shoir: 

    No aỳyny halkyň saklaỳ y ỳaly, 

    Seni hem ỳürekde saklar illeriň. 

    Baky aỳdymy bar ỳa  nesilleriň, 

    Go gylar bagynda eken gülleriň 

    Seni hem ỳürekde saklar illeriň. 

 



 

42 


Har  ikki  qardosh  jumhuriyatda  bo‘lib  o‘tgan  adabiyot  va  san’at  bayramlari 

xalqlarimiz  va  adabiyotlarimiz  do‘stligini  mustahkamlashga  katta  hissa  bo‘lib 

qo‘shildi.  Shu  do‘stlik  mavzularining  doirasi  yanada  kengaydi.  Qardoshligimizni 

madh  etuvchi  ajoyib  asarlar  maydonga  keldi.  Bu  sohada,  ayniqsa,  turkman 

adiblarining  ijodiy  mehnatlari  samarali  bo‘ldi.  Turkman  adabiyotshunos  olimlari 

qalamiga  mansub  bo‘lgan  Navoiy  haqidagi  ilmiy  tadqiqotlarning  barchasini 

yagona  nuqtaga  birlashtirib  turgan  bir  umumiy  ohangdoshlikni  e’tirof  etmaslik 

mumkin emas. Bu – turkman olim va adiblarining buyuk san’atkor Alisher Navoiy 

merosiga  katta  mas’uliyat  va  chuqur  samimiyat  bilan  yondoshib,  uning  ijodini 

qadrlashi va yuksak baholashidir.  




Download 247.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling