Fiziologiya pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy ilmiy bazasi hisoblanadi. Pedagogika
fiziologiyaning oliy asab (nerv) faoliyatining rivojlanishi, asab sistemasining o'ziga xosligi,
birinchi va ikkinchi signal sistemalar haqidagi, shuningdek sezgi organlarining, tayanch harakat
apparatlarining, yurak. kon-tomir hamda nafas olish sistemalarining faoliyati, rivojlanishi haqidagi
ma'lumotlarga suyanadi.
Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa fanlar
yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.
2.3. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog'langan.
Pedagogika o’z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va
jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Shu ma‘noda pedagogikaning ilmiy- tadqiqot usullari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, blish
yo’llari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz. Boshqa fanlar qatorida pedagogika fani ham o’z tadqiqot ob‘ektiga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta‘lim-tarbiya
mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham
boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas.
Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, hal etilgan emas.
Ilmiy tadqiqot pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik
hodisalarni tekshirishga, ularni to’g’ri hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot usullariga tayanib fikr yuritish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |