Rajabova mahliyoning seminar taqdimoti


Suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish


Download 30.78 Kb.
bet5/8
Sana21.06.2023
Hajmi30.78 Kb.
#1641282
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabgacha pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog\'liqligi123

Suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish. 
Suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish va maktab 
hayotiga tadbiq qilish pedagogik jihatdan qimmatlidir.
Maktab hujjatlarini o’rganish - o’quvchilarning shaxsiy delolari, metodistlarninng 
xabarlari, sinf jurnallari, kundaliklari, yig’ilishi va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib 
borilayotgan ta‘lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida ob‘ektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab 
hujjatlarini tekshirish orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati 
haqida aniq ma‘lumotlar olinadi
Eksperiment – so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma‘nosini anglatadi. 
Eksperimental – tajriba ishlari asosan ta‘lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy 
ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi: 
1) Tabiiy eksperiment. 2) Laboratoriya eksperimenti. 
3) Amaliy tajriba. 
 
Matematik metod – ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalashtirish yo’li 
bilan to’plangan materiallarni yoki ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun) qullaniladi. Bu metod 
eksperiment natijalarini aniq baholashini, xulosalarning ishonchli bo’lishini ta‘minlaydi. 
 
 
Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo’llar 
bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy 
konferentsiyalarda tadqiqot natijalari bo’yicha ma‘ruzalar bilan chiqish ilmiy maqolalar, kitoblar 
nashr etish, o’qituvchilarga mo’ljallangan metodik tavsiyalari bo’lishi mumkin. Pedagogikada hali 
hal etilmagan muammolar juda ko’p. Bular ilmiy – tadqiqot olib borish yo’li bilan hal etiladi. 

Download 30.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling