Rakhmatov s t me/rakhmatov s Rahmatov Sanjarbek kompyuterni tashkil etish
Download 0.5 Mb.
|
KTE 1-mustaqil ish Rahmatov Sanjarbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari;
rakhmatov.s_1 t.me/rakhmatov_s_1 Rahmatov Sanjarbek KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH 1-mustaqil ish ______________________________________________________________________ Reja:
Mantiqiy operatsiya - dasturlashda mantiqiy algebradagi bayonotlar bo‘yicha ba'zi operatsiyalarga mos keladigan mantiqiy (Bul tipidagi) turdagi iboralar bo‘yicha operatsiya. Bayonotlar singari, mantiqiy iboralar ham ikkita haqiqat qiymatidan birini - "to‘g‘ri" yoki "yolg‘on"ni qabul qilishi mumkin. Mantiqiy operatsiyalar soddadan murakkab mantiqiy iboralarni olishga xizmat qiladi. O‘z navbatida, mantiqiy iboralar odatda dasturning ketma-ketligini boshqarish shartlari sifatida ishlatiladi. Bu yerda har bir raqamning qiymati uning sondagi joylashuviga (pozitsiyaga) bog‘liq. Masalan, 23=2*10+3 32=3*10+2 Ikkilik tizim o‘nlik tizimiga (arab tizimi) o‘xshab pozitsion tizimlar ichiga kiradi. Rim sanoq tizimi aralash (ya'ni, qisman pozitsion, qisman nopozitsion) sanoq tizimi hisoblanadi. VII=5+1+1=7 VI=5+1=6 IV=5-1=4 Sonni pozitsion tizimida tasvirlash uchun foydalanadigan turli raqamlarni qiymati (soni) sanoq tizimini asosi P hisoblanadi. Raqamlarni qiymati 0 dan (p-1)gacha. Umuman aytganda, siz istagan N sonni “P” asosli sanoq tizimida quyidagi qator ko‘rinishida keltirish mumkin: N=am-1 * Pm-1+am-2*Pm-2+…+ak*Pk+…+a1*P1+a0*P0+…+a-1*P-1+a-2*P-2+…+a-s*P-s Pastdagi indekslar raqamli sondagi joylashuvini ko‘rsatadi: indekslarning musbat qiymatlari - sonning butun qismini (m-razryadlarini), manfiylari esa - kasrli qismini (S-razryadlarini) ko‘rsatadi.Ikkilik sanoq tizimini asosi P=2 va u ma'lumotni taqdimlash uchun atigi ikki raqamdan foydalanadi: 0 va 1. Bir sanoq tizimidan boshqa sanoq tizimiga o‘tkazish qoidalari mavjud. Masalan, 101110,1012 =1*25+0*24+1*23+1*22+1*21+0*20+1*2-1+0*2-2*+1*2-3=46,62510 Shunday qilib, istalgan pozitsion tizimdan sonni o‘nlik tizimiga o‘tkazish uchun formuladan foydalanish mumkin. O‘nlik tizimidan istalgan asosli sanoq tizimiga o‘tkazish uchun formuladan foydalanish qiyin. Osonlashtirish maqsadida o‘nlik sonni butun qismini alohida va kasr qismini ham alohida ikkilik tizimiga o‘tkazish ma'qul.
Masalan, 46,62510→(2) o‘nlik sanoq tizimidan ikkilik sanoq tizimiga o‘tkazamiz. Butun qismi 46 sonini alohida o‘tkazib olamiz. Qoldiqlarni o‘ngdan chapga yozamiz: 101110=4610
0,625*2=1,250; 0,250*2=0,500; 0,500*2=1,000 (kasr qismi 0-ga teng). Olingan natijalardagi butun qismini chapdan o‘ngga (yuqoridan pastga) ketma-ket yozib chiqamiz - 0,101 ya'ni, 0,625(10)=0,101(2). Demak, oxirgi natija: 46,62510=101110,101(2). Kompyuterda ishlashda 10-lik va 2-lik sanoq tizimlaridan tashqari ikkilik-o‘nlik va 16-lik sanoq tizimlari ishlatiladi. Ikkilik-o‘nlik tizimida har bir o‘nlik tizimiga tegishli raqam tetrada (4 ta ikkilik razryad) bilan belgilanadi. Masalan, 0=0000, 1=0001, 2=0010 va h.k. 327(10)= 0011 0010 0111 Ikkilik-o‘nlik tizim ma'lumotlarni kompyuterga kiritishda va dasturlashda ishlatilsa (masalalarni tayyorlash va dasturlashga qulay), 16 lik sonlar ikkilik sonlarni qisqartirish uchun qulay. 16-lik sanoq tizimi ko‘pincha dasturlashda ishlatiladi. Ushbu tizimda 9 raqamdan katta raqamni belgilash uchun harflardan foydalaniladi: A=10, V=11, S=12, D=13, E=14, F=15. Masalan, 16-lik son F17B, ikkilik ko‘rinishda - 1111000101111011, o‘nlik ko‘rinishda - 61819 . Ikkilik sonni 16-likga o‘tkazish uchun ikkilik sonni kichik bitlaridan boshlab, tetradalarga bo‘lib chiqish kerak. Masalan, 111010(2) 16-likda ushbu sonni ko‘rinishi A=1010, 3=0011 Demak, 111010 (2)=3А(16) teng bo‘lar ekan.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling