Yahoo! — Bir qator xizmatlar taklif etuvchi Amerika kompaniyasi, Yahoo! Directory internet-portal bilan biriktirilgan; Ushbu portal mashhur xizmat Yahoo! Mail Internetdagi mashhur elektron hatni oʻz ichiga oladi. Yaqinda hat interfeysining yangi versiyasi ishga tushirildi, u AJAX ga asoslangan[1][2].
Yahoo! kompaniyasi 1994-yil yanvar oyida Stanford universiteti aspirantlari David Filo va Jerry Yang tomonidan asos solingan, 2-mart 1995-yil da korporatsiyaga aylandi. Kompaniya bosh ofisi Sunnyvale shahri, shtat Kaliforniya, AQShda joylashgan.
Alexa Internet va Netcraft statistik maʼlumotlariga koʻra bugungi kunda Yahoo! Internetda kirishlar boʻyicha birinchi veb-sayt hisoblanadi. Yahoo! global veb-saytlar tizimi kuniga 3,4 mlrd. ver-sahifa talablarni qayta ishlaydi (2005-yil oktyabr oyi maʼlumotlariga koʻra).
Qidiruv Tizimi (inglizchada "search engine")- immmmmm reba bu komputerda, kompyuter tarmogʻida yoki butunjahon web tarmogʻida world wide web saqlanayotgan ma'lumotlarni qidirishga moʻljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema maʻlumotlar bazasi uchun kalit-soʻzlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-soʻz qatnashgan qidiruv soʻrovnomasiga javob sifatida natijalar roʻyxatini koʻrsatish imkoni paydo boʻladi.Qidiriv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli ma'lumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida komputer xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir.Qidiruv tizimining asosiy vazifalari, hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:
Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʻlumotlar strukturasi)
Qidiruv soʻrovnomalarini bajarish
Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, yaʻni tushunarli shaklda koʻrsatish
Odatda maʻlumotlar qidirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi, masalan WWWda Webcrawler, alohida kompyuterda esa foydalanuvchi belgilagan Indexlar roʻyxatidan barcha maʻlumotlarni oʻqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |