Rambler” endi “Yandeks”ning qidiruv texnologiyasidan foydalanadi


Download 26.49 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi26.49 Kb.
#1003634
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Rambler” endi “Yandeks”

Interpretasiya Foydalanuvchining qidiruv soʻrovnmasi qidirsh jarayoni boshlanishidan oldin kerakli qidiruv algoritmiga tushunarli qilib interpretasiya(tarjima) qilinadi.Bu esa oʻz navbatida soʻrov sintaksisini imkon qadar soddaroq qilish va murakkab soʻrovlarni bajarish imkonini yaratishga xizmat qiladi. Koʻplab qidiruv tizimlari matematik mantiqdagi Bul operasiyalari yordamida turli kalit-soʻzlarning mantiqiy birikmasini hosil qila oladi.Natijada esa maʻlum kalit-soʻzga ega web-sahifani topish imkoni paydo boʻladi. Eng yangi qidiruv tizimi tabiiy tilni tushunadigan qidiruv tizimini boʻlib, uni semantik qidiruv tizimi deb atashadi. Eng koʻp qoʻllaniladigan qidiruv tizimlarining belgilari Eng koʻp qoʻllaniladigan belgilar kombinasiyasi WWWdan axborot manbaʻi sifatida, matnli maʻlumotlar uchun esa HTML-format va qidiruvni amalga oshirishda esa indeks yaratishdan foydalanadi.Soʻrovnimani interpretasiya qilish koʻpincha sodda sintaksisga asoslanga holda amalga oshiriladi. Eng yirik qidiruv tizimi hosoblanmish Google, Yahoo Search va Microsoft Live Search mana shu uslubda ishlaydi. Natijani koʻrsatish Qidiruv natijasi koʻrsatadigan sahifa koʻpgina qidiruv tizimlari tomonidan ikkiga: tabiiy roʻyxat va homiylar linklariga ajratiladi. Homiylar linklari toʻlov asosida qidiruv indeksiga kiritilgan boʻlsa, tabiiy roʻyxatda qidirilayotgan kalit-soʻz qatnashgan boʻlsagina koʻrsatiladi.Foydalanuvshiga qidiruv tizimidan foydalanishni osonlashtirih maqsadida natijalar muvofiqlik boyʻicha (Ranking) saralanadi, lekin har bir qidiruv tizimi saralash uchun oʻz meʻyorlariga egadir. Bu meʻyorlarga quyidagilar kiradi:

  • maʻlumotning ahamiyati (Google uchun PageRank-koʻrsatkichi)

  • har bir topilgan malumotda qidirilayotgan kalit-soʻzning qanchalik koʻp uchrashi va joylashgan oʻrni

  • soʻralgan maʻlumotni baholash va soni

  • boshqa sahifalardan ushbu kalit-soʻz qatnashgan sahifaga qanchalik koʻp linklar berilganligi

  • link beriladigan sahifalarning sifati.

Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish. Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta’minlab beruvchi dasturiy ta’minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo‘ladi.
Chat – bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar, odatda, matn yozishish orqali yangiliklar bilan almashishadi yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.
Internet orqali so‘zlashuv. Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida, bir-birlari bilan internet tarmog‘i orqali aloqa o‘rnatishi tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya’ni foydalanuvchilar qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Mail Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi.
Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga ulab, yuqorida aytilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foynalanuvchiga tezkorligi, arzonligi hamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi.
Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqotda foydalanuvchilar bir-birlarini kompyuter ekranida (on-layn tarzda) ko‘rib turadilar, ya’ni foydalanuvchilarning harakatli tasvirlari bir-biriga uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi qurilma veb kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir-birining gapini eshitibgina qolmay, balki bir-birlarini ko‘rib ham turishadi.



Download 26.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling