Ramonova sadoqat komilovna


Download 49.74 Kb.
bet2/4
Sana09.04.2023
Hajmi49.74 Kb.
#1344448
1   2   3   4
Bog'liq
RAMONOVA SADOQAT KOMILOVNA

ADABIYOTLAR TAHLILI
Mamlakatimiz olimlari tomonidan Oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, fanni o‘qitishning zamonaviy muammolari va didaktik ta’minotiga doir ishlar A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov, A.S.Karimov, M.Ibadullaev, V.Abdullaev, X.K.Aripov, M.M.Mirhaydarov, Sh.A.Pazilova, T.A.Maxmudov kompetensiyaviy yondashuv asosida fanni o‘qitish hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash masalalarida U.I.Inoyatov, N.Sh.Turdiev, J.E.Usarov, G.O.Ernazarova, B.Boboev fanni o‘qitishda axborot-ta’lim resurslarini qo‘llash masalalari A.A.Abduqodirov, U.Sh.Begimqulov, F.M.Zakirova, O.X.Turakulov, M.M.Aripov, N.I.Taylaqov kabi olimlarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi olimlari A.S.Kasatkin, V.V.Afonin, S.A.Borminskiy, N.A.Makenova, L.V.Ravichev, A.E.Kaplyanskiy, D.D.Dondokov, O.V.Filimonova, A.I.Shimarov, V.Sapenko tomonidan elektrotexnika va elektronika asoslari fanining o‘qitish metodikasini rivojlantirishga doir ishlar tadqiq etilgan. I.V.Robert, Ye.S.Polat, S.S.Velikanova, Yu.Serousov, I.Jeleznyak va boshqa olimlar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quv jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlari tadqiq qilingan.
Shuningdek, xorijda Don Johnson, B.L.Theraja, K.Charles, A.Matthew kabi olimlar tomonidan elektrotexnika va elektronika asoslari fanining nazariy-metodologik asoslari o‘rganilgan.
Muammoni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tahlillarga ko‘ra, oliy harbiy bilim yurti elektrotexnika va elektronika asoslari dasr mashg‘ulotlarida kursantlarning o‘quv faoliyatini jadallashtirishga imkon beruvchi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlarini pedagogik muammo sifatida o‘rganish zarurati mavjud.
TADQIQOTLAR METODALOGIYASI
oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishning metodik xususiyatlari ratsionallik va emotsionallik, nazariy va empirik bilimlarning birligi, elektrotexnikaning hayot va amaliyot bilan bog‘liqligi kabi umumdidaktik tamoyillarini kompyuterli chizmatexnik modellashtirish jarayonlariga komparavistik tarzda tatbiq etish orqali aniqlashtirilgan;
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qitishning metodik tuzilmasi (komponentlari, bosqichlari)ning elektr zanjirlarni almashtirish chizmasi, modellashtirish, vektorli diagrammalar, analitik metodlarni axborot texnologiyalarini qo‘llashga imkon beruvchi chizma-tasviriy modellar (mental kart, mantiqiy graf, freym) bilan modifikatsiyalashning produktivligini ta’minlash asosida o‘rganilgan;
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qitishning didaktik modeli konstruktiv-texnik masalalarni yechish jarayonida ijodiy texnik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy bilish shakl va metodlarining (kuzatish, eksperiment, taqqoslash, farazlarni ilgari surish, analogiya, analiz, sintez, umumlashtirish) majmuaviy qo‘llash algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishning metodik ta’minoti elektron dasturiy vositalarni (Virtual bread board, NI Multisim 14, Proteus 8 Professional, ARDUINO platasi dasturlari) izlanishli-tadqiqotchilik faoliyat jarayonida texnik intellektni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladigan test-kartlarni adaptiv tarzda ishlab chiqish orqali rivojlantirilgan.

Download 49.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling