Ramonova sadoqat komilovna
Download 49.74 Kb.
|
RAMONOVA SADOQAT KOMILOVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- (in the case of higher military educational institutions) Abstract
- Key words
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI FANINI O‘QITISHNI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI (oliy harbiy bilim yurtlari misolida) RAMONOVA SADOQAT KOMILOVNA Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti Annatotsiya: Mazkur maqolada elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtirish metodikasi (oliy harbiy bilim yurtlari misolida) ma’lumot keltirilgan. Kalit so’zlar: elektrotexnika, fizika, matematika, oliy harbiy ta’lim, kursant, kasbiy kompetentlik, axborot taxnologiyalari. МЕТОДИКА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРЕПОДАВАНИЯ ЭЛЕКТРОТЕХНИКИ И ОСНОВ ЭЛЕКТРОНИКИ С ПОМОЩЬЮ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ (в случае высших военных учебных заведений) Аннотация: В данной статье представлена информация о методике совершенствования преподавания электротехники и электроники с помощью информационно-коммуникационных технологий (на примере высших военных учебных заведений). Ключевые слова: электротехника, физика, математика, высшее военное образование, курсант, профессиональная компетентность, информационные технологии. METHODOLOGY FOR IMPROVING TEACHING OF ELECTRICAL ENGINEERING AND ELECTRONICS FUNDAMENTALS WITH THE HELP OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES (in the case of higher military educational institutions) Abstract: This article provides information on the methodology of improving the teaching of electrical engineering and electronics with the help of information and communication technologies (in the example of higher military educational institutions). Key words: electrical engineering, physics, mathematics, higher military education, cadet, professional competence, information technologies. KIRISH. Bugungi kunda dunyo tajribasida zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti sharoitida olib borilayotgan fundamental tadqiqotlarda nanotexnologiya va nanoo‘lchamli materiallar fizikasi, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va mobil aloqa vositalarining ta’lim muhitining takomillashishishiga ta’siri keng miqyosda o‘rganilmoqda. Yevropa davlatlari harbiy sohasini modernizatsiya qilish jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, harbiy bilim yurti mutaxassisliklarida fizika fanining amaliy jihatlariga ustuvorlik berish asosida o‘qitish bo‘lajak ofitserlarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish, YuNESKO tomonidan “ta’lim konsepsiyasini hayot davomida amalga oshirish” tamoyillari alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon ta’limidagi innovatsion o‘zgarishlar bo‘lajak harbiy mutaxassislarning zamonaviy strategiyasini, ta’lim jarayonini loyihalashtirish, ko‘p variantli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash hamda harbiy muhandislik kasbiy ta’limining metodik ta’minotini boyitishning ilmiy asosini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Bu esa harbiy bilim yurtlari ta’lim muhitida zamonaviy texnika va texnik jihozlar, xususan, harbiy texnika va unda qo‘llanilayotgan elektron qurilmalar, avtomatlashgan boshqaruv vositalari ularning ishlash prinsipini va o‘rnini anglashda mutaxassisdan intergatsion zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini taqozo etadi. Zero, harbiy texnikalar asosini elektrotexnika va elektronika asbob-uskunalari tashkil etadi. Shu bois oliy harbiy bilim yurtlari (trenajyor va amaliy mashg‘ulotlar) kursantlarida zaruriy kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik tamoyillarini boyitish bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mamlakatimizda oliy ta’lim sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan tadqiqotlar markazida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim shakllarini, ta’limning innovatsion klasterli yondashuvida ta’limning barcha bosqichlarida ko‘p variantli ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Harakatlar strategiyasida1 “sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu borada oliy harbiy ta’lim jarayoniga, jumladan, elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llab, fanni o‘qitish metodikasini takomillashtirish asosida kompetentli harbiy muhandislarni tayyorlash zaruriyatga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmonlari, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son, 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son Qarorlari hamda mazkur faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 49.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling