Rang-barangligi


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana14.05.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1459759
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
223-230

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
17-to’plam aprel 2023 
 
225 
mazkur to‘plamlarning barchasini olish birmuncha noqulaylik tug‘diradi. 
Vaholanki, shoir bir she‘rini ba‘zan ikki yoki undan ziyod to‘plamiga kiritganlik 
holatlariga ham duch kelamiz. Shu kabi sabablarni inobatga olib, janr va shakllar 
klassifikatsiyasida shoirning asosan “Saylanma”sidagi she’rlarni o’rganishni lozim 
topdik. Ushbu to‘plam U. Azimning eng mukammal va keng qamrovli to‘plami 
ekanligi “Usmon Azim ijodiyoti” uslubiy qo‘llanmasida ham e’tirof etilgan. Albatta, 
shoirning ijodi adabiyotshunoslikda har doim yuksak baholangan. Biz esa 
tadqiqotimiz g‘oyaviy maqsadi va mavzu doirasidan kelib chiqqan holda ushbu 
faslda, asosan, shoir she’riyatidagi janrlar va shakllar xilma-xilligiga e’tibor 
qaratdik. Buning uchun “Saylanma”dagi she’rlar klassifikatsiyasi hamda 
statistikasini o‘rgandik. Shuningdek, shoirning “Dars”, “Fonus”, “Jimlik”, “Surat 
parchalari”, “Uyg‘onish azobi” , “Uzun tun”, “Yurak” to‘plamlari ham tadqiqotimiz 
obyekti etib olindi. Shoir she’riyatidagi janr va shakllar rang- barangligi xususida 
bizgacha ham bir qadar fikrlar bildirilgan, albatta. Masalan, adabiyotshunos 
Mahfuza Davronovaning “Hozirgi o‘zbek she’riyatida individual uslub poetikasi 
(Usmon Azim, Iqbol Mirzo, Faxriyor, va Abduvali Qutbiddin she’riyati misolida) 
mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 
dissertatsiyasi
3
da shoir ijodidagi janrlar xususida ham fikrlar bor. Olima shoir 
ijodidagi 11ta janrni, qo‘shiq, ballada, g‘azal, muxammas, ertak she’rlar, rivoyat 
she’rlar, doston, drama, bag‘ishlov, nasriy she’r, stans kabilarga to‘xtalib, ularni 
“Shoir ijodida takomiliga yetkazilib, mahoratini ko‘rsata olgan” janrlar sifatida aytib 
o‘tadi.
4
Biz bu fikrlarni shoir she’riyati janriy xillari haqidagi ma’lumot sifatida 
e’tirof etgan holda shoirning janr takomiliga yetmagan yoki janr uchun shakl 
vazifasini o‘tovchi, vazn(qo‘shma vaznli va erkin she’rlar) yoki qofiyaga nisbatan 
olingan janrlar(oq she’r) kabilarning ham shoir ijodida alohida ahamiyat kasb 
etganligini aytishimiz mumkin. Birgina uning “Saylanma”sida 9 ta qo‘shma vaznli 
3
Давронова М. Ҳозирги ўзбек шеъриятида индивидуал услуб поэтикаси (Усмон Aзим, Иқбол Мирзо, Фахриёр 
ва Абдували Қутбиддин шеърияти мисолида) филология фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш 
учун ёзилган диссертация. Самарқанд-2019, 296 бет. 
4
O‘sha manba,194-bet.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling